Mavzu: Metallar uchun holat diagrammasidagi “kyuri” nuqtasi. Reja: Holat diagrammasi haqida


Download 112.7 Kb.
bet1/5
Sana27.01.2022
Hajmi112.7 Kb.
#512514
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-hafta, MuhamТест начат, 11, O’rta Osiyodagi ilk paliolit davri iptidoiy manzilgohlari, O’rta Osiyodagi ilk paliolit davri iptidoiy manzilgohlari, O’rta Osiyodagi ilk paliolit davri iptidoiy manzilgohlari, 3 mavzu, 3 mavzu, MDIB majmua tarjima, 2-mavzu, 6 топширик, 1-tema, 1-tema, Xolboyev dars

MAVZU:Metallar uchun holat diagrammasidagi “KYURI” nuqtasi.
REJA:
1. Holat diagrammasi haqida.
2. Qotishmalarning holat diagrammasi.
3. Kyuri nuqtasi

Holat diagrammasi, muvozanat diagrammasi, fazoviy diagramma — fizik-kimyoviy sistemaning tarkibi va holat parametrlari orasidagi munosabatning geomet-rik ifodasi. Holat parametrlari — termodinamik sistema holatini ifo-dalaydigan fizik kattaliklar (temperatura, bosim, solishtirma hajm, magnitlanganlik, elektr qutblanish va h.k.). Holat diagrammasi bir yoki koʻp komponentli moddaning muvozanat holatini geometrik tarzda ifodalaydi. Bu holat bir fazali, ikki fazali va koʻp fazali boʻladi. Fazalar gazsimon, suyuq, qattiq, oʻta oʻtkazuvchan, segnetoelektrik va boshqa boʻlishi mumkin.
Agar sistema bitta komponentdan iborat boʻlsa (eng sodda hol), Holat diagrammasi toʻgʻri burchakli uch koordinata oʻqiga (bu oʻqdar boʻyicha temperatura T bosim R va mol qajm V qoʻyiladi) qurilgan 3 oʻlchovli fazoviy shakl koʻrinishini oladi.
Ikki fazali muvozanat holat egri chiziqlar, 3 fazalisi esa nuqta bilan tasvirlanadi. Har qanday modda qat-tiq, suyuq va gazsimon fazasining muvozanatiga mos keluvchi 0 nuqta unlama nuqta deyiladi. Koʻp kompo-nentli sistemalarning Holat diagrammasi murakkab boʻladi. Holat diagrammasini eksperimental qurishda fizik-kimyoviy, termik va rent-genografik analiz, optik va elektron mikroskopiya, dilatometriya va boshqa usullardan foydalaniladi. Holat diagrammasi amal-da, metallshunoslik, metallurgiya va kimyoning turli sohalarida keng qoʻllanadi. Qotishmalarning erish sohasi, temperaturasi termik ishlov rejimlari Holat diagrammasiga koʻra aniqlanadi.
Metallarning mexanik xossalari
Metallar mexanik — mustahkamlik, qattiqlik, egiluvchan-
lik, plastiklik va hokazo xossalarga ega. Bunda har xil metall
namunalari tegishli mashinalarda sinab ko‘riladi.
Metallarning qattiqligiga alohida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi,
chunki mashinasozlik sanoatida metallarning qattiqligini o‘z-
gartirish usullari mavjud bo‘lib, uning ahamiyati katta.
Sharchaning namunada qoldirgan izi qancha katta bo‘lsa, metall
shuncha yumshoq va aksincha bo‘ladi.

Metallarning qattiqligi deb, metallning unga bir qattiqroq


jismni botishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga aytiladi. Qattiqlik
metallning eng asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, bu xususiyat
detallar tayyorlashda uning yaroqli yoki yaroqsizligini ifodalaydi.
Metall qancha qattiq bo‘lsa, uni ishlash uchun shuncha ko‘p
kuch talab etiladi. Metallarning qattiqligi turli usullarda aniq-
lanadi. Usullardan amalda namunaga toblangan sharcha, konus-
simon olmos yoki piramidasimon olmosni botirish yo‘li bilan
aniqlanadigan usullar ko‘p qo‘llaniladi.

1.4. Qotishmalarning xossalari


Ikki va undan ortiq elementlarni birga suyultirish yo‘li bilan
olingan murakkab jism qotishma deb aytiladi. Bunga misol
sifatida cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, duraluminiy va
boshqalarni keltirish mumkin.
Ba’zan, qotishmani uning tarkibiga kiruvchi elementlarning
kukunlarini aralashtirib, unga shakl berib, hosil qilingan bu-
yumni maxsus pechlarda 1100—1400°C da pishirish yo‘li bilan
ham olish mumkin. Misol uchun qattiq qotishmalar, metall-
keramik detallar shu yo‘sinda olinadi.
Qotishmalar tarkibiga kiruvchi elementlar atomlarining
diametrlariga, kristall panjara turiga va ularning suyuqlanish
haroratiga ko‘ra: mexanik aralashma, kimyoviy birikma va

qattiq eritmaga bo‘linadi.


Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari
kristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, bir-biridan qochsa,
qotishma tarkibiga kiruvchi har bir element atomlari qattiq
holatda mustaqil kristallar hosil qiladi. Bunda hosil bo‘lgan
kristall donlari mexanik aralashmadan iborat bo‘ladi.





Download 112.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling