Mavzu: Kredit modul tizizmida o’quv jarayonini tashkil etish. Reja Kredit modul tizimi haqida


Download 245.96 Kb.
bet1/7
Sana04.10.2022
Hajmi245.96 Kb.
#830413
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu
9, import export, 1x, 1-ON ni Suniy inte, mta6, Motivlar, oraliq nazorat ishi diskret, Blok test MATH, Nazorat savollari 1, Biologiya-fanini-oʻqitishning-faol-metodlari, Самостоятельная работа (1), 13-maruza, Bu Ummatning qizi. Nuriddin Yildiz, oat kalendar, latifjondocx

Mavzu:Kredit modul tizizmida o’quv jarayonini tashkil etish.
Reja

  1. Kredit modul tizimi haqida.

  2. O‘qish yuklamasining muvozanatli taqsimoti.

  3. Fanlarni tanlash imkoniyati. O‘quv dasturlarida fanlarning saralanishi.

  4. Bakalavr va magistratura dasturlariga shaffoflik kirishi. O‘quv mashg‘ulotlarini shaffof tarzda tashkil etish.


Kredit modul tizimi haqida.
Universitetga o‘qishga kirganingizdan so‘ng talaba sifatida u yerda aynan qaysi fanlarni o‘rganishni qisman bo‘lsa-da, o‘zingiz tanlashingiz mumkinligini hech tasavvur qilganmisiz?
Har bir o‘qituvchi semestr boshida talabalariga o‘z fani bo‘yicha dasturini taqdim etib, unda ushbu fan nima haqidaligi, talabalar ushbu fanni o‘rganish natijasida amaliyotda nimalar qila olishi haqida batafsil tushuntirib, shundan keyingina darslarni boshlashini-chi?
Qo‘shimchasiga deng, oliy ta'lim muassasalari (OTM) o‘zining har bir bakalavr yoki magistratura dasturlari bo‘yicha kataloglar (kitobchalar) ishlab chiqib, undan siz o‘qish davomida qaysi fanlarni o‘rganishingiz mumkinligi, ushbu fanlarni kimlar o‘qitishi, dastur davomida siz mutaxassis sifatida qanday bilim, ko‘nikma va mahoratlarga ega bo‘lishingiz haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin bo‘lib, shundan so‘ng o‘quv yili boshlansa-ya! Bu xususiyatlar mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ham asta-sekinlik bilan kirib kelmoqda va bu tizimning nomi — ta'limning «kredit-modul» tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko‘ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Masalan, kelayotgan 2020-21 o‘quv yilining o‘zida mamlakatimizdagi 33dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tishi kutilmoqda. Mazkur OTMlarda asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Xo‘sh, ta'limning kredit-modul tizimi o‘zi nima? Ushbu tizim talabalarga nima beradi va nimalarni bajarishni talab qiladi? Uning amaldagi ta'lim tizimidan afzalliklari nimada? Quyida ushbu savollarga qisqacha javob berishga harakat qilamiz.

Download 245.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling