Mavzu: Noklassik ontologiyaning bulimlari va manosi


Download 183.51 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi183.51 Kb.
#1524439
Bog'liq
falsafa 5

Mavzu:Noklassik ontologiyaning bulimlari va manosi


Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "Ontologiya" terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1613-yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular O.ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan.
Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo’qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko’plab asarlar yozishgan. Xo’sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko’ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo’q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog’lab tushuntirishadi.
Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob’ektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o’y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar ob’ektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi. Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor X. Volf qo’llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o’rganadi.
Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar umuman ontologiyani yaratishdan bosh tortdilar. Irratsionalizm, marksizm va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida noklassik falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz.
Download 183.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling