Mavzu: korporativ nizolar bo‘yicha ish yuritish


Download 14.82 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi14.82 Kb.
#1535958
Bog'liq
KORPORATIV NIZOLAR BO‘YICHA ISH YURITISH


MAVZU: KORPORATIV NIZOLAR BO‘YICHA ISH YURITISH
REJA
1. Korporativ ziddiyatlar va nizolar tushunchasi va turlari
2 Korporativ nizolar bo‘yicha ishlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
3.Korporativ munosabatlarda nizoli holatlar yuzasidan daʼvo qilish huquqi.
Korporativ nizolar – jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek uning aksiyadorlar (ishtirokchilar)ning huquqlarini himoya qilish sohasidagi nizolar.

Korporativ nizolar - xususan, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 30-moddasida ushbu toifadagi nizolar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra:

- yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog‘liq nizolar;
- xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar aʼzolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish bilan bog‘liq nizolar, bundan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar aʼzolarining paylarini o‘z ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno;
- yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, aʼzolarining) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash haqidagi daʼvolari bo‘yicha nizolar;
- qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan, shu jumladan, emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish (qo‘shimcha ravishda chiqarish) natijalari bo‘yicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bog‘liq nizolar;

- qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish, qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi munosabati bilan qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar;

- yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi nizolar;

- yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi nizolar korporativ nizolarga kiradi.

-Qonunga muvofiq korporativ nizolar bo‘yicha ishlar jumlasiga boshqa nizolar ham kiritilishi mumkin.

Korporativ nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishda sudlar ishtirokchilar o‘rtasida, ishtirokchilar bilan xo‘jalik shirkatlari o‘rtasida, shu jumladan aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida xo‘jalik shirkatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qo‘shimcha masʼuliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa qonun hujjatlarini qo‘llashl orqali nizoli ishlarni ko`rib chiqishlari lozim

Korporativ munosabatlarda daʼvo qilish huquqi.

Shuni yodda tutish kerakki, faqat qonun bilan vakolat berilgan shaxslargina korporativ munosabatlarda daʼvo qilish huquqiga ega.


Milliy huquqimizda korporativ nizolar toifasidagi ishlar bo‘yicha ko‘rsatilgan daʼvoni taʼminlash choralari arz qilingan talablarga mos kelishi, yaʼni bevosita nizo predmetiga bog‘liq, daʼvo talablariga mutanosib, daʼvoning ijrosini taʼminlash uchun kerakli va yetarli bo‘lishi lozim hisoblanadi.
Qayd etish lozimki, xo‘jalik jamiyati va shirkatlari zimmasiga uning boshqaruv organlari vakolatiga kiradigan majburiyatni yuklash haqidagi daʼvo talablari, ushbu majburiyat qonun hujjatlari bilan jamiyat yoki shirkat boshqaruv organining vakolatiga kiritilganligi sababli, rad etilishi lozimdir.
Yopiq korporatsiyalardagi korporativ munosabatlarda, xususan xo‘jalik shirkatlarida ishtirokchilarning vakolatlarini tugatish, ishtirokchini shirkatdan chiqarish jarayonida mazkur ishtirokchining vakolatlarini shirkatning taʼsis hujjatlarini o‘rgangan holda aniqlashni talab etadi. Bunda javobgarning o‘z vakolatlarini qo‘pol ravishda buzganligi yoki uning shirkat ishlarini yuritishga qobiliyatsizligini isbotlash daʼvogarning majburiyati hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyalarning hammasini yoki muayyan qismini aksiyadorlik jamiyati tomonidan qaytarib sotib olish majburiyatini yuklash haqidagi daʼvo arizasi bilan faqat ovoz beruvchi aksiyaga ega bo‘lgan aksiyadorlar murojaat qilishga haqliligini hisoblanishadi.
Download 14.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling