Mavzu: Mirzo Ulug’bekning geografiyaga oid ta’limotlari


Download 0.81 Mb.
bet1/3
Sana22.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1043258
  1   2   3
Bog'liq
Mirzo Ulug\'bek ppt


MAVZU:
Mirzo Ulug’bekning geografiyaga oid ta’limotlari

Bakirov Otabek
Reja:
1.HAYOTI VA IJODI

2.GEOGRAFIYA VA ASTRANOMIYAGA QO’SHGAN HISSASI

3.PEDAGOGIK QARASHLARI
Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi Mirzo Ulugbekning nomi dunyo fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Uning astronomiya, matematika, geometriya, geogra­fiya va boshqa qator fanlar rivojiga qoshgan olkan hissasi, Orta asrlarda amalga oshirgan hisob-kitoblarining aniqligi hozirgi zamon ilm ahlini hamon lol qoldirib kelmoqda. Mirzo Ulugbekning nomi butun dunyoga buyuk mutafakkir sifatida ma’lum. Ammo u dastlab, bobosi Amir Temurga va song otasi Shohruxga turli yurishlarda hamroh bolgan. Movarounnahr hukmdori bolgach, keyinchalik ozi ham mamlakatning turli qismlarini kezgan. Safarlari davomida korganlarini ozining ilmiy faoliyatida keng qollagan. Shuning uchun Ulug`bekni sayyoh-olimlar qatoriga kiritishimiz mumkin.
Mirzo Ulugbek (toliq ismi sharifi - Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulugbek Koragon) 1394-yil 22-martda Amir Temurning harbiy yurishlari chogida Eron Ozarbayjonidagi Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Amir Temur suyukli nabirasining tarbiyasini katta rafiqasi Saroymulkxonimga topshiradi va ana shundan keyingi 11 yil davomida berilgan tarbiya Mirzo Ulugbekning buyuk inson bolib shakllanishida katta rol oynagan. 1409-yilda temurzoda Shohrux ogli Ulugbekni Samarqand hokimi etib tayinlagan va 1411-yildan boshlab esa Mirzo Ulugbek butun Movarounnahr boshqaruvini qo`lga olib, Samarqandni ilm- fan markaziga aylantirdi.
Mirzo Ulugbek fan xomiysi bolish bilan birga, mamlakatda ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda bir emas, uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqanda (1417-1420), ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi Gijduvondadir (1433). Hatto, Buxorodagi Madrasa peshtokiga hadisdan olingan lavhani: «Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir», deb yozdirib qo`ygan. 
Tarixchilarning yozishicha, Ulugbek kuchli xotira sohibi: geo­metriya, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, mantik, musiqadan hamda Qur’on, hadis va fiqh ilmlaridan yaxshi xabardor bolgan. Ammo Mirzo Ulugbek hayotining asosiy qismini astronomiyaga bagishlagan va ushbu fanning XV asrdagi rivojida uning xizmati beqiyos. Chunki Orta asrlargacha mavjud bolgan yolduzlar jadvalining sifati, ya’ni aniqligi, Osha zamoy astronomlarini qoniqtirmas edi. Shu bois, osmon jismlarini kuzatish uchun Samarqandda Mirzo Ulug`bek boshchiligida rasadxona bunyod etish va uni jihozlash ishlari amalga oshirilgan.
Ma’lumki, rasadxona 1427-1429 yillarda korilgan va uni barpo etish rejasi bolajak alloma Mirzo Ulugbekda bolalik chogidayoq tugilgan edi. Chunki olim yoshligida Tehron yonidagi Maroga observatoriyasini korib, havas bilan «men ham shundayni koraman», deb ahd qilgan ekan. Ulugbekning yoshi 26-27 larga yetganda u olimlar bilan yaqindan tanishgan va ular bilan kop suhbatlar korgan. 1420-yillarga kelib uning atrofida 60-70 tacha matematik va astronom olimlar toplangandi. Ulugbek kordirgan rasadxonaning asosiy qismi radiusini 40,2 metrdan iborat kvadrant tashkil etgan va unda astronomik olchashlarni amalga oshirish uchun bir qator boshqa asbob-uskunalar ham ornatilgan. Rasadxona binosi uch qavatli binodan iborat bolgan. Mirzo Ulugbek ozi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma’rifat markaziga turli sohalardagi 100 dan ortiq ilm ahlini toplab, keng jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, Giyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Qavofiy, Abul Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiy kabi oz zamonasining zabardast olimlari edi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling