Mavzu: Mehnat muhofazasi nazariyasining asosiy tushuncha va terminlari, xavflar nomenklaturasi. Ularni paydo bo’lish sabab va oqibatlari


Download 1.51 Mb.
bet1/5
Sana03.08.2022
Hajmi1.51 Mb.
#790438
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish MM
1-Амалий иш, Lesson 3 homework

Mustaqil ish :
Mavzu: Mehnat muhofazasi nazariyasining asosiy tushuncha va terminlari, xavflar nomenklaturasi. Ularni paydo bo’lish sabab va oqibatlari.
Reja:

  1. Mehnat muhofazasi nazariyasining asosiy tushuncha.

  2. Terminlari, xavflar nomenklaturasi. Ularni paydo bo’lish sabab va oqibatlari.

  3. Mehnat muxofazasining xuquqiy asoslari.

Mehnat muhfazasi- insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qo’llaninladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitarioya-gigiena, davolash profilaktika chora tadbirlari belgilab qo’yiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sog’lom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yo’l qo’ymaslik kabi mehnat muhofazasi oldidag vazifalar hisoblanadi.


O’zRda xavfsizlik va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qo’yilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda ro’yobga chiqarishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar O’z Rning Mehnat kodeksida, ‘’ Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida ‘’ gi qonun (1993 yil 6 may) da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normative hujjatlarida belgilangan. O’zbekiston Mehnat muhofaza uchun katta moliyaviy mablag’lar ajratiladi va o’zlashtiriladi. Sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi O’zR fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan bo’lib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi , ‘’Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida’’ gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnonmalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normative huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid bo’lgan Mehnat muhofasi standartlarida belgilab qo’yiladi. Mulkchilik shakli va xo’jalik yuritish usulidan qat’iy nazar barcha korxona, muassasa, taashkilotlar o’z xodimlari uchun sog’lom va xavfsiz mehnt sharoitini yaratishi, xavfsizlik choralarini ko’rishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etilishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.

Insoniyatning uzoq o‘tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potensial xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksiomaviy xususiyatga egadir. Vaholanki, ishlab chiqarish sharoitida xavf darajasini boshqarish hamda kamaytirish ham mumkin. Lekin qanday holatda bo‘lmasin, absolyut xavfsizlikka erishib bo‘lmaydi. Xavfsizlik – ma’lum darajada xavf tug‘ilishi bartaraf etilgan faoliyat holati, ya’ni faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir. Mehnatni muhofaza qilish ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan vositalar usullar majmuidir. Demak, insonning mehnat xavfsizliginita’minlash birinchi navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o‘rganishni talab etadi.


Aristotel, eramizdan oldingi 460–377-yillarda yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi. Tiklanish davrining buyuk, taniqli olimi Paratsels (1493–1541-y.) tog‘ ishlarini bajarishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o‘rganib chiqqan. U o‘z asarlarida: «Barcha moddalar zahardir va barcha moddalar dori-darmon hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani zaharga aylantirsa, ikkinchi me’yor esa uni dori-darmonga aylantiradi», deb yozadi.
Nemis olimi Agrikol (1494–1555yy.) o‘zining «Tog‘ ishlari haqida» nomli asarida, shuningdek, italyan olimi Ramatsin (1633–1714-u.), rus olimi M. V. Lomonosov (1711–1765-u.) o‘z asarlarida mehnat muhofazasi masalalariga katta e’tibor qaratgan. XIX asrda sanoatni intensiv rivojlanishi natijasida mehnat muhofazasi muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan bir qancha olimlar etishib chiqdi.
Jumladan, V.L.Kirpichev (1845–1913-u.), A.A.Bess (1857–1930yy.), D.R.Nikolskiy (1855–1918yy.), V.A.Levitskiy (1867–1936yy.), A.A.Skochinslay (1874–1960yy.), S.I.Kaplun (1897– 1943-u.) shular jumlasidandir. YUqorida ta’kidlanganidek, mehnat xavfsizligini ta’minlash qadimgi davrdan hozirgi kungacha inson faoliyatining muhim tomonlaridan biri hisoblanib kelindi. SHu sababli «Mehnatni muhofaza qilish» mustaqil fan sifatida shakllandi va o‘z nazariyasiga, uslubiga hamda tamoyillariga ega bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda «Mehnatni muhofaza qilish» fani muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigienasi, antropometriya, ergonomika, texnikaviy estetika kabi fanlarning yutuqlariga asoslanadi. Ushbu fanlar bir-biridan tadqiqot qilinadigan yoki o‘rganiladigan ob’ektlarining turi, ya’ni «inson-mashina», «inson-muhit», «inson-mashina muhit» tizimlari bilan farq qiladi. Birinchi turdagi tizimlar qonuniyatlarini muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi o‘rgansa, «inson-muhit» tizimi qonuniyatlarini mehnat gigienasi o‘rganadi.



Mehnatkashlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavfsiz ish sharoitlarini yaratib berish, kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarish jarohatlarini yo‘qotish O‘zbekiston Respublikasi xukumatining asosiy g‘amxo‘rliklaridan biridir.


“Mehnat muhofazasi” kursi bu fanning mutaxassislikka tegishli asosiy nazariy qismini beradi.
Mehnat qonunchiligi huquqiy me’yorlar majmuasi bo‘lib, ishchi xizmatchilarning mehnat munosabatlarini boshqarib turadi.
Mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi-tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuasi bo‘lib, kasbiy kasalliklarga va zaharlanishga olib keluvchi tadbirlarni kamaytirish va butunlay bartaraf qilishga qaratilgan.

Aniq mashinalar, transport vositalari, texnologik jarayonlar, ish turlari bino va inshoatlar uchun har bir kursning tegishli mutaxasssislik kurslarida o‘rganiladi.


“Mehnat muhofazasi” kursi “Ergonomika”, “Injenerlik psixologiyasi”, “Ishni ilmiy tashkil qilish”, “Gigiena va fiziologiya”, “Huquqshunoslik”, “Iqtisod”, “Ekologiya” va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bu fanning metodologik asosi-mehnat sharoitini, texnologik jaroayonni,ajralib chiqadigan zararli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo bo‘ladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy taxlil qilishdir.
Bu taxlil asosida ishlab chiqarishdagi xavfli joylar, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar aniqlanadi, ularni oldini olish va yo‘qotish ishlab chiqiladi. Bu masalalarni hammasi o‘zaro bog‘langan xolda, kelajak rejalarni xisobga olgan holda ko‘riladi. Mehnat muxofazasi kursining maqsadi-mehnat xavfsizligining muxandislik va ilmiy asoslarini biladigan, xavfli vaziyatlar tug‘ilganda ularni amalda qo‘llay oladigan, mehnat unumdorligini oshirish bilan birga,jaroxatlarni, kasbiy kasallik, avariya, Yong‘in va portlashning oldini ola biladigan bakalavr kadrlar tayyorlashdir.
Kursning vazifasi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini, ularning inson sog‘ligiga ta’siri mazkur xavfli moddalarni o‘lchash va tadqiq qilishning zamonaviyusullari va ulardan samarali ximoyalanish tadbirlarini o‘rganishdan iboratdir.
Xavfsizlik – tushunchasi deganda ishlash davomida insonga ta’sir etuvchi xavfsizlikni va inson salomatligiga ta’sir etuvchi xolatdir.


Xavfsizlik tizimi obyekt himoyasi bo’yicha quydagilarga bo’linadi.
Xavfsizlik tizimi




Insonni hayoti faoliyati davomida shaxsiy v jamoaviy xavfsizligi tizimi

Texnogen tizim xavfsizligi

Ekologik xavfsizlik tizimiga

Milliy xavfsizlik tizimidagi global xavfsizlik tizimlari

Mehnat muhofazasi borasida katta ilmiy tadqiqot ishlarini 600 dan ortiq ilmiy tadqiqot tashkilotlari va laboratoriyalar, shu qatorda6 ta mehnatni muhofazasi qilish institutlari, 200 dan ortiq Oliy maktab kafedralari, ko‘plab tibbiyot ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib boriladi.


Ilmiy fan sifatida “Mehnatni muhofazasi” fanining maqsadi, maksimal ish unimdorligida, ish sharoitining to‘liq havfsizligini va zararsizligini ta’minlovchi tashkiliy va texnik tadbirlarni ishlab chiqishdadir.
Mehnat sharoitining yaxshilanishi sotsial natijalarga ya’ni, mehnatkashlarning sog‘lig‘ini yaxshilash, o‘z ishidan mamnunlik darajasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash, ishlab chiqarish va jamoat faolligini oshirishga olib keladi.
Korxonalarda sog‘lom va havfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash korxona ma’muriyatiga yuklangan. Ma’muriyat zamonaviy havfsizlik texnikasi vositalarini tadbiq etish, ishlab chiqarish jarohatlarini va kasbiy kasalliklarni oldini olish uchun sanitariya-gigiena sharoitlarini ta’minlashi kerak.

“Kasbiy sog‘liqni saqlash va xavfsizlik” ishining barcha jihatlariga ta’sir qiladi. Xavfsizroq tashkilotlarda, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik bir yagona vakolatli boshqaruvchi nazorati ostida bo‘lishi mumkin. Xavfi yuqori ishlab chiqarish zavodida, tashkilot doirasida sog‘liqni saqlash va xavfsizlik standartlari qoniqarli bo‘lishini ta’minlash maqsadida juda ko‘p turli mutaxassislar (elektr, mexanik va fuqarolik) advokatlar, shifokorlar va hamshiralar, o‘qituvchilar, ish rejalashtiruvchilar va rahbarlar kasbiy sog‘liqni saqlash va xavfsizlik amaliyotchi sifatida yordam berish talab qilinishi mumkin.
Yaxshi natijalarga erishish uchun ko‘p to‘siqlar bor. Mahsulotga bo‘lgan bosim yoki ish maqsadlari, moliyaviy cheklovlar va tashkilot murakkabligi odatda bunday to‘siqlarga misol bo‘la oladi. Biroq, yuqori darajadagi sog‘liqni saqlash va xavfsizlik standartlarini ta’minlash maqsadida tashkilotlar uchun ba’zi kuchli rag‘batlantirishlar bor.
Bu imtiyozlar ham axloqiy ham huquqiy va iqtisodiydir. Korporativ mas’uliyat, XXI asr ish sohasida keng ishlatilgan atama bo‘lib, bir qator masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu tashkilot biznesining atrof-muhit, inson huquqlari va Uchinchi Jahon qashshoqligiga bo‘lgan ta’sirini o‘z ichiga oladi. Ish joyidagi sog‘liqni saqlash va xavfsizlik korporativ hamda mas’uliyatli muhim masaladir. Korporativ javobgarlikning turli ma’nolari mavjud. SHu bilan birga, aniqroq qilib aytganda, tashkilotlarning ham jamiyatda, ham biznesda ijobiy va barqaror natija ishlab chiqarish uchun ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy qiymatni o‘zlarining asosiy bizneslarida tadbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling