Mavzu: Korxonaning boshqarish usullari


Download 466.94 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi466.94 Kb.
#750245
Bog'liq
Biznes jarayon 1
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya, 1-TOPSHIRIQ, ta\'lim muassasasi ijtimoiy pedagogning ish texnologiyasi, Umarov O, Server tomondan holatni boshqarish. Mvc texnologiyasi, Parabolik tipdagi tenglamalar yechimlarining xossalarini o 2, Aniq integralni taqribiy hisoblash formulalari, Test, 4-didline , 5-DETLINE

Mavzu: Korxonaning boshqarish usullari.
Reja.
1. Boshqarish strukturasining mazmuni.
2. Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari.
3. Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari shakllari va yo’llari.
4. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona firmalarning mohiyati va mazmuni.
Boshqarish strukturasining mazmuni
"Struktura" - lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq, ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda "boshqaruv apparati strukturasi" deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi.
Bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o’ziga xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir.
Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari
Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari mavjud:
Chiziqli struktura;
Chiziqli-shtabli struktura;
Funktsional struktura;
Chiziqli-funktsional struktura;
Dasturli-maqsadli struktura;
Har bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo’sunish turlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi.
Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo’lsa, bunday aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir o’zining masalalariga daxldor bo’lsa, bunday aloqa funktsional vazifaviy rasmiy aloqa deb ataladi. Organlar o’rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo’lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Boshqaruv strukturasida asosiy o’rinni hokimiyatga tayanadigan rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar muhimdir. Ba'zan ular tashkilotning ishini yo’lga qo’yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
3. Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari
G’arb adabiyotlarida "strukturani takomillashtirish" iborasi umuman qo’llanilmaydi. Uning o’rniga:
"strukturaga o’zgartirish" kiritish;
strukturani almashtirish;
strukturani tanlash;
strukturani integratsiyalash kabi iboralar ishlatiladi.
Korxonaga davlat vakili hisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi) rahbarlik qiladi.
Firma - bu korxonadan farqli o’laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi, davolash muassasasi uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin.
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga keladi.
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni
Korxona - bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Korxona to’g’risidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan xo’jalik sub'ekti bo’lib, o’ziga tegishli yoki to’liq xo’jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko’rsatadi, deb ta'kidlangan.
Ular o’z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o’zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqliligi sharoitlarida amalga oshiradi.
Etiboringiz uchun rahmat
Download 466.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling