Mavzu: Logopedik punkt ish hujjatlarini yuritish
Reja:
Logopedik shaxobcha ish hujjatlari
Logoped-о‘qituvchi tomonidan hujjatlarni yuritilishiga qо‘yiladigan talablar.
Hujjatlarni saqlanish tartibi
Logopediya shoxobchasida о‘qituvchi–logoped tomonidan yuritiladigan asosiy hujjatlar:
1. О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 oktabrda 2722-raqam bilan rо‘yxatga olingan “Umumiy о‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi tо‘g‘risida”gi Nizom
2. Logopediya shoxobchasini tashkil etish haqidagi XTB buyrug‘i.
3.Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan о‘quvchilarni aniqlash va saralab olish uchun ishchi guruhni tashkil etish tо‘g‘risida maktab direktorining buyrug‘i.
4. Nutqida nuqsoni aniqlangan о‘quvchilar rо‘yxatini va tashxisini tasdiqlovchi tuman (shahar)dagi kо‘p tarmoqli markaziy oilaviy poliklinika logopedi tomonidan berilgan xulosa.
5. Logopedik mashg‘ulotlarga qatnayotgan har bir о‘quvchining shaxsiy yig‘ma jildida nutq xaritasi, ota yoki ona pasporti va о‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxalari, 3x4 hajmdagi foto rasm hamda tuman kо‘p tarmoqli markaziy oilaviy poliklinika logopedining ma’lumotnomasi (о‘quvchining tibbiy xaritasida logoped xulosasi bо‘lmasa), agar ota-ona qaysidir sababga kо‘ra о‘quvchining logopedik mashg‘ulotlarga qatnashishidan voz kechsa, u holda ota-onaning qatnashmaslik haqidagi tilxati olinadi va saqlanadi.
Logopedik mashg‘ulotlar mavzularini va ularga qatnayotgan о‘quvchilar davomatini qayd qilib borish jurnali.
7. О‘qituvchi-logopedning joriy о‘quv yili uchun umumiy ish rejasi.
8. Har bir guruh uchun yillik ish rejasi.
9. Har bir guruh uchun kundalik ish rejasi.
10. Logopedik mashg‘ulotlar jadvali.
11. Joriy о‘quv yili boshida ishchi guruh tomonidan aniqlangan nutqida nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarning tasdiqlangan rо‘yxati.
12. Guruhlarga qabul qilingan о‘quvchilarning maktab rahbari tomonidan tasdiqlangan rо‘yxati.
13. Joriy о‘quv yilida logopedik mashg‘ulotlarga qatnashgan о‘quvchilar kontingentining о‘zgarish dinamikasi va nutq nuqsonlarini bartaraf etish kо‘rsatkichlari haqida har chorak va yillik hisobotlar.
14. Logopedik xona pasporti, uning funksional yо‘nalishiga oid, Nizomda belgilangan talablarga muvofiq ta’minlangan jihozlar va materiallarning tо‘liq rо‘yxati.
15. О‘qituvchi-logopedlar va boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari bilan о‘zaro dars mashg‘ulotini kuzatish daftari.
16. О‘quvchilarning guruhiy va yakka tartibdagi mashg‘ulotlarda yuritadigan daftarlari (о‘quvchilarda saqlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |