Mavzu: Nemis geosiyosati
Download 0.61 Mb.
|
Nemis geosiyosati
yengil-sanoat-mahsuloti-raqobatbardoshligini-oshirishda-sifat-menejmenti-mexanizmini-rivojlantirish-yo-llari, 1-lekciya, Laziz ekonom mustaqil, 2 5305291007296803258, 3 – MARUZA To’g`ri chiziqning ortogonal proektsiyalashdagi invariant, elektrotexnika 22, oliy matem, Презентациянинг ало ида кадри Hot Potatoes кўп вариантли тестлар, Informatika o’qitish metodikasi” 202- guruh talabasi Xolboyev Al, Intellektual mulk obyektlari, 110106 8 вариант 2021 (3), Lyuminessensiya hodisasi va uning qo’llanishi....., Rohila.., Sadullabek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat
Mavzu:Nemis geosiyosatiGeosiyosat fan sifatida XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida vujudga keldi. Uning vujudga kelishi yirik mustamlakachi davlatlarning vujudga kelishi, dunyoni bo’lib olishga intilish, jahon savdosining yuksalishi, sanoat inqilobining tugallanishi, sanoat va moliya kapitalining rivojlanishi, jahon bozori uchun kurashning avjiga chiqishi, yangi bozorlarga, mustamlakalarga ega bo’lishga intilish va uning ustiga qurilgan siyosatning hosilasi sifatida kechdi. Shu ma‘noda, geosiyosat siyosiy faoliyatning (tinchlik yoki harbiy) muvaffaqiyatini geografik, tarixiy, ijtimoiy-psixologik, etnografik, iqtisodiy omillar bilan belgilash sifatida siyosatning fazoviy-ijtimoiy munosabatlari tizimida azaldan mavjud bo‗lib kelgan. Aslida bu atama ikki qismdan iborat bo‗lib ―geo‖ yer, ―politika‖ siyosat degan ma‘nolarni bildirib siyosatni geografik ma'noni anglatadi. Geografik kashfiyotlar davri tugab geografiya‖ atamasi siyosat predmetiga aylanib ulgurgan edi. Aynan o’sha davrlarda ―geo‖ atamasini ildizi ikkinchi ma'nosi tez-tez ishlatiladigan bo‗lgan. U tobora siyosatning sayyora‖, ―global‖ o’lchovi sifatida talqin qilinib, super kuchlar yoki harbiy bloklar (AQSh va SSSR, NATO va Varshava shartnomasi) o‗rtasidagi munosabatlarni ―sivilizatsiyalar to’qnashuvi‖ (A. Toynbi, S. Xantington) yoki o‗zgarish sifatida tavsiflanadi. K. Xausxofer unga quyidagicha ta'rif beradi: geosiyosat geogragik kenglikni davlat nuqtai nazaridan o’rganadigan fandir. A.Dugin geosiyosatni dunyoqarash deb biladi va quyidagi majoziy ta'riflarini beradi: - geosiyosat bu hokimiyat dunyoqarashidir, hokimiyat uchun fan; - siyosiy elita intizomi; - hukmdor haqida qisqa qo’llanma, kuch egalik qilish darsligi; Geosiyosat- bu g’oliblik haqidagi fandir . Fan obʼekt va predmetini belgilashda geosiyosatchilar aniq ikki guruhga boʼlinadi. Bular – klassik geosiyosatchilar va hozirgi sivilizatsiya geosiyosati tarafdorlaridir. Klassik mualliflar orasida F.Rattsel va R.Chellen geosiyosatning vazifalari, obʼekti va predmetini eng toʼla shaklda bayon etib berishgan. F.Rattselning aytishiga koʼra, geosiyosat siyosiy omillarning makon bilan oʼzaro munosabatlarining mamlakat hududi, aholisi va subʼektlarining madaniy xatti-harakatiga taʼsirini oʼrganadi. Geosiyosat obyekti sifatida jahonning geosiyosiy xaritasi turishi birinchi navbatda, dunyoning ko‗p qutbli dunyoga aylanishi bilan va xalqaro munosabatlarning yangi bir transformatsiya – davlatlarning o’z ta’sir doiralari uchun kurash bosqichiga ko’tarilishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, xalqaro maydonda ko’p qirrali global dunyoviy siyosat tushunchasining shakllanishi bilan ham bog’liqdir. Mazkur masalalar geosiyosat obyektida yaxlit holatda turishi mumkin, biroq geosiyosat ularni tahliliy jihatdan o’rganishni bir qator bosqichlarda ko’radi. Geosiyosat predmeti. Xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda geosiyosiy subyektlar va tabiyat o’rtasida, shuningdek geosiyosiy subyektlarning o’zaro munosabatlari, jamiyatda kechayotgan har xil darajadagi ijtimoiy - siyosiy jarayonlar, ularning yuzaga kelishi, harakatlanishi va o‗zgarib borishini o’zida aks ettiruvchi voqealar rivoji geosiyosat predmeti sifatida olindi. Ijtimoiy - siyosiy fanlarning barchasida bo’lgani singari geosiyosat ham mustaqil fan sifatida o’zining nazariy kategoriyalariga ega. Ushbu fan o’zining ushbu kategoriyalari orqali o’z tadqiqot obyektini tahlil etadi, xulosalar beradi. Geosiyosatning asosiy kategoriyalari sifatida quyidagilarni ko’rib chiqamiz: geosiyosiy makon, geosiyosiy maydon, geostrategik mintaqa, geosiyosiy mintaqa, geosiyosiy liniya, geosiyosiy raqobat, geostrategiya chegara, davlatning milliy xavfsizligi, milliy manfaat, hudud, ekaspansiya va sh.k. Fransuz geosiyosatchisi Mishel Fushe ingliz va nemis geosiyosati xususida fikr yuritib, jahonda iqtisodiy va siyosiy hukmronlikni qo’lga kiritish ustida kurash natijasidagi ehtiyoj natijasida yuzaga kelganligini takidlaydi. Uning fikricha geosiyosat faqatgina uslub hisoblanmasdan, ayni damda tasavvur va amaliyot ham hisoblanadi2. Negaki dastlabki geosiyosatchilar sifatida turli davrlarda turli hukmdorlar maydonga chiqishgan. Geosiyosatni tasavvur sifatida shu ma’noda e’tirof etiladiki qator geosiyosiy maktablar ilgari surgan nazariy muhokamalar dunyo haqidagi tasavvurlarni inikos ettirgan, u yoki bu davlatning olib borayotgan siyosatini belgilab bergan. Geosiyosat metod sifatida ilmiy, pedagogik ahamiyatga ega bo’lgan bilimlar mohiyatini ifoda etgan Insоniyatning kеlаjаgi to’g’risidа hаr хil fаrаzlаrni o’rtаgа qo’yayotgаn turli siyosiy vа ilmiy dоirаlаr – siyosаtshunоslаr, tаriхchilаr, fаylаsuflаr, futurоlоglаr, аstrоlоglаr vа bоshqаlаr ХХI аsrdа insоniyatning tаqdiri qаndаy bo’lishi hаqidа hаr kuni turli-tumаn fаrаzlаrni ilgаri surmоqdаlаr. Glоbаl dunyo tаrtibоtini, zаmоnаviy gеоsiyosiy vа хаlqаrо munоsаbаtlаrni yaхshilаsh uchun аyrim tаdqiqоtchilаr libеrаl-dеmоkrаtik qаdriyatlаrni rivоjlаntirishni tаklif qilsаlаr, bоshqаlаr insоniyatgа tаhdid sоlаyotgаn milliy-etnik vа shu аsоsdа kеlib chiqаdigаn etnik ziddiyatlаr, mаdаniyatlаrаrо kоnfliktlаr, ijtimоiy, iqtisоdiy, mоliyaviy vа ekоlоgik vа hоkаzо оfаtlаrgа qаrshi turishning kеskin yo’llаrini izlаmоqdаlаr. Etiboringiz uchun rahmatDownload 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling