Mavzu: “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotining dastlabki yillaridagi rivojlanish xususiyatlarini aniqlab, rivojlantiruvchi usullarinini ishlab chiqish


Vazifalar. Qanday bilim va ko‘nikmalar egallanadi? Bu bilimlardan qanday foydalanish mumkin. Metodlar


Download 207.93 Kb.
bet3/4
Sana25.03.2020
Hajmi207.93 Kb.
1   2   3   4

Vazifalar.

Qanday bilim va ko‘nikmalar egallanadi?

Bu bilimlardan qanday foydalanish mumkin.

Metodlar.

Qaysi metodlar asosida ishni tashkil etishni aniqlang?

Baho.

O‘zlashtirish qanday baholanadi?

Vaqt taqsimlash:

Turli xil ko‘rinishdagi faoliyatlar o‘rtasidagi vaqt qanday taqsimlanadi?

Guruhlarga ajratish:

Bolalar qay tarzda guruhlarga taqsimlanadilar?

Mashg‘ulot jarayoni.

Tashkilish bosqichi:

Bolalarni mashg‘ulot maqsadlariga o‘z munosabatini bildirishga dastlabki bilimlaridan foydalanishga qanday o‘rgatiladi?

Asosiy bosqichi.

Bolalar tarzda matn mazmunini yoki yangi mashg‘ulotning mazmunini singdirib oldilar.

Matnni ( mavzuni) anglash qanday nazorat qilinadi?

Mustahkamlash bosqichi.

Bolalar olgan bilimlarini qanday qo‘llashdi?

Yangi bilimlarni qanday qabul qilishdi?

Javobsiz qolgan savollarga javob izlash, masalani yechishga qanday o‘rgatiladi?

Xulosalash:

Mashg‘ulot ohirida qanday xulosalarga kelindi?

Mashg‘ulot tugaganidan so‘ng:

Mashg‘ulotning kelajak maqsadlari qanday bo‘lishi mumkin? Muammo yechimi har tomonlama to‘liq yechimini topish kerakmi?



5-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limida maxsus korreksion mashg‘ulotlarni mohiyati

Korreksion — pedagogik ish deganda ko‘rishda nuksoni bo‘lgan bolalarning bilim faoliyati, shaxs xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi va xarakat kobiliyatlari kamchiliklarini tugatish, kompensasiya jarayonlari rivojiga karatilgan ta’lim va tarbiya vositalari, shakl va metodlari, maxsus pedagogik tadbirlar kompleksi tushuniladi.

Ma’lumki, kurish kobiliyati buzilganda bolalar rivojlanishida kator ikkilamchi buzilishlar yuzaga keladi. Bilish jarayonlari (idrok, tasavvur, ko‘rgazmali obrazli tafakkur) sustlashadi, jismoniy rivojlanish va xarakat funksiyalari rivojida o‘zgarishlar ro‘y beradi (tezlik, aniklik, kordinasiya, xarakat surati, xarakat aktlari o‘lchamligi va b. buziladi), ijtimoiy tajriba egallash cheklanadi.

Ko‘r va ko‘zi ojizlar orasida anomal rivojlanishning murakkab shaklllari mavjud bo‘lgan turli bolalar guruxlari uchraydi: nutkida nuksonli bolalar, xarakat soxasi, eshitish, idrok etish pasaygan bolalar va boshka. Bular ta’lim va tarbiya jarayonida korreksiyaning individual vositalari ko‘llanishini talab kiladi.

Korreksion — pedagogik ish koidalarini asoslashda, zamonaviy tiflopedagogika mutaxassislari maxsus yo‘naltirilgan o‘kuv tarbiya ish ta’sirida o‘zgarish, korreksiya, kompensator kayta kurilishlarga uchraidigan bolalardagi birlamchi va ikkilamchi buzilishlar, ko‘rishda nuksoni bo‘lgan (KNB) bolalar ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishi konuniyatli nisbati xakidagi konsepsiyadan kelib chikadilar. Bunda ko‘rishda chukur nuksoni bo‘lgan bolalar rnvojlanishidagi umumiy konuniyat va spetsifik xususiyatlarni xisobga olgan differensasiyalangan yondoshuv muxim axamiyat kasb etadi.

Ko‘r va ko‘zi ojizlarda kompensator jarayonlar va rivojlanishdagi ikkilamchi buzilishlar korrekpiyasi xakida gap borar ekan, ta’kidlash joizki, dastavval buzilgan funksiyalar korreksiyasi va kompensasiyasi tiklovchi davolashning yangi soxasi sifatida, ijtimoiy tibbiyotning mustakil soxasi sifatida tushunilgan. Keyinchalik oydinlashib koldiki, kompensasiyalovchi mexanizmlarni shakllantirish jaroxatlangan organni faollashtirish yoki bosha organ bo‘lgan ommalashtirishdan ko‘ra ko‘prok ko‘r va kuzi ojiz shaxsini ijtimoiy shartlangan faoliyat yo‘nalishida maksadli shakllantirish bilan boglik.

KNB ta’lim va tarbiyasi nazariyasi va amaliyot kengayishi tadkikotlarini buzilgan funksiyalarini kompensasiyalash, korreksiyalash va tiklash xakidagi klassik tasavvurlarni kayta ko‘rib chikishga undadi. Kompensasiya xakidagi klassik tasavvurlarda nukson yuzaga kelganda organizm kayta ko‘rinishining avtomatik xarakteri takidlanar edi. Isbot tarikasida xayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar keltirilar edi. Kompensasiya tabiatiga yangi psixologik — pedagogik nuktai nazar yuzaga kelishi kompensator tuzilmalar avtomatligi va insonnning ruxiy faoliyatiga biologizatorlik yondoshuvlarini mexanik ko‘chirish tamoyillaridan voz kechishga olib keldi.

Insonda kompensator kayta kurishlar nafakat biologik vikariat, balki ijtimoii moslashuvda xam yuzaga keladiki, u ongli va maksadli ta’limni takozo etadi. Ilgari psixolog va pedagoglar asosan KNB lar ruxiyatiningfenomenologik ko‘rinishlari va ba’zan ularning vokelikka stixiyali moslashuvining ajabtovur misollarini kayd etilgan bo‘lsa, keyinchalik ularni xayot va ijtimoii foydali faoliyat talablariga muvofik xarakatlarning yangi adekvat usullariga faol o‘rgatish bo‘yicha tadkikotlar kilindi.

Buzilgan funksiyalarni kompensasiyalash va korreksiyalash, anomal bola rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchi rolini o‘rganish masalalari bo‘yicha dastlabki nazariy soidalar L.S.Vigotskiy, T.A.Vlasova, M.i.Zemsova, Y.A.Kuligin, AL Litvak, V.I.Lubovskiy, I.K.Marchulis, L.I.Sognuevalar tomonidan ishlangan.

Ma’lumki, KNB bolalar rivojlanishi biologik va ijtimoii omillar birligi bilan shartlangan. Shu sabab ular rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillar ta’siri va ularning o‘zaro munosabatini anik tasavvur etish lozim. Ko‘rish patologiyasi mavjud bolalar rivojlanishi funksiyalar buzilishining klinik shakllari, xarakteri va ogirligi, eshitish, xarakat va ko‘rish analizatorlari saklanganligi, ruxiy faoliyat oliy shakllari va umuman shaxsning rivojlanishi darajasi, kaysi yoshda ko‘rish kobiliyati yo‘kotilgan, ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va metodlari boglik.

Ta’lim va tarbiya bilan boglik bo‘lgan bola rivojlanishidagi ijtimoiy omillar rolini ta’kidlaymiz. Bola o‘z xayotini ilk kunlaridanok uni o‘rab turgan ijtimoii muxit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu muxit bola rivojida muxim shart va manba sanaladi. KNB bolalarda murakkab psixik jarayonlar rivojlanishi korreksion yo‘nalishiga ega bo‘lgan ta’lim va tarbiyaga boglik bo‘lib u kompensasiya jarayonlari rivoji bilish faoliyati kamchiliklarini tugatish, KNB bolalar shaxsi tiklanishidagi potensial imkoniyatlarni izlashni ko‘zda tutadi.

Korreksion ish mazmuni va didaktik usullar differensasiyalash, bola yoshiga moslash, o‘kuv materialini idrok etish va makonda oriyentasiyalanish xususiyatlari asosiga kuriladi.

Bolalik yoshida kompensasiya imkoniyatlarini baxolashda nafakat
shakilanib bo‘lgan kompensasiya mexanizmlari, balki shakllanishi va tiklanish boskichida turgan mexanizmlar, L.S.Vigotskiy tabiriga "bola rivojlanishining eng yakin zonasi" xam xisobga olinadi. Bu zonani xisobga olish kompensasiya jarayonlarini boshkarish, KNB larda buzilgan va yetarligi rivojlanmagan funksiyalarni korreksiyalash va tiklashda muxim axamiyat kasb etadi.

Kompensasiya jarayonlari asta-sekinlik bilan rivojlanadi va funksiyalar sistemali kurilishi aloxida tarkibi va o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadigan rivojlanishning ma’lum boskichlariga ega. Kator mualliflar tadkikotlarida bola antogenetik rivojlanishining turli boskichlarida kompensasiya jarayonlari shakllanishining turli senzetiv davrlari xam mavjud. Bu ta’lim va tarbiyani bola rivojlanishining turli yoki boskichlarida tashkil etish uchun muxim axamiyat kasb etadi.

Bolalarni xar tomonlama klinik va psixologik pedagogik o‘rganish, ularning bilim va amaliy shakllari taxlili ko‘rsatadiki, ta’lim va tarbiya jarayonida mazmun, metodlar va differensasiyalangan yondoshuv bilan boglik xolda rivojlanishdagi nuksonlar kompensasiyalanadi va korreksiyalanadi deb xisoblashga asos bor.

Ulcham va proporsiyalarni o‘rganishga namuna va so‘z tasvirlashda modellash va konstruksiyalash, o‘lchash amaliyoti, mikro va makromakon sharoitlarida oriyentirlanish malakasi rivojlanish muxim rol o‘ynaydi.

Bilim va makollarni egallash bolalar lug‘at boyligini oshirish va ularning spetsifik xarakter dagi so‘zlarnpng konkret ma’nsoini tushunishini nazarda tutadi, nutq bilish, o‘zl,1shtirish, faoliyat bilan bog‘liq ijtimoiy tajribani yetkazish vositasi sanaladi. So‘z o‘zida real voqelikning obektlari va xossalarini pfodalash, umumlashtirish, ajratish funksiyalarini birlashtiradi. Bilim va malakalar shakillanshi davrida faoliyatning turli kurinishlarini z\ allashda nutqning roli ayniqsa katta. Nutq-hislar, idrok, tasavvur va boshqa bilim jarayonlari bilan doimiy birgalikda rivojlanadi va boyidi.

«Faqat tanish predmetlar va tanish xossa yoki munosabatlar bilan fikrlash mumkin: demak, fikrlash uchun oldindan predmetlarni bir-biridan farqlash, ularni tanish vakeyin predmetlar xossalari va o‘zaro munosabatlarni farqlash malakasi berilagn bo‘lishi kerak, bu esa dastlab xissiyot tomonidan beriladi», - deb yozadi I.M.Sechenov, hissiy bilim cheklanganda KNB larda so‘z ifodalari formalizmi, nuts verbalizmi, ya’ni so‘zlarning katta zahirasi na predmetlar obrazlari yetarli bo‘lmagan zahirasi va predmetlar obrazlari yetarli bo‘lmagan zahirasi o‘rtasida nomuvofiqlik yuzaga keladi.

Ko‘rlar nutqida eng ko‘p verbalizmi makon xossalari va predmetlar munosabatlarini ifodalovchi so‘z ifodadalari kuzatiladi. Predmetlar shakli, o‘lchami, olisligi, harakatini belgilovchi so‘z ifodalar ularda bu tushunchalar mazmunini anglashdan oldin paydo bo‘ladi. Shy sabab ular ko‘radigan bolalardan ko‘proq So‘zlarni predmetli vaziyatlarda qo‘llashga qiynaladilar. Bu predmetlar makon belgilarini o‘rganish, turli xil tasvirlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarda namoyon bo‘ladi, garchi bu hollarda zarur so‘zalr ular lug‘at boyligida mavjud va boshqa nutqiy vaziyatlarda ko‘llansa ham.

KNBlar predmetlar beliglarini ifodalovchi logik kategoriyalarini yetarlicha anglamaydilar va ularni konkret mazmun bilan qiyoslashga qiynaladilar. Ular predmet shakli, material kattalikni ifodalovchi sifatlarni tasniflashda sog‘lom bolalrdan ko‘proq xato qiladilar. Tushunchalar mazmunini to‘la anglolmaslik bilimlar formaligina olib keladi. Bola so‘zni to‘g‘ri ko‘llaganida xam bu hali u haqda to‘la tasavvurga ega degani emas.

Ilmiy ma’lumotlar nutqning bolalar bilish faoliyatiga o‘zgartiruvchi ta’siri haqida dalolat beradi. To‘g‘ri shakillangan nutq bolalarning xassiy tajribasini tashkil etadi. Bilimning birinchi manbai idrok, lekin uni tiklash uchun rag‘batchi rolini so‘z bajaradi.

Zamonaviy tiflopedagogika KNBlar uchun xarakterli bo‘lgan nutq verbalizmi va so‘z ifodalar formalizmi korreksiya ishi asosida sezilarli miqdorda tuzatilishi mumkin degan xulosaga kelagn. Bunga xissiy va amaliy tajribani kengaytirish, shakillangan tasavvur va ularga moye so‘z ifodalarini tobora kengkommunikativ aloqa va munosabatlar tuzumiga kiritish bilan :->rishish mumkin. So‘z ma’nolarini tushunishini aniqlashtirish va chukurlashtirish ham muhim ahamiyatga ega.



Jismoniy rivojlanishdagi buzilishlar korreksiyasi.

Bola egallash kerak bo‘lgan bilimlar hajmi tinimsiz ortishi, yuqori umumiy summar yuklama uning ishonchlik qobiliyati, jismoniy rivojlanishi va harakat tayyorgarligiga yuqori talablar ko‘yadi. KNB bolalarda tik qomat buzilishi 59,2 /o; kizlarda 58%; soglom bolalarda mos ravishda 200 /o va 14 /o ekanini ta’kidlash o‘rinli.

Vrach fiziologlar tadqiqotlari ko‘rsatilishicha, bola va o‘smirlar rivojlanishi, ular da bunga sistema va organlar to‘g‘ri ishlashi faqatgina xarakatlar hajmi to‘g‘ri bo‘lsagina mumkin. Xarakatlar kamligi ortiqcha vazn to‘planishi, ko‘rish yomoplashishiga olib kelishi ma’lum. Yetarlicha bo‘lmagan faollik yurak tomir va nafas tuzimi funksional imkoniyatlarini kamaytiradi, natijada yuklamaga noadekvat reaksiya paydo bo‘ladi, o‘pkaning xayotiy xajmi kichrayadi, barcha lokomotsiyalar rivoji sustlashadi. Kun tartpbida harakat faolligi bo‘lgan o‘smirlar jisminiy rivojlanishida yuqori natijalarga erishadi, yuqori aqliy va muskul ish qobiliyatiga egalar, charchoq va shamollash kasalliklariga chidamliroqlar.

KNB bolalarda jismoniy rivojlanish va harakat tayyorgarligidagi nuqsonlarning oldini olish, mavjudlarini tugatishda maxsus korreksion mashg‘ulotlar (korreksiongimnastika, davolovchi jismoniy tarbiya va b.) muhim o‘rin tutadp, shu bois maktabgacha tarbiya masalalari jismoniytarbiya-sog‘lomlashtirish ishlarining barcha shakillari: mashg‘ulotlari gimnastikasi, jismoniy tarbiya daqiqasi, harakatni tanoffuslar, kundalik sport soatlari har oylik salomatlik kunlarini yo‘lga qo‘yish asosida bolalarning harakat faolligining oshprishga alohida e’tibor qaratadilar.

Jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturlar KNB rivojlanishidagi o‘ziga xosliklarni hisobga olib tuzilgan, jismoniy yuklamalar, mashqlar, norm aktivlar jismoniy yuklamada ko‘rsatilgan va ta’qiqlangan omillar hisobga olinib o‘zgartirilgan.

Tarbiya va uning turlari haqida tushuncha

Hozirgi zamon tarbiyasining bosh maqsadi – "bugungi jamiyatda mustaqil yashash va faoliyat ko‘rsatishga, uning qadriyatlarini baham ko‘rish va ko‘paytirishga tayyorlangan har tomonlama va garmonik rivojlangan insonni shakllantirishdir.

Tarbiyaning hamma yo‘nalishlari – aqliy, ahloqiy, estetik, badiiy, mehnat, ekologik, jismoniy, iqtisodiy, huquqiy shaxsni garmonik va har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Tarbiyaning maxsuli "dunyoqarash", yaxlit munosabat tizimini anglash va o‘zgartirishga turmush tarzi va fe’l-atvor strategiyasini tanlashga, zamonaviy madaniyat tilidan xabardor yangidan paydo bo‘lgan insondir".

Tarbiya individuallikni, subektiv olamni taraqqiy qildirishga, ijtimoiy, ahloqiy, estetik va boshqa qadriyatlarni qabul eta olishga, turli muammolarni jamiyat ideallariga muvofiq mustaqil yechishga yo‘naltirilgan.

Ukuvchilarni tarbiyalashning hozirgi zamon umumiy tizimi asosida quyidagi tarkibiy qismlar yotadi.

Maqsad, vazifa va sababni anglash: muayyan bilimlarni egallash: shaxsda maxsus qobiliyat, qo‘nikma va sifatlarni shakllantirish: ularni maxsus tatbiq eta olish.

Milliy dasturga tayanuvchi vatanimiz pedagogikasida bolalarni tarbiyalash birinchi holda quyidagi tamoyillarga asoslanadi. Shaxsning erkin rivojlanishi: gumanizm shaxsning mutloq qadriyatligini tan olish: demokratiya bolalar va tinglovchilar, muallimlar va bolalarning o‘zaro munosabatda tengligi: fuqaroviylik ijtimoiy sohada o‘z o‘rnini va qadr qimmatini anglash xalq pedagogikasi an’analari, sharqning ulug‘ mutafakkirlari g‘oyalari asosida olib borish. Milliy umumbashariy va boshqa meyorlar hamda qadriyatlar ustuvorligi.

Biz bolalarni tarbiyalash tizimini tashkiliy mazmuni asoslarini o‘zgartirish va takomillashtirishga imkon beruvchi quyidagi ustivor talablarni ajratib ko‘rsatamiz: psixologik, pedagogik; nazariy pedagogik; huquqiy pedagogik.

Bolalarning tarbiyalashni metodologik talablariga quyidagilar kiradi; shaxsni shakllantirish, rivojlantirish va tarbiyalashga doir talablari hamda qoidalari; tarbiyaning zamonaviy mafkura; tarbiyani jamiyatimizga xos g‘oyaviy tamoyillar, ko‘rsatmalar, yuksak ahloq, ijobiy manfaat va extiyojlar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi vatanparvar fuqaroni shakllantirishga yo‘naltirirish; tarbiyalanuvchilarni fuqarolarni, ahloqiy, kasbiy, hayotiy jixatdan o‘zini-o‘zi anglashga yo‘naltirish zaruriyati; mustaqil O‘zbekiston Respublikasidagi demokratik o‘zgarishlarni muvofiq hayotiy tarbiyalashga extiyojini hisobga olish.

Bolalarni tarbiyalashning psixologik, pedagogik talablari quyidagilarni hisobga olishni nazarda tutadi.

Shaxs rivojlanishi qonuniyatlari;

tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari;

bolalarning individual o‘ziga xosliklari;

tarbiyalanuvchilarning shaxsiga e’tiborini kuchaytirish;

- shaxsni oliy ijtimoiy qadriyat darajasida rivojlanayotgan inson sifatida tan olish;

- tarbiyaning maxsus ijtimoiy yo‘naltirilganligi;

- hayot voqealigi bilan aloqalar mamlakat ijtimoiy sohasi va iqtisodiyotiga, kasbning ijtimoiy ahamiyati;

- shaxsni, uning tarbiyasini ijtimoiylashtirish;

- ijtimoiy tajriba o‘tkazish;

- muayyan ijtimoiy muxitda, jamityada hayotning voqealikning yangi tomonlarini fe’l- atvorning yangi, yanada takomillashgan shakllari bilan egallash;

- ijtimoiy faollik tajribasi, ijtimoiy sifatlarni xosil qilishda uni faollashtirish;

- shaxsning maqsadli sifatlarini shakllantirishni rag‘batlantiradigan ko‘pqirrali, ijtimoiy ahamiyatli faoliyatini uyushtirish;

- ta’lim oluvchining ijtimoiy ahamiyatli fe’l-atvorini rag‘batlantirish;

- ijtimoiy yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar, ishlar, topshiriqlar, amallar, tadbirlar vositasida ijtimoiy tarbiyalash;

- ijtimoiy tarbiyada tarbiyalanuvchilar va tarbiyasilar hamkorligi;

- ijtimoiy tarbiyaviy jarayonda shaxslararo munosabatlari, o‘zaro tarbiyalanuvchilar.

Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasi maqsad va vazifalari pedagogikaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Tarbiyani umumiy vazifasi maxsus vazifa bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Jumladan, birlamchi, ikkilamchi nuqsonlarni bartaraf etish bilan birga olib boriladi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasida ko‘rinadigan salbiy holatlar quyidagilar:

- yumshoq tarbiyaga muxtoj sifatlari;

- o‘yin, o‘qish, mehnat faoliyati cheklanganligi;

- begonalar bilan muloqotga kirishdagi qiyinchiliklar;

- o‘z o‘ziga xizmat qila olmasligi (yoki ulardagi kamchiliklar);

- madaniy, ma’naviy bilimlarning sayozligi (yo‘qligi) kabi lardir;


  • ko‘zida nuqsoni bo‘lgan bolalarni yosh va yakka xususiyatlarni hisobga olib yuqorida zikr qilingan kamchiliklarni bartaraf etishdir.

Tarbiya turlari

Tarbiya usullari – tarbiyachi-tarbiyachilarning bolalarga ta’sir ko‘rsatish usullari, ularga ijobiy hulq-atvor ko‘nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish yo‘llaridir.

Usullar tizimining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uning bir turi ikkinchisi bilan qo‘shilib ketadi. Har bir usulni alohida, yakka holda qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan: tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan ishlashda, ular uchun yangi bo‘lgan o‘quv mehnatini o‘rgatish ishini bolalarning hulq-atvor qoidalarini, maktabda va uyda kun tartibi aniq bo‘lishi muhimligini, qunt bilan, zo‘r berib mehnat qilish zarurligini o‘qtirishda tushuntirish yo‘lini qo‘llaydi. Tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:

Ijtimoiy ahloqni tarkib toptirish va bolalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish usullari: o‘rgatish, ibrat-namuna, ishontirish, o‘yin-musobaqalar.

Ibrat usuli.

Namuna usuli.

Bolalar tarbiyasida ibrat namunaning ahamiyati kattadir.

Namuna yoki ibrat usuli bolalardagi taqlidchilikka asoslanadi. Taqalarning xulq-atvorini, yurish-turushini ongli yoki ixtiyorsiz odatda bolalar o‘zlarining yaqinlari, tevarak-atrofdagi kishilarning (ota-onalari, opa-akalari, muallimlari, kattalar, tengko‘rarlari) xulq-atvorini va xatti-harakatlarini kuzatib boradilar, ularga taqlid qiladilar.

Ishontirish usuli.

Bu bo‘limga ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda ilmiy dunyoqarash va ishonch-e’tiqodni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish usullari kiradi.

Tushuntirish va o‘qtirish.

tushuntirishning mohiyati jamiyatning ma’naviy va moddiy hayotidagi eng muhim voqealar to‘g‘risida axborot berish asosida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar diqqatini tevarak-atrofdagi voqelikka, o‘z fuqarolik burchlariga ongli munosabatini shakllantirishga qaratishdan iboratdir.

O‘qtirish.

O‘qtirish biror ahloqiy fazilatni ko‘rishda nuqsoni bor bolalar ongiga singdirish va ular tomonidan o‘qib olishni ta’minlashga asoslanadi. Shuning uchun tarbiyachilar va tarbiyachilar ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni, bolalarni tarbiyalaganda va ularga ahloqiy fazilatlarni tushuntirganda uning afzalliklarini ko‘rsatuvchi dalillar keltirishi, isbotlashi, ishontirishi lozim.

, ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar shaxs sifatida kamol topadi. Ko‘rish nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar tarbiyasi:

* estetik tarbiya;

* jismoniy tarbiya;

* mehnat tarbiyasi;

* ma’naviy-ahloqiy tarbiya kiradi.

Estetik tarbiya. Estetik tarbiya insonning har tomonlama tarbiyalashning muhim qirralaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Estetik tarbiya borlikka (hayotga), mehnatga, tabiatga, san’atga munosabatini shakllantirish xis-tuyg‘usini tarbiyalash demakdir. Estetik tarbiya shunday kuchga egaki, san’at asarlaridaki (badiiy tasviriy) tasvirlangan syujet, xodisa, idrok etishning tasavvurida, xayolida kechilmalarda estetik xissiyotida qayta ishlanib uning o‘z tajribasiga aylanadi.

Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ular jismoniy va aqliy faoliyatning o‘yin, o‘quv va mehnat kabi huquqlaridan sog‘lom tengko‘rlaridek o‘zlarini ko‘rsata olmaganliklari uchun qobiliyatlari va kuchlarini o‘z imkoniyatlari doirasidagi malaka va ko‘nikmalarni egallashda sarflaydilar. natijada aynan o‘sha sohada yuqori natijalarga erishadilar.

Masalan, san’at sohasida va adabiyot sohasida o‘z o‘rnini egallagan shaxslar mavjud. masalan: ko‘rish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan Olga Skoroxodovaning atrof-olamni qanday idrok etaman, atrof-olamni qanday tasavvur etaman, tushunaman nomli bebaxo ilmiy asarlari maxsus ta’limda keng foydalanib kelinmoqda. Balerina Lina Po 21 yoshida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi. Linaning uning iste’dodi va maqsad sari intilishi tufayli taniqli xaykaltarosh bo‘lib yetiladi. Lina A.S. Pushkin, A.P. Chexovlarning portretlarini yaratadi. Lina Poning san’at asarlarini soni 100 taga yetgan.

Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya – salomatlikni mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirish, mehnatga, hayotga tayyorlash, ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolani shaxs sifatida kamol topishida birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash va kompensasiyalash vositalaridan biridir. Jismoniy tarbiya ko‘r bolalarni har tomonlama tarbiyalashda harakatlanish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda jismoniy tayyorgarlikka izchillik qobiliyatini oshirishda yetakchi o‘rin egallaydi.

Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolani jismoniy rivojlantirishning asosiy vazifasi: harakat kamchiliklarini korreksiyalash. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda: tanani bo‘yi hamda og‘irligi, kamchiliklar, ko‘krak kengligi va boshqa antropometrik ko‘rsatkichlarning orqada qolishlari uchraydi.

Aksariyat bolalarda tayanch harakat apparatlaridagi kamchimliklar kuzatiladi. Ko‘ruv organining kamchiligi va buzilishi bolalarda harakat qobiliyatlarining shakllanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Harakatlanish qobiliyatlariga: kuchlilik, chaqqonlik, chidamlik, koordinasiya mushtarakligi kabilar kiradi. KNB bolalarda harakatlarni passivligidir. Boladagi fazodan qo‘rqish hissi juda kam harakatlanib, xatto ta’bir joiz bo‘lsa "Utrok" qilib qo‘yadi. Oqibatda uning qiziquvchanligi, izlanuvchanligi so‘nadi.

Nima qilmoq kerak? Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda jismoniy ta’lim berish jarayonida bolalarni yosh xususityalari va yakka imkoniyatlariga, ko‘ruv organining buzilish xarakteri va klinik shakllariga, rivojlanishning nuqsonlariga katta e’tibor bermoq zarur.

Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda jismoniy tarbiya berish tizimiga quyidagilar kiradi:

1) Jismoniy sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar (kundalik faoliyat davomida), (ertalabki gimnastika, ayr o‘yinlari va boshqalar);

2) Maxsus jismoniy tarbiyani mashg‘ulotlari (majburiy);

3) Guruhdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari (sport seksiyalari, oylik sport kuni bayrami).

KNB bolalarning barchasi o‘z kasalliklarini klinik shakliga, qobiliyatidan qat’iy nazar quyidagicha mashqlarni bajaradilar:

- sarflanish va qayta sarflanish;

- predmetli va predmetsiz umum rivojlantiruvchi mashqlar;

- ko‘krakni to‘g‘ri shakllantiruvchi mashqlar;

- mufozanatni saqlash uchun mashqlar;

- ritmik mashqlar;

- bir maromda yugurish va yurish mashqlari;

- emaklash mashqlari;

- kichik hajmli to‘plarni otish;



  • o‘rtacha maromda toza xavoda sayr qilishni tashkil etish kiradi.

Yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya va mashg‘ulotlar davomida qo‘llanilgan korreksion va kompensator ishlar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning funksional ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Mehnat tarbiyasi. Mehnat insonning asosiy faoliyatidir. Mehnat tufayli kishi shaxs sifatida shakllanadi. Ahloqiy va aqliy qobiliyatlarni o‘sishida, albatta, mehnat tarbiyasi o‘rni beqiyosdir. Bolalarni mehnatga o‘qitish va tarbiyalash natijasida ilk hayotiy ko‘nikmalari shakllanadi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda mehnat tarbiyasi yuqoridagilardan tashqari nosog‘lom funksiyani korreksiyalash va kompensasiyalashdagi asosiy omil sifatida qaraladi.

Savol va topshiriqlar

1. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasining xususiyatlari haqida aytib bering.

2. Tarbiya jarayonida kompensator va korreksion-rivojlantiruvchi yo‘nalishlarni yoritib bering.

3. Tarbiya turlarini aytib bering.

4. Tarbiya metodlarini ta’riflar bering.

5.Aqliy tarbiyaning vazifalarini ko‘rsating.

6. Ahloqiy tarbiyaning vazifalarini ko‘rsating va ularni amalga oshirilishini yoritib bering.

7. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni mehnatga o‘rgatish va tarbiyalash bosqichlari xususida so‘zlab bering.

8. Jismoniy tarbiyaning vazifalari va mazmuni nimadan iboratt?

9. Nafosatli tarbiyaning vazifalari va mazmuni nimadan iborat?

10. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni har tomonlama tarbiyalash usullari xususida nimalarni bilasiz?

7-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarini tarbiyalashda oilaning roli

Oila – nikoh bitimi asosida yuzaga keladigan jamiyat a’zolarining o‘zaro qarindoshlik va iqtisodiyot munosabatlari bilan bog‘langan, birga yashaydigan va bir-biri uchun ma’naviy javobgar bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotdir. Butun insoniyat tarixi jarayonida oila jamiyatning xo‘jalik iqtisodiy asosi bo‘lib kelgan va bolalarni jamiyatdagi muayyan o‘rinlariga tayyorlash maqsadida xizmat qilgan.

Oila erkak va ayol o‘rtasidagi yangi nikoh munosabatlari, o‘zaro muxabbat xissiyoti, o‘zaro xurmat va ishonch, ittifoq, mod-diy manfaatdorlik sarhatlaridan xoli, o‘z bolalarininng tar-biyasi uchun jamiyat oldida ma’naviy hamda huquqiy jihatdan javobgarlik asosida tarkib topadi. Oilaviy hayotdagi mehnat uslubi bolalarga ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Oila xo‘jaligini yuritishda qo‘lidan kelganicha qatnashish ularda o‘z qadr-qimmatini va oila iftixori xissiyotini tarbiyalaydi, o‘zaro turmushda, xo‘jalik yuritishda tejamkorlikka odatlantiradi.

Oilada ota-onalarning holati bolalar holatidan ota-onalar oilaga rahbarlik qilishi, bolalar esa unda tarbiyalanishi bilan farq qiladi. Ota-onalar bolalarga g‘amxo‘rlik qilishlari, ammo shu bilan birga ular bolalarni shunday tarbiyalash kerakki, bolalar (zaruriyat tug‘ilganda) o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilsinlar, ularda mustahkam insoniy xissiyotlar, yordamga muhtoj bo‘lganlarga yordam berishga tayyorgarlik xislari shakllangan bo‘lsin. Ota-onalar bola shaxsi va huquqlarini oilaviy jamoa a’zosi sifatida xurmat qilishlari, ular oiladagi nazoratdan tashqari xo‘jayinlar emasliklarini, kata yoshdagilar esa tarbiya uchun javobgar shaxslar ekanligini tushunishlari kerak. Oilaning tarbiyaviy o‘rni ham bolalarga oilaning barcha a’zolari xatti xarakatlariga o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, ularda turmush tarzi ideallariga javob beruvchi xissiyot, ehtiyoj, qiziqishlari majmuasini, o‘ziga xos tabiatini shakllantirishdadir.



Tiflatexnika mohiyati, maqsad va vazifalari.

Ta’lim jarayonida qo‘llanuvchi tiflatexnika ko‘rishda nuxsoni bo‘lgan bolalarga fazoda mo‘ljal olish malakalari asosida xarakat qilish tabiiy ehtiyojini rivojlantirish va ko‘rlik asosida yuzaga kelgan va bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladi.

Tiflatexnikani ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotiy ehtiyojlarini qondirishda, bilim asoslariga o‘rgatishdagi o‘rni beqiyosdir. Shu sabab tiflatexnikani qo‘llash maktabgacha tarbiya muassasalari boshlanadi.

Tiflopedagog va uning rahbarligida ishlovchi konstuktor ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolani hayotida ozgina miqdorda bo‘lsa ham, ko‘rish qoldig‘i muhim ahamiyatga ega ekanligini doimo esda tutish lozim.

Tiflotexnikani qo‘llash asosida shu ko‘rish qoldig‘idan ta’lim-tarbiya jarayonida keng foydalanish mumkin.Tiflotexnika ko‘rlik asosidagi yoki organizm faoliyatini keng miqyosida stimullaydi, ularni sezgilarini rivojlantiradi, qo‘llash qobiliyatidan mahrum hayot faoliyatida zarur malaka , ko‘nikmalarni shakllantirishni tezlashtiradi va yengilashtiradi. Ta’lim- tarbiya jarayonida tiflotexnikani qo‘llash ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni sezgi xususiyatlarini hisobga olinishi kerak. Ko‘rishda nuqsoni bor bolalar hayotida sezish malakasi kata ahamiyatga ega. Masalan , ko‘r bola o‘yinchoq bilan o‘ynash jarayonida u haqidagi to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Ta’lim tarbiya jarayonida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolaning eshitish va sezgi qobiliyatidan keng foydalanish tiflotexnik vositalar asosida amalga oshadi. Maktab yoshidagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiya jarayonida fazoviy tasavvurni rivojlantirish maqsadida katta hajmli qurilish materiallaridan tiflotexnikasidan maqsadga muvofiqdir. U yordamida ko‘rishda nuqso6ni bo‘lgan bolalar o‘zlari o‘qiydigan maktab, yashaydigan uylarini ko‘rib, ular haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.

Tiflotexnik vositalar ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni hayotda o‘z o‘rnini topishda kata ahamiyatga ega. Zamonaviy tiflotexnika asosan uch yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatadi:

O‘quv ishlab- chiqarish , maishiy tiflotexnikaning o‘quv maqsadi o‘quv jarayoni, fanni o‘zlashtirishni optimallashtirish , hamda ko‘r va zaif ko‘ruvchilarni ishlab chiqarishga o‘rgatish tiflotexnikani moddiy texnika bazasini yaratish bu ko‘r va zaif ko‘ruvchilar nazoratidan predmetni aniq tasavvur etish uchun hizmat qilish demakdir.

Eng asosiy maqsad tiflotexnika natijasida ko‘r va zaif ko‘ruvchilar tashqaridan axborot ola bilish , ma’lum vaqt ichida ishlash, iqtisodiy va texnik funksiyalarni bo‘ysuntirishdan iborat.

Bundan tashqari ko‘r va zaif ko‘ruvchilar uchun juda ko‘p optik moslamalar , texnik moslamalar va apparatlar mavjud.

Optik moslamalarga turli xil lupalar ( jumladan qo‘l tayanch, stasionar ko‘zoynaklar. ) mikroskopik , yarimskopik, giperkullyar monukulyar va biokulyar apparatlar proyeksiyasiga qarab kattalashtiradi ( dioproyektar).

Bularning hammasidan yaqin va uzoq masofani ko‘rish uchun foydalaniladi.

Hozirgi kunda turli xil yangi turdagi optik vositalar ishlab chiqilgan. Bular ko‘r va zaif ko‘ruvchilar uchun yozishga, o‘qishga , rasm chizishga mo‘ljallangan.

Zaif ko‘ruvchilar uchun televizion ko‘rsatuvlarni ko‘rish uchun 60 barobargacha kattalashtirib beradigan moslamalar ham mavjud. Ko‘rsatuvlarni ko‘rish regulyatsiyasini zaif ko‘ruvchilar o‘zi boshqaradi.

Hozir ko‘pchilik televediniya jihozlarda ko‘rsatuvni kattalashtirish asta sekinlik bilan obektivlik yordamida fokuslashtirish mumkin. Televizion moslamalar individual va jamoa bo‘lib foydalanish turlariga bo‘linadi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchilarni o‘qitishda shaxs televizion sistemalaridan foydalanadi. Bu arrontal usulda ta’lim berishni ta’minlaydi.

Zaif ko‘ruvchilar uchun tayyorlangan asboblar ular mehnat faoliyatini aktivlashtirishni jumladan elektrontexnik , raidion elektron asboblarni yig‘ishda, turli materiallarni mexanik ishlov berishda yordam beradi.

Agarda yorug‘lik ta’sirida ko‘z ko‘rish pasaysa bunda yorug‘likdan saqlanuvchi turli xil linzalar qo‘yiladi, bular rangli yoki rangsiz oyna bilan qoplangan bo‘ladi. Kar va zaif ko‘ruvchilar uchun ko‘rish darajasiga qarab turli xil moslama ishlab chiqilgan. Bularga ipli ninaga kirgazish moslamasi, grifel va erishi harakatlanish uchun xona moslamasi, grifel va o‘lchov asboblari, ko‘rlar uchun ham maxsus yozma mashinkalar va boshqalar. Ma’lum bir narsani chizish uchun ham maxsus asboblar mavjud. Gullar uchun yana maxsus “Gapiradigan kitob” ham yaratilgan bunda kasetaga har xil nutqni o‘stiruvchi o‘yinlar va kitobdan mavzular yozilgan bo‘ladi.

Ko‘r va zaif ko‘ruvchilar orentirni bilish uchun ularda maxsus xassa ishlatiladi, hamda ultre tovush lakatorlari, turli ko‘rinishdagi tovush malakalari va boshqalar.

Ko‘r bolalarni jismoniy tomondan rivojlantirish uchun va ularni yanada ko‘proq harakatlanishlari uchun har xil trenajyor, tovush moslamalar, ovoz chiqaradigan kataklardan foydalaniladi. Maxsus texnikaviy moslamalar kasb va mehnatga o‘rgatish ish joyida ishlab chiqarish jihozlari ularga elektrotexnik va radioelektron moslamalarni yig‘ishga, mexanik materiallarni ishlab chiqarishga yordamlashadi. Maxsus trenajyorlar orqali ko‘rlar stanokda turib ishlashlari mumkin.



Amaliy mashg‘ulot 1.

Mavzu: Ko’rishida nuqson bo’lgan bolalar ta'limiga yakka va differentsial yondoshish

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Tinglovchilarni ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta’limiga yakka va farqlangan yondashish mazmuni haqida bilimlarni umumlashtirish



O’quv faoliyatining natijalari:

1. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar

maktab internat ta’limiga yakka va farqlangan yondashish mazmuni haqida bilimlari umumlashadi.

2. Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim mazmuni xususida amaliy bilimlari mustahkamlanadi.



Asosiy adabiyotlar

1.Yermakov V.P., Yakunin G.A. Osnovi tiflopedagogiki. M.: Vlados. 2000 y.



Qo`shimcha adabiyotlar

1. R. Mavlonova, O.To’rayeva “Pedagogika” T.: “O’qituvchi” 2008 yil



Guruhda ishlash qoidalari

Tinglovchilar ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar maktab internatining boshlang’ich sinflarida amaliy vazifalarni bajarish jarayonida quyidagi qoidalarga rioya qilishlari zarur:



  1. Uyali telefonlardan foydalanmaslik;

  2. Sinf o’quvchilar kasalliklari haqida baland ovozda tahlil qilmaslik;

  3. Darsni kuzatishda o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatiga e’tibor qaratish;

  4. Amaliy topshiriqni faol bajarish;

  5. Amaliy ish natijalarini daftarda yozma ravishda bayon etish.

Blits-so’rov” topshiriqlari.

1.Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta’limi tarkibiy qismlarini izohlang?

2.Sinf dars tizimining asoschisi haqida qanday fikrga egasiz?

3.Dars talablarini yoriting.

4.Dars turlari va uning bosqichlarini aytib bering.

5.Darsning samaradorlik omillari haqida nimalarni bilasiz?

10.Ta’limni tashkil etishning boshqa shakllariga ta’rif bering.


Ko’rishida nuqson bo’lgan bolalar ta'limiga differentsial yondoshish qanday amalga oshiriladi?



Download 207.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling