Mavzu: malayziya davlati haqida


Download 1.34 Mb.
Sana10.02.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1184240
Bog'liq
MALAYZIYA DAVLATI SLAYDI


G.O’M 19/2 KECHKI GURUHI TALABASI
GULMURODOV SHOHMURODNING TAQDIMOTI
MAVZU:MALAYZIYA DAVLATI HAQIDA
MA’LUMOTLAR
REJA:
1.Davlat haqida umumiy ma’lumot.
2.Tabiati haqida ma’lumot.
3. Aholisi haqida ma’lumot.
4. Tarixi haqida ma’lumot.
5. Siyosiy partiyalari haqida ma’lumot.
6. Iqtisodiyoti haqida ma’lumot.
Malayziya (Persekutuan Tanah Malaysiu) – Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Hududini Janubiy Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy Malayziya (Malayya) Malakka yarim orolning janubda, Sharqiy Malayziya Kalimantal o.ning shimoliy qismida joylashgan. Maydoni 332,8 ming km². Aholisi 22,2 mln. kishi (2001). Poytaxti – Kuala-Lumpur shahri Maʼmuriy jihatdan 13 shtat va 2 federal hududga boʻlinadi.
Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Malayziya – federativ davlat, konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1963-yilda qabul kilingan, unga Malayya federatsiyasining 1957-yilgi konstitutsiyasi asos qilib olingan va keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – oliy hukmdor (podshoh, 2001-yil 12-dekabrdan Sulton Tuanku Sayd Sirojiddin Sayd Nutra Jamolullayl), u 9 malayya kengashida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palatali parlament. Ijroiya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi amalga oshiradi.
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Malayziya ekvator mintaqasida joylashgan. Malakka yarim orolning katta qismini tepaliklar, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (balandligi 1000–2000 m; eng baland joyi – Taxan togʻi, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90 km gacha) pasttekislik. Kalimantan orolining sohillari ham tekislik, oʻrta qismi tepaliklar va 2000–2400 m balandlikdagi togʻlardir. Malayziyadagi eng baland joy – Kinabalu togʻi (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, shimolrogʻida subekvator mussonli iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida 25°–28°, Yillik yogʻin sohillarda 2000–5000 mm. Daryolari (Rajang, Paxang, Baram, Kinabatangan va boshqalar) sersuv. Tuproklari podzollashgan laterit, payettekisliklarda allyuvial tuproklar. Yer yuzasining 3/4 qismi doim yashil nam tropik oʻrmon. Palma, bambuk, togʻlarida eman, dafna va boshqa oʻsadi. Oʻrmon hayvonlari koʻp. Yirik hayvonlardan fil, ikki shoxli karkidon, himolay ayigʻi, yoʻlbars, qoplon, yovvoyi buyvollar, shuningdek, maymun, timsoh, boʻgʻma ilonlar bor. Tropik oʻrmonlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi Taman-Negara, Bako milliy bogʻlarida qoʻriqlanadi.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholisining 54 % malayyalar, 34 % xitoylar, 10 % hindlar va b, davlat tili – malayziya tili, davlat dini – islom. Shahar aholisi 43 %. Yirik shaharlari: Kuala-Lumpur, Jorjtaun, Ipox, JoxorBaru va boshqa
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Malayziya hududida odam ilk paleolit davridan yashaydi. Miloddan avvalgi 3–1ming yilliklarda Malakka yarim orolga Xitoyning janubi-gʻarbidan avstronez qabilalar kelib oʻrnashgan. Milodiy 1ming yillik boshlarida Markaziy Sumatradan malayyalarning ajdodlari koʻchib kelgan.
Malakka yarim orol aholisining Hindiston bilan savdo va madaniy aloqalari bu yerda ilk davlatlarning yuzaga kelishida katta ahamiyat kasb etgan. Bunday davlatlar Malakka yarim orolning shi-m.da, daryolarning quyilish joyidagi shaharlarda vujudga kelgan. Bu shahardavlatlar 3–14-asrlarda oʻzidan kuchliroq qoʻshni davlatlarga tobe boʻlgan.
Ikkinchi jahon urushi davrida Malayziyani yapon armiyasi bosib odni. 1943-yil Malayziyada boskinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzildi. 1945-yil 2-sentabrda yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi – xalq qoʻmitalari tuzildi. Koʻp oʻtmay ingliz mustamlakachilari Malayziyaga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibini oʻrnatishga harakat qildilar. Ayni vaqtda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yoʻli bilan putur yetkazishga intildilar. 1946 va 1948-yillardagi konstitutsiya islohotiga koʻra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946-yildan Malayya Ittifoqi va 1948-yildan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946-yil Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948-yil iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga oʻtdi. 1949-yil fevralda malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955-yil Malayya Federatsiyasining qonun chiqaruvchi kengashiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan Uch partiya ittifoqi (1957-yildan Ittifoq partiyasi) gʻalaba qozondi. 1957-yil 31-avgustada Malayya Federatsiyasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1963-yil 9-iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak oʻrtasida Malayziya Federatsiyasi tashkil topganligi toʻgʻrisida oʻzaro bitim imzolandi; 1965-yil Malayziya bilan Singapur hukumati oʻrtasida kelishmovchilik boʻlib, Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib ketdi. Malayziya 1963-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 1-yanvarda UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Malayziyaning milliy bayrami – 31-avgust – Milliy kun (1957).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Umummalayziya islom partiyasi, 1951-yilda tuzilgan; Malayziya xind kongressi, 1946-yilda asos solingan; Malayziya xitoy uyushmasi, 1949-yilda tashkil etilgan; Malayya birlashgan milliy tashkiloti (yangi), 1988-yilda asos solingan; Demokratik harakat partiyasi, 1966-yilda tuzilgan; Milliy front, 1973-yilda 12 partiyaning hukmron koaliiiyasi (ittifoqi) tarzida tashkil etilgan. Malayziya kasaba uyushmalari kongressi, 1949-yilda tuzilgan.
Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Malayziya – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda ishlab chiqarish sanoatining ulushi – 28,7 %, konchilik sanoatining ulushi – 9,3 %, qishloq xoʻjaligining ulushi – 17,3 %. Malayziyaning asosiy ekini – sholi boʻlsa ham, mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmogʻi kauchuk ishlab chiqarishdir. Bundan tashkari, kokos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan; koramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz qirgʻogʻi yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. 
Eksport uchun yogʻoch tayyorlanadi. Malayziya sanoatining asosiy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati; konchilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudalari, boksit qazib chiqarish. Malayziya integral sxema, konditsioner, radio va teleapparaturalar ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauchuk, palma yogʻi, qalay eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Hunarmandchilik (ganchkorlik, zargarlik, kashtachilik va boshqalar) rivojlangan.
Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling