Mavzu: Olisdagi yaqinim


Download 15.27 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi15.27 Kb.
#1306445
Bog'liq
Olisdagi yaqinim


Mavzu:Olisdagi yaqinim
Ba’zan hayotda shunday paytlar bo’ladiki, ota yoki ona farzandidan ma’lum muddat uzoqdavyurishga to’g’ri keladi. Bunng sabablari turlicha: o’qish, biznes, davolanish. Barchaga ayonki, bola ko’proq onadan ayrlishdan ko‘proq aziyat chekadi. Umuman olganda, bola necha yosh bo‘lishidan qat’iy nazar, u onasi yonida bo’lishni istaydi. Ammo hayot ayriliqni taqozo qilganda bunga ko’nmay ilojimiz yo’q. Biror – bir yaqinimiz bizdan uzoqda bo’lishi shart emas ularni qadrlash uchun. Ularni yonimizda bo’lganda unchalik bu narsani his qilamaymiz, masofa esa bu narsalarni oydinlashtiradi. Yaqinlarni borida qadrlash kerak keyin kech bo’lmasligi uchun.
Hayotiy misollardan biri ona farzandlarini tashlab ishlagani uzoqqa ketadi. Farzandlari onasiz katta bo’ladi. Ona ham o’zini bolalarini oldida aybdor his qiladi va qo’liga pul tushishi bilan farzandlariga sovg’alar yuboradi. Bolalari ham bu holatga ko’nikib onasini avvallari sog’inib kutgan bolalar endilikda onasiga sovg’alarni buyurtma qilishni boshlaydi. Ona ham bu holatdan qattiq aziyat chekadi. Ona ham o’z xatosini tushunib yetadi yani aybini sovg’a – salom bilan yuvib ularni ko’nglini sotib olmoqchi bo’ladi. Inson tug’ilarkan taqdir yo’llari uning yaqinlari, misol uchun do’stlaridan ba’zida yiroq qilib qo’yadi. Shunday pallada inson qalban yaqinlikni his qiladi. Masofalar olisligi muhim emas ko’ngillar yaqinligi ana shunday pallada bilinadi. Biz masofalar orasidagi farqni ta’kidlab o’tdik. Ammo vaqt bo’yicha ham tarixga yuzlanish orqali ham olisdagi yaqinimizni sog’inamiz. Qachonlardir birga bo’lgan dilga yaqin insonlarimizni olis tarixga nazar solib sog’inamiz. Insonni insoniyligini ko’rsatuvchi ko’zgulardan biri yaqinlari o‘rtasidagi masofa desak mubolag’a bo’lmaydi. Negaki bugungi jadallashuv zamonida faqat yonidagi insonni emas, olisdagi bizni qadrlovchi yaqinlarimizni ham qadriga yetshimiz kerak. Inson olisda musofirlikda yaqinlarini, uyidagilarini sog’inadi. Xotira degan muqaddas tushuncha bor ekan eslaydi, o’ylaydi qachonlardir diydor ko’rishish umidida yashaydi. Masofalarni pisand qilmas darajada mehr – muhhabat do’stlik, qarindoshlik bor ekan, yaqinlik albatta bor. Olisdagi yaqinim nima qilyotgan ekan deb, tasavvur oynasiga ko’z solamiz. Qayerda bo’lmasin qalbimiz ardog’idagi yaqinlarimiz hamisha sog’-salomat yurishsinlar. Zero masofalar qadar olisdagi yaqinimiz omonligi biz uchun juda muhim. Avvalgi davrlarda hozirgi texnikalarning bittasi ham bo’lmagan. Faqat xatlar orqali xabarlashishgan. Tasavvur qilavering sog’inch qanchalik kuchli bo’lganini xatlar orqali yetkazib berishni. Ha, biz shunday mavjudotmiz masofa quchib oylar sanagan. Shunday ekan yaqinlarimizni qadriga yetaylik!
Download 15.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling