Mavzu:Konus kesimlarining qutb koordinatalaridagi tenglamasi.
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1.Konus haqida ma’lumot.
2. Uning kesimlari nima?
3.Qutb koordinatalari tenglamasi haqida tushuncha.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Konus so’zi yunonchadan olingan bo’lib dubulg’a uchi degan ma’noni anglatadi.Fanda esa konus — yopiq konus sirt va uni hosil qiluvchilarni kesuvchi S uchidan oʻtmaydigan tekislik bilan chegaralangan geometrik jism. Tekislikning konus sirt ichida joylashgan qismi konusning asosi deyiladi. Konus sirtning uchi va konus asosi bilan chegaralangan qismiga konusning yon sirti deyiladi. Agar konusning asosi doiraviy boʻlsa, konus doiraviy konus deyiladi. S uchi shu doiraning markaziga proyeksiyalansa, konus toʻgʻri doiraviy konus deyiladi, SO kesma esa konusning balandligi d eyiladi.(1-rasmda)
SO-balandligi
SA-l-konus yasovchisi
OA-radiusi
h-konus asosi markazidan uning yasovchisigacha bo’lgan masofa
Toʻgʻri burchakli uchburchak oʻzining biror kateti atrofida aylantirilsa, toʻgʻri doiraviy konus hosil boʻladi. Кonus (doiraviy konus) deb shunday jismga aytiladiki, u berilgan nuqtasini biror doira nuqtalari bilan tutashtiruvchi xamma kesmalardan tashkil topgan bo’lib, bu berilgan nuqta konus uchi, doira esa konus asosi deyiladi. Кonus uchini asos aylanasi nuqtalari bilan tutashtiruvchi kesmalar konusning yasovchilari deyiladi. Кonus sirti asosidan va yon sirtidan iborat. Кonusning uchi bilan asos aylanasining markazini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq asos tekisligiga perpendikulyar bo’lsa, bunday konus to’g’ri konus deyiladi.
Кonusning uchidan uning asosiga tushirilgan perpendikulyar konusning balandligi deyiladi. To’g’ri konus balandligining asosi asos markazi bilan ustma-ust tushadi. To’g’ri konusning balandligidan o’tuvchi to’g’ri chiziq uning o’qi deyiladi. Кonusning o’qi orqali o’tuvchi tekislik bilan kesimi o’q kesim deyiladi. Кonusning yasovchisi orqali o’tuvchi va bu yasovchi orqali o’tkazilgan o’q kesimiga perpendikulyar tekislik konusning urinma tekisligi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |