Mavzu: Monopoliya faoliyatini cheklash bo’yicha chora tadbirlar. O’zbekistonda monopoliya faoliyatini cheklash . Reja: 1.Monopoliya tushunchasi. 2.O’zbekistonda monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida. 3.Monopoliyaga qarshi qonunchilik. Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. Monopoliya ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, so-hibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. Monopoliya koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M0nopoliya oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. Monopoliya bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. Monopoliyaning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. MONOPOLISTIK FAOLIYATNI CHEKLASH TO‘G‘RISIDA Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrdagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan. Ushbu Qonun tadbirkorlikni rivojlantirish va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatlashuvi-bahslashuviga yo‘l bermaydigan, cheklab qo‘yadigan yoki uni yo‘q qilinadigan qo‘shimcha foyda olish maqsadidagi harakati yoki harakatsizligini anglatuvchi monopolistik faoliyatning oldini olish va payini qirqishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |