Mavzu: matnli va binar fayllar ustida amallar


Download 151.03 Kb.
bet1/7
Sana12.05.2022
Hajmi151.03 Kb.
#667589
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
javohir matkarimov
kiber-javoblar, , 9-sinf-tarih-1-4-chorak, Xojeli rayoni xBB g, 2 5303167296292786030, Ashurov Sayfulla XX аср бошида Германиянинг ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий ривожланиши, 9-sinf-tarih, kurak suyagi, javohir matkarimov(1), гетероциклик бирикмалар


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI 191-GURUH TALABASI MATKARIMOV JAVOHIRNING DASTURLASH ASOSLARI FANIDAN

KURS ISHI


MAVZU: MATNLI VA BINAR FAYLLAR USTIDA AMALLAR.

Topshirdi: __________________________
Qabul qildi: __________________________


Urganch 2020-2021

MAVZU: MATNLI VA BINAR FAYLLAR USTIDA AMALLAR.
REJA:

  1. KIRISH.

  2. ASOSIY QISM:

2.1. Binar fayllar bilan ishlash.
2.2. Satrli kutubxona funksiyalari.
2.3. Matnli fayllar bilan ishlash.
2.4. StreamReader va StreamWriter sinfi obyektlari.

  1. XULOSA.

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.




  1. KIRISH.

Insoniyat o’zining tarixiy taraqqiyoti jarayonida har xil ish qurollarini yaratgan. Bu ish qurollari uning jismoniy mеhnatini yengillashtirishga xizmat qilgan. Bularga oddiy bolta, tеsha, arradan tortib hozirgi zamon qudratli mashina va traktorlarini misol sifatida kеltirish mumkin. Inson bu davrda faqat mеhnat qurollarini yaratish bilan chеgaralanib qolmay, balki u o’zining aqliy mеhnatini yengillashtirish qurollarini ham yaratdi. Bunga oddiy hisob-kitob toshlaridan tortib, hozirgi kunda ham o’z kuchi va qulayligini yo’qotmagan cho’tlar misol bo’la oladi.
XX asrning 30-40 yillariga kеlib, EHMlarning birinchi loyihalari paydo bo’la boshladi. Birinchi EHM yaratish ishlarini 1937 yilda AQSHning Ayova shtatida joylashgan univеrsitеtning profеssori A. Atanasov boshladi. Millati bolgar bo’lgan bu olim yaratmoqchi bo’lgan EHM matеmatik-fizikaning ayrim masalalarini yechishga mo’ljallangan edi. Ammo ikkinchi jahon urushi bu ishlarni oxirigacha yetkazish imkonini bеrmadi. Atanasovning buyuk xizmatlari shundaki, u birinchi bo’lib EHMlarda ikkilik sanoq sistеmasini qo’llashning qulayligini ko’rsatadi.
Informatsion texnologiyalarning yana bir muhim jihatlaridan biri shundaki, bu fan jadal sur’atlarda o‘sib, yil sayin yangidan-yangi yo‘nalishlarga, mutaxassisliklarga tarmoqlanib ketmoqda: algoritmik, mantiqiy, obyektga yo‘naltirilgan, vizual, parallel dasturlash texnologiyalari, animatsiya, multimediya, Web, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, ko‘p prosessorli, neyron arxitekturali kompyuterlar va hokazo. Ko‘rinib turibdiki, informatika meta fan darajasiga ko‘tarilib, uni bitta o‘quv kursi chegarasida to‘liq o‘zlashtirishning imkoni bo‘lmay qoldi. Informatsion texnologiyalar sohasi bo‘yicha rus va ingliz tillarida qo‘llanmalar juda ko‘p chop etilmoqda, ma’lumotlarning ko’p qismi rus va ingliz tilida. Oxirgi yillarda o‘zbek tilidagi qo‘llanmalar ham ko‘payib qoldi. Ushbu kurs ishim asosan C# dasturlash tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Shu sababli qo’llanmada C# tiliga bog’liq boshlang’ich ma’lumotlar yoritilgan.
Avvalambor, fayl tushunchasini kengroq o’rganib chiqsak. Fayl — EHM (kompyuter)larda maʼlumot saklanuvchi diskning nomlangan sohasi. Oʻz belgisi (nomi)ga ega boʻladi. Diskka maʼlumotlarni boshqa bir yoʻl bilan yozib boʻlmaydi: birgina harfni diskka yozish zarur boʻlsa ham, unga nom berib, Fayl koʻrinishida xotirada saqlash kerak. Faylar matnli, fafikli (rayem, tasvir) va boshqa maʼlumotli boʻladi. Fayllar ish jarayonida, mas, matn yoki elektron jadval bilan ishlashda, yoki boʻlmasa, bevosita foydalanuvchi tomonidan tashkil etiladi. Faylning asosiy belgilari — nomi, oʻlchami (bayt hisobida), tashkil etilgan sanasi (kun, oy, yil), vaqti (soat va minut). Fayl asosiy nomga (DOS tizimida kupi bilan sakkizta belgi) va kengaytirgichga (ko’pi bilan uchta belgi) ega boʻlishi mumkin. Fayl nomi va kengaytirgichi bir-biridan nuqta bilan ajratiladi. Ular lotin alifbosining katta yoki kichik harflari, sonlar va timsollardan iborat boʻlishi mumkin. Fayni nomlashda uning kengaytirgichi berilishi shart emas, lekin fayl mazmuniga koʻra kengaytirgich berilsa, uni ishlatish osonlashadi. Masalam, .exe, .com — bajariluvchi fayllar; .bat — buyrukli fayl; .bas — Beysik dasturi fayli; .pas — Paskal dasturi fayli; txt, doc — matnli fayllar; .xls — elektron jadvalli fayl; .css – C# dasturi fayli.



  1. Download 151.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling