Mavzu: milly g`oya targ`ibotida milliy – madaniy markazlarning o`rni va roli


Download 1.06 Mb.
Sana17.05.2020
Hajmi1.06 Mb.
#107210
Bog'liq
mgtt Murodbek

Urganch davlat universiteti tarix fakulteti milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi 173-guruh talabasi otajonov Murodbek tomonidan tayyorlagan taqdimot ishi

Mavzu: milly g`oya targ`ibotida milliy – madaniy markazlarning o`rni va roli

Millatlararo totuvlik g‘oyasi Yer yuzida yashayotgan barcha etnik guruhlarning teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g‘oyasidir. Millatlararo totuvlik g‘oyasi tinchlik va barqarorlik g‘oyasidir. U barcha millat va elatlarning tili, urf-odati, an’analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. Millatchilik, fashizm, milliy va etnik ko‘rinishdagi urushlarga qarshi turadigan yagona ma’rifi y g‘oyadir. Ayniqsa, bugun neofashizm bosh ko‘tarayotgan sivilizatsiyalararo to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan sharoitda millatlararo totuvlik g‘oyasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» degan muhim qoida belgilab qo‘yilgan.

Bugun O‘zbekistonda 138 ta milliy-madaniy markazlar millatlararo totuvlik g‘oyasini hayotga tatbiq etmoqda. Ruslarning “Maslennitsa”, tatarlarning “Sabanto‘y”, uyg‘urlarning “Sayil” bayramlari, xitoylarning “Chunuze” yangi yili, koreyslarning “Soller” va “Ovol – tano” bayramlari nishonlanmoqda. Har yili respublikamiz miqyosida “Biz yagona oila farzandlarimiz”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostidagi festivallar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston hududida o‘z madaniyati va o‘z an’analariga ega bo‘lgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Ular ham mamlakatning barcha fuqarolari qatori bir xil huquq va majburiyatlarga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ko‘rsatilga62 nidek, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

O‘zbekiston aholisining 80 % ini o‘zbek, 4,9 % ini tojik, 3,8 % ini rus, 3,6 % ini qozoq va 7,7 % ini boshqa turli millatlarga mansub kishilar tashkil etadi.

Ko‘pmillatli mamlakat siyosatining asosiy maqsadi millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni shakllantirish bo‘lishi zarur. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq milliy siyosatning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildiki, ayni shu siyosat milliy bag‘rikenglikning barqaror rivojlanishiga zamin yaratdi. O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillarining madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy-madaniy markazlar (MMM) faoliyat yuritadi. Dastlabki milliy-madaniy markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989-yilda tashkil etilgan. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. Bu davrda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada ularning soni yil sayin ortib bordi.

Agar 1992-yilda 10 ta milliy-madaniy markazlar ish olib borgan bo‘lsa, hozirga kelib esa mamlakatda 138 ta milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini respublika ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifi y hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash milliymadaniy markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar bilan do‘stlik, hamkorlik, madaniy-ma’rifi y aloqalar o‘rnatish va hamdo‘stlik aloqalarini rivojlantirish, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda mamlakatda fuqarolar hamjihatligi va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga ko‘maklashish milliy madaniy markazlar, xususan, Respublika Baynalmilal madaniyat markazining asosiy vazifalaridir. 1992-yil tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi esa ushbu milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofi qlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatib keldi.

Baynalmilal markaz tomonidan har yili ikki marta til bayrami o‘tkazilib kelinadi. Bular – YuNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasida (1999-yil) 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb e’lon qilingan va 2000-yildan 195 ta a’zo davlatlarda nishonlanib kelinayotgan “Xalqaro ona tili kuni” hamda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun hisoblanadi. Ayni munosabat bilan har yili an’anaviy tarzda o‘zbek tili bo‘yicha notiqlik san’ati tanlovi tashkil etib kelinadi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling