Mavzu: matnli hujjat muharrirlari, matnli hujjatlarni tahrirlashni avtomatlashtirish


Download 21.05 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi21.05 Kb.
#212132
Bog'liq
ATvaKG mustaqil ish Zamonali


Temirov Zamonali
Mustaqil ish
MAVZU: MATNLI HUJJAT MUHARRIRLARI, MATNLI HUJJATLARNI TAHRIRLASHNI AVTOMATLASHTIRISH.

Reja:


1.Microsoft Word tahrirlagichi haqida tushuncha.

2.Microsoft Word tahrirlagichiga kirish va chiqish.

3.Microsoft Word darchasi.
1.Word tahrirlagichi Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgacha uning Word 6.0, Word 7.0, Word 97, Word 2000 va h.k. versiyalari yaratilgan. Word 6.0 versiyasi alohida paket qilib chiqarilgan. Word 7.0 versiyasi Microsoft Office 7.0 paketida, Word 97 versiyasi Microsoft Office 97 paketida va Word 2000 versiyasi Microsoft Office 2000 paketida chiqarilgan. Microsoft Office 7.0, Microsoft Office 97 va Microsoft Office 2000 paketlarida MS Word dan tashqari yana bir nechta dasturlar mavjud. Masalan, Microsoft Excel, Microsoft Access, Microsoft Binder, Microsoft Outlook, Microsoft Power Point. Microsoft Office 2000 paketida bulardan tashqari Microsoft Publisher 2000 va Microsoft FrontPage 2000 dasturlari ham bor. Microsoft Office 7.0, Microsoft Office 97 va Microsoft Office 2000 dagi dasturlar bilan ishlash deyarli bir xil qoidalarga ega. Faqat keyingilari oldingilaridan imkoniyatlari kengligi bilan farq qiladi. Word tahrirlagichlari ichida Word 6.0 versiyasi eng birinchi yaratilgani bo‘lib, unda ishlashni o‘rganish boshqalariga nisbatan osonroq. Agar Word 6.0 versiyasini yaxshi o‘rganib olinsa, Word ning boshqa versiyalarida ham ishlash oson bo‘ladi.

2.Word tahrirlagichiga kirish uchun “Pusk” tugmasi bosilib “Programm” menyusidan “Microsoft Word” ni ishga tushiramiz. Yoki maxsus yaratilgan yorliq orqali ham kirish mumkin. Word 7.0, Word 97 va Word 2000 ga kirish uchun mos ravishda Microsoft Office panelidan Word belgisi tugmasi orqali ham kirish mumkin.



3.Word tahrirlagichiga kirsak ekranda uning dastur darchasi hosil bo‘ladi. Dastur darchasining ichida hujjat darchasi joylashgan bo‘ladi. Word tahrirlagichida dastur darchasi boshqa darchalar kabi sarlavha satriga va menyu satriga ega. Darchaning ayrim belgilari Windows dasturlarining barchasiga tegishli. Sarlavha satrining chap qismida tizimli menyu va o‘ng qismida darchani masalalar paneliga yig‘adigan, darchani butun ekranga yoyadigan, (agar darcha butun ekranga yoyilgan bo‘lsa, yoyiq darchani kichraytiradigan), darchani yopadigan uchta tugmacha joylashgan. Menyu satridan pastda xohlasak qo‘yib, xohlasak olib tashlaydigan uskunalar paneli joylashgan. Dastur darchasining pastki qismida holat satri joylashgan. Unda odatda kursorning joriy holati, joriy vaqt va tahrirlash rejimi haqidagi ma’lumotlar chiqadi.
Download 21.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling