Mavzu: Mis- molibden rudalarini boyitish texnologiyasi
Download 24.33 Kb.
|
Mavzu
Mavzu: Mis- molibden rudalarini boyitish texnologiyasi Reja: I Kirish II Asosiy qism: 1. MIS-MOLIBDEN TARKIBLI POLIMETALL RUDALARINING QISQAChA TAVSIFI 2. Mis-molibden rudasini boyitish nazariyasi 3.MIS-MOLIBDEN RUDASINI BOYITISh FABRIKALARI III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari Barchamiz uchun Vatan bittadir! Barchamizni vatan tarqqiyoti birlashtiradi! Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarning ko'payishi, undan tashqari Ona zaminimiz bag'rida yotgan resurslarimizni isrof qilmasdan o'zlashtirsak, kon zaxiralaridan samarali foydalansak, o'ylaymanki yaqin kelajakda Respublikamiz taraqqiyoti mustaxkam poydevor va asosga ega bo'lgan davlatga aylanadi. Sh.Mirziyoev O'zbekiston o'z er osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi – bu erda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va maъdan namoyon bo'lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o'z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig'i ishlab chiqarishga jalb chilingna. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo'lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. O'zbekistonning er qaъri foydali qazilma turlariga juda boy. Hozirgacha saqlangan ko'hna konlar va ularning qoldiqlari O'zbekiston xududida konchilik qadimdan rivojlanganligidan dalolat beradi. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilma olinadi. Mamlakatimizda 3000 ta foydali qazilma koni aniqlangan bo'lib, ularning 1100 tasi qazib olishga tayyor, xususan, 50 tasi asl, 41 tasi rangli, nodir, radioaktiv va qora metallar, 187 tasi yoqilg'i-energetika, 19 tasi kon- kimyo, 45 tasi konchilik xom ashyosi, shuningdek, qurilish materiallari, er osti suvlari va boshqa foydali qazilma konlaridan iborat. O'zbekiston Respublikasi misning razvedka qilingan zaxirasi va qazib olish bo'yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarida etakchi o'rinni egallaydi. O'zbekiston xududida yuzlab mis konlari aniqlangan. Ularning 12 % i Janubiy Tyan`shan, 80%i O'rta Tyan`shan, 8% i Xisor burmali sistemasiga to'g'ri keladi. Eng yirik rudali konlar Qurama metallogenik zonasidadir. Olmaliq rudali rayionida misning sanoat ahamiyatidagi yirik zaxirasi topilgan. MIS-MOLIBDEN TARKIBLI POLIMETAL RUDA-LARINING QISQACHA TAVSIFI. 1.1. Misning asosiy minerallari Mis-qumli rudalarning 85-90% i quyidagi minerallardan iborat: kvarts, dala shpati, kal`tsit, xlorid, seritsit va boshqalar. Asosiy rudali minerallarning xal`kopirit, xal`kozin va bornitdan iborat. Qo'shimcha kovellin, betextinit va pirit uchrashi mumkin. Undan tashqari mis rudalarini yo'ldosh komponentlari sifatida kumush reniy uchraydi. Oksidli rudalar malaxit, azorit, broshantit, kuprit, xrizokola kabi minerallardan iborat. Sulfidli mis rudasi tarkibida oksidlangan minerallar 10 % dan oshmasligi kerak. Baъzi hollarda ularning miqdori 20%ni tashkil etadi. Mis parfer rudalari tarkibida (Koundar, Kal`makir, Boshekul`s konlari) molibden uchraydi. Sul`fidli fraktsiya asosan xal`kopirit, xal`kozin, bornit, pirit, molibden va boshqa sul`fidli minerallarni o'z ichiga oladi. Sul`fidli fraktsiyaning umumiy miqdori 3-4% dan oshmaydi. Rudalar tarkibidagi oksidli minerallarning miqdoriga qarab sul`fidli (oksidlangan misning miqdori 10-15% dan kamroq), aralash rudalar (10-15% dan 50-75% gacha) va oksidlangan (50-75% dan ko'proq) bo'linadi. Sul`fidli rudalar mis rudasi asosan 90-95% ni tashkil etadi. Ikkilamchi sul`fidli boy tarkibli mis rudalari asosan xal`kozindan iborat. Oksidlangan mis rudasi asosan malaxit, azorit, xrizokolla, broshantit, atakanit va boshqa minerallardan iborat. Hozirgi kunda misning 170dan ortiq minerallari maъlum bo'lib, sanoatda 17 tasi ishlatiladi. Misning sul`fidli minellari asosan - xal`kopirit, bornit, xal`kozin, kovellin, tetraedrit, tennantit, enargit, xamda oksidli minerallari - kuprit, malaxit, azurit, xrizokolla, broshantit va xal`kantitdan iborat. Xal`kopirit- CuFeS2 yoki mis kolchedani misning asosiy minerallaridan hisoblanib, deyarli barcha mis konlarida uchraydi. Uning tarkibida 34,6% mis, 30,5% temir, 34,9% oltingugurt bor. Kamroq miqdorda mis rudasi tarkibida kumush,rux,oltin, mishyak, selen, tellur, qalay uchraydi. Bornit - Cu5FeS4 - misning ikkilamchi minerali hisoblanib, uning tarkbida mis 52-65%ni, temir 8-18%ni, oltingugurt 20-27%ni tashkil etadi. Bu minerall tarkibida kumush birikmalari, kobal`t va nikel` birikmalari uchraydi. Xal`kozin - Cu2S– yoki mis yaltirog'i-murakkab koordinatsion strukturaga ega bo'lib,uning tarkibida 79,9% mis bor. Oltingugurtning miqdori-20,1% Kovellin - CuS - xal`kozin bilan birga uchraydi va uning tarkibida 66,5%mis, 33,5% oltingugurt bor. Tennantit va tetraedrit-bu guruhdagi rudalar tarkibida 45,8-51,6% mis, 29,2%gacha surma, 20,6%gacha mishyak,25-28,2%gacha oltingugurt bor bo'lib, uning tarkibini rux, temir, kumush, симоб nikel`, kobal`t va vismut kabi qo'shimchalar mrakkablashtiradi.79, 9%dan iborat yo'ldosh komponentlar-kuprit, limonit,marganets oksidi, xrizokolla, malaxit,azuritdan iborat. Malaxit - Cu2(CO3)(OH)2 -misning asosiy oksidli minerallaridan hisoblanib, uni tarkibida 57,4%mis, qo'shimcha komponentlardan - rux, kal`tsiy, kremniy, temir uchraydi. Azurit - Cu3(CO3)2 (OH) 2- va xrizokolla - CuSiO3* nH2O xam oksidli minellar hisoblanib, ularni tarkibida mis-55,3% va 45%ni tashkil etadi. Xal`kantit - CuSO4 *H2O - tarkibida mis34,8% dan iborat bo'lib, u mis-rux rudalarini boyitishda ruxni faollashtiruvchi sifatida ishlatiladi. Broshantit– Cu4(SO4)(OH)6 –tarkibidagi mis 34,8%dan iborat va u hamma mis rudalari tarkibida uchraydi. Download 24.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling