Mavzu: Meyorida rivojlanayotgan bolalarning go‘daklik yoshida nutqiy, psixik va jismoniy rivojlanish qonuniyatlari Reja


Download 20.57 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi20.57 Kb.
#188229
  1   2   3   4
Bog'liq
маъруза 3 ОТМ


Mavzu: Meyorida rivojlanayotgan bolalarning go‘daklik yoshida nutqiy, psixik va jismoniy rivojlanish qonuniyatlari

Reja:

  1. Maxsus pedagogika va psixologiyaning dolzarb masalalari.

  2. Me’yorda rivojlangan bolaning go‘daklik yoshida nutqiy rivojlanishning o‘ziga xosligi.

  3. Me’yorda rivojlangan bolaning go‘daklik yoshida psixik rivojlanishning o‘ziga xosligi.

  4. Me’yorda rivojlangan bolaning go‘daklik yoshida jismoniy rivojlanishning o‘ziga xosligi.

Tayanch so‘zlar: go‘daklik davr, shaxs, nutq, ruhiyat, jismoniy rivojlanish.

Sog‘lom avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirish g‘oyatda ma’suliyatli vazifa, shuning bilan birga, insonparvar siyosat natijasidir. Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotga oid chuqur o‘zgarishlar kundalik turmushimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgandir. Insonning ijtimoiy barkamolligi uning atrof dunyoga qanday moslashganligi, jamiyatda o‘zini qanday his etishiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Inson jamiyatda o‘zini to‘laqonli his etish uchun unda o‘zining imkoniyatlarini anglashi va ularni qo‘llay olish ko‘nikmasi shakllangan bo‘lishi zarur. Ta’limning hozirgi vaqtdagi muhim vazifalaridan biri bo‘lgan bolani har tomonlama rivojlantirish masalasi bu maqsadga erishishning samarali yo‘llarini izlashni talab qiladi. Bola hayotining dastlabki yillarida jamiyat bilan o‘zaro aloqadorligini, harakatini buzadigan salbiy omillar uning miyasini yetilish jarayonini kechiktiradi, tormozlaydi, analizatorlararo murakkab tizimning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Bunday bolalarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun uning psixik va ijtimoiy rivojlanishidagi nuqsonlarni mumkin qadar erta aniqlash, bartaraf etish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni erta korreksiyalash butun dunyoda, jumladan O‘zbekistonda ham maxsus pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda. Hozirgi vaqtga kelib bolaning rivojlanishidagi keyingi bosqichlar- maktabgacha va maktab yoshlari pedagogik, psixologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan, turli xil nuqsonli bolalarni tarbiyalashning maktabgacha va maktab davri tizimi yaratilgan. Tug‘ilgandan to 3 yoshgacha bo‘lgan davr esa asosan shifokorlarning diqqatini qaratgan. Shifokorlarni esa eng avvalo bolalarning sog‘lig‘i, jismoniy rivojlanishi qiziqtirad.



Ilk maktabgacha yoshdagi nutqsiz bolalar bilan ishlar mazmuni va uni tashkil etish muammolari N.A.Rau, Ye.F.Rau, B.D.Korsunskaya, E.I.Leongard, Ye.G.Samsonova, N.D.Shmatko ishlarida o‘rganilgan. Bu tadqiqotlarda qator tavsiyalarni ko‘rsatish mumkinki, ular bilan tanishish go‘daklik va ilk maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlarni tashkil qilishda prinsipial ahamiyatga ega.

Mutaxassislar boladagi nutq kamchiliklarining kelib chiqish sabablari, oilada ota-onadagi kamchiliklar, boladagi nutq kamchiligini keltirib chiqishdagi sababalar, eshitishning me’yorda ekanligi xaqida fikr yuritdilar. Bu nazorat bola hayotining birinchi oylaridayoq tovushlarga reaksiyasiga diqqat bilan munosabatda bo‘lish, nutqiy reaksiyalarga, g‘o‘ldirash, pichirlash xarakteriga e’tiborni jalb qilishni ko‘zda tutadi. Go‘dakning eshitishi pasayganiga shubha uyg‘onsa, vrach — surdologga murojaat etish zarur.


Download 20.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling