Mavzu: Milliy qo`g`irchoq turlari, ishlatiladigan asbob-moslamalar, gazlama va ularning turlari


Download 28.89 Kb.
Sana21.06.2020
Hajmi28.89 Kb.
#120842
Bog'liq
Mavzu


Mavzu:Milliy qo`g`irchoq turlari, ishlatiladigan asbob-moslamalar, gazlama va ularning turlari 

Mashg`ulotning ta`limiy maqsadi:
 O`quvchilarga qo`g`irchoq tikish texnologiyasini o`rgatish, ularga to`g`ri o`lchov olish va hisob-kitob qilish ko`nikmalarni rivojlantirish. 

Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik tushunchalartni shaklantirish. 

Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning milliy qo`g`irchoq tikish bo`yicha bilim,ko`nikma, malakalarini rivojlantirish 

Mashg`ulot turi: Yangi bilimlarni beruvchi. 

Mashg`ulot usuli: Noa`anaviy.Ko`rgazmali, nazariy, savol-javob, guruhlar bilan ishlash.

Mashg`ulot metodi: “Klaster”, “Aql charxi”,”Kim zukko”.



Mashg`ulotning jihozi; Kompyuter, slaydlar, videorolik, tarqatma materiallar, ish qutichasi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Bola huquqlari konvensiyasi, Hikmatlar durdonalari kitobchasi. 

Kerakli asbob-moslamalar: Mato, paxta,sm lenta, qaychi, andaza, qora jun ip,qalam. 

Mashg`ulotning borishi. I.Tashkiliy qism, II.O`tgan mavzuni mustahkamlash, III.Yangi mavzu bayoni.IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.V.O`quvchilarni baholash.VI.Uyga vazifa berish 

Mashg`ulotning texnologik xaritasi

Tashkiliy qism: 


3 daqiqa 


O`tgan mavzuni mustahkamlash 


12 daqiqa 


Yangi mavzu bayoni 


15 daqiqa 


Yangi mavzuni mustahkamlash 


11 daqiqa 


O`quvchilarni baholash 



Uyga vazifa berish 




O`quvchilar 2 guruhga bo`linadi; „Kashtado`z”, “Hunarmand”.

O`quvchilarning bilimi “5” ballik tizimi bilan baholanadi. Bunda rangli kartochkalardan foydalanish yaxshi samara beradi;

 


I.Tashkiliy qism:Salomlashuv ,davomatni aniqlash, Mashg`ulotga tayyorgarlik ko`rish. 

O`qituvchi: Hamma so`zlar ichida, salom sevgan so`zimiz,

Tilimizni shu so`zga o`rgatgan ham o`zimiz,

Sizlar doimo deysiz……… 

O`quvchilar; Assalomu aleykum!

Mashg`ulotning kirish qismida yangiliklar haqida ma`lumot beriladi.



O`qituvchi: Haftada bor yetti kun, yetti kunu, yetti tun,

Qani ayting chi qizlar

Bugun qanday, qaysi kun? 

O`quvchi: o`quvchi javob beradi. 

O`qituvchi: Bahor faslida qanday kunlarni nishonlaymiz? 

1-o`quvchi: 1-Mart Zulfiyaxonim tavallud topgan kun, 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayrami. 

2-3-4-o`quvchi: 22-Mart Navro`zi olam, 2-aprel Xalqaro bolalar kitoblari kuni, 9-aprel A.Temur tavallud topgan kun. 9-May Xotira va Qadrlash kuni. 

O`zbekiston Respublikasining 27 yilligining shiori ! O`quvchilar xor bo`lib-

“Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim!”shiorni aytadilar.



O`qituvchi : 2018-yil Yurtboshimiz tomonidan qanday yil nomlanishi e`lon qilindi? 

O`quvchi:“2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovasion goyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” deb nomlandi. 

O`qituvchi: Aziz o`quvchilar mehnat Mashg`ulotlarida, qanday bilim ko`nikmaga ega bo`lasizlar? 

O`quvchi: Bichish-tikishni, pazandachilik sirlarini, zardo`zlik, quroqchilik, kashtado`zlik, vaho kazolarni o`rgandik. 

II. O`tgan mavzuni “Klaster” usuli orqali mustahkamlanadi.O`quvchilar doirachalarga tegishli so`zlarni yozishlari kerak.

Qiyqcha(belbog`)ning vazifasi nimalardan iborat?

Qiyiqchani tikish uchun qanday asbob-moslamalar kerak bo`ladi?

Qiyiqcha uchun qanday gazlama ishlatilgani ma`qul?

Qiyiqcha tikish uchun qanday kashta choki turidan foydalaniladi?

Qiyiqcha tikish bosqichlarini aytib bering.

 
Slayd orqali kashtachilik san`ati namoyish etib, tushunchalar beriladi.

Slayd orqali „Aql charxi“ texnologiyasi bo`yicha berilgan so`zlardan gap tuzish. 1-guruhga: gul, mato, sovg`a, dasturxon, qalam, barg.Masalan: Matodan sovg`a uchun dasturxon tayyorlab,unga qalam bilan gul bargini chizib tikdim.



2-guruhga; lola, qog`oz, kapalak, ip, ona, sariq. Masalan: Sariq qog`ozdan lola, kapalak yasab ip bilan bog`lab onamga sovg`a qildim.

Bexato va mazmunli gap tuzgan guruhni kartochk bilan rag`batjantiriladi.



III.Yangi mavzu bayoni.

Turli xil gazlamalardan hamda gazlama qoldiqlaridan yumshoq o`yinchoqlarni tikish mumkin. Bunday o`yinchoqlarni bezashda turli xil mex, charm, porolon, tasmalardan foydalaniladi.O`yinchoqning ko`zlari uchun tugmachalar va taqinchoqlar, og`zi uchun esa charm va kleyonka ishlatiladi.

Ko`p qizlar qo`g`irchoq o`ynashni va qo`liga igna ushlashi bilan qo`g`irchoqlariga ko`ylak tikishni yaxshi ko`radilar.Qo`g`irchoqning tana qismi tayyorlanadi. Tana qismi uchun zich to`qilgan ochiq rangdagi sidirg`a gazlamadan foydalanailadi. Tana qismi sintefon yoki paxta bilan to`ldiriladi.So`ngra sochlari qora jun ipdan tayyorlanib yopishtiriladi yoki tikib qo`yiladi.Qo`g`irchoqning yuz qismi kashta bilan bezatilishi mumkin. Tayyor b`lgan qo`g`irchoq uchun ko`ylakni atlas yoki gazlama bo`laklaridan foydalanib tikish mumkin. Buning uchun tayyor qo`g`irchoqning o`lchamlari olinib, ko`ylakning chizmasi chiziladi. Bunda ko`ylakning orqa bo`lagiga bel qismigacha taqilma bo`lishi kerak.Lozim ham tikilib, uning pochasiga jiyak o`rniga tasma bilan yoki kashta tikiladi.

Kavishi qora rangdagi istalgan gazlamadan tayyorlanadi. Bunda berilgan o`lchamda kavish tikilib, sintefon bilan to`ldiriladi va qo`g`irchoqning oyoq uchlariga tikib qo`yiladi.

Milliy qo`g`irchoq va “barbi”larni o`quvchilarga ko`rsatib ularning farqini, qaysi jihati ularga yoqishini va sababi so`raladi. O`quvchilarni fikrini tinlagandan so`ng milliyligimizga yot bo`lgan liboslari, yuzi va gavdasining tuzilishi, sochi, ko`zlarining rangidagi farqi haqida tushuncha beriladi. Qo`g`irchoqlar ham “Ommaviy madaniyat”ning bir turi hisoblanadi.Qizaloqlar qo`g`irchog`ini yaxshi ko`rganligi sababli ularga o`xshab kiynishi, makiyajiga havas qiladi, qolaversa sochlarini sariq yoki boshqa rangga bo`yagisi keladi. 

Slayd orqali qo`g`irchoqlar tarixi namoyish etiladi.

Kim zukko” o`yini. Guruhlar bir-birlariga topishmoq savollarini beradilar;

1.O`chog`i bor, mo`risi yo`q, 3.Bozordagi mo`ndi, 4.Hammaga to`n tikaman,

Cho`g`I boru kuyasi yo`q. Kelib qo`limga qo`ndi. O`zim yalang`och.

(Dazmol) (Angishvona) (Igna) 
5.Qora tovuq qaqillaydi 6.Ikki bahodir qilichlashar.

Qanotlari shaqillaydi. (Tikuv mashinasi). (Qaychi).

O`quvchilar bilan birgalikda “Alla” qo`shig`I aytiladi. 

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Tarqatma savollar.

Yumshoq o`yinchoq deb nimaga aytiladi?

Qo`g`irchoqni tikish uchun qanday materiallar kerak bo`ladi?

Milliy qo`g`irchoq yerropa yoki barbi qo`g`irchog`laridan nimasi bilan farqlanadi?

Qo`g`irchoqlarning tashqi ko`rinishi sizlarga qanday taassurot qoldiradi?

Milliy qo`g`irchoqni tikish jarayonida sizlarga qanday fazilatlar shaklanadi deb o`ylaysiz?



V.O`quvchilarni baholash. O`quvchilarning Mashg`ulot jarayonida to`plagan ballarini hisoblab, kartochkalar bilan baholanadi. G`olib guruhni e`lon qilib kitob sovg`a qilinadi

VI. Uyga vazifa; Qo`g`irchoq tikish uchun ish qutichasi va kerakli xom ashyo olib kelish.
Download 28.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling