Mavzu: Lug’at tipologiyasi


Download 23.91 Kb.
Sana15.04.2020
Hajmi23.91 Kb.
#99394
Bog'liq
Lug'at tipologiyasi


O’TA 18/2-guruh talabasi Raximjonova Vazira

Mavzu: Lug’at tipologiyasi

Leksikografiya – lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan. Har qanday xalqning betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Zamon va makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib boradi. Hayot, turmush tarzi, taraqqiyot va kashfiyotlar yangi-yangi so’zlar, tushunchalarni dunyoga keltiradi, ba’zi so’zlar esa eskirib iste’moldan chiqadi. Ana shunday dinamik rivojdagi bebaho boylikni o’z vaqtida tarix zarvaraqlariga muhrlash, tilning oltin sahifalarini durlash bilan to’ldirib borish faqat matonatli, zahmatkash, fidokor tilshunos siymolargagina nasib etadi. Bunday buyuklarning nomi abadiy hurmatda bo’ladi. Dunyo leksikografiyasi ming yillik tarixga ega bo’lsada, uming asosiy rivoji keyingi ikki-uch asrga to’g’ri keladi. Ilk bor oz sonli so’zlar iboralrdamgina tashkil topgan. Qo’lyozmalardan boshlangan lug’atlar hozirgi kunga kelib tillarning yuz ming so’zlarini o’z ichiga olib, minglab adadda chop etilmoqda. Keyingio yillarda leksikografiyaning faqatgina amaliy tomoni emas, balki nazriy yo’nalishi obyekti, predmeti shakllandi. Lug’at tuzish nazariyasi amaliyoti tilshunoslikning maxsus sohasiga aylandi. Lug’atshunoslik tilshunoslikning mana shunday o’ta mashaqqatli, o’ta mas’uliyatli sohasi bo’lganligi sababli ushbu svobli yo’nalish bilan yetuk, fidokor, millatparvar olimlar shug’ullanmoqdalar.

Lug’at so’zligini tanlash bir qator prinsip va kriteriylar asosida amalga oshiriladi: 1. Bosh so’zning tilda qo’llanish darajasi, chastotasi. 2. Bosh so’zning ma’no va kommunikativ qiymati, ahamiyati. 3. Boshqa so’zlar bilan leksik-sintaktik bog’lanish xususiyati. 4. So’z yasash qobiliyati. 5. Metodik-didaktik zaruriy til materiali sifati va boshqalar. An’anaga ko’ra jahon leksikografiyasi amaliyotida lug’atdagi bosh so’zlar ikki xil usulda joylashtiriladi.

Birinchi yo’l – so’zlarni alfavit tartibida joylashtirish yo’li bo’lib, biror ilmiy prinsipga asoslanmagan bo’lsa-da, kerakli so’zni izlab topish uchun qulaydir hamda bir va ikki tilli lug’atlar tuzishda keng qo’llanadi. Ikkinchi yo’l – ideografik, tematik prinsiplar asosida tanlangan leksemalarning joylashuvidir. Bir tilli lug’at tuzish jarayonida bosh so’zning ma’nosini ochib berish masalasini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. “Bir til ichidagi tarjima” deb ham yuritiladigan izohlash yo’llari lug’atshunoslikda chuqur bilim va tajriba talab etadi. Bu borada zarur o’rinlarda sinonimlar, antonimlar ma’noni ochib beruvchi kichik tekstlar, turli stilistik-grammatik belgilardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Bosh so’zning ma’nosini ochish hamda qo’llanish ko’lamini ko’rsatishda turli badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari materilallaridan olingan illyustrativ misollar katta ahamiyat kasb etadi. Ikki va ko’p tilli lug’atlar tuzishning markaziy masalalaridan bir ikki til o’rtasidagi so’z va iboralarning ekvivalent munosabatlarini o’rnatish masalalaridir. Buni har qanday lug’atning qimmati, ahamiyati bosh so’zlarga berilgan stilistik belgilar qay darajada amalga oshirilganligi bilan ham o’lchanadi.

Lug’at turlari va ularning tuzilishi. So’zlarning ma’lum maqsad bilan to’plangan tartibga solingan kitob yoki boshqa shakldagi to’plami lug’at deyiladi. Lug’atlar turli maqsadlarga tuziladi. Ko’zlangan maqsad jihatidan lug’atlar 2 xil bo’ladi:


  1. Ensiklopedik (Qomusiy) lug’atlar

  2. Lingvistik lug’atlar

Ensiklopedik (qomusiy) lug’atlarda texnik va madaniyatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohlanadi. Ularda tabiat hodisalari, ijtimoiy hayotdagi voqealar mashhur kishilar chiqishining ko’rsatish bilan chegaralanadi. Shuning uchun bunday lug’atlar tushuncha lug’ati deb yuritiladi. Bunday lug’atlarda odatda, rasmlar, karta va sxemalar ham keltiriladi. Ensiklopedik lug’atlarda so’z va iboralar alfavit tartibida maqolaning sarlavhasi sifatida qo’yiladi. Ensiklopedik lug’atlar ham maqsad va vazifasiga ko’ra 2 xil bo’ladi: umumiy ensiklopedik lug’atlar va biror sohaning ensiklopedik lug’ati.

Lingvistik lug’atlarda lug’at boyligi aks ettiriladi. Bunday lug’atlarda asosiy maqsad leksema va frazemalarning semantik mazmunini tavsiflash. Bundan tashqari, Grammatik va fonetik ma’lumot qisman keltiriladi. Lug’at maqolasining asosiy qismini leksik ma’nolarning talqini egallaydi. Bunda so’zning bosh ma’nosi haqida fikr yuritiladi, agar, lozim topilsa shu ma’noning ishlatilishi aks ettiruvchi misol keltiradi, so’ngra bu so’zning hosila, ko’chma ma’nolari tasvirlanadi. Bunday ma’nolarning tasvirida misollar keltirish shart. Chunki bularni anglash uchun kontekst talab qilinadi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “O’zbek, rus va ingliz tillari asosida ishlovchi elektron lug’at (Kompyuter dasturini) ishlab chiqish” to’g’risidagi 12-14 sonli qarorga muvofiq “e-Lug’at” nomli elektron lug’at yaratildi(mualliflar: Ravilov M.M., Tog’ayev Sh.Sh., Baxshullayev X.U., Ubaydullayev H.I.). Elektron lug’at 3 tilda: o’zbek, rus, ingliz tili asosida ishlaydi. Ushbu tillar asosida 6 yo’nalish bo’yicha so’zlarni tarjima qilish mumkin.


  • o’zbek-ingliz

  • o’zbek-rus

  • ingliz-o’zbek

  • rus-o’zbek

  • rus-ingliz

Elektron lug’atning bazasi 145000 tadan ortiq so’z va atamlardan tashkil topgan. Barcha so’zlarning tarjimasi misollar orqali ko’rsatilgan. “e-Lug’at” nomli elektron lug’atning shaxsiy kompyuterlar uchun Windows muhitida ishlovchi hamda mobil qurilmalar uchun android va iOS muhitlarida ishlovchi dasturlari yaratilgan. Dasturning iOS muhitida ishlovchi versiyasi quyidagi internet manzilga (https://itunes.apple.com/app/id894894288) joylashtirilgan va iOSning barcha tizimlarida ishlaydi. Hozirda dastur iOS tizimiga ega bo’lgan qurilmalar uchun mobil dasturlatr joylashtirilgan AppStore tizimida yuqori ko’rsatkichlarni egallab turibdi. Foydalanuvchilarga qulay bo’lishi uchun ishlab chiqilgan dasturlar bo’yicha foydalanuvchi uchun qo’llanma ishlab chiqilgan. Mazkur dasturlar testdan o’tkazilib, ular normal ishlashi uchun talablar shakllantirilgan. Dasturnung yana bir afzalligi shundan iboratki, Windows muhitida tarjima qilingan misollardagi notanish so’zlarning teskari tarjimasini va uning qo’llanishi haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin. Buning uchun tarjima oynasidagi notanish soz’ belgilansa, so’zning tarjimasi oynaning pastki qismida paydo bo’ladi. Dasturning keying imkoniyatlaridan yana biri bu foydalanuvchining doimiy ravishda so’z boyligini oshirib borish imkoniyatini yaratuvchi qismi hisoblanadi. Bu qism dastur ishga tushirilganda Windows operatsion tizimi masalalar panelining o’ng tomonid kichik axborot oynasi ko’rinishida ishlaydi va bu oynada ma’lum bir vaqt intervalda so’zlarni ketma-ket ko’rsatib turadi. Dastur afzalliklaridan yana biri mobil qurilmalar uchun iOS va Android versiyalar mobil qurilmada ishlashida qiyinchilik tug’dirmaydi. Dasturning bazasi optimallashtirilgan har bir qidirilgan so’z bir necha misollarda namoyon etiladi.

Android platformasida ishlab chiqilgan zamonaviy AKT atamalarining yangi o’zbekch-ruscha-inglizcha lug’ati mobil telefonlar va qurilmalarda keng foydalanish uchun https://play.google.com/store/apps/details?it=com.ramil.lug’at havola bo’yicha Google Play (Android smartfonlar va planshetlar uchun ilovalarning rasmiy onlayn bozori)ga joylandi.



Ushbu AKT lug’atida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining turli yo’nalishlari, jumladan, kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, telekommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari, dasturiy va uskunaviy ta’minot, elektron hukumat axborot xavfsizligi, telekommunikatsiya tizimlari, ma’lumotlarni qayta ishlash, masofaviy ta’lim, davlat boshqaruvida AKTdan foydalanish sohalari bo’yicha 5000 ga yaqin atama va tushunchalar mavjud. Lug’atning qulay afzalliklari sifatida bu resurs hajmining chegaralanmaganligi foydalanuvchining resursdan masofadan turib va muntazam foydalanish imkoniyati, kerakli atamaning o’zbek, rus va ingliz tillarida ham alifbo tarzda, ham alohida so’z sufatida tez qidirish imkoniyati, tushuncha va atamalarning o’zbek tilidagi (Kirill v lotin alifbosida) aniq izohlarini berishi va uning rus va ingliz tilidagi muqobillarini keltirishni ko’rsatib o’tish mumkin. Shuningdek, bu lug’at ZiyoNet ta’lim portaliga (http://dic.zy.uz) keng foydalanish uchun joylashtirilgan bo’lib, uni AKT sohasidagi yangi so’z va atamalar bilan to’ldirib boorish imkoni mavjud. AKT lug’atning elektron va mobil versiyalarini yaratish tashabbusi BMTTDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash” loyihasi (BMTTD loyihasi) tomonidan va “Uzinfokom” DUK ko’magi ostida amalga oshirilgan bo’lib uning maqsadi BMTTDning “Mamlakatni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va tadbiq etishda O’zbekiston Respublikasi hukumatiga ko’maklashish” loyihasi tomonidan nashr qilingan “AKT bo’yicha atamalar glossariysi”dan (1-nashr 2005-yilda va 2-nashr 2010-yilda chiqqan) foydalanuvchilarning ko’paytirishdan iboratdir.
Download 23.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling