Mavzu: Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash. Reja
Download 264.25 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy faoliyat turlari.
- Ishlab chiqaruv-texnologik
- Loyihaviy-konstruktorlik
- 3. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti mutaxassislari ishlashi mumkin bo’lgan davlat tashkilotari.
Mavzu: Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash. Reja: 1. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti mutaxassislari uchun davlat ta‟lim standarti. 2. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti mutaxassislari faoliyat turlari. 3. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti mutaxassislari ishlashi mumkin bo‟lgan davlat tashkilotari. 1. Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti mutaxassislari uchun davlat ta’lim standarti. 5310900 – Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari bo„yicha) ta‟lim yo„nalishi – fan va texnika sohasidagi maxsus yo„nalish bo„lib, u sifatli mahsulot va materiallar ishlab chiqarish, sifatli xizmatlar ko„rsatishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko„nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo„naltirilgan inson faoliyatidagi nazariy qoidalar, amaliy vositalar, usullar va uslubiyatlarning majmuasi bo„lib, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatini baholash va ta‟minlash, xavfsizlik talablari va ekspluatatsiya shartlariga rioya qilinganda umumiy tejamkorlikka erishishni ta‟minlaydigan faoliyatning qoida va me‟yorlarini standartlar va boshqa me‟yoriy hujjatlarda umumlashtirishni va qayd etilishini o„z ichiga oladi.
(mahsulot turlari bo„yicha) ta‟lim yo„nalishi bo„yicha bakalavr kasbiy faoliyatining obyektlari - jarayonlar, mahsulot, xizmatlarning sifati va tashkilotlar faoliyatlari natijalarining talab qilingan darajasini ta‟minlovchi boshqaruv tizimini loyihalash va uning samarali faoliyatini ta‟minlash hamda mahsulot va sifat tizimini sertifikatlashtirish, sinash, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatining metrologik va me‟yoriy ta‟minoti, mahsulot sifati nazorati, o„lchash natijalarini qayta ishlash,
o„lchash vositalari va uslubiyatlari va ularni doimo takomillashtirish tartibini ta‟minlash. Kasbiy faoliyat turlari. 5310900 – Mahsulot sifati menejmenti (mahsulot turlari bo„yicha) ta‟lim yo„nalishi bo„yicha bakalavr o„zining fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq quyidagilarni o„zlashtiradi:
korxonada mahsulot sifatini boshqarish tizimini yaratish va ta‟minlash hamda uni doimo takomillashtirish, sinash, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, xizmatlarni va sifat tizimini sertifikatlashtirish, korxonani metrologik ta‟minlash, korxonadagi metrologik faoliyat usullarini doimo takomillashtirish, ishlab chiqarishni va xizmatlarni zarur me‟yoriy va ilmiy-texnik va texnologik hujjatlar bilan o„z vaqtida ta‟minlash va uni qayta ko„rib chiqish va zarur bo„lsa qayta butlash;
chiqarish sifatini ta‟minlash; eksperimental-tadqiqot: mahsulot sifatini tadqiq qilish bo„yicha eksperimental tadqiqotlarni o„tkazish va ularning natijalariga ishlov berishda faol qatnashish va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarish; me‟yoriy ishlar: mahsulot sifati sohasidagi me‟yoriy hujjatlarni va ishlab chiqilgan standartlarni ekspertiza qilish; Sertifikatlashtirish: mahsulotlar, texnologik jarayonlar va xizmatlarning sifatini nazorat qilish, sinash va sertifikatlashtirish va boshqa kasbiy faoliyat turlariga moslashishi mumkin.
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti sohasi bo‟yicha bakalavr darajasiga ega mutaxassislar quyidagi vazifalarni amalga oshirish bo‟yicha o‟z faoliyatini tashkil etishi mumkin: a) “Texnik jihatdan tartibga solish to‟g‟risida”, "Standartlashtirish to‟g‟risida", "Metrologiya to‟g‟risida", "Mahsulotlar va
xizmatlarni sertifikatlashtirish to‟g‟risida"gi O‟zbekiston Respublikasining qonunlari hamda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasidagi boshqa qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarning amalda ro‟yobga chiqarilishini ta‟minlash borasida:
- O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo‟jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi loyihalari bo‟yicha umumlashgan takliflar kiritadi;
- o‟z vakolati doirasida, davlat va xo‟jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus reglamentlarni ishlab chiqish bo‟yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va tashkil etadi;
- O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‟zgartirish va qo‟shimchalar kiritish, shuningdek ushbu reglamentlarni bekor qilish to‟g‟risida takliflar kiritadi;
- o‟z vakolati doirasida umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
- davlat, tarmoq,
ma‟muriy-hududiy standartlarni va ularga
o‟zgartirishlarni, korxonalarning mahsulotlarga texnik shartlarini, standartlarini va ularga o‟zgartirishlarni, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‟yicha amal qilinadigan hujjatlarni, shuningdek norma va qoidalarni davlat ro‟yxatidan o‟tkazadi; - bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‟yicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga ko‟maklashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta‟minlaydi; - sertifikatlashtirish va yuklash-tushirishdan oldin inspektsiya o‟tkazish sohasidagi yuridik shaxslarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning sinov, o‟lchov, tahliliy, kalibrlash va tekshirish laboratoriyalarini attestatsiyadan o‟tkazadi va akkreditatsiya qiladi; - O‟lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish bo‟yicha faoliyatni belgilangan tartibda litsenziyalaydi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi, shuningdek litsenziyalar reestrini yuritadi;
- xalqaro va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi; b) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‟yicha xalqaro standartlarni qo‟llash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida: - standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy joriy etish masalalari bo‟yicha davlat va xo‟jalik boshqaruvi organlariga o‟z vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi; - yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; - ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi; - standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‟yicha asosiy yo‟nalishlarni, kontseptsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqadi; -O‟zbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini shakllantiradi va rivojlantiradi, milliy etalonlarni xalqaro etalonlar bilan solishtiradi; v) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko‟rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‟unlashtirilishini ta‟minlash borasida: - respublikada ishlab chiqariladigan va import bo‟yicha olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, chet mamlakatlarning sertifikatlashtirish bo‟yicha ishlari natijalarini e‟tirof etish ishlarini tashkil etadi; - o‟z
vakolatlari doirasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akrreditatsiya qilish sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ro‟yxatdan o‟tkazadi; - shtrixli kodlashtirishni joriy etish siyosatini amalga oshiradi va O‟zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning Davlat reestrini yuritadi; - manfaatdor shaxslarni mahsulotlarni, sinov va o‟lchov usullarini standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‟yicha normativ hujjatlar bilan ta‟minlaydi, shuningdek mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-texnik targ‟ibotini amalga oshiradi; - o‟ziga berilgan vakolatlar doirasida xalqaro, davlatlararo va milliy normativ hujjatlar bo‟yicha ma‟lumotlarning yagona axborot bazasini yaratadi; - standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va o‟lchovlar yagonaligini ta‟minlash ishlarini amalga oshirishning umumiy qoidalarini belgilaydi; - majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‟yxatini tasdiqlash to‟g‟risida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; - etalonlarni saqlaydi, qo‟llaydi hamda o‟lchamlar miqdorlarini beradi; g) kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish borasida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni o‟qitishni amalga oshiradi;
natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste‟molchilar huquqlari himoya qilinishini ta‟minlash borasida: - o‟z vakolatlari doirasida mahsulot sifati va xavfsizligi bo‟yicha majburiy talablarni belgilaydi hamda ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi; - standartlarga rioya qilish, o‟lchovlar va sertifikatlash qoidalarining yagonaligini ta‟minlash masalalari bo‟yicha nazorat organlari bilan o‟zaro hamkorlik qiladi; - normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, o‟lchovlarning yagonaligi va ishonchliligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ta‟minlanishini tashkil etadi va bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi; - davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi. "O‟zstandart" agentligi o‟ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bevosita, shuningdek o‟z hududiy boshqarmalari, o‟ziga qarashli organlar va muassasalar orqali amalga oshiradi.
mutaxassislari ishlashi mumkin bo’lgan davlat tashkilotari. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti bo‟yicha bakalavr darajasiga ega mutaxassislar yuqorida keltirilgan bilim va ko‟nikmalarga ega bo‟ladilar. Buning natijasida quyidagi davlat tashkilotlarida o‟z faoliyatlarini olib borish imkoniyatlariga ega bo‟ladilar
- hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari; - Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari; - Metrologiya xizmatlari ko‟rsatish markazi; - Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy- tadqiqot instituti; - Milliy etalonlar markazi; - Shtrixli kodlashtirish markazi; - Axborot-ma‟lumotlar markazi.
Bundan tashqari bugungi kunda mamlakatimizda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada ishlab chiqarish tarmoqlari bo‟yicha zavod va fabrikalar soni ko‟paymoqda. Bundan ko‟rinib turibtiki, ushbu soha bo‟yicha bilim va ko‟nikmalarga ega mutaxassislarga talab ortmoqda. Mutaxassislar ushbu zavod va fabrikalarda sifat nazorati, sifatni boshqarish hamda metrologik laboratoriyalarda ham o‟z faoliyatlarini olib borishlari mumkin bo‟ladi. Download 264.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling