Mavzu: Neolit, eneolit, bronza davri kulolchiligi. Reja: Neolit davri kulolchiligi. Yeneolit davri kulolchiligi
Download 34.48 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-MA\'RUZA (1)
Mavzu: Neolit, eneolit, bronza davri kulolchiligi. Reja: 1. Neolit davri kulolchiligi. 2. Yeneolit davri kulolchiligi. 3. Bronza davri kulolchiligi. 1.Kulolchilik ilk qadamlarining qadimdan boshlanganining ko‘ramiz. Jaytun Madaniyati manzillari sopol idishlar siniqlari unchalik ko‘p emas. Kulol maxsulotlarining sifati past juda sodda gul oxra bilan tashqari (ko‘zalarni), ichkari (tovoqlardan) taraflardan bezalgan lekin idishlarning aksariyati bo‘yalmagan. Sopol idishlarning xammasi lentichny uslubda yasalagni aniqlangan idishlarning hammasi tashqari tarafdan silliq tekislanib sayqal berilgan. Sopl pishirish texnalogiyasi 2 xil bo‘ladi. Sopol idish ochiq gulxanlar usti gulsimon etilib xumdonlarda pishiriladi. Jaytun sopollari ko‘pincha loyida somon xashak maydalangan o‘t alaf qo‘shilgan bo‘lib bu qo‘shilgan maxsulot qotmagan idish formasining ushlab turishiga yordam berib yorilmasligiga sabab bo‘lgan idishlar sifati past bo‘lib, pirilish texnalogiyasida ichki qismit qorayib qoladi. Jaytun madaniyatining idishlari 20-30% turli shakllar bilan bo‘yalgan. Jigarrang, qizil, sarg‘ish,oxra miniralidan foydalanilgan xolda bo‘yalgan. Idishlarining shakli esa asosan silindra konus formaga ega. Bunga sabab ularning ostki qismi ko‘pincha tovoqlarda shvakllangan yoki qolipda. Jaytun idishlarining naqshi juda sodda ularning shakliga kelsak chuqur idishlarning bo‘g‘zi davr o‘tishi bilan torayib boradi. Ba’zi birlarida alohida bo‘rtib turgan ilgak yoki gardishi ham artiladi. Undan tashqari charxda Jaytun idishlari qo‘ldan yasasa bo‘ladi. Ularning tagi yoki tag qismi ba’zi bir hollarda halqasimon gardishli kam ajray boshlagan bu xom idish tagining mustahkam qismi asosan charxda ishlangan idishlarda uchraydi. Bo‘yoq xumcha tovoq kosalardan iborat bundan tashqari yoki qayiqsimon, Xorazmda Badiya deb ataladi. YOki qadaqsimon oyoqlik idishlar uchraydi. Sifatli ishlangan tagqi maydoni kengroq idishlar yuqorida aytilganidek bo‘ladi. Naqshlar gulida bir necha turli ajratsak bo‘ladi. Vertikal, to‘lqinsimon chiziqlar ( suv ramzi) ayrim xollarda bu chiziqlar mingashib ketadi. 2 turi qavssimon chiziqlar kamroq holda turli- tuman reshotka setkalar ham uchraydi. Ayrim hollarda qator uchragan so‘ngra garizontal tarzda yonboshlatib solingan arlamentlar ham uchrab turadi. Naqshlanmagan sopollarning sathi ola-bula qizg‘ish jigarrang bo‘lib chiqadi. SHakl jihatdan idishlar qolipsimon kifsimon yoki silindirsimon, konussimon formaga ega mayda kosasimonlar idishlar suv ichish maqsadida tayorlanadi. Sifati katta chuqur xumchalar esa turli suyuqlik va dori saqlash maqsadida ishlatiladi. Kamdan kam sopol reshotkalar ham uchraydi. Ba’zi bir idishlar siniqlarini teshilgan holda uchratishimiz mumkin bu o‘z vaqtida qiligan remont ishlaridir. Lekin Jaytun qozonlar topilgan o‘choqlarning qorakuyasi bosilgan idishning o‘zi yo‘q ammo Jaytun xonadonlaning o‘choqlar yonboshlarida ko‘plab olovda kuyib yorilgan qayroqtoshlar uchratilgan jaytun ahli taom pishirishning eng ibtidoiy uslubi, qozonga qizigan tosh tashlab qaynatishning belgisidir. Jaytun kulolchiligi o‘zining o‘ta primetiv xususiyatlariga qaramasdan ishlab chiqarishning yangi turi kulolchilik hunari rivojlana boshlangan dalolat beradi va kulolchilikka xos bo‘lgan estetik xususiyat amaliy san’at paydo bo‘lgan. Alomati bu sopollarning naqshidan bizga ma’lum. Jaytun manzilidan kulolchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan boshqa sopol buyumlar topilgan. Bular asosan katta-kichik, mayda-mayda, konissimon figuralar silindirsimon yoki silindrakonus formaga ega ba’zilari korpus shaklida ba’zilari mix shaklida, ba’zilari g‘altak shaklida uchraydi. Mutaxasislar fikricha bu nomlar narda yoki shashka shaklidagi turli o‘yinlar donalar sifatida baxolanadi. Shu bilan birga loydan yasalgan sopol xaykalchalar haykalsozlik xam Jaytun madaniyatida o‘z madaniyatiga ega bo‘lgan. Badiiy hunarmandchilik xolida gap boradi. Ta’surotlar borasida xaykalchalarning ko‘rishimiz mumkin. kamdan-kam odamlarning surati xam uchraydi. Bu shakllarning bir qismi xumdonda pishgan bir qismi xomligicha qolgan pishirilmagan sopol haykalchalarning ba’zilarida o‘tkir gullar bilan yasalgan chuqur va teshikcha uchrab turadi. Bu haykalchalarning turli – xil niyat irimlar marosimlar ularning yasalganidan dalolat beradi. Kaltaminor madaniyati eramizdan avvalgi 6-4 ming yilliklari davomida O‘rta Osiyoning shimoliy dasht mintaqalarida shakllanib rivojlanadi. Kaltaminor madaniyatini axolisi ibtidoiy ovchilik, termachilik va baliqchilik bilan o‘z iqtisodlarini ta’minlab kelishgan. Bu madaniyatning so‘ngi bosqichlarida 4-ming yillikning oxirlarida Kaltaminor madaniyati hududlarida xonaki qora mol boqish, arpa bug‘doy ekish odatlari tarqalgan muximi Kaltaminor madaniyatining vakillari tarafidan Markaziy Osiyo chorvachiligiga xos bo‘lgan ikki o‘rkachli tuya xonakilashtirilgan. Buning isboti Zarafshon daryosining etaklarida 4-minginchi yilliklarda qaror topgan manzilgoh qoldiqlari, oyoq og‘itma (so‘ngi paleolit ) davri manzilidan topilgan. Ko‘plab xongaki tuyalarning suyagidir. Lekin asosiy Kaltaminor madaniyatining manzillari Amudaryoning quyi oqimi qadimgi Oqchadaryo deltasi hududida joylashagan. Bu ibtidoiy qavat bayramqazigan,Ma’mur, Qo‘rg‘oshin qal’a. Neolit davri manzilgohlari gurug‘laridir. YUzlab Kaltaminor madaniyati katta-kichik manzilgohlari eski qizilqumda qurib ketgan ko‘p ko‘lmak o‘zanlar soxilidan sirdaryoning o‘ng sohillaridan topilgan. Kaltaminor madaniyati juda yaqin manzilgohlar materiallari Janubiy Qozog‘istonning Jeti Suv, janubiy Sibr, shimoliy Kasbiy, g‘arbiy qozog‘iston quyi volga mintaqalari hatto sharqiy Ukrainaga Kaltaminor madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan manilgohlarning Neolit davrida kuzatish mumkin. S.P.Tolstov aytgan “O‘rta Osiyo dasht mintaqalari neolit davri etnomadaniy tarixi Evro Osiyoning o‘rta kengligi dasht mintaqalarida tarqalgan va keng ko‘lamda yoyigan. Etnomadaniy birlikning tarkibiy qismida taraqqiy topganligi to‘g‘risidagi g‘oyasi o‘z isbotining topmoqda”. Mashhur Xorazmning Jonbos 4 manzilidan topigpn solpol idishlar siniqlari asosan quyi qatlamdan qo‘lga kiritilgan. Hammasi qo‘ldan yasalagn (Lentechniy sposib), idishlarning loyiga shamot (yanchilgan sopol-dresva) va karbonot qo‘shilgan. Sopollarning bir qismininng loyiga mayda qum qo‘shilgan bu turdagi loylar asosan tovoqsimon idishlar yasalib maxsus angob bilan tashqarisigaishlov berilgan. Bu idishlarning ranglari ham o‘zgacha, idishlarning pishirilishi past. Ba’zi erlari pishib qizargan ma’lum qismlari pishmasdan qorayib idishlarning rangi ola-bula bo‘lib qolgan. Sopolning siniqlari esa aksariyat qora rangda. Kaltaminor madaniyati sopol idishlarining ichida bir necha turlik formalarning ajratish mumkin. Yirik uzun qovunsimon, tubi dumaloq yoki o‘tkir chuqur idishlar hajmi 20 metrgacha gardishining kesimi to‘rtburchak yoki avaosimon. Bu idishlar asosan qozon yoki xumcha vazifasining bajargan. Yarim shar yoki yarim sfera shakldagi tovoq, kosa bularining ham tubi o‘tkir yoki dumaloq. Bu Kaltaminor madaniyatining chaylasimon uylarda o‘z aksini topgan. Shakli qovunsimon kosa tovoqlar. Og‘zi tor chuqur bo‘g‘zi torayib kergan ko‘zalar Kaltaminor idishlarining naqshi chizilgan to‘g‘ri yoki to‘lqinsimon ( cho‘p bilan chizilgan). mayda qator-qator chizilgan chuqurchalar. nasichkali ( cho‘pni uchini sachib olingan) Naqshning asosiy qismi turli chiziqlarda solingan ayrim xollarda, taroqsimon, taroqbosma va tirnoqlarning izlari uchraydi. Kompazitsiya (Hosil bo‘lgan ko‘rinishi) norvonchalar archasimon kompazitsiyalar uchburchak, to‘rtburchak qatorlar turli kataklarning shtixirovka va boshqa elementlar bilan to‘lgazish yoki sonol idishlarning satxining maydoni katta-kichik naqshlari tarqalgan bo‘lib turli shakllarda bezatilgan. Odatda katta-kichik idishlarning yuqori qismi kosa tovoqlarning ichki qismi naqshlangan chuqur idishlarning esa ko‘proq bo‘yni, bo‘g‘zi gardishi tashqi tomondan bezatilgan. Ayrim hollarda Kaltaminor madaniyati tashqi tomondan qizil oxra bo‘yog‘i bilan bezatilgan. Ko‘pincha bu bo‘yoq to‘kilib yo‘qolib ketgan. Turli-tuman sopol idishlari bilan birgalikda Kaltaminor madaniyatida o‘rtasi teshik g‘ildiraksimon sopol buyumlar ham uchraydi. Mutaxasislar fikricha bu buyumlar baliqchilik turlari toshi sifatida yoki urchuqning toshi sifatida xizmat qilgan bo‘lishi mumkin bu abi topilmalar jaytun madaniyatida ham ko‘plab topilgan. Kaltaminor madaniyatining mayda kosa va piyolalarining ichida bir tarafiga tumshuq sifatida idishlar uchraydi. O‘rta Osiyning janubiy mintaqalariga xos bo‘lgan Anov Nomozgoh manzilgohlarining kulolchiligining ta’siri sifatida baxolash mumkin. Sipol ishlab chiqarish hunarmandchiligi kishilik tarixi taraqqiyotida ishlab chiqarish iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tom ma’noda o‘ziga xos “neolit inqilobi”ning tadrijiy, tarixiy mahsulidir. Bu jarayon ham uz-o‘zidan birdaniga sodir bo‘lmasdan kelib chiqish tarixiy shart-sharoitlari, tarixiy ildizlari va tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda texnologiyasiga ega. Bu haqda Sayko E.V., V.Fersarvis, E.M. Peщerova, M.K.Rahimov, A.I. Avgustinik, M.G. Vorobeva, YU.A. Zadneprovskiy, S.B.Lunina, S.P.Tolstov, V.M.Masson, A.V.Vinogradov, V.I.Sarianidi, I.S.Masimov kabi soha mutaxassislari tadqiqotlarida ma’lumotlar uchraydi. Xususan, E.V.Saykoning O‘rta Osiyo tarixiy taraqqiyoti bosqichlari rivojida sopol ishlab chiqarilishi texnologiyasi va texnikasi borasida amalga oshirgan tadqiqoti muhim hisoblanadi. U O‘rta Osiyo sopol ishlab chiqarish iqtisodiyotining rivojlanishini 7 ta yirik bosqichga ajratadi (mil.avv. VI ming yillikdan to milodiy XV asrgacha bo‘lgan tarixiy davrni). Sopol ishlab chiqarishi shakllanishi va rivojlaniщi o‘z tarixiy shart-sharoitlariga ega. Bu jarayon dastavval ibtidoiy odamlar kunlik turmush tarzi, kunlik mashg‘ulotlari bilan bog‘liq. Aniqrog‘i, kunlik mashg‘ulotlari paytida, ayniqsa uy sharoitidagi mashg‘ulotida ixtisoslashgan mehnat jarayoni yuzaga keladi. Sopol idishlar yasalish darajasiga etguncha ham odamlar olov, gulxan yordamida turli loydan yasalgan buyumlarni kuydirishib yasashgan. Vaqt o‘tishi bilan ma’lum bilim ko‘nikmasi asosida tajribaga tayangan holda sopolchilikka yo‘naltirilgan maxsus ixtisoslashgan kasb egalari etishib chiqa boshlaganlar. Sopol hunarmandchiligi shakllanashi va rivojida E.V.Sayko 4 ta texnologik jarayonni ajratadi: 1. Loyni tayyorlash; 2. Idishni yasash; 3. Idish sirtiga ishlov berish; 4. Idishni pishirish jarayoni. SHuningdek, sopol hunarmandchiligini 1. Uy sharoitida sopol ishlab chiqarish. Bunda sopol ishlab chiqarilishi, uning bazasini barqaror faoliyati bo‘lmaydi; 2. Sopol ishlab chiqarilishida jamoatchilik sharoiti. Bunda jamoat mehnatidan kasbiy nuqtai nazaridan ixtisoslashgan ustalar mehnati umum jamoa mehnatidan ajralib chiqa boshlaydi. 3. Sopol hunarmandchiligi. Bunda ishlab chiqarishi jihatidan kuchli bo‘lgan yirik ustoxonalar faoliyat ko‘rsatadi. Sopol hunarmandchiligi ishlab chiqarish birlashmalari paydo bo‘ladi. Ma’lumki, sopol buyumlar dastlab qo‘lda ishlangan. Loy tasmalaridan inson qo‘li bilan sopol idishlar yasalgan. Vaqt o‘tishi bilan kishilik tarixi taraqqiyoti keyingi bosqichlari mobaynida sopol kulolchiligida iikita muhim texnik vosita, texnologiya yuzaga kelgan: 1. Sopol idishlar pishiriladigan pechlar. 2. Sopol idishlar yasaladigan dastgohlar. Bu texnologik yangiliklar sopol idishlarni barqaror, bir zaylda ishlab chiqarish hamda ular sifatini oshirish imkonini yaratgan. Eng muhimi sopol idishlar turlari ko‘paygan va ularning xarid quvvati oshgan. SHu tariqa sopol ishlab chiqarilishi jamiyat hayotida, mehnat taqsimotida mustaqil hunarmandchilik sohasi yo‘nalishi sifatida faoliyat ko‘rsata borgan. Sopol ishlab chiqarish iqtisodiyoti o‘z rivojida yangi, sifat jihatidan yuqori darajasiga erishgan, texnik progress ro‘y bergan. Tadqiqotchi V.Ferservis ma’lumoticha qo‘lda sopol buyumlari yasashdan to dastgohlarda yasashgacha o‘tgan vaqt 2 ming yilni tashkil etgan, hind sivilizatsiyasida esa bu vaqt muddati biroz kamroq bo‘lgan. Xullas, sopol ishlab chiqarilishi hunarmandchiligi shakllanishida asosiy faktor – odamlar bir qismining kasbiy ixtisoslashuvi hisoblanadi. Ixtisoslashuv tarixiy-ishlab chiqarish, ishlab chiqarish iqtisodiyoti rivoji barqarorligini hamda ishlab chiqarish rivojining tarixiy taraqqiyot bosqichlari misolida effektivligini ta’minlaydi. Sopol idishlarning o‘zi va mehnat qurollarining standartlashuvlari ro‘y berdi. Bu borada yangidan yangi bilim ko‘nikmalari va ishlab chiqarish tajribalari yuzaga kela bordi. Xususan, sopol idishlarni pishirishda vaqt o‘tishi bilan turli progressiv texnologiyalar qo‘llanilgan. Masalan, dastlab mil.avv. VI-V ming yilliklarda sopol idishlarni pishirishda maxsus ixtisoslashgan moslamalar qo‘llanilmagan; mil.avv. V-III ming yilliklarda gorizontal holatda olovga ega bo‘lgan maxsus pechlarda sopol idishlar pishirila boshlangan; O‘rta Osiyo miqyosida mil.avv. IV-III ming yilliklarda sopol idishlar pishirishda muntazam ravishda pechlar qo‘llanila boshlangan; Mil.avv. III ming yillik oxiridan sopol idishlar pishirishda ikki yarusli pechlar ishlatila boshlangan. Ta’kidlash joizki sopol idishlar yasashda keyingi tarixiy taraqqiyot bosqichlarida idishni bir necha marotaba pishirish, masalan, idishga sir berishdan oldin va sir bergandan so‘ng pishirib olish usullari qo‘llanilgan. SHuningdek, idishga qarama qarshi holatda olov berib pishirish texnologiyalari ham qo‘llanilgan va h.k. O‘rta Osiyo miqyosida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlarda qadimgi sopol buyumlar hunarmandchiligi to‘g‘risida ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Faktlarga murojaat etsak ular quyidagicha: Umuman olganda O‘rta Osiyoda dastlabki sopol idishlar paydo bo‘lishi Joyitun madaniyati sopol manbalari asosida mil.avv. VII ming yillik oxiri VI ming yillik bilan belgilanadi. A.P.Okladnikov Jabal g‘ori 5- madaniy qatlamidan topilgan sopol idish parchalarini mil.avv. V ming yil bilan yoshlaydi: G.E. Markov tomonidan Dam-Dam-CHashma 2 yodgorligi madaniy qatlamidan topilgan sopol idish parchalari mil.avv. VI ming yillik oxiri bilan belgilangan. Lekin, bu ikkala yodgorliklar sopol idishlari to‘g‘risida soha tadqiqotchilari o‘rtasida radiouglerod analizlari yo‘qligi hamda ular yuqori madaniy qatlamdan siljib tushgan bo‘lishi mumkinligi haqida salbiy fikrlar ham yo‘q emas. O‘rta Osiyo qadimgi sopollari to‘g‘risida A.V.Vinogradov tomonidan Qizilqum hududi, Daryosoy vohasidan Uchaщi-131 yodgorligidan (Mil.avv VI ming yillik 2-yarmi) topilgan sopol idishlarni O‘rta Osiyo miqyosidagi qadimgi sopollar bo‘lgan Joyitun sopollari bilan xronologik jihatdan bir qatorga qo‘yish mumkin. F.Brunet, M.Xo‘janazarov tomonidan so‘nggi yillar maboynida Oyoqagitma, yodgorligi tadqiqotida qo‘lga kiritilga sopol idishlar parchasi ham neolit davri ilk bosqichi - mil.avv. VII-VI ming yilliklar bilan sanalanmoqda. O‘rta Osiyoga qo‘shni hududlar Pokiston, Hindiston, Afg‘oniston hamda SHarqiy Osiyoning Xitoy, YAponiya hududlari qadimgi sopollari haqida V.A.Ranov tomonidan keltirilgan ma’lumotlar ham ahamiyat kasb etadi. Xullas, sopol ishlab chiqari hunarmandchiligi kishilik tarixi rivojida o‘z shakllanishi tarixiy shart-sharoitlari va rivojlani tarixiy bosqichlariga ega. Ma’lumki, neolit (yangi tosh) davri kishilik tarixi tosh asrining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bu davrda urug‘ jamoalari tabiatda tayyor mahsulotlarni iste’mol qilishdan o‘zlari ishlab chiqaruvchi, mahsulot etishtiruvchi xo‘jalikka o‘tishib, to‘qimachilik, tikuvchilik, qayiqsozlik bilan hamohang kulolchilik, ya’ni sopol idishlar yasashni ixtiro etishgan. Kulolchilik predmetlari, xususan, sopol idishlar neolit davri jamoalari kunlik turmush tarzi, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ijtimoiy munosabatlari, xo‘jalik mashg‘ulotlari, ma’naviy madaniyati va qo‘shni jamoalar bilan madaniy aloqalarini bilishimizda o‘ziga xos tarixiy manba hisoblanadi. O‘tgan asr 30-yillari maboyinida tosh asri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli dastlabki tosh qurollarining topilishi keyingi yillarda rejali ilmiy tadqiqotlar uyushtirishga turtki bo‘ldi. Xususan, Xorazm arxeologik ekspeditsiya xodimlari tomonidan Quyi Amudaryoning Oqchadaryo havzasida Jonbos 4 makoni kashf etilishi bilan neolit jamoalari madaniyati o‘rganilishi boshlanib ketdi. S.P.Tolstov Jonbos 4, Kunyak 1, Qavat 5 kabi yodgorliklar manbalari asosida kaltaminor neolit madaniyatini ajratdi va tarixiy manba sifatida kaltaminor sopollari ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi. A.V.Vinogradov yangi yodgorliklar kashf etib, kaltaminor madaniyatini ilmiy asosladi. Keyingi yillar maboyinidagi arxeologik tadqiqotlarda kaltaminor yodgorliklari tarqalishi chegarasi kengaydi, yangi makonlar kashf etilib, ular xronologiyasi, tarixiy jihatdan davrlashtirilishi ishlab chiqildi, janubiy hudud o‘troq dehqon jamoalari bilan o‘zaro madaniy aloqalari masalasi oydinlashib, bunda sopol idishlar shakli va naqshlari jihatidan o‘xshashligi muhim faktor ekanligi alohida ta’kidlandi. Xorazm arxeologik ekspeditsiyasining kaltaminor jamoalari makonlarini o‘rganishda navbatdagi istiqbolli o‘lka Qizilqum ichki hududlari bo‘ldi. A.V.Vinogradov, E.D.Mamedovlar tomonidan 1965 yildan e’tiboran bu joylar arxeologik-geomorfologik jihatdan o‘rganilib, tadqiqotlar natijasi sifatida kaltaminor madaniyatining mahalliy xarakterdagi lavlakon madaniy varianti ajratilib, ilmiy asoslandi. Tadqiqotchilar lavlakon sopollarini 3 ta xronologik bosqichga ajratishib, idishlar shakli jihatidan 4 xil ekanligi va ular naqshlarining 40% ini bosib tushirilgan tishsimon naqshlar tashkil etganligini aniqlashdi. Bu turdagi naqshlar Oqchadaryo neolitining faqat so‘nggi bosqichida uchraydi, Quyi Zarafshon neolit yodgorliklari sopollarida esa uchramaydi. A.V. Vinogradov lavlakon sopollarini ular ba’zi jihatlari bilan Oqchadaryo, Quyi Zarafshon hamda janubning o‘troq dehqon jamoalari sopollariga o‘xshashligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Kaltaminor sopollarini o‘rganishda A.V.Vinogradov tomonidan 1976 yildan e’tiboran Oqchadaryo havzasida tadqiq etilgan Tolstov makoni sopol idishlari muhim o‘rin tutadi. U sopol idishlar shaklining 8 xilini aniqlab, qorin tanasi silindrik shaklda, tag qismi esa tekis bo‘lgan, xuddi shunday tag qismga ega bo‘lgan qovurg‘ali shakldagi idishlar kaltaminor sopollariga xos bo‘lmagan idishlar, ular janubiy hudud o‘troq dehqon jamoalariga xos idishlar ekanliginii alohida e’tirof etdi. Kaltaminor sopollari to‘g‘risida Quyi Sirdaryo vohasida tadqiq etilgan Kosmola 1-6, Aymora 1, Talas 1 makonlari sopollari ham muhim ma’lumotlar berdi. Keyingi yillarda amalga oshirilgan paleogeografik, paleogidrografik, arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon daryosining quyi qismida 3 ta qadimgi o‘zanlari tizimi harakatda bo‘lganligi aniqlangan: 1.Janubiy o‘zan- Mohandaryo, Xo‘jayli, Katta va Kichik Tuzkon; 2. Shimoliy o‘zan- Echkiliksoy, Oyoqagitma va Daryosoy; O‘rta o‘zan-Chorbaqti vohasi. Xususan, Kaltaminor jamoalari sopollari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar Quyi Zarafshon vohasi janubiy o‘zanidagi Mohandaryo, Xo‘jayli, Katta va Kichik Tuzkon neolit makonlari tadqiqotida qo‘lga kiritilgan. Xususan, O‘.Islomov Dorbazaqir 1,2, Tuzkon sopollarini tadqiq etib, ular o‘z shakli va naqshlari bilan Jonbos 4, Kunyak 1, Qavat 5 makonlari sopollariga o‘xshash ekanligi, shuningdek, 13 tipdagi naqshlarning 6 tasi to‘lqinsimon chiziqlar bilan bog‘liqligi esa ularning janubiy hududlar o‘troq dehqon jamoalari sopollariga yaqinligini bildirishi to‘g‘risida o‘z tadqiqotlarida fikr bildirgan. A.V.Vinogradov Quyi Zarafshon neolit sopollarining Oqchadaryo sopollaridan farqini bu jamoalar turmushida qayiqsimon ko‘rinishdagi, ochiq jumragli yoki naysimon ko‘rinishdagi jumragi bo‘lgan hamda qorin qismi sharsimon ko‘rinishli idishlar bo‘lmaganligi faktlari bilan izohlaydi. O‘rta o‘zan- Chorbaqti vohasida 60 ga yaqin neolit makonlari tadqiq etilib, jamoalar moddiy madaniyati kaltaminor madaniyatiga oidligi aniqlangan. Xususan, kaltaminor sopollari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Quyi Zarafshonning shimoliy o‘zanidagi Daryosoy vohasida A.V.Vinogradov tomonidan Uchaщi 131 makoni tadqiq etilib, madaniy qatlamdan ilk neolit davriga oid sopol idish parchalari topilgan. Respublikamiz mustaqilligi yillarida Oyoqagitmada O‘zbek-Polsha, O‘zbek-Fransiya xalqaro ekspeditsiyalari tadqiqot ishlari olib borishib, madaniy qatlam saqlanib qolgan Oyoqagitma neolit makonidan ko‘plab kaltaminor sopol idishlari parchalarini topishdi. Tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan sopollar ilk neolit davri sopollari deb e’tirof etilmoqda..Turmushida kulolchilik ishlari Janubiy Turkmanistonda yashagan joyitun neolit jamoalarnikidek, mil. avv. VII ming yillikning oxiri U1 ming yilliklardan boshlangan (Uchaщi 131 makoni sopol buyumlari). Bular O‘rta Osiyo miqyosida eng qadimgi sopol idishlar hisoblanadi. Kaltaminorliklarning sopol idishlari nisbatan dag‘al yasalgan va olov taftida chala pishirilgan. Ma’lumki, O‘rta Osiyo pasttekislik mintaqasidagi makonlar ko‘pchiligida madaniy qatlam saqlanib qolinmaganligi sababli sopol buyumlar kam uchraydi. Joyitunliklar sopol idishlaridan farqli o‘laroq, kaltaminorliklarning sopol buyumlari chizmalar bilan emas, balki geometrik chiziqlar shaklidagi qolipli naqshlar bilan bezatilgan. Bu naqshlar, odatda, idish devorlariga pishirilishidan avval, ho‘l holatida bosilgan. CHizmalar mineral bo‘yoqlar tarzida keltirilgan (bunday holat Tolstov makoni idishlarida kuzatiladi) va ko‘pincha qolipli naqshlar bilan birgalikda uchraydi. Naqshlar asosini to‘lqinsimon, to‘g‘ri chiziqli ifodalar tashkil etadi («tirnoqsimon», «archa bargi», «taroqsimon», «panjarasimon» kabi ko‘rinishidagi naqshlar). Oqchadaryo havzasidagi Kaltaminor madaniyati so‘nggi bosqichlariga oid makonlardan topilgan sopol buyumlardan «tebranuvchi», «sakrovchi taroqsimon» holatidagi naqshlar nisbatan ko‘proq bo‘lganligi aniqlangan. Naqshlar idish devori sirti qismi sathiga uzunasiga yoki bel qismiga ko‘ndalang holatida solingan. Sopol buyumlarning tuzilish shakli sodda ko‘rinishda bo‘lgan (ular ko‘pincha bo‘y baravariga cho‘zinchoq, idish og‘iz qismi devori uncha ko‘zga sezilarli darajada bo‘lmagan holatda tashqari tomon qayrilgan, idishning tag qismi aylanasimon tekis yoki uchliroq bo‘lgan yarim sferasimon idishlar hisoblanadi). Ba’zan nisbatan murakkab ko‘rinishdagi idishlar ham uchraydi. Masalan, Oqchadaryo havzasi makonlaridan chumakli idishlar, qayiqsimon ko‘rinishdagi buyumlar ham topilgan. Bunday murakkabroq idishlarning uchrashi va ularga rangli, manzarali naqshlar solinganligi mazkur hudud jamoalarining janubiy hududlar dehqonlari jamoalari bilan yaqindan madaniy aloqada bo‘lganliklaridan guvohlik beradi. Xullas, kishilik tarixida neolit jamoalarining qo‘lga kiritgan yutuq va kashfiyotlaridan biri kulolchilik, ya’ni sopol buyumlarni ishlab chiqish hisoblanadi. Kulolchilik hunarmandchiligining o‘z mukammalligiga erishishi ming yillar uzra hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Kulolchilik hunarmandchiligining paydo bo‘lishi neolit davrining muhim xususiyatlaridandir. Natijada oziq-ovqatlar tayyorlash sifati yaxshilangan, ularni saqlash imkoniyatlari kengaygan. Kulolchilik faoliyati neolit jamoalari madaniyatining yana bir qirrasini yoritish imkonini beradi. Afsuski, neolit davriga oid tasviriy san’at yodgorliklari nisbatan kamroq o‘rganilgan. Sopol idish devorlariga ishlangan naqsh va tasvirlar neolit jamoalari moddiy madaniyati xronologik jihatlari va madaniyatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beribgina qolmasdan, balki ushbu jamoalar ma’naviy dunyosini, dunyoqarashini tasavvur qilishimizda yordam beradi. O‘rta Osiyo, xususan Vatanimiz sarhadlari kishilik tarixi tosh asri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda naqadar istiqbolli o‘lka ekanligi keyingi arxeologik tadqiqotlar jarayonida tabora ravshan bo‘lmoqda. Bu tadqiqotlar natijalari antropogenez jarayoni (Farg‘ona odami, Obirahmat odami), inson va tabiat, ibtidoiy odamlar turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, ma’naviy kechinmalari, jamoalar o‘zaro madaniy aloqalari, madaniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va kelib chiqish ildizlari, qadimgi sivilizatsiyalar shakllanishi tarixiy ildizlari kabi masalalar echimini bermoqda. SHuningdek, tosh asri barcha tarixiy taraqqiyot bosqichlarida uzluksiz, avtoxton tarzda, vorisiylik asosda madaniyat yaratilganligi ilmiy asosini topdi. SHu madaniyatlar bo‘g‘inida tosh asrining yakunlovchi bosqichi hisoblanuvchi neolit davri jamoalari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan mustaqil madaniyatlar sohibi bo‘lishganliklari aniqlandi. Xususan, O‘rta Osiyo miqyosida Janubiy Turkmaniston Kopetdog‘ yon bag‘rida Joyitun. Markaziy va Janubiy Tojikistonda Hisor, Amudaryo va Zarafshonning quyi havzalari, Qizilqumda Kaltaminor, Farg‘ona vodiysida Markaziy Farg‘ona, O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘rida Sazog‘on, Ustyurt platosida Ustyurt neolit jamoalari madaniyati yaxshi tadqiq etilgan. SHu madaniyatlar tizimida kaltaminor madaniyatining ham o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, nafaqat Vatanimiz, balki O‘rta Osiyo, qolaversa YAqin SHarq neolit jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda ahamiyati beqiyos. Mazkur madaniyatning o‘rganilishi tarixi, qisman sopollari xususida ma’lumotlarni tadqiq etishga uringanmiz . Aytish joizki, Kaltaminor jamoalariga tegishli yodgorliklar tadqiqoti Respublikamiz mustaqilligi yillarida ham davom ettirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston-Polsha, O‘zbekiston-Fransiya xalqaro ekspeditsiyalari tomonidan Qizilqumda qator yodgorliklar kashf etilib, kaltaminor madaniyatining yangi qirralari yoritilishiga erishilmoqda. Kaltaminor madaniyati yuqorida zikr etilganidek soha tadqiqotchilari tomonidan yaxshi tadqiq etilgan: mustaqil madaniyat sifatida ilmiy asoslanib, o‘ziga xos xususiyatlari, tevarak- atrof neolit davri madaniyatlari o‘rtasida tutgan o‘rni, yodgorliklari tarqalish chegarasi aniqlangan; xronologiyasi va davrlashtirilishi ishlab chiqilgan; mahalliy madaniy variantlari ajratilib (Oqchadaryo, Lavlakan, Quyi Zarafshon), ular ilmiy asoslangan; jamoalar turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlari, xo‘jaligi, turar-joylari, ma’naviy kechinmalari, tevarak-atrof neolit jamoalari bilan madaniy aloqalari, madaniyatning kelib chiqish ildizlari kabi masalalar keng yoritilgan. SHular jumlasidan bo‘lgan Kaltaminor madaniyati xronologiyasi va davrlashtirilishi masalasida olib borilgan tadqiqotlarga qisqacha to‘xtalgan holda, ularda sopollar o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida ushbu tadqiqotimizda ba’zi mulohazalarni keltirmoqchimiz. Ma’lumki, Kaltaminor yodgorliklari xronologiyasi to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar S.P.Tolstov, A.A.Formozov, A.P.Okladnikov, V.M. Raushenbax kabi tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarida uchraydi. Xususan, A.A.Formozov, V.M. Raushenbaxlar o‘z tadqiqotlarida kaltaminor sopollarida yupqa tagli idishlar, ipsimon ko‘rinishdagi naqshlar uchrashi, shuningdek sopol idishlar sirti bo‘yalganligi faktlariga asoslanib kaltaminor yodgorliklarini mil. avv III ming yildan qadimiylashtirish mumkin emasligi haqida fikr bildirishgan. Kaltaminor yodgorliklari materiallarini atroflicha o‘rgangan A.V.Vinogradov yuqorida zikr etilgan faktlar kaltaminor sopollari orasida yo‘qliligini aniqladi va bunday sanalashga qarshi chiqdi. Sopol idishlar sirti bo‘yalishini kaltaminor jamolari Janubiy Turkmaniston dehqon jamoalari bilan madaniy aloqada bo‘lishganligi bilan izohladi. SHuningdek, A.V. Vinogradov kaltaminor yodgorliklarining dastlabki tadqiqotida kaltaminor madaniyatini 2 davrga- ilk va so‘nggi taraqqiyot bosqichlariga bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan kaltaminor yodgorliklari xronologik sanasini qadimiylashtirish taklifini G.F. Korobkova ilgari surdi. YAngi yodgorliklar (Jonbos 5, 11, Agispe, Saksovul 1 kabi) materiallari asosida kaltaminor madaniyati mil. avv. V ming yillik 1-yarmi sanasiga qadimiylashtirildi. Keyinchalik, G.F. Korobkova, V.M. Massonlar yana kaltaminor madaniyati xronologiyasi masalasiga qaytishib, yangi manbalarini joytun madaniyati so‘nggi bosqichlari materiallari bilan taqqoslab, sanalashtirishni mil.avv.VI ming yillik oxiri – V ming yilga qadimiylashtirdi. Aytish joizki, A.V. Vinogradov keyingi yillarda amalga oshirgan tadqiqotlari asosida jonbos bosqichi yodgorliklarini, Jabal g‘or makoni IV-madaniy qatlamini joyitun madaniyati so‘nggi taraqqiyot bosqichi bilan xronologik jihatdan tenglashtirib bo‘lmasligi fikrini bildirgan. Kaltaminor madaniyati asosiy tadqiqotchisi A.V. Vinogradov o‘z izlanishlarida madaniyatning ilk bosqichiga kiruvchi yodgorliklar masalasida yangi manbalarga tayanib oydinliklar kiritgan. Aniqrog‘i Lavlakan yodgorliklari manbalar asosida kaltaminor madaniyati ilk bosqichi (ilk neolit)ni va unga kiruvchi yodgorliklarni qayta ilmiy tahlil qildi. Buning to‘g‘riligini Quyi Zarafshonning qadimiy o‘zanlaridan biri bo‘lgan Daryosoydan Uchashi 131 yodgorligi (madaniy qatlami yaxshi saqlangan)topilishi va uning tadqiqotida qo‘lga kiritilgan materiallar haqli ravishda isbotlab berdi, shu asosda kaltaminor yodgorliklari davrlashtirilishi qayta ishlab chiqildi. Ta’kidlash joizki, kaltaminor madaniyati tadqiqoti A.V. Vinogradov tomonidan keyingi yillarda izchil ravishda davom ettirildi va madaniyatning yangi qirralarini yoritib berishga erishdi. Xususan, kaltaminor madaniyatining 3 ta mahalliy-madaniy variantlari (Oqchadaryo, Lavlakon, Quyi Zarafshon) ajratilib ilmiy asoslandi , madaniyat xronologiyasi va davrlashtirilishi ishlab chiqildi: 1. Daryosoy bosqichi-ilk neolit (Uchashi 131(6630±100; 6590±130), 29, 84, 85, 159; Xodja gumbaz 5, Ayaqagitma, 322; Karakata 23; Byeshbulak 141; Lavlakon yodgorliklari 1 va 2 bosqichlari materiallari) xronologik ramakasi mil. avv.VII ming yillik oxiri-Vming yillik o‘rtalari bilan belgilangan. 2. Jonbos bosqichi - rivojlangan neolit (Jonbos 4, Tolstov makoni, Kosmolo guruhi yodgorliklari, Lavlakon 26, Darbazaqir 1, 2, Ayoqagitma 11, 47, 90 va boshqalar) xronologik ramkasi chegarasi mil. avv IV ming yillik 1-yarmi va o‘rtalari bilan belgilandi. 3. So‘nggi neolit bosqichi - mazkur bosqichga oid madaniy qatlami saqlangan yodgorlik tadqiq etilmagan. SHu bois shartli ravishda xronologik ramkasi mil. avv IV ming yillik oxiri- III ming yillik bilan belgilangan. Kaltaminor jamoalari madaniyati xronologiyasida Quyi Zarafshonning qadimgi o‘zanlaridan biri bo‘lgan CHorbaqti vohasidan topilgan neolit yodgorliklari tadqiqotlari natijalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. CHorbaqti materiallari asosida Quyi Zarafshon vohasi neolit jamoalari madaniyati xronologiyasiga ma’lum oydinliklar kiritildi. Hozirgi kunda ham kaltaminor madaniyati xronologiyasi, davriy-madaniy sanalash muammolari borasida tadqiqotlar davom etmoqda. Xususan, N. O. Xushvaqtov, S.T. Mirsoatovalar sopol idishlar va kaltaminor jamoalari uy-joylari misolida bu masalaga munosabat bildirishgan, garchi davriy sanalashlar, yodgorliklar xronologiyasi,turar-joylar, jamolar xo‘jaligi, madaniyat kelib chiqishi borasida yaxshi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsada, lekin ularda sopollar ahamiyatiga kamroq e’tibor qaratilib, yangi qo‘lga kiritilgan manbalardan foydalanishmagan. Fikrimizcha, so‘nggi yillar mobaynida Amudaryo va Zarafshon quyi havzalari, Qizilqumda O‘zbekiston-Polsha (K. SHimchak, M. Xo‘janazarov.), O‘zbekiston-Fransiya (M. Xo‘janazarov, F. Brunet) xalqaro arxeologik ekspeditsiyalari tomonidan tosh asri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganish borasida amalga oshirilgan tadqiqotlari natijalari kaltaminor jamoalari madaniyati xronologiyasi masalasida oydinliklar kiritmoqda. Xususan, Quyi Zarafshon vohasi Oyoqagitma neolit makoni tadqiqotida qo‘lga kiritilgan tosh qurollar, sopollarning tipologik tahlili, stratigrafik ma’lumotlar, madaniy qatlamdan olingan radiouglerod analizlar natijalari yodgorlikni mezolit davrining so‘nggi bosqichi, ilk neolitga oidligini ko‘rsatmoqda. Endi, kaltaminor madaniyati xronologiyasi va davrlashtirilishi borasida yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda kaltaminor sopollarining o‘rni va ahamiyati masalasiga qisqacha e’tibor qaratsak.Ta’kidlash joizki, Kaltaminor sopollari qator ilmiy adabiyotlarda yoritilgan bo‘lsada, masala yaxlit, sistemalashtirilgan tadqiqot sifatida o‘rganilmagan. Kaltaminor sopollari madaniyat rivojlanishi bosqichlari, madaniyat tarkibiy qismi bo‘lgan mahalliy madaniy variantlari misolida xronologik, tarixiy davrlashtirish nuqtai nazaridan yangi materiallar asosida, yangicha yondoshuvda ilmiy tahlil etilishi lozim. Shuningdek, kaltaminor sopol idishlari naqshlari semantik tahlili masalasi tadqiqotdan chetda qolgan Soha tadqiqotchilari tomonidan sopol idishlarning tarixiy manba sifatida boshqa moddiy manbalarga nisbatan kishilik tarixi taraqqiyot bosqichlari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivoji to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berishi e’tirof etilgan. Xususan, sopol ishlab chiqarilishi texnikasi va texnologiyasi taraqqiyoti tarixiy davrlashtirilishi masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha hozirgi kunda O‘rta Osiyo arxeologiyasida eng qadimgi sopol kulolchiligi namunalari Janubiy Turkmaniston hududidagi Joyitun madaniyati yodgorliklari (Joyitun, CHig‘illitepa, CHo‘pontepa), Jabal g‘or makoni 5-madaniy qatlami, Quyi Zarafshon havzasidagi Uchashi 131 yodgorliklari tadqiqotlari bilan bog‘liq. Sopol buyumlar qanchalik qadimiy bo‘lmasin, juda oddiy, sodda bo‘lsada texnologiya bilan bog‘liq ishlab chiqarish iqtisodiyoti mahsulidir. SHu bois, tadqiqotchilar sopol kulolchiligi paydo bo‘lishini bevosita ishlab chiqarish iqtisodiyoti bilan bog‘lashadi. Ilmiy adabiyotlarda sopol kulolchiligining YAqin SHarqdagi xossun, samar, xalaf, siroklik kabi dastlabki o‘ziga xos uslublari bilan ajralib turuvchi maktablari bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Xususan, joyitunliklar sopollari ham shu madaniy markazlar texnologiyasi asosida rivojlanganligi tadqiqotlarda e’tirof etilgan. Shu urinda O‘rta Osiyo sopol ishlab chiqarilishi va uning rivoji davrlashtirilishi borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. S.P. Tolstov kaltaminor sopollarini birinchi bo‘lib, O‘rta Osiyo janubiy hududlari dehqon jamoalari sopollari bilan o‘xshashligini Anov madaniyati misolida ko‘rsatib bergan. Keyinchalik A.V. Vinogradov o‘z tadqiqotida S.P.Tolstov fikrini qo‘llagan va buni jamaoalar madaniy aloqalari hisobidan deb e’tirof etgan. Kaltaminor sopollarining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida A.V. Vinogradov quyidagi fikrni bildirgan: “Kaltaminor jamoalari madaniyati tarqalgan hudud geografik jihatdan ikkita katta madaniy mintaqaning-Evropa va Osiyoning oraliq hududi bo‘lganligi uchun kaltaminor sopollarida bu hududlar sopollarining ta’siri borligi kuzatiladi va shu bilan birga bu ta’sir mahalliy an’analarga uyg‘unlashganligi, o‘ziga xoslik xususiyatlari idishlar shakli va ulardagi naqshlarda yaqqol namoyon bo‘lganligini ham alohida ta’kidlagan”. Kaltaminor sopollarining yodgorliklar bo‘yicha tadqiqoti natijalari, kaltaminor madaniyati tarixiy taraqqiyot bosqichlari (ilk, o‘rta va so‘nggi) mahalliy madaniy variantlar sopollarining o‘ziga xosligi borasida o‘z tadqiqotimizda ba’zi ma’lumotlarni keltirganmiz. Quyida A.V.Vinogradov tomonidan ishlab chiqilgan kaltaminor madaniyati xronologiyasi uchun asos bo‘lgan sopollar hamda keyingi yillar tadqiqotlarida kaltaminor sopollari xususida qo‘lga kiritilgan ba’zi faktlarni sopollar tipologiyasini ishlab chiqishda qo‘llamoqchimiz. Ilk neolit (daryosoy bosqichi) - mazkur bosqichga Uchashi 131 yodgorligidan topilgan sopol idishlar kiradi. A.V. Vinogradov bu sopollarni O‘rta Osiyoning janubiy hududlari o‘troq dehqon jamoalari sopollari, Jabal g‘or makoni (A, B, V tipidagi), oyuqli, ceroglazov (shimoliy-sharqiy, shimoliy Kaspiybo‘yi) madaniyati sopollari bilan o‘xshashligini taqqoslab, ularni O‘rta Osiyo miqyosida ilk neolit bosqichi sopollari jumlasiga kiritgan. Uchaщi sopollari yupqa devorli, uncha o‘lchami katta bo‘lmagan idishlar hisoblanadi. A.V.Vinogradov Uchashi sopol idishlarini 5 ta tipga ajratib, eng xarakterlisi qorin qismi qovurg‘asimon bukilgan va og‘iz qismi ichki tomonga qayrilgan gardishli idish ekanligini alohida ta’kidlaydi . Idishlarda naqsh kam, asosan naqshlar idishning yuqori og‘iz qismiga solingan. Fikrimizcha, Oyoqagitma makonidan butun holatda topilgan sopol idish (1999) o‘z shakli, naqsh berilishlari bilan uchaщi sopollariga o‘xshash. Oyoqag‘itma makoni madaniy qatlamlaridan topilgan sopol idishlar xususida makon tadqiqotchilari ularning saqlanish holati yomonligi, shu bois idishlar shaklini tiklash qiyinligi, lekin ba’zi sopol bo‘laklari sirtida saqlanib qolgan naqshlar Uchashi 131 yodgorligi sopollari naqshlariga o‘xshashligi haqida xulosalarni bildirishgan . O‘rta neolit (jonbos bosqichi) – bu bosqichga oid kaltaminor sopollari Xorazm va Quyi Zarafshon neolit yodgorliklari misolida yaxshi o‘rganilgan. Bu sopollarda O‘rta Osiyo janubiy hududlari o‘troq dehqon jamoalari sopol kulolchiligi ta’siri yaqqol sezilib turibdi. Ko‘pchilik sopol idishlar miniatyura ko‘rinishida bo‘lgan. Idishlar tagi aylana yoki uchqur tubli shaklga ega. Idishlar sirti deyarli to‘liq naqshlar bilan bezatilgan. Asosiy naqshlar to‘g‘ri, to‘lqinsimon chiziqli, bosma, o‘yma, tirnoqsimon, nasechki ko‘rinishida bo‘lgan. SHuningdek, tishsimon naqshlar, tishsimon “belanchak”, oddiy meandr ko‘rinishidagi naqshlar ham xarakterli hisoblanadi (Tolstov makoni, Vinogradov, 1981, ris. 86, 87, 32). Ba’zi idishlarda o‘yma naqshlar oq yoki qizil bo‘yoqlar balan uyg‘unlashgan holda uchraydi. Sopol idishlar asosan chashka ko‘rinishida bo‘lgan. SHuningdek, suyuqlik quyadigan ochiq chumak qismiga ega bo‘lgan taypoq tovoqsimon idishlar ham uchraydi. Ko‘pchilik idishlar og‘iz qismi to‘g‘ri, yoki ozgina tashqi tomonga qayrilgan gardishga ega. So‘nggi neolit- bu bosqichga oid sopollar Oqchadaryo, Lavlakon. Quyi Zarafshon neolit yodgorliklari misolida tadqiq etilgan. So‘nggi bosqichda yassi tubli, xurmasimon sopol idishlar paydo bo‘ladi. Idishlar sirtidagi naqshlar keskin kamayadi, kompozitsion sxemali murakkab naqshlar, tishsimon, tishsimon “belanchak” naqshlar deyarli uchramaydi. Bu bosqich sopollari to‘laqonli stratigrafik ma’lumotlarga ega bo‘lgan makonlar asosida tadqiq etilmagan. 2.Janubiy Turkmaniston eniolit davri periadzidatsiyasiga ko‘ra ilk eniolit ikki bosqichdan iborat. Anov 1 A va Nomozgoh 1. Hudud jihatidan Anov 1 A ikki guruh yodgorliklariga taqsimlanadi. G‘arbiy guruh shim. Anovdepe, Avadandepe, Gavechdepe, Kaushut manzili va Baharden manzili. SHarqiy guruh CHaqmoqlidepe va Munjuqlidepening ikkala manzili. Bu yodgorliklardan topilgan kulolchilik mahsuloti qizil rang ustidan qora yoki jigar rang naqshlar bilan bezatilgan. Naqshlar rom yoki xoshiyalardan iborat. Bularning ichki qismi setka yoki shtrixovka bilan tulg‘izilgan. SHarqiy gurux kulolchilik mahsulotiga xos bo‘lgan ornament sariq rang ustiga qora va jigarrang naqsh solingan. Ornament nushasi gorizantal tarzda chizilgan xoshiyalardan iborat. Idish shakillari ilk Anov 1 A da ikala guruhga ham bir xil. Bular yarim sfora kosa kuza va boshqalar. Sopolning sifati yuqori darajali zarang bir tekisda pishirilgan loyiga odatda qum qo‘shilga. Nomozgox 1 yoki Anov 1 B bu davr madaniy qatlamlarida Anov shimoliy tepaligida Kaushut manzilida Ovandepe, Tilkindepe, Oqdepe, Qoradepe, Nomozgoxdepe, Oltindepe, Elg‘inlidepe, Dashlijidepe, Saraxs va Geoksurda ko‘rishimiz mumkin. Anovdepeda bu davr qatlamining qalinligi 12 metrga etadi. Boshqa yodgorliklarda bu davr qatlamlari 5,7,8 mt dan oshmaydi. 3ga bo‘linadi. G‘arbiy, markaziy va SHarqiy guruhlar. G‘arbiy guruh kulolchiligiga xos bo‘lgan naqshlar kv va romlardan tashkil qilingan shaxmat naqlar. Turli tuman lentalar marjonsimon naqshlar, markaziy guruh kulolchilik nusqalari turli qatorlashgan uchburchaklardan iborat. Turli hayvonlar tasviri ham chizila boshlaydi. Ayol haykalchalari hamma yoqqa tarqala boshlaydi. Bu guruhga Qoradepe va Nomozgoxdepelar ham kiradi. SHarqiy guruh yodgorliklari dashtliji va boshqalar. Bu erdagi ayol haykalchalarida qo‘l va kukrak tasvirlangan emas. Lekin turli hayvonlar haykalchalari tarqala boshlaydi. Sopol idishlar naqshida kosa va xurmachalar xalqasimon chiziqlar bilan naqshlana boshlaydi. Nomozgox 1 davrida qaytadan sopol idishlar loyiga maydalangan somon qo‘shila boshlandi, yani Nomozgoh 1, Anov 1 B davrida Sopolga ishlov berishda Arxaik va Joytun madaniyatining sopollariga uxshash. O‘rta eneolit Nomozgoh 2 deb ataladi yoki Anov 2 deb ataladi. Bu davr madaniy qatlamlari Elkandepe, Oltindepelar ochib o‘rganilgan.Bu davr sopolsozligi hududiy jihatdan 2 ga ajratilgan. Bu davrga xos idishlar Konik yoki Bekonik idishlardan iborat. Bundan tashqari Qoradepe madaniy qatlamlaridan turli hayvonlar haykalchalari topilgan. Garbiy guruhning boshqa yodgorliklaridan CHingizdepe, Gauzdepe, Tunchidepe, Oqdepe bularda ko‘proq naqshsiz sopollar ko‘proq uchraydi. CHunki bu hududlar Gurgandepega chegaradosh. Gurgan sopolsozligi Anov 1 bosqichidan boshlab sopol idishlar pishirishni yangi texnaldogiya asosida tayyorlay boshlaydi. Bu texnalogiya tiklanish texnalogiyasiga asoslanadi. Nomozgoh 2 SHarqiy guruh yodgorliklari Nomozgohdepe, Eldizdepe, Oltindepe va boshqalar. Arnament borgan sari maydalashib geomitrik shaklga kirib boradi. Goxida taka yoki daraxt tasvirlari ham uchraydi va shu bilan birgalikda idishlarning gardishi xalqasimon idishlar bilan bezatiladi. Ayollar haykalchalari ko‘pincha turli naqlar bilan bezatilgan. So‘ngi eneolit davrida kulolchilik mahsulotlari yanada takomillashib juda yuqa zarang ishlangan betlariga sayqal berilgan turli idishlardan iborat bo‘ladi. Ularning naqshi maydalashgan geomitrik usulda chizilgan gullar bilan bezatilgan. Bu naqshlarda asosiy eliment uchburchak va kris xoch figuralalri tashkil qiladi. Bular kontus sifatida emas balki siluit shaklida beriladi. Eneolit davriga oid Zarafshon vohasidagi yirik o‘troq dehqonchilik markazi Sarazm kulolchiligi tarixi ham Anov, Nomozgoh madaniyati kabi asosiy bosqichlarni o‘z taraqqiyotida kechirgan. Bronza davri kulolchiligi. Er. av. III ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlab, O‘rtaOsiyo metallurgiyasi texnologiyasiga bronza texnologiyasi kirib keladi va bronza davri boshlanadi. SHu bilan birga III ming yillik boshi II ming yillikdan boshlab YAqin SHarqdan O‘rta Osiyoga BMAK tarqaydi. Buring yodgorliklari Naozgoh IV ga to‘g‘ri keladi. Turkmanistonda Oltindepa ustki qatlami Nomozgoh IV yodgorliklari Murg‘ob quyi oqimidagi Gonur, To‘g‘oloq, Taip va boshqa vohalardagi katta kichik shaharlari, O‘zbekistonda Ko‘zali, Bo‘ston. Sopolli, Janubiy Turkmanistonda Kongur IV va Boir shu davrga oid. Bu davrda sopol ishlab chiqarish texnologiyasi tubdan o‘zgaradi. Bularning 90% dan ko‘pi maxsus kulolchilik charxida yasalgan bo‘lib, juda nafis yuqa jarangdor loydan ishlangan. Kulolchilik mahsulotini bo‘yoq bilan bo‘yash mutlaqo yo‘qoladi. Ayrim sopol siniqlarida turli nishonlar, hayvonlar, qushlar yo daraxtni sxematik tasvirini uchratishimiz mumkin. Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklarining kulolchilik ustaxonalari tadqiqotlaridan olingan ma’lumotlariga ko‘ra kulolchilik mahsulotlari katta-kichik ikki qavatdan iborat bo‘lgan xudonlarda pishirilgan. Xumdonlarning quyi qismida olov yoqilib unda maxsus teshik panjara bilan ajratilgan ustki qismida bevosita kulolchilik mahsuloti terib pishirilgan. Sopollitepa xumdonida esa xumdonni quyi qismi panjara bilan ajratilmagan bo‘lsada xumdonning quyi tor bo‘lib, ustki gumbazi kengroq bo‘lgan va idish xumdonning ostki va ustki zinasiga terilgan. Bronza davri o‘troq madaniyat idishlarining deyarli hammasi juda nozik ishlangan bo‘lib, qizil angob bilan bo‘yalgan vaaksariyat holatda bo‘g‘zi tor idishlar tashqari tarafdan, gardishi keng og‘zi ochiq idishlar ichki tarafdan bezatilgan. Idishlarning 4-5 % i qo‘lda yasalgan, loyi tarkibiga shamot va dresva qo‘shilgan qazon va tavoqlardan iborat. Bularning bir qismi ham angob berilgan bo‘lib, tashqi tomondan sayqallangan. Dasturxon, taom, suzish, suyuqlik ichish bolalarda xizmat qiladigan idishlarning formasi turli-tuman kosa, vaza qadah, choynak, tovoq, tog‘aracha, piyola. Bundan tashqari xumcha, ko‘za, turli xurma va xurmachalar ishlatilgan. Asqarov, Sarianidi, SHirinov va boshqa mutaxassislar BMAK kulolchiligi mahsulotlari ichida turli tipdagi mahsulotlarni ajratadilar: oyoqlik vazalar, turli konussimon vazalar, konussimon tog‘aralar, konussimon kosalar, oyoqli va oyoqsiz qadahlar, konussimon va bikonik qadahlar, sharsimon, qovunsimon xurmachalar, dastali va dastasiz, jo‘mrakli va jo‘mraksiz choynaklar, turli xum va xumchalar, 4-5 tipdagi ko‘zalar, naysimon jo‘mrakli kosa va xurmachalar, turli-tuman miska yoki tog‘orachalar, bankasimon idishlar, patnoslar, yalpoq tavalar, bundan tashqari kam uchraydigan shakldagi idishlar guruhiga gultuvak, silindrsimon, butilkasimon idishlar ifodalangan. Bundan tashqari keng konussimon podstavkalar ular qozon xumlarni erga o‘rnatishga xizmat qilgan. YAna bir uchraydigan kulolchilik mahsulotlaridan biri sopol qovurlar, ya’ni bu jihatdan o‘ndan ko‘p turli tipdagi kulolchilik idishlari ichida ularning bir necha o‘ndan ortiq variantlarini, turlarini ajratish mumkin. Bu mahsulot janubi Kaspiy mintaqasi Gorgan viloyatiga xos bo‘lib, savdo-sotiq, ayriboshlash natijasida BMAK hududlari, qishloqlari va ilk shaharlariga tarqagan. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning shimoliy hududlarida esa bronza davrida Andranova an’anasiga mansub Ko‘kcha, Qayroqqum, Gurdush, Mo‘minobod, CHakka manzillari ochib o‘rganilgan. Bu manzilgohlarga xos bo‘lgan kulolchilik xumlari umuman Andranova sopolsozligiga mansub qo‘ldan yasalgan bo‘lib, ochiq gulxanlarda pishirilgan. Idishlarning formalari ko‘p emas asosan chuqur xurmacha, garshok va bankasimon idishlardan iborat. Bu idishlar tashqi tarafdan ustki qismi 1-2 qator uchburchaklar, zig-zag yoki meandr ornamenti bilan bezatilgan. Bu nishonlar asosan suv ramzini ifodalaydi. Ilk temir davri kulolchiligi. II ming yillik oxiri va I ming yillik boshlarida chuqur va keng ko‘lamda yuz bergan ekologik krizisning natijasida butun Baqtriya-Marg‘iyona arxeologik kompleksining madaniyat markazlari hududlarida xayot so‘nadi. Anov, Namoxgox madaniy yodgorliklari, Murg‘obyu etagidagi Gonur, To‘g‘aloq yodgorliklarining voxalari Baqtriyada Jarqo‘ton, Sopollitepa yodgorligida, janubiy Baqtriyaning Dashtli III va boshqa ilk shaxarlar va qishloqlar xayoti so‘nadi. SHimoliy mintaqalarda Androvo va Surubnaya madaniyatlarining so‘nggi vakillari dashtu-biyobonlarda shakllangan qurg‘oqchilik iqlimi natijasida janubiy mintaqalarga ko‘cha boshlaydi. Bu madaniyatning vakillarini janubga qarab ko‘chishlarini avval xam ro‘y berib turgan, jumladan Jarqo‘ton, Anov madaniyati atroflarida 14-15 asrlarga oid Andronova madaniyati mayda manzillarini uchratishimiz mumkin. Zarafshon voxasida bronza davriga oid yirik Sarazm manzili atroflarida Dashti qozi nomi bilan malum 14-15 asrlarga oidAndronova go‘ristoni topilgan. Undan qadimroq Andronova madaniyati Petrovka bosqichiga oid materiallarni Zarafshon daryosining yoqasidagi To‘qay manzilida Sarazm madaniyatining so‘nggi bosqichiga oid materiallarning aralashib yotganligi kuzatishimiz mumkin. To‘qay madaniyati er.avv. II ming yillikka oid ekanligi bizga malum. Dashti qozi esa er.avv. II ming yillikning 2-yarmiga oid. Bundan xulosa shuki, dasht mintaqasi aholisi va ularga xos bo‘lgan kulolchilik texnologiyasi va sanati er.avv. II ming yillik davomida janubiy mintaqalarga tarqab turgan. Lekin shu II ming yillik oxiri I ming yillik boshida yuz bergan krizis tufayli ular janubga qarab ko‘cha boshlaydilar. YOztepa. Bu madaniyat geometrik shaklda naqshlangan sopol idish madaniyati deb ataladi. YOztepa Masson tomonidan o‘rganiladi. Masson YOz madaniyatini er.avv. IX asrdan boshlab er.avv. IV asrgacha davrlashtiribuning taraqqiyotini 3 bosqichga taqsimlaydi. Ammo keyin so‘nggi davr tadqiqotlari YOz ilk bosqichlari er.avv. XIV asrga oidligini ko‘rsatdi. Bu datirovka 90-yillari Angliya va Turkmaniston qo‘shma ekspiditsiyasining natijalarida aniqlandi. YOz ustki qatlami esa yuqoridan topilgan bittagina sopol kosa sinig‘i gardishining profili asosida IV asroga oid deb baxolagan. Lekin Doroning Bexustun yozuvidagi axborotga ko‘ra , Kir vafotidan so‘ng butun imperiya xudularida qo‘zg‘olon ko‘tarilib shu jarayonda Margush madaniyati xam Frada otliq raxbarligida qo‘zg‘olon ko‘tarib imperiya tarkibidan chiqib ketadi. Qoyatosh malumotlariga ko‘ra Margush qo‘zg‘oloni Baqtriya satrapi tomonidan bostiriladi va shavqatsiz jang natijasida 55 mingdan ortiq Margush axolisi o‘ldiriladi. U davrlarga nisbatan bu juda katta raqam, yani qadimiy Margush axolisi genasig natijasida qirib tashlandi. Bu voqea VI asr 3-choragida yuz beradi. Buning arxeologik isboti xam bor. Masson axborotiga ko‘ra, YOztepa ustidan arxeologlar er yuzidagi sochilib yotgan topilmalarni terganda YOz I madaniyati bosqichida kulolchilik bosqichlari texnologiyasi jixatdan 2 guruxga taqsimlangan. 1-qismi qo‘lda, 2- qismi charxda yasalgan. Dastlab qo‘lda yasalgan keramikaning soni ko‘p emas. Davr o‘tishi bilan xajmi o‘sib boradi. Sopollarning ranggi qizg‘ish, qo‘shimcha maxsulotlar deyarli yo‘q. Loyi yaxshi qorilgan, tashqi tarafdan och sariq yoki angob berilgan. Asosiy formalari kubok (qadax yoki piyola) miska(tovoq) xumcha idishlarning ostki qismi dumaloq, gardishi deyarli tikka bo‘ladi. Angobning ranggi asosan idishlarning ustki qismini qoplagan. Ko‘pgina idshlarning quyi qismida angob yo‘q. Bazi bir xumchalarning quyi qismida maxsus oyoq yoki paddon bo‘rtib chiqqan bo‘ladi, bazi bir xumchalarning gardishi qalin xalqa sifatida shakllantirilgan. Yoz I bosqichining so‘nggida kosa piyola paydo bo‘la boshlaydi. Bular charxda yasalgan keramika. Qo‘lda yasalgan keramika3 guruxga bo‘linadi. 1) bo‘yalgan 2) bo‘yalmagan 3) naqshlangan yoki naqshlanmagan. Loyi kulrang idishlar bu idishlarning loyida shamot uchraydi. Naqsh va ornoment asosan garshok va xumcha tipidagi idishlarda bor. Endi naqsh qizil jigarrangda ornoment berilgan. Naqsh asosan qator-qator uchburchaklardan iborat bo‘lib, idishlarning yuqori qismiga chiziladi. Uchburchaklarning ichi nuqta, mayda uchburchaklar yoki shtrikovlar bilan to‘lg‘izilgan. SHaxmat shakli,parallel chiziqlar qator-qator nuqtalar xam uchraydi. Ba’zi bir xollarda bo‘yoq bilan bo‘yalganligi xam uchraydi. Kulrang loydan yasalgan sopollar esa bular xam qo‘ldan yasalib, tashqi tomondan qora angob bilan bo‘yalgan va ustki tarafdan sayqallangan. Download 34.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling