Mavzu: Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang
* Mavzu: Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang Guruh: PPS-23/4 Bajardi: Saparova Laziza Tekshirdi: Mirzakarimova Z.D. MUSTAQIL ISH ANGREN UNIVERSITETI * Monologik nutq haqinda tushinsha. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish va tahlil qilish. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash. * Monologik nutq — soʻzlovchining oʻziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini eʼtiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning Monologik nutqi tomoshabinga qaratilgan boʻladi. Monologik nutq nasriy asarlarda ham bor. Nazmda esa asosiy nutq shakllaridan biri hisoblanadi. Baʼzan Monologik nutqda asarning kulminatsion nuqtasi bayon etiladi. Monologik nutq uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan oʻzaro bogʻliq, oʻziga xos kompozitsion qurilishga va mantiqiy tugallikka ega boʻlgan matnning maʼlum boʻlagi xos boʻladi. Monologik nutq ogʻzaki (nutq bayon qilish) yoki yozma (publitsistika, memuarlar, kundaliklar) shaklida ifodalanishi mumkin. Monologik nutqning ogʻzaki shaklida ohang (intonatsiya) muhim oʻrin egallaydi, yozma Monologik nutqda esa ohang matnning sintaktik konstruk-siyasiga, mantiqiy urgʻu tushuvchi soʻzlarning joylashish oʻrniga bogʻliq. Monologik nutq notiqning asosiy nutqiy shakllaridan hisoblanadi; lingvo-stilistik usul boʻlib, bir qancha turlari mavjud. Mas, taʼsir qiluvchi (targʻib qiluvchi) Monologik nutq, dramatik Monologik nutq, lirik Monologik nutq, hikoya qiluvchi (axborot beru vch i) Monologik nutq Monologik nutqning ochiq nutq va ichki nutq kabi koʻrinishlari mavjud; ochiq Monologik nutqda personaj oʻz nutqini ovoz chiqarib bayon etadi; ichki Monologik nutqda monolog personajning ichki nutqi, oʻylari shaklida namoyon boʻladi. * Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir tiri sanaladi. Ma’lum voqea- hodisalarga narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususyatlardandir. Shuning uchun bunday matnda belgi-xususyatni ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishdosh faol qo‘llanadi. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan keng foydalaniladi Monologik matn ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir. Siz bu qo`shiqni eshitgansiz. Lekin bu safar ushbu qo`shiq Shahriniso onamizga bag`ishlab aytilayapti. Ilohim, joylari jannatda, ruhlari shod, oxiratlari obod bo`lsin. Bu yolg`onchi dunyoda insonni ikki donagina chin do`sti bo`lar ekan. Bittasi Alloh, ikkinchisi o`sha sizu bizni yorug` dunyoga keltirgan onalarimiz. Alloh bizning ruhimizga parvona bo`ladi. Onalarimiz-chi? Onalarimiz hali tug`ilmasimizdan to o`zlari qabrga ketgunlariga qadar boshimizda parvona bo`ladilar. Ilohim, o`tganlarini Alloh o`z rahmatiga olsin. Tiriklarining umrlarini ziyoda qilsin. Yaxshi kunlarda, to`ylarda qo`llarini duoga ochib turganlarini ko`rish ko`p yillar nasib etsin. Oqibat degan gap bor dunyoda. Lekin oqibat bilan oqibatning ham farqi bo`lar ekan. Ona farzandiga beminnat oqibat qilar ekan. Farzandim mendan keyin qolsin, unib o`ssin, deb oqibat qilar ekan. Lekin farzandning oqibati omonat oqibat bo`lar ekan. Minnatli oqibat bo`lar ekan. Bugun bor, ertaga ko`ramanmi yo`qmi, kel, endi ikki og`iz yaxshi gapimni ayamay, deb oqibat qilarkanmiz. Bugun kelib, ertaga ketguvchi mehmonga qilgandek oqibat qilarkanmiz. Agar so`zlarimdan ko`nglingiz ranjigan bo`lsa, shu so`zlarimning isbotini borib qabristondan ko`ring. Hattoki o`sha qabr toshlariga ham jimjimador qilib minnat bilan yozib qo`yilibdi: “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)”. Qarang, hattoki shu qabr toshini ham minnat bilan qo`yarkanmiz. Uni biz qo`ydik deb qo`yarkanmiz: “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)”. Dunyoning yolg`onligini, dunyoning omonatligini, dunyoning bor-yo`g`i besh kunlikligini isbotlab ketgan insonga siz bilan mening esdaligimni nima keragi bor? “Aziz farzandlaringizdan esdalik(!)”. Gohida shu chin do`stimizning ham qadriga yetamiz, gohida yo`q. Gohida yarim tunda uyimizga kelamiz. Darvozani astagina ochib, hech kimga bildirmay kirib ketamiz deymiz. Lekin bizni kutib o`tirgan bedor onaizor kelganimizni qadam tovushlarimizdan emas, qalbi orqali sezadilar. Bir og`izgina, bor yo`g`i bir og`izgina so`z aytadilar: “Bolam, keldingmi?” Gohida mana shu bir og`izgina so`z ham bizga og`ir botib ketadi. “Ha, onajon, keldim. Yosh bolamasman- ku(!) Uxlayversangiz bo`lmaydimi?”, – deymiz. * Ey, azizlar, o`sha onaizor manguga uxlab qolganlaridan keyin ona yotgan o`sha g`aribgina kulbaning g`aribgina derazasi tagidan ming marta u yoqqa o`ting, ming marta bu yoqqa o`ting, tunda o`ting, tongda o`ting, o`sha nido eshitilmas ekan: “Bolam, keldingmi?” Hovlimizni to`ldirib to`ylar qilamiz, kazo-kazolarni chaqiramiz, oldiga borimizni ayamay to`kib solamiz. Lekin ikkala ko`zimiz, ikkala qulog`imiz, vujudimiz, borlig`imiz o`sha derazaga tikilgan bo`ladi. O`sha tanish chehra ko`rinarmikin, o`sha nido qayta eshitilarmikin?: “Bolam, keldingmi?” Taqdirning taqozosi bilan yillar o`tib, yana o`sha darvoza oldiga yarim tunda kelamiz. Berk darvoza oldida to`xtab qolamiz. Sababi esa oddiygina: O`sha topganimizni qo`liga qo`shqo`llab topshirganimiz – farzandlarimiz ham, jonimizdan ortiq ko`rgan sevgan yorlarimiz ham bizni yarim tunga qadar, tongga qadar kutib o`tirishga toqatlari yetmay, uxlab qolar ekan. Ana o`shanda qalbimiz uyg`onib qoladi, ana o`shanda vijdonimiz uyg`onib qoladi. Ana o`shanda qo`llari qadoq mehribonimizni sog`inib-sog`inib ketamiz… * Ko`zimda yosh, qalbimda tobut, * Zirqiraydi tanam uzra jon. Ona, uzoq kutdirmayman, kut Mahshargacha hayr, onajon. * Azobimga yelkangni tutding, * Dardlaringga topmadim imkon. * Jumladan, Umar Hayyomning (1048-1132) “Navro‘znoma” asarida quyidagilarni o‘qiymiz: Navro‘zning joriy qilinishi sababini aytsak, u shundan iboratki, oftobning ikki aylanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha: Oftob har yuz oltmish besh kun-u kecha-kunduzning to‘rtdan birida Hamal burjining birinchi daqiqasiga chiqib ketgan paytining o‘zida yana qaytib * keladi va har yili bu davr kamaya boradi. Jamshid bu kunni tushunganidan keyin Navro‘z deb atadi va bayram qilishni odatga aylantirdi. Aytishlaricha, birinchi Ajam podshosi Kayumars podshoh bo‘lgandan keyin yilning kunlari va oylariga nom berishga hamda odamlar bilsin deb yilnoma joriy qilishga qaror qilgan, u tongda oftob Hamal burjining avvalgi daqiqasida kirgan kunni aniqlab, Ajam ma’budlarini yig‘di va yil hisobini shu paytdan boshlashni buyurdi”. Mana shunday qadimiy bayram sobiq sho‘rolar tuzumi davrida deyarli unutildi. Uni ta’qiqlab ham qo‘yishdi. Shukurki, istiqlol bu ajoyib bayramni xalqimizga qaytarib berdi. Endilikda u O‘zbekistonda bahor, mehr-muruvvat, do‘stlik bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling