Mavzu: korxonaning iqtisodiy havfsizligi


Download 29.86 Kb.
bet1/4
Sana25.10.2023
Hajmi29.86 Kb.
#1718850
  1   2   3   4
Bog'liq
Korxonaning iqtisodiy havfsizligi va tijorat sirlari korxona xav



MAVZU: KORXONANING IQTISODIY HAVFSIZLIGI
Reja:

  1. Korxona xavfsizligini ta’minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari.

  2. Korxona xavfsizligini ta’minlashning tashkil etish va boshqarish.

  3. Korxona xavfsizlik xizmatlari, uning tuzilishi va vazifalari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Korxona xavfsizligini ta’minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari

Xavfsizlik bu murakkab va serqirra atamadir. U asosan va ko'pincha ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavf­sizligi nuqtai nazaridan baholanadi va koTib chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz texnika xavfsizligi, piyodalar xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi kabi tushunchalarni uchratsakda, korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga hali ko'p duch kelganimiz yo'q.
Mahsulotlarning zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texno- logiyasi, investitsiya rejalari va boshqalar sanoat ayg'oqchiligining diqqat markazida turib, korxona va mamlakat uchun ma'lum bir xavf tug'diradi. Shu sababli xavfsizlik va tijorat sirlari muammolari hozir- gi bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot fanining, jum- ladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim boiimlaridan biri hisoblanadi.
Korxona xavfsizligini ta'minlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • korxona va uning barcha boiinmalari, mehnat jamoasining davlat tuzilmasi, xorijiy hamkorlar va raqiblar bilan o'zaro muno- sabatlarda qonuniy huquqlarni himoya qilish;

  • korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydala- nish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish;

  • tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir to- monlama qaram boiishga yoi qo'ymaslik;

  • barcha tuzilmaviy bo'g'inlardagi xodimlar orasida mehnat in- lizomini mustahkamlash;

  • mehnat unumdorligini oshirish uchun xodimlarning moddiy va ma'naviy manfaatdorligini ta'minlash;

  • ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, sama- rali axborot jamlanmasini rivojlantirish;

  • korxona obro'sini oshirish.

Ko'rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda, korxona xavf­sizligini ta'minlash vazifalari belgilanib, ular korxonaning ichki tartib-qoidalari va ish tartibida hamda maxsus ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda o;z aksini topadi. Bular qatoriga Quyidagilarni kiritish mumkin:

    1. Korxona ichida hamda tashqi tashkilotlar - hukumat idoralari, boshqaruv tuzilmasidagi qoidabuzarlik omillari, vakolatni oshirish hollari va hokazolarni aniqlash.

    2. Korxonaning barqaror ishlashigata'sir qilishi mumkin boigan xavf-xatar hamda bozor kon'yunkturasidagi noqulay o'zgarishlarni aniqlash va zaruriy choralarni qo'llash.

    3. Boiajak hamkorlarni o'rganish, ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va baholash.

    4. Iqtisodiy ayg'oqchilikka qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash.

    5. Korxona sirlaridan xabardor bo'lgan malakali xodimlarni boshqa korxonalarga jalb qilishning oldini olish.

    6. Nosog’lom raqobatchilikni yengish.

    7. Korxona hududini va moddiy resurslarini himoya qilish.

    8. Tijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish.

    9. Mehnat jamoasi a'zolari orasidagi salbiy fikrlarni aniqlash.

    10. Favqulodda hodisalarning oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralarni amalga oshirish.

Ma'lumki, ko'rsatilgan maqsad va vazifalar o'z-d'zidan avto- matik ravishda hal qilinmaydi. Buning uchun, avvalo, o'z ishini yaxshi bilishdan tashqari mohir va yuqori malakaga ega bo'lgan hamda o'zlari ishlayotgan korxona uchun "jon kuydiruvchr kadr- lar zarur. Ularsiz muvaffaqiyatga deyarli erishib ham bo'lmaydi.



Download 29.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling