Mavzu: Menejment sohasidagi axborot tizimlari va texnalogiyalari
Download 45.71 Kb.
|
1 2
Bog'liqAKT lobaratoriya ishi 1
LABORATORIYA ISHI №1
Mavzu: Menejment sohasidagi axborot tizimlari va texnalogiyalari 1-topshiriq Menejment texnikasi - bu aqliy mehnat texnikasi, menejment tizimida axborotni qayta ishlash texnikasidir. Texnika vositalari qanchalik takomillashgan bo'lsa, menejment texnologiyasi, menejment mehnatini tashkil etish va butun menejment jarayoni shunchalik samarali bo'ladi. Hisoblarga asosan mamlakat iqtisodiyotini maqbul boshqarish uchun yil davomida 10 ta elementar arifmetik operatsiya bajarish zarur bo'lsa, boshqaruv apparati xodimlari 10 ta, ya’ni 10 ming marta kam operatsiya bajarish qobiliyatiga ega ekanlar. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun menejment mehnatini takomillashtirish, axborot to'plash hamda qayta ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Menejment texnikasini faqat hisoblash mashinalari bilangina bog'lash noto'g'ridir. Dastlabki texnika vositalari 100 yil burun paydo bo'lgan ruchka, chizg'ichdan tortib EHM va kompyutergacha bo'lgan texnika vositalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: orgtexnika va hisoblash mashinalari. Orgtexnika vositalariga juda turli-tuman uskuna va qurollar (oddiy qurol va vosita, axborot olish va qayta ishlash, ko'chirish, ko'paytirish, aloqa vositalari va axborot uzatish, xizmat ko'rsatish, xizmat xonalari uskunalari) kiradi. Menejment mehnati turli oddiy qurol va uskunalardan (qalam, ruchka, idora daftarlari, jadval, grafik va boshqalar) foydalanishga asoslanadi. Eng so'nggi avloddagi EHM va kompyuterlar oddiy texnika vositalari (qalam va chizg‘ich) o'rnini to‘liq bosa olmaydi. Qulay, oddiy, chidamli bu vositalar texnika vositalari singari juda muhimdir. Oddiy qurol va uskunalarni axborotni qayta ishlash bosqichlari bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. Bu, avvalo, yozuv vositalari (qalam, ruchka, mo'yqalam, trafaret), tasvir vositalari (grafik, diagramma, nazorat va nozirlik oynalari, marshrut sxemalari), hujjatlar saqlash vositalari (tokcha, konvert, kartoteka va h.k.), axborot qabul qilish va mustahkamlash vositalari (tarozi, soat, hisob mashinasi, o'lchov vositalari, ko'chiruvchi mashinalar), aloqa vositalari (telefon, AS, rahbar va dispetcher kommutatori, radio aloqa, radiofon, signal uskunalari, ovoz berish uskunalari), axborot uzatuvchilar (ovoz, nur, kartochka, oyna, metall), menejment mashinalarida qo'llaniladigan axborot uzatuvchilar (disklar, qog'oz). Axborot - menejment uchun zaruriy xabar va m a’lumotlar majmuidir. Axborotsiz menejment bo'lmaydi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi bog'Iiqlik shakllari ishlab chiqarish axborotlaridir. Iqtisodiy axborot menejmentda asosiy rol o'ynaydi. Axborot tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo‘lib, u turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar, avtomatlashtirilgan menejment tizimlarini o'z ichiga oladi. Rahbar qabul qilgan boshqaruv qarorlari va uning ma’nosi axborot xizmatlariga bog'liq. Kommunikatsiya jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o'rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha jabhalariga kerak. Hozirgi kunda har qanday iqtisodiy faoliyat sohasini nafaqat mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan ishlab chiqarish va servis texnologiyalari, balki boshqaruv, ishlab chiqarish, ta‘minot, savdo, maishiy va korxonaning boshqa funksional bo’linmalarini axborotlarga bo’lgan talablarini ta‘minlab beruvchi axborot texnologiyalarisiz ham amalga oshirib bo’lmay, bu boshqaruvda mavjud bo’lishi shart bo’lgan zaruriy vositaga aylandi. Axborot texnologiyalari korxonaning barcha ko’rinishidagi resurslarini ratsional boshqarishga, shuningdek, tadbirkorga yakka holda qaror chiqarib faoliyat yuritishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Resurslarni har doim cheklangan holatda bo’lishligi sharoitida, qat‘iy samaraga erishish uchun resurslarni bir joyga jamlash to’g’risidagi boshqaruv qarorlarini to’g’ri va o’z vaqtida qabul qilinishi faoliyat muvaffaqiyatining asosiy omili hisoblanadi. Aynan axborot texnologiyalari taqdim etadigan ma‘lumotlar bosh masalalarni echish uchun zarur vaqtda va kerakli joyga resurslarni jamlanishiga imkon yaratadi. Tizimli tashkil etilgan bilimlar xodimlar malakaviy doirasini yanada oshiradi va korxonaga ratsional, maqsadga yo’naltirilgan hamda tejamli, yuqori samarali faoliyat yuritishiga imkon beradi. Ammo, ko’plab mahalliy korxonalarda axborot texnologiyalari sohasida korporativ siyosatning mavjud emasligidan korxona korporativ axborot-boshqaruv tizimini yaratish strategiyasini ishlab chiqishda keng ilmiy asoslangan echim – bilimlar hozircha etarli emas va mavjudlaridan samarali foydalanish kerak bo’ladi. Axborot texnologiyalari strategiyasi deyilganda korporativ yondashuv, tamoyil va usullarning shakllantirilgan tizimi tushuniladi va axborot-boshqaruv tizimining barcha komponentlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Download 45.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling