Mavzu: Muhabbat va erkinlik


Download 18.2 Kb.
Sana21.01.2020
Hajmi18.2 Kb.

Mavzu:Muhabbat va erkinlik

Shunisi taassuflanarliki, hozirgi kunga qadar muhabbat tushunchasiga yagona ilmiy ta`rif, tavsif berilmagan, bevosita unga bag`ishlangan ilmiy asarlar nihoyatda kam. Kishilar ongida bo`lgani kabi badiiy asarlarda ham muhabbat haqidagi turlicha, ko`pincha bir-biriga zid fikr va ta`riflarni uchratish mumkin.

Ba`zi mualliflar esa muhabbat hislarini sof ruhiyat komponenti sifatida bayon etib, undagi fiziologik komponentni inkor etadilar. Fiziologik komponent hayvonlarga xos bo`lgan organic ehtiyojlarni qondirishdan iborat instiktning ifodalanishi sifatida idrok etiladi. Shu sababli ham ular odam hayvoniy hirsdan, jinsiy intilishlardan ozod bo`lishi kerak deb hisoblashadi va muhabbat hislariga biryoqlama yondashishadi. Klassik asarlarda jumladan qadimgi hind traktatida muhabbatga birmuncha to`liq ta`rif beriladi: «Aql mayli hurmatni tug`dirsa, qalb mayli do`stlikni, tana mayli xohishni tug`diradi. Aql, qalb va tana bir bo`lib sevgi muhabbatni tug`diradi». Volter: «Sevgi-muhabbat — bu ham qalb, ham aql va tanaga bir vaqtning o`zida hujum qilinadigan eng kuchli, zavqli histuyg` ulardan biridir», — deb ta`rif beradi. Bu ta`riflarni o`zaro taqqoslash va ruhiy tahlil qilish, sevgi muhabbatda zaruriy ruhiyat komponenti bilan bir paytda fiziologik komponent ham hisoblanadi.

Qadimgi yunonlar sevgi-muhabbatni qanday yo`nalishda ketishiga qarab ikki turga — «eros» va «agape»ga bo`lganlar, vaholanki, ular muhabbatning ikki muhim tomonidir, ya`ni «eros» — muhabbat obyektiga ega bo`lishga, uni o`ziniki qilib olishga qaratilgan bo`lsa, «agape» — hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsning hissiyot obyektiga o`zini bag`ishlashdir. Ana shu hissiyot har bir odamda uchraydi. Shu hissiyotlarda qaysi biri ustunlik qilishiga qarab, kishidagi muhabbatni, aniqrog`I hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsni va uning muhabbatdagi istiqbolini ham oldindan aytib berish mumkin. Basharti «agape» ustunlik qilsa, hissiyotning umri uzoq bo`lishi va aksincha «eros» ustun bo`lsa, tez orada hissiy qoniqish sodir bo`lib, bunday odamdagi muhabbat hislarining umri nihoyatda qisqa bo`lishi mumkinligi kuzatiladi. Sevgi-muhabbat tuyg`ularini D.A. Li bir necha turlarga bo`ladi:

1. EROS — kuchli sevgi-muhabbat hislari bo`lib, bu hislar asosida yotgan motiv muhabbat obyektiga jismoniy ega bo`lish. Bunda jinsiy intilish yetakchilik qiladi.

2. LYUDUS — sevgi hislarini unchalik chuqur bo`lmagan muhabbat o`yini sifatida idrok qilinadigan, sevgi hislari obyekti oson almashishi mumkin bo`lgan turi.

3. STORGE — tashqi ko`rinishidan kuchli ifodalanmagan, ammo ishonchli muhabbat — do`stlik turi.

4. PRAGMA (L+S) — lyudus va storgelardan iborat doimo ong nazoratida bo`lgan, sevgan shaxsining manfaatlarini ko`zlagan maqsadlari asosida yuzaga kelgan sevgi hislaridir.

5. MANIYa (E+L) — eros va lyudusdan iborat bo`lib,sevgan kishi sevgi obyektidan tobeligi bilan xarakterlanadi.

Ammo eros va lyudusdan bu turning farqi sevgan shaxsda o`ziga ishonch hislari yetarli bo`lmaydi.

6. AGAPE (E+S) — eros va storgelar yig`indisidan iborat kuchli ifodalanadigan sevgan kishi muhabbat obyektiga hamma narsasini va hatto o`zini ham bag`ishlashga tayyor bo`lgan hislar turi va hokazo.

Kuzatishlarga ko`ra erkaklarning sevgi muhabbat hislarida ko`proq qismini eros va lyudus, ayollarda esa pragma, storge va maniya turlari tashkil etadi.

O`smir va o`spirin yoshidagi o`g`il va qiz bolalarda ko`proq maniya turi, katta yoshdagilarda esa boshqa turlar kuzatiladi. Bir shaxsning hayotida muhabbatning yuqoridagi bir necha turlari alohida kuzatilishi mumkin. Ba`zilarda esa faqat bitta tur uchraydi. Bizning fikrimizcha, muhabbat turlari sevgan va sevilgan kishilarning yoshiga, husniga, ma`lumotiga, madaniy saviyasiga, jamiyatda tutgan mavqeyiga, hayot tarziga, dunyoqarashiga, qaysi muhitda tarbiya ko`rganligiga, xarakteriga, jinsiy hulqiga, qarama-qarshi jins haqidagi tasavvuriga, nerv sistemasiga, milliy psixologik xususiyatlariga bog`liq. Ba`zi yigit va qizlarda sevgi hislari bir turda boshlanib, ma`lum vaqtdan so`ng o`zga turiga o`tishi mumkin. Masalan: «Eros» turida boshlanib «agape»ga aylanish yoki «lyudus» tarzida yuzaga kelib, «storge» turiga o`tishi mumkin.

Agar muhabbat turiga nazar tashlaydigan bo`lsak, erkin muhabbatning shakllanishi o`rta asrlarga to`g`ri keladi. Xususiy mulkchilikning ravnaqi, antagonistik sinflarning mavjudligi, ayollarning huquqsizligi erkin muhabbatning ravnaq topishiga to`sqinlik qiladi. «Layli va Majnun», «Tohir va Zuhra», «Farhod va Shirin», «Romeo va Julyetta» kabilarni erkin muhabbatning yuzaga kelishi va uning taqdiri haqidagi ilk asarlar deb aytish mumkin.



Taraqqiy etgan jamiyatda yangi tartiblarga asosan yuzaga kelgan oila, erkak va ayol o`rtasidagi mavjud tengsizliklarni yo`qotish muhabbatning yuqori darajada ravnaq topishiga zaruriy shart-sharoit yaratadi.

Lekin afsuski, ba`zi yoshlar «erkin hayot», «erkin muhabbat » kabi ruhiyat omillarini noto`g`ri tushunib, ma`naviy axloqsizlikka mayl qo`yishyapti, insonlar o`rtasidagi eng nozik bo`lmish jinsiy munosabatlardan esa «boylik orttirish», «go`zal hayot» kechirish manbayi sifatida foydalanishmoqda. Bu axloqiy tubanlik, nosog`lom dunyoqarash oqibatidir. Bu hol ba`zi oilalarda ma`naviy tarbiya masalasi unutib qo`yilganligining, ayrim ta`lim-tarbiya muassasalari va ularning pedagogic jamoalarining o`z vazifalarini yetarli darajada uddalay olmayotganliklari natijasidir.
Download 18.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling