Mavzu: Miniral o’g’itlar ishlab chiqarish Uzbekiston respublikasida mu ishlab chiqarish Reja


Download 36.15 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi36.15 Kb.
#1124488
  1   2   3
Bog'liq
Miniral o’g’itlar ishlab chiqarish Uzbekiston respublikasida MU ishlab chiqarish




Mavzu: Miniral o’g’itlar ishlab chiqarish Uzbekiston respublikasida MU ishlab chiqarish
Reja:

  1. Kirish

  2. O’zbekistonda anorganik mahsulotlarni ishlab chiqarish sanoati. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish sanoati.

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



KIRISH
"Borliq ongni belgilaydi" iborasi ma’lum bir jihatlari bilan har bir inson hamda jamiyat hayoti va iqtisodiyotining tuzilishini anglatadi. Shu sababli iqtisodiyotning oila o’chogi miqyosida, Shuningdek, korxona, tarmoq va butun xalq xujaligi miqyosida ko’rib chiqilishi bejiz emas. Bunday holatda gap mak-roiqtisodiyot haqida, uning tendentsiyalari, qonuniyatlari haqida borib, unda ko’rib chiqiladigan muammolar ba’zi hollarda korxona iqtisodiyotidan sezilarli ravishda farqlanadi.
Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma’navny, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan har bir jabxasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta’minlash uchun odamlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh, turar-joy va boshqa vositalar kerak bo’ladi. Bu predmetlar, qoidaga ko’ra, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Shu sababli iqtisodiyotning, ayniqsa, avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini bilish, ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushunish va istalgan xo’jalik muammolarini hal qilishda muhim shart hisoblanadi.
Shu tariqa «Iqtisodiyot» fani izlanish va uslubiy vazifalarni bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida iqtisodiyot fani jamiyatda bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va prognozlar «Iqtisodiyot» fanining muhim tarkibiy qismi sifatida xo’jalik tavakkalchiligini kamaytirishga, ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, Shuningdek, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbik etishda eng to’g’ri tanlov olib borishga imkon yaratadi.
Iqtisodiyot bozor munosabatlari yo’lida rivojlanayotgan hozirgi kunda e’tiborga molik va echimini topmagan muammolar talaygina bo’lib, «Iqtisodiyot» faniga kizikish ortib bormoqda. Inson hayoti va faoliyatiga munosib, siyosat va davlat aralaShuvidan holi bo’lgan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yo’naltirilgan iqtisodiyotni barpo etish vazifasi qo’yilmoqda. P.Samuelsonning iqtisodiyot bo’yicha darsligida ko’rsatib o’tilishicha, "iqtisodiyot fanini muntazam ravishda o’rganib bormaydigan odam musikiy asarga o’zining bahosini bermoqchi bo’layotgan garang kishiga o’xshaydi".
Moddiy ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi real iqtisodiyot mavjud emas. Moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyot rivojlanishining asosi, xo’jalik faoliyatining boshlangich nuktasi bo’lib kelgan va Shundayligicha qoladi. Shu sababli iqtisodiyotning turli darajadagi - korxona, tarmoq va bugun davlat miqyosidagi holati moddiy ishlab chiqarishning yutuqlari, jumladan, moddiy ishlab chiqarishning keng ma’noda iste’molga, yoki bugungi til bilan aytganda bozor talabiga mos kelishi bilan tavsiflanadi va oldindan belgilab beriladi.
Zamonavny fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish va iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishida kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish, Internet tarmog’iga kirishni ilgari surmoqda. Bu esa boshqaruv tizimining eng muhim bo’ginlaridan tashqari, ishchi kuchning sifatini oshirish vositasi hamda ishlab chiqarish jarayonini muvaffaqiyatli tashkillashtirish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi.


Download 36.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling