Mavzu: “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotining dastlabki yillaridagi rivojlanish xususiyatlarini aniqlab, rivojlantiruvchi usullarinini ishlab chiqish


-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning pedagogik tavsifi


Download 207.93 Kb.
bet2/4
Sana25.03.2020
Hajmi207.93 Kb.
1   2   3   4

3-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning pedagogik tavsifi

Ko‘ruv jarayonining buzilishi tug‘ma va keyinchalik paydo bo‘lishi mumkin. Tug‘ma ko‘rlik homilaning ona qornidagi vaqtida bo‘lgan kasalliklar va shikastlanish oqibatida paydo bo‘lishi mumkin yoki ba’zi bir ko‘ruv nuqsonining nasldan- naslga irsiy o‘tishi natijasida bo‘lishi mumkin. Odatda qiyinchilik paydo bo‘lgan ko‘rlik ko‘ruv organlarining kasallanishi oqibatida – to‘r parda , shox parda markaziy nerv sistemasining kasalliklari (meningit, miyadagi shish, meningoensefalit) organizmning umumiy kasallanishi oqibatida ( qizamiq, gripp) miyaning travmatik shikastlanishi oqibatida paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘ruv analizatorining buzilishlari rivojlanuvchi va turg‘un turlari mavjud. Rivojlanadigan ko‘ruv nuqsonida patologik jarayonlarning ta’sirida ko‘ruv jarayonining doimiy ravishda yomonlashuvi ro‘y beradi. Masalan, glaukomada ko‘zning ichki bosimi ko‘tarilib ketadi va ko‘z to‘qimalarida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Sanitar – gigiyenik normalarga rioya qilinmaganda ( o‘quv va yozuvda) ko‘zning yaqindan ko‘rishi va uzoqdan ko‘rishi sodir bo‘ladi.

Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilarda ularni o‘rab turgan dunyoni idrok eti shva bilishda teri orqali bilish muhim ahamiyatga ega. Taktil idrok etish har xil kompleks sezgilar (qo‘l tekizish, bosim, issiqlik, sovuqlik, og‘riq, materialning fakturasi va boshqalar) orqali ta’minlanadi va bular orqali narsalarning shakllari, o‘lchamlari va har xil proporsional aloqalar aniqlanadi. Ter iva shilimshiq qavatdagi nerv qoldig‘lari tomonidan qabul qilingan har xil sezgilar bosh miya qobig‘ining qo‘l va barmoqlar ishi bilan bog‘liq bo‘limiga yuboriladi. Ko‘rlar va ko‘zi ojizlar xudi shunday qo‘llari va bormoqlari bilan “ko‘rishga” o‘rganadilar.

Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilarning har xil faoliyat turlarida teri orqali bilishdan tashqari eshituv va nutq ham muhim ahamiyatga ega. Ko‘rlikni kompensasiyalashning birinchi stadiyasida yaratilgan defferensialangan eshituv va ovoz reaksiyalari narsalar bilan dastlabki tanishuvda va atrofdagi odamlar bilan muloqatda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘r bola odamlarning diqqatini jalb qilish maqsadida tovushlar va so‘zlardan foydalanadi. Kattalarning shunga mos reaksiyalari bolani unga nisbatan emotsiyasini (hayojonini) oshiradi.

Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar tovushlar orqali narsalarni va ularni o‘rab turgan muhitning fazoviy xususiyatlarini erkin ifodalaydilar.Ular tovush orqali manbani va uning joylashishini ko‘zi ko‘radiganlardan aniqroq aniqlaydilar. Ko‘ruv protsessii buzilgan shaxslarda fazoviy eshituv juda yuqori darajada rivojlanganligi har xil tovushlar maydonida oriyentirovka olish shartligi sababli yuzaga keladi.

Shu sababli ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar ta’lim va tarbiya protsessida differensiyaga mashqlar o‘tkaziladi- narsalarning xarakterlarini tovush yordamida farqlanadi va bohalanadi, murakkab tovush maydonini analiz va boholash, tovush signallari aniq bir narsalarga, moslamalarga, mexanizmlarga va bu ularda yuz berayotgan protsesslarning yuzaga chiqishidan bo‘ladi.

Ko‘ruv jarayoni buzilgan shaxslarning har xil faoliyat turlarini muvaffaqiyatli egallash (predmetli, o‘yin, mehnat, o‘qish) ko‘rgazmali qurollar bilan yuqori darajada ta’minlanish va rivojlantirish, fazoviy fikrlash fazoviy mo‘ljalga olishni egallash bilan bog‘liq. Fazoviy oriyentirovka fazoda (maydonda) erkin harakatlanishning muhim qismidir.

Shunday qilib, ko‘rishda nuqsoni bor bolalarni ikki guruhga ajratish mumkin.

1.Ko‘rlar.

2. Zaif ko‘ruvchilar.

Ko‘rlar ko‘ruv o‘tkirligiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi.


  1. Total ko‘rlar. 0 ko‘rish o‘tkirligi.

  2. Qisman ko‘rlar. Ko‘rish o‘tkirligi 0,05 gacha

Kelib chiqish sababiga ko‘ra

1.Tug‘ma ko‘rlar.

2. Orttirilgan ko‘rlar.

Zaif ko‘ruvchilar ko‘rish o‘tkirligiga ko‘ra quyidagicha turga bo‘linadi.

0,05dan 0,1 gacha

0,1dan 0,2 gacha

0,2 dan yuqori 0,4 va0,9gacha ,

Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda birlamchi nuqsonlar patologiyasi yuzaga keladi: ko‘rish o‘tkirligi, rang ajratish, ko‘rish maydoni, yorug‘likni sezish va hakozo.

Ko‘ruv o‘tkirligi – ko‘zni bir-biridan eng kam masofada turgan ikki nuqtani ayrim-ayrim ko‘ra olish layoqatidir.

Ko‘ruv maydoni – bu odam ko‘zlari va boshni qimirlatmay turganida ko‘rib idrok etadigan maydondir.

Yorug‘lik sezish . Ko‘zni qonunlikka qarab adaptometrlar maxsus asbobda yorug‘likda tekshiriladi.

Maxsus va to‘g‘ri tanlangan o‘qitish metodikasi qo‘llanmasligi natijasida ikkilamchi nuqsonlar yuzaga keladi, bular quyidagilar bo‘lishi mumkin.



    • sensor apparatlarning to‘liq shakllanmaganligi;

    • tasavvur va tushunchalar borasidagi kamchiliklar;

    • fikrlashdagi kamchiliklar;

    • nutq rivojlanishidagi kamchiliklar;

    • harakatdagi kamchiliklar;

Faqat maxsus ta’lim-tarbiya sharoitidagina ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalashga sharoit mavjuddir.

Ikkilamchi nuqsonlar namoyon bo‘ladigan sohalar .

Ambliopiya bilan og‘rigan bolalarda ko‘rib idrok etish, harakat sohasida (harakatlar aniqligi, koordinasiyasi buzilgan, mayda matorika makonda oriyentrlash, oynada aks etganda o‘ng va chap tushunchalari rivojlanmagan) predmetli tasavvurlar sohasida hajm biroz kichikroq bo‘ladi.

Ko‘r bolalarda predmetli tasavvurlar zahirasi ancha kam, ular mavjud tasavvurlar obrazlar bilan ishlashda qiynaladilar. Maktabgacha yoshdagi ko‘r bolalarda harakatchanlik sustligi, harakat malakalarini aniq shakllanmasligi, makonda oriyentirlash ancha builganligi, makondagi yo‘nalishlarni ajratishda nuqsonlar, makonda harakatlanish chog‘ida oriyentrlashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Ko‘r bolalarda ikkilamchi nuqsonlar bilish faoliyatida ham namoyon bo‘ladi, predmetlar haqida tasavvurlar ojizligi, predmetlar haqida tasavvurlar yo‘qligi, tasavvurlar uzuq-yumuqligi va boshqasilardir.


Savol va topshiriqlar

  1. Ko‘ruv analizatorlarida nuqsonlarni vujudga kelish sabablarini siz qanday izohlaysiz?

  2. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar qanday guruhlarga ajratiladi?

  3. Birlamchi nuqsonni ta’rifini keltiring?

  4. Ikkilamchi nuqson deganda qanday fikrni aytolasiz?

  5. «Ko‘rish faoliyatini yo‘qolishi vaqti» tushunchasini izohlang, fikringizni tushuntiring?

4-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalar faoliyati

Maxsus muassasalar hozirgi zamon komsepsiyasida nogiron jumladan ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim tizimiga ma’lum o‘zgarishlar kiritilgan va ularni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Zamonaviy maxsus ta’lim standartlariga asosan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlar tuzilib chop etilmoqda. Ularga mos ravishda mashg‘ulotlik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.



Maktabgacha tarbiya.

Maktabgacha tarbiya tizimi davlat, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, muhim ijtimoiy masalalarni hal qiladi: ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni har tomonlama kamol tptirish; ko‘r va zaif ko‘ruvchilar nuqsonli rivojlanishini oldini olish; korreksiyalash va ularning sog‘ligini himoyalash va mustahkamlash; Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va maxsus ta’lim berishda oilaga ko‘maklashish maqsadida maxsus va oilaviy M.T.M. qoshida ochilgan maktabgacha tarbiya muassasalari tashkil etilgan. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga maxsus M.T.M larda maqsadli ta’lim va tarbiya berish jarayonida ularga normal psixik rivojlanishni ta’minlash, ilk bolalik davridagi noto‘g‘ri tarbiya natijasida yuzaga keladigan ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash, kompensasiyalash mumkin.O‘zbekiston Respublikasida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalar O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2010 yil 18iyundagi 117-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.Qarorga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarda ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar-ko‘zi ojizlar,ambliopiya va g‘ilaylik,zaif ko‘ruvchilar ta’lim tarbiya olishlari mo‘ljallangan.Ta’lim muassasalarga 2-3 yoshdan,har bir guruhga 6-8nafardan qabul qilinishi mo‘ljallangan.

Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun bog‘chalar faoliyatida 4 asosiy vazifani belgilash mumkin. Ularning bajarilishi va faqat bolalarning umumta’lim dasturlarini o‘zlashtirishga imkoniyatlarini, balki rivojlanishdagi ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash va kompensasiyalashni ta’minlaydi.


  1. Qisman ko‘radigan va zaif bolalarda saqlangan ko‘rish funksiyalarini rivojlantirish, ambliopiya va g‘ilay bolalarni ularni normagacha tibbiy va pedagogik vositalar bilan tiklash.

  2. Bolalarning rivojlanishi o‘quv dasturni o‘zlashtirish uchun ularning psixik – jismoniy rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda qulay sharoitlar yaratish.

  3. Bola hayotining dastlabki oy yillaridagi noto‘g‘ri tarbiya natijasida yuzaga keladigan ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash

  4. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim, o‘yin, mehnat, faoliyati kompensator usullarini shakllantirish.

Maxsus vazifalarni hal etishda har bir mutaxassis vrach oftolmolog, tiflopedagog, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bog‘chasi tarbiyachisining roli garchi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro bog‘langan bo‘lsada, ular ko‘p qirralidir.

Birinchi vazifa . Qisman ko‘radigan va ko‘zi ojiz bolalarda saqlangan ko‘rish funksiyalarini rivojlantirish, ambliogiya va g‘ilaylik bilan og‘riganda ularni meyorgacha tiklash.

Bu vazifani hal etishda yetakchi o‘rinni oftolmologlar egallaydi. Apparat davolash metodi turli toifadagi bolalarda qoldiqli ko‘rishni rivojlanishiga ta’sir etish imkonini beradi.

Shuningdek:



    • ko‘rish o‘tkirligi

    • ko‘z harakat funksiyalari

    • biokulyar ko‘rish

    • stereoskopik ko‘rish

    • chuqurligi kabi muhim ko‘rish funksiyalari rivojlanadi

Ish natijalari ko‘rsatadiki, qoldiqli ko‘rish funksiyasini rivojlantirish va uni meyorgacha tiklash borasidagi muvaffaqiyatlar uncha katta emas. Ongli, maqsadli idrok ko‘rish, tahlil qilish, farqlashni rivojlantiradi. Bu kabi pedagogik korreksiya faoliyati ko‘rish funksiyalari tiklash va mustahkamlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Bu faoliyat guruhda tiflopedagog, tarbiyachi, vrach hamda hamshira amalga oshiradi.

Tarbiyachining vazifalari


    • ko‘rish yuklamalari meyori gigiyenasiga rioya etish;

    • bolani tanish va yangi vaziyatlarda ko‘rishdan foydalanishga o‘rgatish.

Bolalarda faoliyatning barcha ko‘rinishlarida va barcha rejim jarayonlarida ko‘rish diqqatini rag‘batlantirish yo‘llari:

    • ommaviy bolalar bog‘chasi dasturini K.N.B. bolalar uchun moslashtirish;

    • mashg‘ulotlarda puhta yo‘l tayyorlash;

    • ehtimoliy ikkilamchi nuqsonlarni hisobga olgan holda didaktik o‘yinlarni to‘g‘ri tanlan;

    • talabga muvofiq ko‘rgazmali qurollar tanlash.

Ko‘rish diqqatini rag‘batlantirish turlicha bo‘lishi mumkin:

    • faoliyatning rang-barang turlariga qiziqarli tarbiyalash;

    • bolalarning obekt va boshqa vositalarini yaxlit ko‘rib chiqishga o‘rgatish.

Tarbiyachi, tiflopedagog, hamshira, vrach, oftolmologlar tavsiyalarni bajara borib bolalarning ko‘rish funksiyalarini tiklashga bevosita ta’sir etadi.

Ko‘rish funsiyalarining bevosita rivojlanishida yetakchi rolni tiflopedagog bajaradi. Bolanig individual xususiyatlari, ko‘rish nuqsoni darajasi va harakterini hisobga olib tiflopedagog maktabgacha yoshdagi bolalarni tafakkurni analitik-sintetik faoliyatga asoslanib predmetlar dunyosi maqsadli idrok etishga o‘rgatishga chaqiriladi. Bolalarning tashqi dunyo predmetlari sensor etalonlari (rangi, shakli kattaligi) bilan tanishlari taxlil qiluvchi ko‘rish idroki rivojlanishning yuqori darajasiga erishishi shartdir.

Ikkinchi vazifa. Bolalarning rivojlanishi o‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun ularning psixik-jismoniy rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda qulay sharoitlar yaratish.

Bola faolligi o‘qish, o‘yin, mehnat, mashg‘ulotlar va shu kabi faoliyat turlarida vujudga keladi. Ular qandpy bilish jarayonida jiddiy o‘rin tutadi. Bolaning istalgan faoliyati va umuman rivojlanishning hal qiluvchi shartlaridan sanaladi.

Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish:

1.Sog‘lom bola muhit bilan tabiiy muloqotda o‘rganadigan narsaga maxsus o‘qitish.



2. Faoliyatning barcha turlarida qatnashish va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish demakdir.

Bu vazifani hal etishda M.T.M jamoasining uyushqoqlik bilan ishlashi muhimdir.



MTM ma’muriyati:

1. Jamoaning har bir a’zosini ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasidagi o‘z o‘rni va rolini tushunib yetishga yo‘llaydi.

2. Korreksion-pedagogik faoliyatni ta’minlaydi.

3. Gigiyenik meyorlar (yoritishga) rioya etilishni kuzatadi.

4. Yangidan bolalarni qabul qilishga ota-onalarni bilan ishlaydi.

5. Oftolmologik jihozlarni harid qilish va holatini nazorat qiladi.

Tibbiy xodimlar.


  1. Qattiq jarahatlangan ko‘rish sistemasi ishini yengillashtiruvchi davolash, profilaktika va gigiyenik tadbirlar kompleksi uchun sharoit yaratadi.

  2. Bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Pedagogik jamoa:

  1. Bolalarning potensial imkoniyatlariga tayanadi.

  2. Maxsus metodik usul va vositalarni qo‘llaydi.

  3. Bolaning butun rivojlanishini boshqaradi va ayni paytda ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalaydi.

  4. Ota-onalar bilan ishlaydi, ularda ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolaga, uning nuqsoniga nisbatan to‘g‘ri munsabatni shakllantiradi.

Uchinchi vazifa

Bola hayotning dastlabki oy va yillaridagi noto‘g‘ri va rivojlanish natijasida yuzaga kelgan ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash.

Normal bolalarda hayotning dastlabki onlarida ko‘rish reaksiyalari shakllanadi. Yorug‘likka qorachig‘ reaksiyasi yuzaga keladi.


    • bir necha haftadan so‘ng qorachig‘ qisqarish, ankomadasiya va konvergensiya o‘rtasida aloqa uzatiladi.

    • nigoh funksiyasi rivojlanadi.

Ko‘rish analizatori patologik rivojlanishda:

Harakat bor, lekin nigoh bilan finsasiyalash yo‘q, natijada predmetni kuzatish ham yo‘lmaydi. Bundan ikkilamchi nuqsonlar yuzaga keladi. Ular mexanizmi tushunarli: miyada sensor markazdan biri (ko‘rish) yetarlicha rivojlanmagani va harakat jarayonlari buzilgani natijasida psixik jarayonlar buzilishi jismoniy sohadagi buzilishlariga olib keladi.

Maxsus korreksion vazifalar, korreksiyalar ishi mazmuni va metodlari bolalar tarkibi, ularning ko‘rishdagi nuqsoni, dastur talablari va yosh xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Eng avvolo ko‘rish darajasi nuqsoni hamda psixik rivojlanish darajasi orasidagi bog‘lanishni belgilash lozim bo‘ladi.

Bu esa bolalarni rivojlanish asboblarini va ko‘rish nuqsoni sabablarini aniqlashga yordam beradi.

To‘rtinchi vazifa

Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim, o‘yin, mehnat faoliyati usullarini shakllantirish.

Mazkur maktabgacha yoshda bolaning bilishga ehtiyoji, qiziqishi, faolligi, maqsadli harakatlanishi odati shakllanganligi bolalarga maktabda kompensator metodik usullarni mashg‘ulotning predmet mazmuniga muvofiq mustahkamlash va rivojlantirish imkonini beradi.

Tiflopedagogik va tarbiyachining bu muhim vazifani hal etishdagi ishtroki ularning faoliyati, tashkiliy shakllari va mazmuniga bog‘liq, tiflopedagog yakka tartibda bu kichik guruhdagi mashg‘ulotlarni bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda eng avvalo faoliyatning u yoki bu usuli to‘g‘risida dastlabki bilimlarni shakllantiradi.

Tarbiyachiga bu usullarni mustahkamlash, mashq qildirish, bola uchun yangi vaziyatlarga kiritish, shuningdek shakllantirilayotgan usullar samaradorligini tekshirish uchun keng imkoniyatlar beradi.

Savol va topshiriqlar



  1. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalarga qo‘yiladigan hozirgi kun tartibi haqida so‘zlab bering.

  2. Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy vazifalarini izohlang.

  3. Korreksion pedagogik ish xususida to‘xtaling.

  4. Maktabgacha ta’lim muassasa defektologlarni faoliyatini xususida nimalarni bilasiz?

Mashg‘ulot – o‘quv jarayonining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Bu o‘quv jarayonining shunday birligiki, unda ta’limning tuzilishi tamoyil va metodlari mujassamlashgan. Mashg‘ulot masalasi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish maqsadi bilan belgilanadi.

Mashg‘ulotning ta’limiy vazifalari:

Ta’lim muassasasi dasturi bo‘yicha bolalarni nazariy bilim va amaliy ishlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi



Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi.

Bolalarda shaxs sifatlarini tarbiyalash, qiziqishlarini rivojlantirishni, layoqat, mustaqillik va ijodni namoyish qilishni ko‘rib chiqishni o‘z oldiga qo‘yadi. KNB bolalar ta’limida bitta emas, balki bir nechta didaktik masalani hal qiluvchi mashg‘ulot bir muncha samaralidir.

Ushbu mashg‘ulot strukturasi:

1. Mashg‘ulotni tashkil etish;

2. Uy vazifasini tekshirish va bolalarni yangi materialni o‘zlashtirishga o‘rgatish;

3. Avval o‘zlashtirganlarni takrorlash;

4. Yangi bilimlarni bayon etish;

5. Yangi mavzuni mustahkamlash;

6. Mashg‘ulotning yakuni.

Tarbiyachining mashg‘ulotga tayyorgarligi.

Tarbiyachini mashg‘ulotga muvaffaqiyatli ko‘rishi qator shartlar bilan aniqlanadi.

Tarbiyachi o‘z fanini aniq va to‘liq bilishi zarur. Kursning mazmuni va mashg‘ulotlar tuzilishini bilishi zarur. Samarali natija beruvchi o‘qitish metod va metodlaridan foydalanish, ilmiy metodik adabiyotlardan foydalanish.

Tarbiyachi reja tarkibiga mavzu, berilgan mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlarning didaktik maqsadi, asosiy tushunchalar, metodlari, jihozlanishi, mustaqil va yozma ish namunalari, ularni o‘tkazilish muddati, mavzuga oid ekskursiya kabilar kiritilgan bo‘ladi".



Mashg‘ulotning taxlili.

Mashg‘ulotni chuqur va har tomonlama to‘liq bajarish muhim ahamiyatga ega. Aynan tahlil qilish natijasida o‘quv jarayonini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish mumkin. Mashg‘ulotning tahlili tarbiyachiga ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va umumlashtirishga hamda o‘zining pedagogik faoliyatida qo‘llashga imkon beradi.

Mashg‘ulotning alohida bo‘laklarini tahlil qilish davomida umumdidaktik tahlil o‘tkazish mumkin. Uning tahminiy ko‘rinishi quyidagacha:

1. Mashg‘ulot mavzusi.

2. Mashg‘ulotning vazifalari (ta’limiy, tarbiyaviy, korreksion, rivojl antiruvchi) .

3. Mashg‘ulotning tili, uning tuzilishi, mashg‘ulot komponentlarining tuzilishi.

Masalan: «Bolalar gurungi» hikoyasining tarbiyaviy maqsadi bolalarni ya’ni bolalarni aqlli, farosatli bo‘lishga, kattalarga, atrofdagilarga nisbatan diqqatli-e’tiborli bo‘lishga o‘rgatish.

Korreksion rivojlantiruvchi vazifalar.

Ko‘ruv nuqsonlaridagi ikkilamchi nuqsonlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy ishni o‘tkazilishini taqozo etadi.

Yuqoridagi hikoyaning korreksion-rivojlantiruvchi maqsadi: bolalarning ko‘ruv idrokini rivojlantirish, ongli, ravon, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish, bog‘langan nutqini rivojlantirish.

Taxliliy, tarbiyaviy, korreksion-rivojlantiruvchi vazifalar uzviy bog‘langan holda olib boriladi.



KNB bolalar bilan o‘tiladigan mashg‘ulotga qo‘yiladigan psixologik talablar: Mashg‘ulotning samaradorligi ko‘p jlaihatdan tarbiyachining o‘z bolalarini rivojlantirish xususiyatlari haqidagi bilimlariga bog‘liq. Bunda bolalarning qabul qilish, diqqati, xotirasi, his-tuyg‘ularini hisobga olish lozim. Bolalarning ruhiyati haqidagi bilimlari tiflopedagogika ish metoddarini tanlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Mashg‘ulotga suyiladigan gigiyenik tayaabyaar.

Gigiyenik talablar bolaning mashg‘ulot davomidagi ishga bo‘lgan layoqatini kuzatishni o‘z ichiga oladi:

- guruh xonasining ozodaligini kuzatish;

- guruhda harorat tartibini saqlanganligi;

- bolaning charchog‘ini yo‘qotuvchi faoliyatning turli shakllarini qo‘llash;

- jismoniy daqiqani o‘tkazish;

- mashg‘ulotlar orasidagi tanaffusni qat’iy nazorat qilish.

Mashg‘ulotga quyiyaadigan tashkiliy talablar.

- mashg‘ulot o‘tiladigan guruh xonalari va kabinetlarning mavjuddigi;

- xonalarni mebel, ko‘ruv qobiliyatini rivojlantiruvchi jihozlar, optik moslamalar va texnik vositalar bilan jihozlanganligi;

- ko‘rgazmali va didaktik material bilan ta’minlanganligi. Mashg‘ulot turlari.

Pedagogikada shartli ravishda mashg‘ulotning quyidagi elementlari ajratib ko‘rsatiladi.



Mashg‘ulotning boshlanishi

Uni tashkil etishda bolalarni ishga ruhan tayyorlashni, xonada ish muhitini tashkil etishni maqsad qilib qo‘yadi.



Bolalarning bilim va ko‘nikmalarini tekshirish.

Ular bilimlarini tekshirishga katta ahamiyat kasb etadi.



Yangi materialni bayon etish.

Bunda bolalarning yangi materialni o‘zlashtirishdagi mustaqillik darajasi hisobga olinadi.



Yangi matershtni mustahkamlash.

Bolalarning yangi materialni tushunishini tekshirish maqsadida olib boriladi.



Mashg‘ulotning yakuni.

O‘zining oldiga bolalarning mashg‘ulotdagi o‘quv ishlarini, uy vazifasining ko‘lami va xarakterini tahlil qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Yangi bilim, ko‘nikma va malakalar bilan boyib boruvchi mashg‘ulotning asosiy qismini yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashdan iborat.

1. Tashkiliy qism.

2. Yangi mavzu, bilimlarni bayon qilish.

3. Yangi bilimlarni mustahkamlash.

4. Uyga vazifa berish.

5. Mashg‘ulotning yakuni.

Ushbu mashg‘ulotlarda tushuntirish, topshiriq, amaliy faoliyat asosiy boshqaruvchi metod hisoblanadi.

Bilim ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash mashg‘ulotlari.

1. Tashkiliy qism.

2. Avvalgi o‘tilganlarni takrorlash.

3. Mavzu bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish (mashqlar).

4. Topshiriqlarni mustaqil bajarish.

5. Egallangan bilim va malakalarni umumlashtirish.

6. Mashg‘ulotning yakuni.

Mashg‘ulotni rejalashtirish bosqichlari:

• Mavzuni tanlash.

• Davlat standartlari doirasida bilimlarni rejalashtirish.

• Maqsadni belgilash.

• Mavjud omillar va tanlash.

• O‘qitiladigan muhitni yaratish.

• Interfaol metodlarni qo‘llash.

• Qayta aloqani tashkil etish.

• Tahlil va hulosalar chiqarish.

Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorgarlik jarayonida quyidagilarga e’tibor berish lozim.



    • Tarbiyachi ishlayotgan yoshdagi bolalar bilimlarini, qiziqishlarini va ular ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan yangi bilimlarni bilish maqsadida aniqlab olishi lozim;

    • Bolalarni ijtimoiy bilimlarini ( mustaqilligi; hamkorlik bilimlarini) aniqlab olish;

    • Bolalar ehtiyojini bilib olish;

    • Boshlang‘ich bilim darajalarini baholay olishi kerak.

Mashg‘ulotgacha quyidagini hisobga olish lozim.

MotivasiY.

Mashg‘ulot ma’nosi nimada?

Uning oldingilari bilan bog‘liqligi qanday? Bu mashg‘ulot bolaning fikrlashni rivojlantirishda qanday ta’sir ko‘rsatadi?



Download 207.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling