Mavzu: Mikrodasturlarni doimiy saqlash qurilmasi (pzu). Operativ xotira
Download 46.46 Kb.
|
Saburova Ozoda
Mavzu: Mikrodasturlarni doimiy saqlash qurilmasi (PZU). Operativ xotira.Tuzuvchi: Saburova Ozoda Reja: 1. Asosiy tushunchalar 2. Operativ xotira 3. ROM tipidagi xotira 4. DRAM xotirasi Asosiy tushunchalar Operativ xotira — bu kompyuter protsessori uchun ishchi sohadir. Unda ish jarayonida dasturlar va ma’lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko‘pincha ma’lumotlar va dasturlar faqat kompyuter qo‘shilganida yoki reset tugmasi bosilgunga qadar vaqtinchalik saqlash sifatida qaraladi. O‘chirilguncha yoki reset tugmasini bosguncha barcha ma’lumotlar doimiy xotiraga (asosan qattiq disklarga) o‘tguncha ish vaqti davomida sodir etiladigan o‘zgartirishlarni eslab turish vazifasini bajaradi. Qaytadan manba’ga ulanilganda saqlangan ma’lumotlar yana xotiraga yuklanishi mumkin. Operativ xotira qurilmasi ba’zan ixtiyoriy paytda kirish mumkin bo‘lgan eslab qoluvchi qurilma ham deyiladi. Bu shuni bildiradiki, operativ xotirada saqlanuvchi ma’lumotlarga murojaat qilish, ularning u yerda joylashishi tartibiga bog‘liq emas. Kompyuter xotirasi haqida gapirilganda, odatda uning operativ xotirasi, ya’ni ishlatilayotgan protsessor, avvalom bor faol dasturlar va ma’lumotlar saqlovchi xotira mikrosxemalari yoki modullari o‘ylab ko‘riladi. Xotira termini tashqi eslab qolish qurilmalariga yoki magnit tasmalari kabilarda nisbatan ham ishlatiladi. Operativ xotira terminini faqatgina tizimda xotira qurilmasini bajaruvchi mikrosxemalar sifatida tushunmasdan, balki joylashtirish va mantiqiy akslantirish deb ham qarash mumkin. Joyashtirish – bu ma’lumotarni (axborotlar va buyruqlar) aniqlangan tipi bo‘yicha aniq xotira manzillariga o‘natishdir. Xozirgi kompyuterlarda eslab qolish qurimalarining uchta ko‘rinishi ishlatiladi. • ROM (Read Only Memory). Doimiy xotira qurilmasi — DXQ, ma’lumotlarni yozish amalini bajarishga qodir emas. • DRAM (Dynamic Random Access Memory). Ixtiyoriy tartibdagi tanlangan dinamik xotira qurilmasi. • SRAM (Static RAM). Statik operativ xotira. ROM tipidagi xotira ROM tipidagi xotirasi (Read Only Memory), yoki DXQ (Doimiy xotira qurilmasi) da, ma’lumotarni saqlash mumkin bo‘lib, o‘zgartirish mumkin emas. Bu ko‘rinishdagi xotiralar faqat ma’lumotlarni o‘qish uchun ishlatiladi. ROM ba’zan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira deyiladi, chunki unga saqlangan barcha ma’lumotlar manba’ uzilgani bilan o‘zgarmaydi. . Shuning uchun ROM da shaxsiy kompyuterlarni yuklash buyruqlari ya’ni tizimni yuklaydigan dasturiy ta’minot joylashgan. Eslatib o‘tish lozimki, ROM va operativ xotira bir birini nkor etuvchi tushunchalar emas. Boshqacha so‘z bilan aytganda, operativ xotira manzillari maydoni qismi ROM uchun olib boriladi. Bu operatsion tizimni yuklashga imkon beruvchi dasturiy ta’minotni saqlash uchun zarur. BIOS asosiy kodi tizimli plata ROM mikrosxemalarida joylashgan bo‘lib, adapter platalarida shunga o‘xshash mikrosxemalar mavjud. Ular aniq platalar uchun, ayniqsa boshlang‘ich yuklash bosqichida faollashuvchi platalar uchun kerak bo‘lgan kiritish-chiqarish va drayverlar bazaviy tizimlari yordamchi qismdasturlarni o‘zida jamlaydi. Masalan, videoadapter. Boshlang‘ich yuklashda drayverlar talab etmaydigan platalar, odatda ROM ga ega bo‘lmaydilar, chunki ularni drayverlari boshlang‘ich yuklash jarayonidan keyin yuklanishi mumkin. DRAM xotirasi Dinamik operativ xotira qurilmasi (Dynamic RAM — DRAM) ko‘pchilik zamonaviy shaxsiy kompyuterlar operativ xotira tizimlarida foydalaniladi. Bu xotiraning o‘ziga xosligi shundaki, uning katakchalari (yacheykalari) juda zich joylashgan, ya’ni unchalik katta bo‘lmagan mikrosxemaga ko‘plab bitlar joylashgan mumkin, demak, shu asosda xotirani katta xajmli qilib yaratish mumkin. DRAM mikrosxemasida xotira katakchalari — bu zaryadlarni ulaydigan mitti kondensatorlardir. Shu asnoda bitlar kodlanadi. Bu tipdagi xotiralar bilan bog‘liq muammolar shundaki, ular dinamik, ya’ni doimiy ravishda regeneratsiya qilinishi kerak, aks holda elektr zaryadlari kondensator xotiralarida “oqib” keladi va ma’lumotlar yoqoladi. Regeneratsiya jarayoni tizim xotira nazoratchisi mitti tanaffus oladi va mikrosxema xotirasida, barcha ma’lumotlar satriga murojaat qiladi. Ko‘pchilik tizimlar xotira 15 mks ga teng bo‘lgan regeneratsiya chastotasi standart ishlab chiqarishga moslashgan nazoratchisiga ega. Ma’lumotlarning barcha satrlariga murojaat 128 mahsus regeneratsiya sikli o‘tishiga mo‘ljallangan. Bu shuni bildiradiki, Xotirada har 1,92 ms (128Ch15 mks) da barcha ma’lumotlar satrini regeneratsiya qilish uchun o‘qib chiqiladi. Xotirani regeneratsiya qilish protsessorni vaqtini har bir regeneratsiya sikli davomiyligi bo‘yicha bir nechta markaziy protsessor vaqtini egallaydi. Eski kompyuterlarda regeneratsiya sikllari protsessor vaqtini 10% gacha egalaydi, xozirgi zamonaviy kompyuterlarda esa bu jarayon 1% vaqtni egallaydi xolos. Birqancha tizimlarda regeneratsiya parametrlarini CMOS parametrlari dasturlari o‘rnatilishi yordamida o‘zgartirilishi mumkin, ammo regeneratsiya sikllari orasida vaqtni chuzilishi xotiraning ba’zi katakchalarida zaryad “yo‘qotiladi”, bu xotirani buzilishiga olib keladi. Ko‘pgina hollarda o‘z-o‘zidan beriradigan regeneratsiya chastotalari ishonchlilik nuqtai-nazaridan taklif etiladi. Zamonaviy regeneratsiya chastotalari ishonchlilik nuqtai-nazaridan taklif etiladi. Zamonaviy kompyuterlarda regeneratsiyaga sarf 1% dan kichik bo‘lib, regeneratsiya chastotasining o‘zgarishi kompyuter sifatiga juda kam ta’sir o‘kazadi. DRAM qurilmalarida bir bitni saqlash uchun faqat bitta tranzistor va juft kondensatorlardan foydalaniladi, shuning ucun ilar boshqa tiplarga qaraganda birmuncha sig‘diruvchan bo‘ladi. Xozirgi vaqtda 256 Mbit gacha va undan yo‘qori hajmli dinamik operativ xotirali mikrosxemalar mavjud. Shu kabi mikrosxemalar 256 mln. (va undan ortiq) tranzictorlarni o‘zida jam etadi! o‘zida jam etadi! Pentium II 7,5 mln tranzistorlarga ega. Bunday katta farq qayerdain kelib chiqdi? Gap shundaki, xotira mikrosxemalari odatda kvadrat tugunlar shaklida, protsessordan farqli ravishda (protsessorlarda turli ko‘rinishdagi murakkab sxemalar, noaniq tashkil etilgan) barcha tranzistorlar va kondensatorlar juda oddiy, davriy ravishda ketma-ket joylashadi. Bir razryadli DRAM registrlari uchun tranziatorlar qo‘shni joylashgan kondensatorlarning holatini o‘qish uchun ishlatiladi. Agar kondensator zaryadlangan bo‘lsa, katakchaga 1 yoziladi; agar zaryadlanmagan bo‘lsa 0 yoziladi. Zaryadlar mitti kondensatorarda har doim o‘tib turadi, shuning uchun yoziladi. Zaryadlar mitti kondensatorarda har doim o‘tib turadi, shuning uchun doimiy ravishda regeneratsiya qilib boriladi. Manba’ uzatishda oniy bo‘linish ham regeneratsiya siklarini buzilishiga, DRAM katakchalaridagi zaryadni yo‘qolishiga o‘z navbatida ma’lumotlarni yo‘qolishiga olib keladi. Dinamik operativ xotira shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladi; chunki u unchalik qimmat o‘lmay mikrosxemalarini zich joylashishi xotira qurilmasining kichik maydonni egallashini ta’minlaydi. Bu xotira yo‘qori tezlikli xotiralardan kam farq qilib, “sekin” protsessorlarga mo‘ljallangan. Shuning uchun DRAM sifatlarini yaxshilashning juda ko‘p tipdagi usullari mavjud. Download 46.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling