Mavzu: Litosfera Ekalogiyasi Reja


Download 26.88 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi26.88 Kb.
#148814
Bog'liq
litosfera ekalogiyasi


Reja

1.LITOSFERA HAQIDA MA`LUMOTLAR.

2.LITOSFERA VA EKALOGIYA TUSHUNCHASI




Litosfera grek tilida «tosh o’ram» ma’nosini anglatadi. Yerning qattiq holatdagi tosh o’ramining qalinligi okean tubida 5-7 km, quruqlikda 30-40 km va tog’li o’lkalarda 70-80 kmgacha boradi, u cho’kindi, metamorfik va magmatik tog’ jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida, asosan, cho’kindi tog’ jinslari tarqalgan bo’lib, ularning qalinligi 20 km gacha, okean tublarida esa bir necha yuz metrga etadi. Ular tarkibi bo’yicha chaqiq. kimyoviy va organik chuqindilardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Chuqindilarning ostida 10-40 kmqalinlikdagi granit qobig’i joylashgan bo’ladi, okean tubida ular uchramaydi. Granit va okean chuqindilari kobig’i ostida bazal’t qobig’i joylashgandir. Uning qalinligi oke­an tubida 5-7 km va quruqlikda 20-30 km ga boradi.

Yerning tosh urami satxining tashqi tuzilishiga rel’ef deyiladi. Rel’efning shakllanishi uning yoshini, morfologik tuzilishini, o’zgarishi va tarqalishi konuniyatlarini gemorfologiya fanini o’rganadi. Yer sathining tuzilishi, tarixiy taraqqiyoti, unda hayotning rivojlanishi asosan yerning ichki qismida vujudga keladigan tektonik jarayonlarga va iklimga bog’likdir. Erning muz k.oplamagan kuruklik satxdo 133,4 mln km- bulib, uning 55,7 mln km2 i tropik, 24,3 mln G’sh2i subtropik, 22,5 mln km1 i mu’tadil, 21,2 mln km2 i qutb mintaqalariga tug’ri keladi. Quruqlikning 10-11% i dehqonchilikda va 20% i yaylovlar o’rnida ishlatiladi. Dunyo aholisi jon boshiga 0,4 gektar dehqonchilik qiladigan er tug’ri keladi. Yer tekis, namlik va harorati yetarli bo’lgan gil, tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lsa, u yerda o’simlik, g’asharotlar va mikroorganik qoldiq chiqindilariga boyib, tuproq qatlamining hosil bo’lishi tezlashadi. Tuproq qatlamining qalinligi taxminan 1-3 metr bo’lib, u A, V, S qavatlardan iborat bo’ladi. Yuqorida joylashgan chirindiga boy bo’lgan eng unumdor qismi A-gumusli qavat hisoblanadi. Uning ostida tepadan yuvilib tushgan karbonat tuzli Villyuvial qavat joylashgan bo’lib, 1,5-2 metr chuqurlikgacha kam o’zgargan eng quyida S-ona jinsli kabat yotadi. Tuproq. turlari qutblardan ekvatogga hamda tekisliklardan tog’larga qarab iqlim uzgarishi bilan qonuniy ravishda o’zgarib boradi. Mo’tadil mintaqaning yillik yog’ingarchiligi 500-600 mm bo’lgan o’rmon cho’llarida chirindi(gumus) ga boy (10 % gacha) eng unumdor, ko’ng’ir, qora tuproqlar tarqalgan. Markaziy Osiyoning dasht va yarim dashtlarida o’simliklarning tabiiy sharoitda rivojlanishi uchun namlik etish-maganligi sababli, kam (1-2 %) gumusli kul rang, buz tup­roqlar tarqalgan. Geologik zamin, rel’ef va iqlimning o’zgarishiga qarab, har erning o’ziga xos tuproqlari, o’sim­lik turlari va hayvonot dunyosi rivojlanadi.

Insoniyatning dehqonchilik va qurilish faoliyatlari bilan shug’ullanishi natijasida tabiiy landshafti uzgar­gan xududlar maydoni yildan-yilga oshib bormokda. Hozirgi vaqtda quruqlikning 10-11% i xaydab dehqonchilik qilinadigan va 2% i ҳar xil inshootlar qurib band qilingan madaniy landshaftlarga aylantirilgan. yevropada bu nisbat 30-10%ni, Osiyoda 21-2%ni, Avstraliyada 5-2%ni tashkil qilsa, O’zbekistonda 12,5-6,5%ni tashkil qiladi. Quruqlikning 0,3%iga shaharlar joylashgan. Shaharlar maydoni Germaniya hududining 10%ini, Buyuk Britaniyaning 12%ini, O’zbekistonning 2,2 %ini egallaydi.

Litosfera sathidan insoniyatning yashashi uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlari (inshootlar qurishda foydalanishdan tashqari) va qazilma boyliklar qazib olishda foydalaniladi. Ochiq usulda qaziladigan konlarning chuqur­ligi 800 metrga, yopiq usulda qaziladigan konlarning chuqurligi esa 3-4 km ga etadi. BMT ning ma’lumotiga kura, 1972 yilda dunyo bo’yicha 3231100 ming tonna ko’mir, 2646290 ming tonna neft’, 600200 ming tonna temir rudasi, 75180 ming tonna boksit, 3660 ming tonna xrom rudasi, 7300 ming tonna mis, 3350 ming tonna qo’rg’oshin rudasi, 5430 ming tonna rux rudasi, 159200 ming tonna tuz, 118500 ming tonna fosforit va boshqalar qazib olingan. Yirik metallurgiya sanoat korxonalari atrofida landshaftlarning o’zgarishi, o’simliklarning qurib dashtga aylanishi yuz bergan, Evropa­da birinchi marta kalmiklar erida 500 ming gektarli dasht paydo bo’lgan(u xar yili 50 ming gektarga kengayib bormokda). Mutaxassislarning fikricha, XXI asrda quruqlikning 1G’6 qismi kon, yo’l va har xil inshootlar bilan band bo’ladi. Aholi sonining oshib borishi, qurilishlarning kengaiishi dehqonchilikka yaroqli yerlarning kamayishiga sabab bo’lmoqda. Mutaxassislarning fikricha, XXI asrda erlarning unumdorligini 3,5-4% ga oshirilmasa, sayyoramizda yiliga 200 mln tonna don etishmovchiligi holati yuz berishi mumkin.

 Yer nazariy - farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo‘lib o‘rganiladi: QobiqMantiya va Yadro.

Yer qobig‘i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5-10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 - 45 km, tog‘li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o‘zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig‘ini o‘rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi.

Qobiqdagi tog‘ jinslari harorati o‘rtacha har 33 metrda 1 ºC ga ko‘tariladi.

Qobiq qatlamida bir birini almashtirib takrorlanuvchi (qum, tuproq, gil, ohaktosh kabi) cho‘kindi jinslar qavati hamda, granit va bazaltdan iborat magmatik qavatlar mavjud. Cho‘kindi jinslar asosan organik moddalarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi foydali qazilmalar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Cho‘kindi jinslar qavatidan keyin granit qatlami mavjud bo‘lib, u yer qobig‘ida magmaning yuqori bosim va haroratda otilib chiqishi va sovub, qattiq holatga o‘tishi tufayli vujudga kelgan. Granitdan keyin bazalt qatlami mavjud bo‘lib, u granitdan ko‘ra og‘irriq va unda temir, kaltsiy va magniy moddalari ko‘proq.

Qobiqdan keyin, 33-29000 kilometr chuqurlik intervallarida Mantiya joylashgan. Mantiya Temir, Magniy va Qo‘rg‘oshindan ekanligi va o‘rtacha harorati 2000 ºC atrofidaligi taxmin qilinadi. Yer qobig‘i va mantiyasining yuqori qismi o‘zaro birgalikda yer litosferasini tashkil qiladi. Litosfera bir necha ulkan litosferik plitalardan iborat bo‘lib ular doimo bir biriga nisbatan harakatda bo‘ladi. Aynan shu litosferik plitalar chegaralari bo‘ylab zilzilalarning nisbatan ko‘p o‘choqlari paydo bo‘ladi. Mantiya va qobiq chegarasi - «Moxrovich yuzasi» deb ataladi va unda seyesmik to‘lqinlar tarqalish tezligi keskin sakrashlar bilan kuchayadi. Materiklardan 120-150 km, okeanlardan esa 60 - 400 km chuqurlikda «Atenosfera» deb nomlanuvchi qatlam joylashgan bo‘lib, bu qatlamdagi moddalar erish haroratiga yaqin va juda ham past qovushqoqlik xususiyatida ekanligini, va bu qatlam o‘zidan yuqorida joylashgan litosfera qatlamlarini o‘z sirti bo‘ylab sirpangan singari harakatga keltirishini soha mutaxassislari taxmin qiladilar.

Yerning markaziy qismini esa, 29000-6371 kilometrlik qatlamda yer Yadrosi joylashgan. Yadro ham o‘z navbatida ikki qismdan iborat deb taxmin qilinadi: Birinchi, tashqi qismi 2900 - 5000 kilometr qalinlikda bo‘lib, uning suyuq holda, ya'ni, erigan temir va uning aralashmaliridan iborat ekanligi, va ikkinchi - ichki yadro 5000 - 6731 kilometr qatlamda bo‘lib, qattiq qatlam deb faraz qilinadi. Yer yadrosining tuzilishi va fizik xususiyatlari hali to‘liq o‘rganib chiqilmagan.



 Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o‘ynaydi.

  Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l bilan - chaqmoq chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to`zonlarni havoga chiqarib yuboradi. 

  Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga tog`ri keladi.

  Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi davrlarda shu darajada me`yoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo`lib bormoqda. 

 Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo`jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari, mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo`lgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.

  Gidrosfera (daryolar, ko`llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo`jaligi va uy-ro`zg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo`shilishi natijasida ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda.

Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar bo`ylab oquvchi Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning havzalarida kuzatilmoqda. 

 Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan qo`shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo`lmoqda. Hozirgi vaqtda O`rta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qo`ltiqlari eng ko`p isloflangan. 

 Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli ifloslanmoqda. 

  Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3  qismi neft pardasi bilan qoplanganganligini ko`rsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul qilib olishiga to`sqinlik qiladi, suvning bug`lanishini va kislorod bilan to`yinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng ko`p iflos ifloslangan.  

 Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong`inlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO2) salmog`ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritondan: "Dahshatli termoyadro qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yo`q qilib yuborish xavfini tug`dirmaydimi?” – deb so`raganlarida, u: "Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro qurollari emas, balki "issiqxona samarasi” katta xavf tug`diradi, ya`ni iqlimning global miqyosda isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talafot xavfini keltiradi”, - deb javob bergandi. 

 

Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, qo`rg`oshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O`z navbatida, bu iqlimning o`zgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland tog`lardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin. 

 Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qo`ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko`p chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so`nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi. 

Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog`liq. Demak, insoniyat oldida tabiatga "Siz” deb munosabatda bo`lish vazifasi turadi. 

 Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yo`llarini izlash va bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi. 

Atrof-muhitni himoya qilishning qator samarali yo`llari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi – atrof-muhitni ifloslaydigan korxonalarda bunga yo`l bermaslik choralarini ko`rishdir. Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilg`ilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yo`llardan foydalanish lozim. 

 Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir. 

 Uchinchi yo`l – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng ko`p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza-qog`oz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. So`nggi davrlarda dunyoning ko`pchilik yetakchi induatrial mamlakatlarida bunday "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam o`zlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylashtirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik yillarida O`zbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi. So`nggi yillarda bunyod etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qo`ng`irot soda va Sho`rtan gaz-kimyo sanoat markazlari keng yaydoq cho`l hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi. 

 Ekologik siyosat. Tabiiy resurslardan xo`jasizlarcha foydalanish, atrof-muhitning ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora betoblik girdobiga boshlamoqda. Bu, o`z navbatida, jamiyat oldiga qarshi choralarni ko`rishdek murakkab vazifalarni qo`ymoqda. 

 Ekologik siyosat – ekologiya fani talab va tavsiyalarini hosibga olgan holda, bizni o`rab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog`lomlashtirishga, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar majmuasidir. Odatda, bunday siyosat davlat, regional va global doirada olib borilishi mumkin va o`zida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari (qonunlar)ni yaratish va ularga amal qilishni ko`zda tutadi. 

 Keyingi o`n yilda AQSH, Yaponiya, qator Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlari, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar murakkab ekologik holatni sog`lomlashtirishga qaratilgan zaruriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdilar, qonunlar qabul qildilar va amaliyotda qo`llay boshladilar.  Ularda ekologiyani sog`lomlashtirishga bel bog`lagan xalq harakati va partiyalar (masalan, "Yashillar”, "Grinpis” va boshqalar) faol ish olib bora boshladi. Natijada, o`tgan 80-yillar monaynida, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitning ifloslanish darajasi sekin-asta pasayib bordi. Bu ijobiy holatni aynan ana shunday harakatlarning natijasi, deb baholamoq kerak.

 Shunga qaramay, ko`pchilik mamlakatlarda ekologik vaziyat hamon keskinligicha qolmoqda. Keng doirada amaliy natijalarga erishish uchun butun jahon doirasida kuchlarni birlashtirish zaruriyati mavjud. Shu maqsadda 1972-yilda Stokgolmda, 1975-yilda Xelsinkida, 1992-yilda Rio-de-Janeyroda, 1998-yilda Kiotoda atrof-muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro anjumanlar bo`lib o`tdi va ularda muhim qarorlar qabul qilindi. 

Litosfera yunoncha (qattiq tosh qobiq degan ma’noni anglatadi ). U o/z ichiga yer po’stini va yuqori mantiyani astenosferagacha bo’lgan qismini olib, taxminan 250-300km chuqurlikgacha davom etadi.
litosfera uzoq davom etgan geologik jarayonlar ta’sirida vujudga kelgan magmatik, chokindi, metamorfik jinslarning yig’indisidan tashkil topgan

Litosferaning tarkibiy tuzilishi
1.2
Yer po’sti tuzilishiga ko’ra 3 turga bo’linadi:materik, okean, oraliq.
Materikyer po’sti asosan quruqlikda tarqalgan va uchta qismdan iborat: 
-cho’kindi qatlam qalinligi 10km dan iborat
-granitli qatlam qalinligi 10-15
-bazalt qatlam qalinligi 15-35
Materik yer po’stining o’rtacha qalinligi 15-35km, tog’li o’lkalarda esa 70-80km o’rtacha zichligi 2.7gg/sm
Okean yer po’sti ikki qatlamdan iborat 
-cho’kindi qatlam qalinligi 2-5km
-bazalt qatlam qalinligi 5-10km
Endogen va Ekzogen morfogenetik jarayonlar

 Litosfera - grek tilida «tosh o’ram» ma’nosini anglatadi. Yerning qattiq holatdagi tosh o’ramining qalinligi okean tubida 5-7 km, quruqlikda 30-40 km va tog’li o’lkalarda 70-80 km gacha boradi, u cho’kindi, metamorfik va magmatik tog’ jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida, asosan, cho’kindi tog’ jinslari tarqalgan bo’lib, ularning qalinligi 20 km gacha, okean tublarida esa bir necha yuz metrga etadi. Ular tarkibi bo’yicha chaqiq. kimyoviy va organik chuqindilardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Chuqindilarning ostida 10-40 km qalinlikdagi granit qobig’i joylashgan bo’ladi, okean tubida ular uchramaydi. Granit va okean chuqindilari kobig’i ostida bazal’t qobig’i joylashgandir. Uning qalinligi oke­an tubida 5-7 km va quruqlikda 20-30 km ga boradi.
Yerning tosh urami satxining tashqi tuzilishiga rel’ef deyiladi. Rel’efning shakllanishi uning yoshini, morfologik tuzilishini, o’zgarishi va tarqalishi konuniyatlarini gemorfologiya fanini o’rganadi. Yer sathining tuzilishi, tarixiy taraqqiyoti, unda hayotning rivojlanishi asosan yerning ichki qismida vujudga keladigan tektonik jarayonlarga va iklimga bog’likdir. Erning muz k.oplamagan kuruklik satxdo 133,4 mln km- bulib, uning 55,7 mln km2 i tropik, 24,3 mln G’sh2i subtropik, 22,5 mln km1 i mu’tadil, 21,2 mln km2 i qutb mintaqalariga tug’ri keladi. Quruqlikning 10-11% i dehqonchilikda va 20% i yaylovlar o’rnida ishlatiladi. Dunyo aholisi jon boshiga 0,4 gektar dehqonchilik qiladigan er tug’ri keladi. Yer tekis, namlik va harorati yetarli bo’lgan gil, tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lsa, u yerda o’simlik, g’asharotlar va mikroorganik qoldiq chiqindilariga boyib, tuproq qatlamining hosil bo’lishi tezlashadi. 
Tuproq qatlamining qalinligi taxminan 1-3 metr bo’lib, u A, V, S qavatlardan iborat bo’ladi. Yuqorida joylashgan chirindiga boy bo’lgan eng unumdor qismi A-gumusli qavat hisoblanadi. Uning ostida tepadan yuvilib tushgan karbonat tuzli Villyuvial qavat joylashgan bo’lib, 1,5-2 metr chuqurlikgacha kam o’zgargan eng quyida S-ona jinsli kabat yotadi. Tuproq. turlari qutblardan ekvatogga hamda tekisliklardan tog’larga qarab iqlim uzgarishi bilan qonuniy ravishda o’zgarib boradi. Mo’tadil mintaqaning yillik yog’ingarchiligi 500-600 mm bo’lgan o’rmon cho’llarida chirindi(gumus) ga boy (10 % gacha) eng unumdor, ko’ng’ir, qora tuproqlar tarqalgan. Markaziy Osiyoning dasht va yarim dashtlarida o’simliklarning tabiiy sharoitda rivojlanishi uchun namlik etish-maganligi sababli, kam (1-2 %) gumusli kul rang, buz tup­roqlar tarqalgan.
Geologik zamin, rel’ef va iqlimning o’zgarishiga qarab, har erning o’ziga xos tuproqlari, o’sim­lik turlari va hayvonot dunyosi rivojlanadi. Insoniyatning dehqonchilik va qurilish faoliyatlari bilan shug’ullanishi natijasida tabiiy landshafti uzgar­gan xududlar maydoni yildan-yilga oshib bormokda. Hozirgi vaqtda quruqlikning 10-11% i xaydab dehqonchilik qilinadigan va 2% i ҳar xil inshootlar qurib band qilingan madaniy landshaftlarga aylantirilgan. yevropada bu nisbat 30-10%ni, Osiyoda 21-2%ni,

Avstraliyada 5-2%ni tashkil qilsa, O’zbekistonda 12,5-6,5%ni tashkil qiladi. Quruqlikning 0,3%iga shaharlar joylashgan. Shaharlar maydoni Germaniya hududining 10%ini, Buyuk Britaniyaning 12%ini, O’zbekistonning 2,2 %ini egallaydi.
Litosfera sathidan insoniyatning yashashi uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlari (inshootlar qurishda foydalanishdan tashqari) va qazilma boyliklar qazib olishda foydalaniladi. Ochiq usulda qaziladigan konlarning chuqur­ligi 800 metrga, yopiq usulda qaziladigan konlarning chuqurligi esa 3-4 km ga etadi. BMT ning ma’lumotiga kura, 1972 yilda dunyo bo’yicha 3231100 ming tonna ko’mir, 2646290 ming tonna neft’, 600200 ming tonna temir rudasi, 75180 ming tonna boksit, 3660 ming tonna xrom rudasi, 7300 ming tonna mis, 3350 ming tonna qo’rg’oshin rudasi, 5430 ming tonna rux rudasi, 159200 ming tonna tuz, 118500 ming tonna fosforit va boshqalar qazib olingan. Yirik metallurgiya sanoat korxonalari atrofida landshaftlarning o’zgarishi, o’simliklarning qurib dashtga aylanishi yuz bergan, Evropa­da birinchi marta kalmiklar erida 500 ming gektarli dasht paydo bo’lgan(u xar yili 50 ming gektarga kengayib bormokda). Mutaxassislarning fikricha, XXI asrda quruqlikning 1G’6 qismi kon, yo’l va har xil inshootlar bilan band bo’ladi. Aholi sonining oshib borishi, qurilishlarning kengaiishi dehqonchilikka yaroqli yerlarning kamayishiga sabab bo’lmoqda. Mutaxassislarning fikricha, XXI asrda erlarning unumdorligini 3,5-4% ga oshirilmasa, sayyoramizda yiliga 200 mln tonna don etishmovchiligi holati yuz berishi mumkin. 
2. Relyef - (frans, relief, lot. relevo — koʻtaraman) (geografiyada) — yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi koʻrinishi, oʻlchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga koʻra turlituman notekisliklar: togʻ, tekislik, payettekislik, adir, yassitogʻ, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va b. pastbalandliklar majmui. R. kattaligiga koʻra quyidagi toifalarga ajratiladi: megarelyef (materik doʻngliklari, okeanlar tubi), shuningdek, bir qadar kichikroq boʻlgan shakllar (togʻ sistemalari, tekisliklar); makrorelyef (togʻ tizmalari, togʻlar oraligʻidagi botiqlar, qirlar, pasttekisliklar); mezorelyef (jarliklar, suv osti kanʼonlari, tepaliklar); mikrorelyef (karst chuqurliklari, jarlar, doʻng tepa, dasht tepaliklari va b.)n a n o relyef (juda kichik chuqurchalar, doʻngchalar va b.).
Bu boʻlinish shartli ravishda ajratilgan. Muhim orografik birliklarni tavsiflovchi R.ning tashqi yoki morfografik belgilari, shuningdek, uning miqdoriy xususiyatlari R.ni kompleks baholash uchun har doim ham ishonchli asos boʻla olmaydi, chunki bir xil tashqi koʻrinishga ega shakllarning kelib chiqishi va rivojlanishi turlicha boʻlishi mumkin. R. endogen (ichki) va ekzogen (tashki) kuchlarning birgalikda hamda muntazam oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi. Shuningdek, Yer yuzasining shakllanishiga gravitatsiya jarayonlari, inson faoliyati ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Endogen jarayonlar (Yer poʻstining tektonik harakatlari) taʼsiri natijasida nisbatan yirik mikyosdagi — kuru klik, dengiz va okeanlar tubida strukturali R. shakllari hosil boʻladi. 
Yirik R. shakllarining vujudga kelishi (sayyoraviy masshtabda), shuningdek, kosmik kuchlar — Yerning aylanishi, QuyoshOy tortilishi va b. bilan ham bogʻliq. Ekzogen kuchlar (oqar suvlar, dengiz toʻlqinlari, shamol va h.k.) odatda, nisbatan maydaroq R. shakllarini yuzaga keltiradi, yirik masshtabli R.larni yemiradi, pasaytiradi, mayda shakllarga boʻlib yuboradi, pastqam joylarni nurash mahsulotlari bilan toʻldiradi. Endogen kuchlar natijasida yuzaga kelgan R. shakllari morfostrukturalar tarkibiga kiritiladi. Ularda Yer poʻstining geologik strukturasi (tuzilishi) aniq ifodalanadi. R.dagi katlamlar gorizontal yotgan platformali geologik strukturalarga tekislik xududlar, burmali strukturalarga togʻli oʻlkalar toʻgʻri keladi. R.ning nisbatan mayda, asosan, ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan shakllari (dare vodiylari, jarliklar, barxanlar, qator tepalar va b.) morfoskulipuralar sifatida ajratiladi.: melioratsiya, muhandisliktexnik izlanishlar, foydali qazilmalarni qidirish va h.k.da foydalaniladi. 
Download 26.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling