Mavzu: Navoiy shahri 9-kichik tuman elektr ta’minotini qayta loyihalash Mundarija


Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi


Download 0.75 Mb.
bet14/18
Sana04.10.2022
Hajmi0.75 Mb.
#830974
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
jaloliddin
1629972637214514, 16306447Ziyodbek(1), presentation. my profession, Jamyat rivojlanishining yangi bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev talim tarbiyaga oid isloxotlar123454, 1000-V-gacha-va-undan-yuqori-kuchlanishdagi-kommutatsion-apparatlar, 1, Melukulov M. 5v-18MET

5.3. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi


Elektr toki taʼsiriga tushgan kishiga birinchi yordam koʻrsatish.


Elektr toki taʼsiriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar koʻrsatiladigan yordamni ikki qismga boʻlib qaraladi: tok taʼsiridan qutqarish va birinchi yordam koʻrsatish. Tok taʼsiridan qutqarish oʻz navbatida bir necha xil boʻlishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining oʻsha qismiga kelayotgan tokni oʻchirishdir. Agar buning iloji boʻlmasa (masalan, oʻchirish qurilmasi uzoqda boʻlsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan koʻp boʻlmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yogʻochli boʻlgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq boʻlsa, uning kiyimidan tortib tok taʼsiridan qutqarib qolish mumkin.
Agar tok taʼsirida kuyushini yoʻqotgan ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan boʻlsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini boʻshatish va sof havo kelishni taʼminlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qoʻllarini ishqalash yaxshi natija beradi. Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati boʻlsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi boʻlsa, unda bu kishiga sunʼiy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur. Klinik oʻlim holati yuz bergan taqdirda sunʼiy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak. Sunʼiy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok taʼsiridan qutqazib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Sunʼiy nafas oldirish «ogizdan ogʻizga» deb ataluvchi usul bilan, yaʼni yordam koʻrsatuvchi kishi o ʼz oʻpkasini havoga toʻldirib, jarohatlangan kishi ogʻzi orqali uning oʻpkasiga bu havoni haydaydi.
Odam oʻpkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam oʻpkasi ishlashi uchun yetarli miqdorda kislorodga ega boʻlishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, ogʻzini ochib begona narsalardan tozalanadi. Havo oʻtish yoʻlini ochish uchun boshini bir qoʻli bilan peshona aralash koʻtariladi, ikkinchi qoʻ1 bilan dahanidan tortib, dahanini boʻyni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi. Shundan keyin koʻkrak qafasini toʻldirib nafas olib, kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi ogʻzi orqali puflanadi. Bunda yordam koʻrsatayotgan kishi ogʻzi bilan, jarohatlangan kishining butunlay berkitishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning bum ini berkitish kerak. Shundan keyin yordam koʻrsatuvchi boshini koʻtarib yana oʻpkasini havoga toʻldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqaradi. Bir m inutda taxminan 10—12 marta puflashni doka, dastroʻmol va trubka orqali ham bajarish mumkin.
Agar yordam koʻrsatayotgan kishi bir o ʼzi boʻlsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta koʻkrak, qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil boʻlganligini uning pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2—3 sekundga toʻxtatib, tomir urishi sinab koʻriladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling