Mavzu: Mavzu: Zardushtiylikda ekologiya va din Zardushtiylik


Download 0.87 Mb.
Sana28.04.2020
Hajmi0.87 Mb.

Mavzu:

Zardushtiylik

  • Zardushtiylik ta'limotiga binoan, borliq yorug'lik va zulmat, hayot va o'lim, adolat va adolatsizliklar kabi qarama-qarshiliklardan tashkil topgan. Bu qarama-qarshiliklar tabiat va jamiyatda turlicha ko'rinishda namoyon bo'ladi. Tabiatda ular hayot va o'lim, issiqlik va sovuqlik, yorug'lik va zulmat kuchlarini ifoda etadi. Ijtimoiy hayotda ular adolat va adolatsizlik, qonunga itoatkorlik va qonunlarga bo'ysunmaslik singari ko'rinishlarida namoyon bo'ladi.
  • Qarama-qarshiliklar voqea va hodisalarning manbaidir. Yaxshilik va yomonlik, issiqlik va sovuqlik kabi kuchlar o'rtasida to'xtovsiz kurash boradi. Bu kurash xudolar darajasida ham mavjud. Donishmand xudo Ahura Mazda - ezgulik va yaxshilik timsoli. Ahura Mazdani Avestoda yigirma sifatga ega iloh deb ta'riflanadi. Bu Ahura Mazdaning go'zal ismlaridir.
  • Оссуарий.
  • VII-VIII asr. Букинск

Zardushtiylik

  • Ahura Mazda borliqni yaratuvchi va hamma narsani biladigan oliy xudodir. U o'zini yaxshi ishi va yaxshi so'zlari bilan namoyon qiladi. Ahura Mazda odamlarga yomonlik qilmaydi, ularni faqat ezgu ishlarga da'vat etadi. Zardushtning talqinida Ahura Mazda oliy ibtido bo'lib, uning turmushi odamlarnikidan farq qiladi. Uni hech kim yaratmagan, oilasi yo'q, dunyodagi barcha voqea-hodisalardan xabardor, ular Ahura Mazdaning xohishi bilan sodir bo'ladi.
  • Ahura Mazdaga dunyodagi barcha yomonliklarning timsoli - Axriman (yovuz ruh) qarshi turadi. Ahura Mazda Axriman (Anxra Maynyu)ni odamlarning ibrat olishlari uchun o'z jismidan yaratgan. Shu bois u Ahura Mazdaga qarshi turadi, dunyoda yomonlik, zulm va zulmatning yaxshilik va yorug'lik ustidan g'alaba qilishi uchun kurashadi. Donishmand xudo dunyo va undagi hayotni, yorug'likni, umuman, barcha ijobiy voqeliklarni yaratgan bo'lsa, yovuz ruh o'lim, zulmat, sovuqlik va odamlarga ziyon- zahmat yetkazuvchi jonzodlarni yaratgan.
  • "Avesto" dan parcha.

Zardushtiylik

  • Ezgulik ilohi Ahura Mazda va yovuzlik ruhi Axriman o'rtasidagi kurash faqat ularning o'zlariga xos emas. Bu kurashda ularning yordamchilari ham ishtirok etadi. Ahura Mazda avvalo olti nafar eng yaqin yordamchilariga tayanadi. Jumladan, Voxu Manah (ezgu fikr) poda va chorvani, Asha Vahishita (yuksak haqiqat) olovni, Hashatra Varya (munosib qudrat, hokimiyat) ma'danlarni, Sienta Armati (muqaddas itoat) yerni, Ameretat (mangulik) o'simliklar dunyosini boshqargan. Shuningdek, u o'ziga yo'ldosh ilohlarni yaratgan. Ular Mitra, Anahita, Saroshi (itoatkorlik, intizom), Ashi (taqdirni belgilovchi xudo) va boshqalardan iborat bo'lib, Ahura Mazdaning yovuzlikka qarshi kurashida unga yordam bergan. Ahura Mazda yaratgan xudolarning ayrimlari keyinchalik diniy tizimda katta nufuzga ega bo'lgan. Masalan, Mitra (quyosh xudosi) odamlarning himoyachisi sifatida Eronda Ahura Mazdaning o'rnini egallagan. U zardushtiylikdan tashqari boshqa dinlarda ham qabul qilingan. Masalan, Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda Mitra keng tarqalgan.

Zardushtiylik

  • Yovuz ruh Axriman ham Ahura Mazdaga qarshi kurashda yolg'iz emas. Unga yovuz ruhlar (devlar), sehrgarlar, yomon hukmdorlar yordam beradi. Ular tabiatning to'rt unsuri - olov, yer, suv, va osmon (havo)ga za- rar yetkazadilar. Yovuz hukmdorlar birovni ko'rolmaslik, yalqovlik, yol- g'on, nifoq singari boshqa illatlarni jamiyatda mustahkamlashga, kishilarga tarqatishga intiladi.
  • Zardushtiylik ta'limotida axloqqa katta e'tibor beriladi, kishining ma'naviy barkamolligi qadrlanadi, odamlarni imon-e'tiqodli bo'lishga da'vat etiladi. Faqat imonli odam ezgulikni yovuzlikdan farqlay oladi. Zardushtiylik imoni fikrlarning sofligi, so'zning sobitligi, amallarning insoniyligiga asoslanadi.
  • Odamlar tozalikka va tartib-intizomga qat'iy rioya qilishlari kerak. Kishilardagi mehr-shafqat, ota-ona, oila va Vatanga muhabbat, minnatdorlik his-tuyg'ulari ulug'lanadi. Ota-onadan farzand oldidagi burchini bajarishlari talab qilinadi. Bitta dinga e'tiqod qiladigan odamlar bir-birlariga yordam berishlari, hamjihatlikda va ahillikda yashashlari lozim. Ahura Mazda odamlarni mehnatni sevish, yerga ishlov berish va chorvani ko'paytirishga da'vat etadi. Dunyoda moddiy boyliklarning ko'payishi zulm va yovuzlikning yo'qolishiga xizmat qiladi.

Zardushtiylik

  • Zardushtiylik ta'limotida ma'naviy qadriyatlarni jamiyatda qaror toptirish muammosi alohida ahamiyatga ega. Din kishilarni halol yashashga da'vat etsa-da, o'z hayot yo'llarini erkin tanlashlariga to'sqinlik qilmaydi. Odamlar axloqiy tanlov erkinligiga ega. Xudolar darajasida yaxshilik va yomonlik tarafdorlari o'rtasidagi kurashning natijasiga odamlarning qaysi tarafni tanlashlari ham ta'sir etadi. Zardushtiylikda insonlar xudolar o'rtasidagi kurashning ojiz kuzatuvchisi emas, balki bu jarayonning muhim ishtirokchilari bo'ladi. Har bir kishi hayot yo'lini mustaqil tanlaydi va axloqiy tanlovi uchun narigi dunyoda va oxiratda shaxsan javobgar bo'ladi. Odam hayot yo'lini erkin tanlasa-da, uning taqdiri azaldan belgilangan.
  • Diniy aqidalarda g'ayridinlar va ularni ta'qib qilish yoki qilmaslik to'g'risida ham hech nima deyilmagan. Diniy e'tiqodi turlicha bo'lgan odamlarning tinch-totuv yashashlari rag'batlantirilgan. Jamiyatda diniy murosa va hamkorlik hukmronlik qilgan.

Zardushtiylik

  • Diniy ta'limotda dunyoning tuzilishi to'g'risidagi qarashlar katta ahamiyatga ega. Insoniyat tarixi 12 ming yildan iborat va to'rt bosqichga bo'linadi. Ularning har biri 3 ming yil davom etgan.
  • Birinchi bosqichda ruh, g'oya va narsalar bo'lmagan. Asta-sekin ib- tidoiy bo'shliqdan keyinchalik yerda yuzaga kelgan narsa va hodisalarning dastlabki belgilari shakllangan.
  • Ikkinchi bosqichda Donishmand xudo (Ahura Mazda) osmon, yulduz, oy, quyosh, tabiat, Odam Ato (Yima) va birinchi muqaddas buqa (Geush urvan) kabilarni yaratgan. Yima (Firdavsiyning «Shohnoma» dostonida Jamshid deb atalgan) xudo Ahura Mazdani ilk bora tan olgan kishi. Yima insoniyatning ajdodi bo'lib, barcha odamlar undan tarqalgan. Muqaddas buqadan hayvonot dunyosi vujudga kelgan. Axriman ham Ahura Mazdaga qarama-qarshi koinotda planetalar va kometalarni, yerda cho'llar, vahshiy hayvonlar, kasallik qo'zg'atuvchi jonzodlarni yaratgan. Qarama- qarshiliklarning koinotdagi va yerdagi to'qnashuvidan butun borliq harakatga kelgan.

Zardushtiylik

  • Uchinchi bosqichda Avestoda qayd etilgan personajlarning faoliyati boshlangan. Yima odamlar va chorvani olamning suv bosishi falokatidan qutqargan hamda Ahura Mazda yordamida odamlarga rahbarlik qilgan. Dunyoda yaxshilikning tantanasiga xizmat qilgan. Yima podsholigida odamlar sharaf uyi (jannat)da yomonlik, adolatsizlik, yovuzlik, kasallik va o'limning nima ekanligini bilmay, baxtli hayot kechirganlar. Shu bois Yimaning hukmronlik davri Avestoda «oltin asr» deb ataladi. Yima davrida odamlar yer haydab, dehqonchilik qilganlar va chorva urchitganlar.
  • Vaqt o'tishi bilan Yima odamlarga ko'rsatgan yaxshiliklaridan g'ururlanib, manmanlik, o'zgalar dardiga befarqlik yo'liga kirgan. Mansabparastlik va o'z imkoniyatlariga ortiqcha baho berishi oqibatida Ahura Mazdaning nasihatlarini bajarmay qo'ygan. Oqil xudo man etgan muqaddas buqani ov qilib, uning go'shtidan taom tayyorlashni buyurgan. Manmanlik, o'zboshimchalik va man etilgan ishlarni sodir etganligi uchun Ahura Mazda Yima va uning avlodlarini jazolangan. Odamlar jannatdan chiqarilgan, tirikchilik tashvishlari, yeb-ichish zarurati, kasalliklarga duchor etilganlar, boqiylik imtiyozidan mahrum qilinganlar. Uchinchi bosqichning oxirlarida Zardushtning faoliyati boshlangan va Zardushtning vafotidan keyin uchinchi bosqich tugagan.

Zardushtiylik

  • To'rtinchi bosqichning har ming yilida dunyoga uchta xaloskor (payg'ambar) keladi. Ularning oxirgisi - Oso'shyant oxiratda dunyoga kelib, barcha imonlilarning ruhlarini bihishtga yetaklaydi, gunohkor bandalar uchun xudo Axura Mazdadan mag'firat so'raydi. Oxiratda yovuz ruh yengilib, yaxshilik yomonlikning ustidan uzil-kesil g'alaba qiladi. Dunyo eritilgan temir bilan soflanib qayta quriladi. Yerdagi hayot tubdan o'zgaradi. Yaxshilik tantana qiladi, yomonlik va o'lim yo'qoladi. Gunohkorlar o'zlarining sodir etgan yomonliklari uchun pushaymon bo'lib, xudodan kechirim so'raydilar. Yangilangan dunyoda yomonlik yo'q qilinganligi sababli gunohkorlar kechiriladi, abadiy rohat-farog'at jamiyati barpo etiladi.
  • Oxiratda ziddiyatlarga to'la olam yo'q qilinsa ham odamlar undan qo'rqmasliklari kerak. Zero, oxiratda kishilarning azaliy orzu-istagi hisoblanuvchi baxt, adolat, tinchlik va tenglikka asoslangan jamiyat quriladi. Dunyo tamoman o'zgaradi va undan yomonliklar butunlay yo'qoladi.

Zardushtiylik

  • Zardushtiylik ta'limotida hayot va o'limga munosabat to'g'risidagi qarashlar ta'sirida o'ziga xos ko'mish marosimi vujudga kelgan. Diniy aqidalarda qayd etilishiga ko'ra, odamning vafot etishi yovuz kuchlarning ezgulikdan ustun kelganligi oqibatidir. Shu bois tanani yovuzlikdan xalos qilish kerak. Yomonliklar tananing chirishi jarayonida yo'qoladi. Yomonliklardan xalos bo'lmagan tanani muqaddas tabiat unsurlari sanaluvchi yerga, olovga va suvga tashlash mumkin emas. Marhumni so'nggi manziliga qo'yishdan oldin soflanish (ko'mish) marosimi o'tkazilgan. Diniy rivoyatlarga ko'ra, odam vafot etganidan to'rt kun o'tgach uning ruhi tanani tark etib, yosh ayol qiyofasidagi farishtaning kuzatuvida narigi dunyoga o'tadi. Ko'mish marosimi ham shuncha vaqt o'tganidan keyin bajarilgan. Marhumning jasadi erta tongda quyosh chiqmasdan oldin temir zambilga ortilib kohin va yaqin qarindoshlarining kuzatuvida Indamaslar minorasi deb ataladigan mozorga olib borilgan. Indamaslar minorasi uncha katta bo'lmagan bino bo'lib, balandligi 4,5 metrni tashkil etgan. Binoning poli marhumni ko'mish maydoni vazifasini bajargan.

Zardushtiylik

  • Zarushtiylar jonzodlarni ham notoza va toza turlarga ajratganlar. Notoza deb qabul qilingan hayvonlarga yaqinlashgan kishi soflanish marosimidan o'tkazilgan. Toza hayvonlardan xo'jalikda foydalanilgan. Qoni oqizib yuborilgan toza hayvonlarning go'shti iste'mol qilingan.
  • Jamiyatda tabaqalar o'rtasidagi iqtisodiy ijtimoiy va huquqiy tengsizlikka qaramasdan xotin-qizlar uning to'la huquqli a'zosi hi- soblangan. Tarixiy manbalarda qayd etilishiga ko'ra, xotin-qizlar erkaklar bilan bir xil huquq va erkinliklarga ega va oilada o'z mulkini erining xohishidan qat'i nazar mustaqil meros sifatida qoldirishi mumkin bo'lgan. Zardushtiylik ayollarning erkaklar bilan teng huquqligini mustahkamlagan.
  • Zardushtiylikka e'tiqod qiluvchilar juda ko'p diniy marosimlarni bajarishgan. Diniy marosimlarga esa kohinlar rahbarlik qilgan. Marosimlarning ko'pligi kohinlarning moddiy jihatdan muhtojlikni bilmay yashashlariga imkon bergan. Kohinlarning jamiyatdagi mavqei juda baland bo'lib, ular alohida tabaqani tashkil etgan. Shuning uchun kohinlik otadan farzandga meros bo'lib o'tgan. Kohin o'z farzandini yoshligidan bo'lg'usi kasbga tayyorlab borsa-da, nomzod uzoq vaqt o'qitilgan va bir necha bosqichdagi sinovlar hamda poklanish marosimlaridan o'tkazilgan. Faqat ko'p bosqichli sinovlardan muvaffaqiyat bilan o'tgan kasbga da'vogarlargina kohinlik martabasiga muyassar bo'lgan.

Zardushtiylik

  • Zarushtiylar jonzodlarni ham notoza va toza turlarga ajratganlar. Notoza deb qabul qilingan hayvonlarga yaqinlashgan kishi soflanish marosimidan o'tkazilgan. Toza hayvonlardan xo'jalikda foydalanilgan. Qoni oqizib yuborilgan toza hayvonlarning go'shti iste'mol qilingan.
  • Jamiyatda tabaqalar o'rtasidagi iqtisodiy ijtimoiy va huquqiy tengsizlikka qaramasdan xotin-qizlar uning to'la huquqli a'zosi hi- soblangan. Tarixiy manbalarda qayd etilishiga ko'ra, xotin-qizlar erkaklar bilan bir xil huquq va erkinliklarga ega va oilada o'z mulkini erining xohishidan qat'i nazar mustaqil meros sifatida qoldirishi mumkin bo'lgan. Zardushtiylik ayollarning erkaklar bilan teng huquqligini mustahkamlagan.
  • Zardushtiylikka e'tiqod qiluvchilar juda ko'p diniy marosimlarni bajarishgan. Diniy marosimlarga esa kohinlar rahbarlik qilgan. Marosimlarning ko'pligi kohinlarning moddiy jihatdan muhtojlikni bilmay yashashlariga imkon bergan. Kohinlarning jamiyatdagi mavqei juda baland bo'lib, ular alohida tabaqani tashkil etgan. Shuning uchun kohinlik otadan farzandga meros bo'lib o'tgan. Kohin o'z farzandini yoshligidan bo'lg'usi kasbga tayyorlab borsa-da, nomzod uzoq vaqt o'qitilgan va bir necha bosqichdagi sinovlar hamda poklanish marosimlaridan o'tkazilgan. Faqat ko'p bosqichli sinovlardan muvaffaqiyat bilan o'tgan kasbga da'vogarlargina kohinlik martabasiga muyassar bo'lgan.

Zardushtiylik

  • Zardushtiylik islom siquvida katta talafot ko'rsa-da, yo'qolib ketmagan. Zardushtiylikka sodiq dindorlar jamoalari yashash uchun noqulay joylar (dasht va cho'llar)ga, boshqa mamlakatlarga ko'chirilgan. Eronda hozir ham unga sig'inadigan urug'lar mavjud. Minglab zardushtiylar Hindistonga ko'chib o'tganlar. Hindistonlik zardushtiylar forslar deb atalgan. Vaqt o'tishi bilan ular mahalliy aholi bilan qo'shilib ketganlar. Faqat kohinlar diniy e'tiqodlariga sodiqlikni saqlab qolganlar.
  • Xulosa sifatida aytish mumkinki, zardushtiylik nafaqat jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirishga, balki Sharq davlatlarida axloqiy qadriyatlarni keng yoyishga xizmat qilgan. Odamlarning ma'naviy qadriyatlarga amal qilib yashashlari, jannat va do'zax, qiyomat, odamning qayta tirilishi va ilohiy davlatning yaratilishi singari g'oyalari keyinchalik xristianlik va islom dini ta'limotlarining ishlab chiqilishida muhim manba vazifasini o'tagan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling