Mavzu: Nafas olishning yoshga oid xususiyatlari


Download 69.5 Kb.
Sana27.05.2020
Hajmi69.5 Kb.
#110587
Bog'liq
Nafas olishning yoshga oid xususiyatlari



Mavzu: Nafas olishning yoshga oid xususiyatlari

Odam larning nafas olishi ularning organizmini holatiga b o g ’liq holda o'zgaradi. U uxlagan paytda tinch, har zam onda jism o n iy ish bajarganda tez-tez va chuqur hayajonlangan paytda esa notekis. to 'x tab -to 'x tab qoladigan shakllarda namovon bo'ladi. Odam sovuq suvga sho'ng' igan paytda m a’lum muddatga nafas olish to ‘xtaydi, «ilohiy kuchlar tomonidan ushlab qolish». Rus fiziologi N. A. Mislavskiy 1919- yilda uzunchoq miyada bir guruh hujayralar jarohatlanganda nafas olish to'xtashini aniqladi. Nafas olish markazini o'rganish ana shundan boshlangan. Nafas markazi murakkab hosila bo'lib, u nafas olish va nafas chiqarish markazlaridan tashkil topgan. Keyinchalik nafas markazi ancha murakkab tuzilishga ega ekanligi va nafas olishni boshqarilishida organizmning turli faoliyatiga nafas a'zolari tizimining o ‘zgarishini ta’minlashda ishtirok etuvchi markaziy asab tizimining yuqori bo'limlari ham ishtirok etadi. Nafas olishni boshqarilishida muhim rolni bosh miya katta yarimsharlari po'stloq qismi o'vnaydi. Nafas markazi doimiy ravishda faol holatda bo'ladi: unda ritmik ravishda qo'zg'alisb impulslari yuzaga keladi. Hattoki markazga intiluvchi vo'llar to lig 'ich a kesib qo'yilganidan keyin ham unda ritmik faollikni qayd qilish mumkin. Nafas markazining avtomatiyasini undagi moddalar almashinuvi jarayoni bilan bog‘lab tushuntirish mumkin, nafas markazidan ritmik impulslari markazdan qovuvchi neyronlar orqali nafas muskullariga va diafragmaga o'tkaziladi hamda nafas olish va nafas chiqarishning navbatlashuvini ta'm in etadi. Reflektor boshqarilish. Og'riqli qo'zg'atishlar paytida, qorin bo'shlig'i a’zolari, qon tomirlari retseptorlari, teri, nafas yo'l lari retseptorlari qo'zg‘atilgan paytda nafas olishning o'zgarishi reflektor ravishda yuz beradi. Masalan, ammiak bug'lari bilan nafas olinganda burun-halqumning shilliq pardasidagi retseptorlar qo'zg'aladi, bu esa reflektor ravishda nafas olishni to'xtatadi. Bu o'pkaga zaharli va qo'zg‘atuvchi moddalarni tushishidan saqlovchi muhim himoya moslashinishidir. Nafas olishning boshqarilishida nafas muskullaridagi va o'pkalarning o'zidagi retseptorlardan boradigan impulslar muhim ahamiyatga ega. Aynan ana shu impulslar hisobiga nafas olishni va nafas chiqarishning chuqurligi ta'm in etiladi. Bu holatlar quyidagicha amalga oshadi. Nafas olingan paytda. o'pka kengayganida uning devorlaridagi retseptorlar qo'zg'aladi. Adashgan nervning markazga intiluvchi tolalari orqali o’pka retseptorlaridan impulslar nafas markazigacha boradi va nafas olish markazini tormozlaydi, nafas chiqarish markazini esa qo’zg'atadi. Natijada nafas muskullari bo’shashadi, ko'krak qafasi pastga tushadi. diafragma gumbaz shaklini oladi, ko‘krak qafasining hajmi kichrayadi va nafas chiqarish yuz beradi. O 'z navbatida, nafas chiqarish reflektor ravishda nafas olishni stimullaydi. Tashqi muhitning o'zgarishi va organizmning faoliyati bilan bog'liq bo‘lgan organizmning nafasga bo'lgan talabini juda ham yumshoq moslanishini ta'minlovchi nafasning boshqarilishida bosh miya po'stlog'i ishtirok etadi. Nafas jarayonlarining bajarilishida katta yarimsharlar po'stlog'ining ta’sirini quyidagi misollarda ko'rishimiz mumkin. Odamlar ma'lum muddatga nafas olishni to'xtatishi mumkin, o'zxohishiga ko'ra nafas harakatlarining ritmini va chuqurligini o'zgartishi mumkin. Bosh miya po'stlog'ining ta'sirini sportchilarning startdan oldingi nafas jarayonidagi o'zgarishlar bilan tushuntirish mumkin - musobaqalar boshlanishi oldidan nafas olishning jiddiy darajada chuqurlashishi va tezlashishining kuzatish mumkin. Shartli nafas reflekslarini hosil qilish mumkin. Nafasga olinayotgan havoga 5-7 % karbonat angidrid qo'shiladigan bo'lsa, bunday gazlarning konsentratsiyasi nafas olishni tezlashtiradi va nafas olishni metronomni urish yoki qo'ng'iroq chalish bilan birgalikda bajarilsa. bir necha bor takrorlanishlardan keyin faqat birgina qo’ng'iroq yoki metronome tovushiga nafas olishning tezlashishi chaqirilishi mumkin. Nafas markaziga gumoral ta’sirlar. Nafas markazining holatiga qonning kimyoviy. ayniqsa. uning gazli tarkibi, katta ta'sir ko'rsatadi. Qon tarkibida karbonat angidrid gazining yig’ilishi. qonni boshga olib boruvchi tomirlar devorlaridagi retseptorlarning ta'sirlanishini chaqiradi va reflektor mos ravishda nafas markazini qo‘zg’atadi. Jismoniy mehnat bilan shug'ullangan paytda qon tarkibida miqdori ko’payadigan boshqa kislotali moddalar, shu jumladan, sut kislotasi ham xuddi yuqoridagidek ta'sir ko'rsatadi. Yangi tug‘ilgan bolaning birinchi nafas olishi. Embrional rivojlanishi davrida homila ona organizmidan plasenta orqali kislorodni oladi va karbonat angidridni beradi. Lekin homila ko'krak qafasini zaif kengayishi shaklidagi nafas harakatlarini bajaradi. Bu paytda o'pka kengaymaydi, faqatgina plevralar orasida uncha katta boim agan manfiy bosim hosil bo'adi. I. A. Arshavskiyning maTumotlariga ko'ra, bu xildagi homilaning nafas harakatlari qonning harakatlanishini va homilani qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi hamda o ‘pka funksiyalarining o ‘ziga xos treningi hisoblanadi. Tug'ish paytida, kindik arqonchalari kesilib bogTanganidan keyin. bolaning organizmi ona organizmidan ajraladi. Bu paytda yangi tug'ilgan bolaning qonida karbonat angidrid gazining miqdori ko'p yig‘iladi va, aksincha, kislorodning miqdori kamayib ketadi. Qonning gazli tarkibining o'zgarishi ham gumoral. ham reflektor ravishda qon tomirlari devorlaridagi retseptorlarini ta’sirlanishi tufayli nafas markazining qo‘zg‘alishiga olib keladi. Nafas markazlari hujayralari qo'zg‘atiladi va javob tariqasida birinchi nafas olinadi. So‘ngra esa nafas olish reflektor ravishda nafas chiqarishni chaqiradi. Yangi tug'ilgan bolada birinchi nafas olishning yuzaga kelishida uning homilada rivojlanish davridagi hayotidan tubdan farq qiluvchi yashash sharoitining o'zgarishi muhim rol o'ynaydi. Uning tanasi terisiga tekkan akusherning qoTini mexanik ta'siri homiladorligidan uni o‘rab turgan muhit haroratining ancha past bo‘lishi. chaqaloqning tanasini havoda ko'rishi - bularning hammasi nafas markazining reflektor qo‘zg‘alishiga va birinchi nafas olishni yuzaga kelishini ta’min etadi. Birinchi nafas olishning yuzaga kelishida asosiy rolni orqa miyaning, nafas motoneyronlari. uzunchoq miyaning retikular formatsiyasining hujayralari bajaradi; bu paytda qon bosimidagi kislorodning parsial bosimini pasayishi qo'zg'atuvchi omil sifatda xizmat qiladi. Birinchi nafas olishda. Homilada pachaqlangan holdagi o ‘pka kengayib tiklanadi, homilaning o'pkasining to'qimalari juda tarang, kamcho‘ziluvchan. Shuning uchun uning chcf zilishi va tiklanishi uchun m aium darajadagi kuch talab qilinadi. Demak, nafas olish qiyin va katta miqdordagi energiya xarajati bilan bajariladi. Bolalarda nafas markazining qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlari. Bolalar tug'ilish paytiga kelib ularning nafas markazi katta yoshdagi bolalarnikiga nisbatan takomillashgan boim asa ham nafas sikllari fazalarining (nafas olish va nafas chiqarish) ritmik almashinishini ta’minlashga qodir boiadi. Bu holat, avvalo, tugilish paytigacha bolalarda nafas markazi funksional jihatdan to iig 'ich a shakllanmaganligi bilan bog'liq. Bolalar hayotining dastlabki oylaridagi nafas olish chastotasi, chuqurligi va ritmining keng koiam da o'zgaruvchanligi bundan dalolat beradi. Yangi tugilgan va emadigan bolalarda nafas markazining qo‘zg‘aluvchanligi ancha past. Bir yoshgacha bo'lgan bolalar katta yoshdagi bolalarga nisbatan kislorod yetishmasligiga gipoksiyaga ancha yuqori chidamliligi bilan ajralib turadi. Nafas markazining funksional faoliyatining shakllanishi yoshga bog'liq holda yuz beradi. 11 yoshga kelib turli hayot faoliyati sharoitlarida nafas olishning moslanish imkonivatlari yaxshi namoyon qiladi. Nafas markazining karbonat angidrid gazining miqdoriga sezuvchanligi yoshga qarab ortib boradi va maktab yoshidagi bolalarda voyaga yetgan odamlarnikiga tenglashib qoladi. Shuni qayd qilish kerakki, jinsiy vetilish davricla nafas olishning boshqarilishini vaqtinchalik buzilishi yuz beradi va o'smirlarning organizmi voyaga yetgan odamlar organizmiga nisbatan kislorodning yetishmasligiga juda past chidamliligi bilan ajralib turadi. Nafas apparatlarining funksional holati nafas olishning xohlagan holda o‘zgartirish imkonivati haqida m aium ot berishi mumkin (nafas harakatlarining to'xtatish yoki maksimal ventilatsiyani amalga oshirish). Nafas olishning o'z-o'zidan boshqarilishida bosh miya katta sharlarining po'stlogi, nutq qo'zg'atuvchilarini qabul qiluvchi va bu qo'zg'atuvc hilar bilan bogiiq bo'lgan markazlar ishtirok etadi. Nafas olishning o'z-o'zidan boshqarilishi ikkinchi signal tizimi bilan bogiangan va faqat nutqning rivojlanishi bilan yuzaga keladi. Nafas olishning o'z-o'zidan o'zgarishi qator nafas olish mashqlarini bajarishda muhim rol o'ynaydi va nafas fazalari (nafas olish va nafas chiqarish) bilan ma'lum harakatlarni to'g'ri-aniq bajarishda yordam beradi. Jismoniy ish paytida nafas olish. Voyaga yetgan odamlar jismoniy ish bajarganida nafas olishning tezlashishi va chuqurlashishi bilan bog'liq holda o'pka ventilatsiyasi ortadi. Yugurish, suzish, konkida va chang'ilarda yugurish. velosipedda yurish kabi faoliyat turlari o'pka ventilatsiyasining hajmini keskin oshiradi. Sport bilan shug'ullanuvchi odamlarda o'pkada gazlar almashinuvini tezlashishi, asosan, nafas olishning chuqurlashishi hisobiga yuz beradi. Bolalarda esa ularning nafas olish apparatlarining xususivatlariga ko'ra jismoniy yuklamalar paytida nafas olishning chuqurligini jiddiy ravishda o'zgartiraolmaydi, nafas olish esa tezlashadi. Shusiz ham yosh bolalarning tez va yuzaki nafas olishi jismoniy ish bajarish paytida yana ham tez va yuzaki bo'lib qoladi. Bu esa, ayniqsa, yosh bolalarda o'pka ventilatsiyasining yanada samarasiz faoliyat ko‘rsat.ishiga olib keladi. Voyaga yetgan odamlarga nisbatan o'smirlarda maksimal darajada kislorodni qabul qilishga o ’taolish imkoniyatiga ega bo'lish bilan birga, xuddi shunday juda tez uzoq muddat davomida yuqori darajada kislorodni qabul qila olmasligi tufayli ishni juda tez to'xtatadi. To‘g‘ri nafas olish. M a’lumki, odam biron narsaga quloq solishi yoki uni diqqat bilan eshitish uchun qisqa muddatga nafas olishni to'xtatishi mumkin. Nima uchun eshkak eshuvchilar, katta bolg'a bilan ishlovchilarni eng kuchli harakati keskin nafas chiqarish («uh») bilan birgalikda kechadi, bularni hech o ‘ylab ko'rganmisiz? Mo'tadil nafas jarayoni bajarilganda nafas olish, nafas chiqarishdan qisqa bo'ladi. Nafas olishning bunday ritmi aqliy va jismoniy faoliyatni yengillashtiradi, buni esa quyidagicha tushuntirish mumkin. Nafas olish paytida nafas markazi qo'zg'aladi, aynan shu paytda induksiya qonuniga asosan miyaning boshqa bo'limlarining qo'zg'aluvchanligi pasayadi va, aksincha, nafas chiqarish paytida yuqoridagi hodisaning teskarisi kuzatiladi. Shu sababli ham nafas olish paytida muskullarning qisqarish kuchi pasaysa, nafas chiqarish paytida esa ortadi. Ana shuning uchun ham agar nafas olish uzoq va nafas chiqarish qisqa bo’lsa, ish qobiliyati pasayadi va tezda charchash kuzatiladi. Bolalar merganlik, chopish va boshqa faoliyat bilan shug'ullanganida to'g 'ri nafas olishni o'rganish o'qituvchining asosiy vazifalaridan biridir. To'g'ri nafas olishning asosiy shartlaridan – bu ko'krak qafasining rivojlanishi haqidagi g'amxo'rlikdir. В uning uchun ko'krak qafasining harakatlanishiga, muskullarning rivojlanishiga olib keluvchi nafas gimnastikalari va boshqa jismoniy mashqlarni bajarish hamda ayniqsa. partada o'tirganda tana holatini to 'g 'ri tutish bu uchun juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada suzish, eshkak eshish, konkida uchish, chang"ida yurish kabi sportturlari muhim foydali omillardan hisoblanadi.Odatda, ko'krak qafasi yaxshi rivojlangan odamlar tekis vato 'g 'ri nafas oladilar. Bolalarni yelkani to'g'ri tutib tik turish vayurishga o'rgatish kerak, qaysiki bular ko'krak qafasining kengayishini ta’minlaydi, o'pka faolivatini yengillashtiradi va anchachuqur nafas olishni ta'm in etadi. Enkayib yurish, tananing egilganholda bo'lishi natijasida organizmga kam miqorda havo tushishita ’minlanadi.
Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling