Mavzu: Ona-Vatan


Download 0.87 Mb.
bet1/2
Sana22.11.2019
Hajmi0.87 Mb.
  1   2

1- dars.

Bizning Vatanimiz — O'zbekiston

Mavzu: Ona-Vatan

Maqsad:


a) ta'limiy: o'quvchilarga bizning Vatanimiz O'zbekiston, uning poytaxti Toshkent ekanligi; Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz ekanligi haqida bilim va ko'nikmalar berish;

b) tarbiyaviy: o'quvchilarda Vatanga muhabbat, uni qadrlash va g'urur, iftihor tuyg'ularini tarbiyalash.

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish.

Dars uslubi: bayon etish, suhbat.

Dars jihozi: darslik, rasmli plakatlar, qo'shiqli disklar.

Dars texnologiyasi



Dars elementlari

I

II

III-1

III-2

IV

V

VI

Davomiyligi

1

10

20

10

2

1

1

Texnologik xarita

Mavzu

Ona-Vatan

Maqsad va vazifalar

O'qituvchi: Mavzuni mazmunli yoritish; o'quv- chilar o'zlashtirishiga erishish.

Dars jarayonining borishi

  1. Tashkiliy qism.

  2. Birinchi sinf bilimlari bilan uzviylikka erishish.

  3. Darslikka kirish va mavzu ustida ishlash.

  4. Ijodiy ishlash.

  5. Rag'batlantirish va uy vazifasini berish.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: bayon etish, suhbat. Shakl: frontal, yakka. Vosita: so'z-suhbat.




Nazorat: frontal, yakka kuzatish. Baholash: yakka, javoblardan kelib chiqib.

Kutilayotgan natijalar

O'qituvchi: darsni samarali o'tadi, o'quv- chilarni shu fanga qiziqtira oladi.

O'quvchi: darsga faol qatnashadi, ijodiy fikrlaydi.

Kelgusi rejalar

O'qituvchi: dars o'tishning samarali usullarini tanlaydi.

O'quvchi: uy vazifasini bajaradi, mavzuni puxta o'rganadi

Darsning borishi:

I. Darsni tashkil etish.

II. Kirish suhbati.

O'qituvchi: Qadrli bolajonlarim, biz siz bilan bugundan boshlab ikkinchi yil odob saboqlarini o'rganishni davom ettiramiz. Qani kim eslaydi, o'tgan o'quv yilida nimalar haqida bilim olgan edik? (O'quvchilar birma-bir o'tgan yil saboqlarini eslay boshlaydilar):

— 1- sentabr - Mustaqillik bayrami saboqlarini bildik.

— Davlatimiz ramzlarini o'rgandik.

— Oila, oila a'zolariga mehr-muhabbat tuyg'ulari haqida bildik.

— Salomlashish odobini bildik.

— Maktab qoidalari, kiyinish odobini o'rgandik.

— Kattalarni hurmat qilishni, kichiklarga izzat ko'rsatishni bildik.

— Yigit, qizlar odobini o'rgandik.

— Ilm-hunar haqida saboq oldik.

— O'z salomatligimizni saqlashni o'rgandik.

— Milliy o'yinlarimiz haqida saboq oldik, o'yin odobini o'rgandik.

— Ona tabiatga muhabbat, uni asrashni o'rgandik.

— 9- may — Xotira va qadrlash kuni ekanligi, ziyorat odobini o'rgandik va h.k.

O'qituvchi: Bu yil 2- sinfda odob saboqlarini mana shu darsligimiz o'rgatadi (darslik ko'rsatilib, uning mualliflari haqida ma'lumot beriladi).

III. Yangi mavzu ustida ishlash.

1. Darslik bilan ishlash.

— Darslikning 3-, 4- sahifasida berilgan rasmlar asosida suhbat uyushtiriladi. O'quvchilar 1- topshiriqni shartiga binoan bajaradilar.

— Shu sahifadagi 2- topshiriq sharti bajariladi: Tursunboy Adashboyevning «Vatan — Ona» she'ri o'qilib, she'r mazmuni rasmlar bilan bog'lanadi.

— Tushuntirish matni o'qilib, uning mohiyati o'qituvchi tomonidan ochib beriladi.

(Musiqali dam olish daqiqasi).

— Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» asaridan olingan sitata mazmuni ustida ishlanib, ushbu asar ko'rsatiladi.

— 6- sahifadagi topshiriq o'quvchilar tomonidan bajariladi.

— «Jumboqni yeching» belgisi ostida berilgan boshqotirma yechiladi. Javob: Vatani borning davlati bor.

2. Muammoli savol bilan ishlash.

— Vatandan uzoqqa ketdingiz, deylik. O'zingizni qanday xis qilasiz? (Tez kunda Vatanimni sog'inib qolaman, degan javobga kela bilish lozim). Xulosa: Vatanning har bir qarich yeri inson uchun aziz!

IV. Umumlashtirish va xulosalash.

V. Baholash.

VI . Uyga vazifa:

Darslikning 3-6- sahifalaridagi saboqlarni o'rganish; "Ozod va obod Vatan" mavzusida ijodiy hikoya tuzish.


2- dars.

Mavzu: Ajdodlar merosi — faxr va iftixorimiz

Maqsad:

a) ta'Iimiy: o'quvchilarga mavzu yuzasidan bilim berish;



b) tarbiyaviy: o'quvchilarda ajdodlar merosiga muhabbat tuyg'ularini. tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarni ijodiy fikrlashga, o'rganganlaridan xulosa chiqara olishga o'rgatish.

Dars uslubi: muloqot, innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Dars jihozi: testli kartochkalar, tarqatma materiallar.

Dars texnologiyasi


Dars elementlari

I

II

II-2

II-3

III-l

III-2

IV

V

VI

Davomiyligi

1

3

5

5

18

10

1

1

1

Texnologik xarita



Mavzu

Ajdodlar merosi — faxr va iftixorimiz

Maqsad va vazifalar

O'qituvchi: Mavzuni atroflicha yoritish, darsni o'quvchilar bilan hamkorlikda olib borish, to'liq o'zlashtirishga erishish.

Dars jarayonining borishi

1. Tashkiliy qism.

2. Uy vazifasini tekshirish, testli kartochkalar tarqatma materiallar bilan ishlash.






3. Yangi mavzu ustida ishlash.

4. Topshiriq va savollar bilan ishlash.

5. Umumlashtirish va xulosalash.

6. Baholash.

7. Uyga vazifa berish.


O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: muloqot, innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Shakl: frontal yakka. Vosita: so'rash, so'z, testli kartochkalar, tarqatma materiallar. Nazorat: frontal yakka kuzatish. Baholash: javoblardan kelib chiqib.

Kutilayotgan natijalar

O'qituvchi: o'quvchilarning ijodiy fikrlay olishlariga, o'rganganlaridan xulosa chiqara bilishlariga erishadi.

O'quvchi: darsda faol qatnashadi, ijodiy fikrlaydi, xulosa chiqara biladi.

Kelgusi rejalar

O'qituvchi: o'tilgan darsni tanqidiy tahlil qiladi, o'z ustida ishlaydi.

O'quvchi: mavzuni mukammal o'rga- nadi, uy vazifasini bajaradi.

Darsning borishi:

I. Darsni tashkil etish.

II. O'tgan darsni takrorlash.

1. Testli kartochkalar tarqatib, javob olish.

2. Tarqatma materiallar bilan ishlash.

3. "Ozod va obod Vatan" mavzusida tuzib kelingan hikoyalar eshitiladi, o'quvchilar bilan birgalikda muhokama qilinadi (daftarlar yig'ib olinadi).

III. Yangi mavzu ustida ishlash.

1. Darslik bilan ishlash.

— Darslikning 7- sahifasida berilgan rasmlar asosida suhbatlashilib, ularga berilgan tushuntirish matni o'qiladi. Uning mazmuni ustida ishlanadi.

— 8- sahifada berilgan rasmlar va tushuntirish matni yuzasidan ham shunday ish bajariladi. «Alloma» so'zining lug'aviy ma'nosi beriladi.

Alloma - arabcha so'z bo'lib, eng bilimdon, zo'r olim ma'nosini anglatadi. Ilm-fanning bir yoki bir necha sohasini mukammal egallagan shaxs; qomusiy olim.

— "Mirzo Ulug'bekning sovg'asi" matni va unga berilgan rasm ustida ishlanadi.

2. Yulduzlar olamiga "sayohat" (shu asnoda dam olish lahzasi ham o'tadi).

O'qituvchi: Hozirgi o'rganganlarimizdan foydalanib yulduzlar olamiga "sayohat" qilamiz. Ko'zlaringizni yumgan holda "sayohat"ga otlanasiz. Qani, bolajonlar, bir yulduzlar bilan "suhbatlashib" ko'ring-chi, siz ularga, ular sizga nimalar deyishar ekan? Men sizga 2—3 daqiqa vaqt beraman (past ovozda biror yoqimli kuy qo'yib qo'yiladi).

Topshiriq bajariladi. O'quvchilar javoblari eshitiladi. Namunali javoblar rag'batlantiriladi.

(Eslatma: O'quvchining kichik bir fikri ham, fikr berishga harakat qilishi ham hurmat qilinishi, qo'llab-quwatlanishi shart! Shunda o'quvchi kelgusida o'z fikrlarini tortinmay bayon eta olishga o'rganib boradi).

— Darslik bilan ishlash davom etadi.

8- sahifadagi savol va topshiriqlar ustida ishlanadi.

IV. Umumlashtirish va xulosalash.

V. Baholash.

VI. Uyga vazifa: Mavzuni mukammal o'rganish, matn mazmuni ustida ishlash.

3- dars.

Mavzu: Buyuk ajdodlarimizning ibratli ishlari (Odobnoma, ona tili fanlari uyg'unlashgan dars)

Maqsad:

a) ta'limiy: o'quvchilarda mavzu yuzasidan bilim va ko'nikma, ona tili fanida olgan bilimlari yuzasidan malaka hosil qilish;



b) tarbiyaviy: o'quvchilarda ajdodlar merosini qadrlash, ulaiga hurmat tuyg'ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda intellektual faollikni oshirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish, nutq madaniyatini o'stirish.

Dars uslubi: noan'anaviy.

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, videolavhali tasma.



Dars texnologiyasi

Dars elementlari

I

II-1

II-2

III-1

III-2

III-3

IV

V

VI

Davomiyligi

1

6

6

5

14

10

1

1

1

Texnologik xarita

Mavzu

Buyuk ajdodlarimizning ibratli ishlari

Maqsad va vazifalar

O'qituvchi: Mavzuni mukammal yoritish, dars samaradorligini oshirish, to'liq o'zlashtirishga erishish.

Dars jarayonining borishi

  1. Tashkiliy qism.

  2. O'tilgan mavzu ustida ishlash, uy vazifasini tekshirish.

  3. Yangi mavzu ustida ishlash.

  4. Darslikdagi topshiriq, savollar bilan ishlash.

  5. Umumlashtirish va xulosalash.

  6. Baholash.

  7. Uy vazifasini topshirish.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: noan'anaviy-integrallashgan, video lavhali. Shakl: yalpi. Vosita: fanlararo tahlil. Nazorat: yalpi, yakka kuzatish. Baholash: javoblardan kelib chiqib.

Kutilayotgan natijalar

O'qituvchi: mavzuning mukammal o'zlashtiri- lishiga erishadi, o'quv­chilarning fanga, dars jarayoniga qiziqishini orttiradi.

O'quvchi: darsga qiziqib qatnashadi, ijodiy fikr- laydi, boshqa fanlardan olgan bilimlarini qo'l- laydi.

Kelgusi rejalar

O'qituvchi: kelgusida yana shunday darslarni ko'paytirishga harakat qiladi.

O'quvchi: boshqa fanlarni ham mukammal o'zlash- tirishga intiladi, uy vazi­fasini bajaradi.

Darsning borishi:

I. Darsni tashkil etish.

II. O'tilgan mavzu yuzasidan ishlash.

1. O'tilgan mavzu yuzasidan olingan o'quvchilarning bilimlari savol-javoblar orqali aniqlanadi.

2. Tarqatma materiallar bilan ishlanadi. (Javoblar rag'batlantiriladi).

III. Yangi mavzu ustida ishlash.

1. O'qituvchi oldindan tayyorlab qo'ygan videolavhani namoyish eta-di. Ekranda ajdodlarimizning ibratli ishlaridan lavhalar namoyon bo'ladi.

Savollar:

— Ekranda nimalarni ko'rdingiz?

— Ko'rganlaringizdan qanday saboq oldingiz?

2. Darslik bilan ishlash.

— Darslikning 9-, 10- sahifalaridagi «Husaynning tilagi» matni o'qilib, uning mazmuni ustida ishlanadi.

— Abu Ali ibn Sino o'gitining mohiyati ochib beriladi.

— Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» asaridan berilgan sitata ustida ishlab, o'quvchilarga bu fikrning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntiriladi.

— O'quvchilar darslikning 10- sahifasidagi savollarga javob berib, topshiriqlarni bajaradilar.

3. Ona tili fani bilan uyg'unlashtirish.

"Husaynning tilagi" matnining birinchi xat boshisiga e'tibor qarati-ladi. O'quvchilar oldiga quyidagi vazifalar qo'yiladi:

— Bu xat boshidagi gaplarni o'qing. Nechta gap o'qidingiz?

— Ikkinchi gapni bo'g'in-tovush tomonidan tahlil qiling.

— Ikki bo'g'inli so'zlarni ajratib oling, ularni sanang.

— "Kitob" so'zidagi harflarni alifbo tartibida yozing.

— Bo'g'in ko'chirish uchun bo'linmaydigan so'zlar bormi? Ularni ayting va h.k.

IV. Umumlashtirish va hulosalash.

V. Baholash.

VI. Uyga vazifa: Mavzuni mukammal o'rganib, jumboqlar tuzib kelish.
4- dars. Mavzu: Kitobim — oftobim

Maqsad:


a) talimiy: o'quvchilarda mavzuga oid bilim va ko'nikma hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o'quvchilarda kitobga muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash; kitob o'qish madaniyatini shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda muammoli vaziyatlarda fikr bera olishni shakllantirish, mantiqiy fikrlashga o'rgatish,

Dars uslubi: innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

Dars jihozi: darslik, qo'shimcha adabiyotlar, testli kartochkalar, tarqatma materiallar.

Dars texnologiyasi



Dars elementlari

I

II-1

II-2

II-3

III-1

III-2

III-3

IV

V

VI

Davomiyligi

1

3

4

2

10

10

10

3

1

1

Texnologik xarita

Dars jarayonining borishi

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish, o'tilgan mavzu yuzasidan olingan bilimlarni aniqlash.

  3. Yangi mavzu ustida ishlash.

  4. Umumlashtirish va xulosalash.

  5. Baholash.

  6. Uyga vazifa berish.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: innovatsion texnologiyalar ("aqliy hujum"). Shakl: frontal, yakka. Yosita: so'z; Nazorat: yakka kuzatish, frontal. Baholash: javoblardan kelib chiqib.

Kutilayotgan natijalar

O'qituvchi: darsni maroqli o'tadi, sama- radorlikka erishadi, o'quvchilarda fanga qiziqish uyg'otadi.

O'quvchi: o'ylaganini ayta bilish malakasi ortadi; she'r, matnlarni ongli tahlil qilishga intiladi.

Kelgusi rejalar

O'qituvchi: yangi-yangi usullarni qo'llashga intiladi.

O'quvchi: ko'p kitoblar o'qishga intiladi, uy vazifasini bajaradi.

Darsning borishi:

I. Darsni tashkil etish.

II. O'tilgan dars yuzasidan olingan o'quvchilar bilimlarini aniqlash:

1. Testli kartochkalar tarqatilib, javoblar olinadi.

2. Tarqatma materiallar bilan ishlanadi.

3. O'quvchilar tuzib kelgan jumboqlar bilan tanishib chiqib, mazmunli ishlar rag'batlantiriladi.

III. Yangi mavzu ustida ishlash.

1. "Aqliy hujum".

O'qituvchi: Siz kitob do'koniga kirdingiz, deylik. Maqsadingiz, o'qish uchun kitob tanlab olish. Do'kon xilma-xil kitoblarga juda boy. Unda "Badiiy adabiyotlar", "Tibbiyot", "Qishloq xo'jaligi", "Ovchilik", "Kasbga oid adabiyotlar" va h.k. bo'limlar bor. O'ylanib qoldingiz: Qanday kitob olsam ekan?

Savol: Siz qaysi bo'limga yaqinlashasiz, u bo'lim nima deb ataladi va qanday kitob harid qilasiz?

(Javob: "Bolalar adabiyoti" bo'limidan o'zimga yoqqan bolalar shoiri va yozuvchilarining kitoblaridan olaman).

Savol: Bolalar shoiri va yozuvchilaridan kimlarni bilasiz?

2. Darslik bilan ishlash.

— Darslikdagi rasm asosida kitoblarga bo'lgan ikki xil munosabat muhokama qilinadi.

— Darslikdagi matn mazmuni tushuntiriladi.

— "Kitob" (A. Turdiyev) she'rining mazmuni o'rganiladi. (Dam olish lahzasi).

— Topishmoq javobi topiladi: kitob. 3. Qo'shimcha adabiyot bilan ishlash.

O'qituvchi: Obid Rasulning quyidagi she'rini o'qib beradi, she'r o'quvchilar bilan muhokama qilinib, davr bilan bog'lanadi:

Kitob

Darslik kitob qo'lingda, Berilgandir u senga. Yirtma ko'zday asragin, Kerak ukang Erkinga.



Erkin ham but yuritsa, Muallim xursand bo'lar. Kitobga mehri ko'pni, Sinfdoshlar xush ko'rar.

Kitobing qo'ldan-qo'lga, O'tib borsa top-toza. Undan ko'plar shodlanib, Olishadi andoza.

Kitob — bilim manbayi, Bu barchaga ayon — haq. Kitob o'qib yashasang, Umring o'tar xushchaqchaq.

IV. Umumlashtirish va xulosalash.

V. Baholash.

VI. Uyga vazifa: "Kitobim — oftobim" mavzusida kichik matn tuzing.


5- dars Mavzu: Takrorlash

Maqsad:


a) ta'limiy: o'quvchilar bilimini baholash;

b) tarbiyaviy: o'quvchilarda Vatanga muhabbat va ajdodlarimiz merosidan faxrlanish tuyg'ularini o'stirish;

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda test bilan ishlashga oid ilk ko'nikmalarni tarkib toptirish.

Dars uslubi: an'anaviy dars.

Dars jihozi: metodik qo'llanma.

Dars texnologiyasi



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

1

4

10

25

3

2

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Takrorlash

Maqsad va vazifalar

O'qituvchi: o'quvchilarning o'tilgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash va baholash.

Dars jarayonining borishi

Tashkiliy qism.

O'tilgan mavzular yuzasidan qisqa savol-javob o'tkazish.

Test yozishga qo'yiladigan talablar haqida tushun-

cha berish.

Test olish.

Darsni yakunlash.

Uy vazifasi topshirish.


O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: an'anaviy. Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: nazorat dars. Vosita: darslik. Nazorat: frontal.

Kutilayotgan natijalar

O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.

O'quvchi: o'tilgan mav­zular haqida yaxlit tu- shunchaga ega bo'lish.

Kelgusi rejalar

O'qituvchi: o'tilgan mavzular yuzasidan o'quvchilar bilimining uyg'unligini ta'min- laydi.

O'quvchi: odob-axloq haqida mukammal tu- shunchaga ega bo'lish.

Darsning borishi:

I. Darsni tashkil qilish.

II. O'tilgan mavzular yuzasidan suhbat o'tkazish.

III. O'quvchilarni test ishlariga qo'yiladigan talablar bilan tanishtirish.

IV. Quyidagi test asosida nazorat ishi o'tkaziladi:

1. O'zbekistonning poytaxti qayer?

a) Toshkent;

b) Namangan; d) Farg'ona.

2. «Vatan — Ona» she'rining muallifi kim?

a) Anvar Obidjon;

b) Tursunboy Adashboyev; d) Tolib Yo'ldosh.

3. Abu All ibn Sino qayerda tug'ilgan?

a) Afshona qishlog'ida;

b) Samarqandda; d) Xivada.

4. Abu Ali ibn Sino Nux ibn Mansurdan nima so'raydi?

a) boylik;

b) kiyim;

d) kutubxonadan foydalanishga ruxsat.

5. Kitobda hamisha nima bo'lishi kerak?

a) xatcho'p;

b) qalam; d) ruchka.

6. Kitob o'qiganda yorug'lik qaysi tomondan tushishi kerak?

a) chap tomondan;

b) o'ng tomondan; d) to'g'ridan.

7. «Kitob» she'rining muallifi kim?

a) Kavsar Turdiyeva;

b) Yo'ldosh Sulaymon; d) Abdulla Turdiyev.

Javoblar:

1- a; 4 - d;

2- b; 5 - a;

3– a; 6 - a;

7 - d;


V. Darsni yakunlash.

VI. Uyga vazifa: O'tilgan mavzular yuzasidan maqollar topib kelish (6 ta).


6- dars.

Ota-ona — aziz va mo'tabar (noan'anaviy dars)



Maqsad:

a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga ota-onaning aziz va mo'tabarligi, Vatan oiladan boshlanishi haqida ma'lumot berish;

b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda oilaga g'amxo'rlik hissini shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarda oilaviy hamjihatlik, oilaga hamxo'rlik haqida barqaror tushunchalarga ega bo'lish va topqirlik qobiliyatini rivojlantirish.



Darsning turi: sinf-dars.

Darsning uslubi: interfaol dars.

Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar.

Darsning texnologiyasi



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

Davomiyligi

5

2

5

5

5

10

3

5

3

2

Texnologik xarita

Mavzu

Ota-ona — aziz va mo'tabar

Maqsad va vazifalar

O'qituvchi: o'quvchilarda oila va ota-onaning mo'tabar va muqaddasligi haqidagi tushunchani tarkib toptirish.

Dars jarayonining borishi

«Chaqiriq» bosqichi: yangi mavzu haqida qisqacha ma'lumot berish.

«Anglash» bosqichi: darslikdagi rasmlarning o'zaro qiyosiy tahlili.

Darslikdan «Farzandning burchlari» o'gitini o'qish. Darslikdan «Buni bilib oling» shartli belgisi orqali berilgan matnni o'qish. Savol-javob.



«Fikrlash» bosqichi: didaktik o'yin. «Oila» haqida qo'shiq tinglash. Rebus ustida ishlash. Uyga vazifa topshirish.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: noan'anaviy. Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: didaktik o'yin. Vosita: darslik, rasm. Nazorat: frontal, yakka.

Kutilayotgan natijalar

O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.

O'quvchi: oila va ota- onaga g'amxo'rlik ko'rsa- tishni anglaydi.

Kelgusi rejalar

O'qituvchi: mavzuning keyingi mavzu bilan uyg'unligini ta'minlaydi.

O'quvchi: oilaning shax- siy hayotidagi ahamiya- tini anglaydi.

Darsning borishi:

I. O'tgan mavzuni mustahkamlash uchun o'quvchilar bilan kitob o'qish madaniyati haqida suhbat o'tkazish;

II. «Chaqiriq» bosqichi. Yangi mavzu yuzasidan qisqacha ma'lumot berish (o'qituvchining badiiy kirish so'zi);

III. «Anglash» bosqichi. Mavzu yuzasidan berilgan rasmlar va unga ilova qilingan savol-topshiriqlar asosida suhbat o'tkazish. O'quvchilar e'tiborini rasmlarning o'zaro qiyosiy tahliliga yo'naltirish va oilaga g'amxo'rlik haqida mustaqil xulosa chiqarishga sharoit yaratish lozim.

IV. Darslikdan «Farzandlik burchlari» o'gitini o'qish; unga ilova qilib berilgan savol topshiriqlarni bajarish; lug'at ustida ishlash.

V. Darslikdan Umarali Qurbonovning «Oyijonim» sherini o'qish; mazmuni ustida ishlash.



VI. «Fikrlash»bosqichi (guruhlararo musobaqa shaklida). Didaktik o'yin o'tkazish: o'quvchilarning «Oilaga g'amxo'rlik» tushunchasi haqidagi bilimlarini klaster metodi orqali aniqlash:


VII. Dam olish daqiqasi: «Oila» haqida qo'shiq tinglash;

VIII. Darslikdan jumboqni yechishga oid rebus ustida ishlash (javob: yurak)

IX. Darsni yakunlab, o'quvchilar bilimini rag'batlantirish.

X. Uyga vazifa:

U.Qurbonovning «Oyijonim» she'rini va maqollarni yod olish.
Mavzu:_Kattalar_mehnatini_qadrlang__Maqsad'>7- dars

Mavzu: Kattalar mehnatini qadrlang

Maqsad:

a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga kattalar mehnatini qadrlash haqida ma'lumot berish;

b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda kattalar mehnatini qadrlash hissini shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarda kattalar mehnatini qadrlash haqida barqaror tushunchalarga ega bo'lish va topqirlik qobiliyatini rivojlantirish.

Darsning turi: sinf-dars.

Darsning uslubi: an'anaviy (ayrim interfaol metodlar qo'llangani holda).

Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar.

Darsning texnologiyasi



Dars elementlari

1

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

Davomiyligi

5

7

5

5

10

5

5

3

Texnologik xarita

Mavzu

Kattalar mehnatini qadrlang

Maqsad va vazifalar

O'qituvchi: o'quvchilarda kattalar mehnatini qadrlash haqidagi tushunchani tarkib toptirish.

Dars jarayonining borishi

O'quvchilardan inson uchun eng aziz go'shalar nimalar ekanini so'rash.

Darslikdan «Buni bilib oling» shartli belgisi orqali

taqdim etilgan matnni o'qitish.

Didaktik o'yin.

Matnni ifodali o'qish.

O'quvchilar bilimini baholash.

Uyga vazifa topshirish.

Darsni yakunlash.



O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: an'anaviy (ayrim interfaol metodlar qo'llangani holda). Shakl: sinf-dars. Texnologik usul: didaktik o'yin. Vosita: darslik, rasm. Nazorat: frontal, yakka.

Kutilayotgan natijalar

O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.

O'quvchi: kattalar meh­natini qadrlashning za- rur ekanligini anglash.

Kelgusi rejalar

O'qituvchi: o'tilgan mavzuning keyingi mavzu bilan uyg'unligini ta'minlaydi. O'quv­chilarda oila va ota-onani qadrlash tuyg'usini tarkib toptiradi.

O'quvchi: kattalar meh­natini qadrlashning aha- miyatini anglaydilar.

Darsning borishi:

I. O'qituvchi o'quvchilardan inson uchun eng aziz narsalar haqida so'raydi. O'quvchilar kattalar mehnatini qadrlash haqida o'z fikrlarini aytadilar.

II. Yanga mavzu. O'qituvchi o'quvchilarga darslikdan "Buni bilib oling" belgisi bilan berilgan matnni o'qitib, kattalar mehnatini qadrlashning zarurligini ta'kidlaydi.

III. Didaktik o'yin: mehnatni qadrlash mazmunini ifodalovchi tushunchalarni ketma-ket aytish: masalan, ota-onaga hurmat, kattalarga shafqat, kattalarga marhamat, kattalarning so'zini yerda qoldirmaslik va b.

IV. Dam olish daqiqasi: «Mehnat» haqida qo'shiq tinglanadi.

V. Matnni ifodali o'qish. «Dilbar» matni, rasm hamda ulaiga ilova qilib berilgan savollar asosida suhbat o'tkaziladi.

VI. Dars yakunlanib, o'quvchilar bilimi rag'batlantiriladi.

VII. Uyga vazifa:

«Dilbar» hikoyasidan kelib chiqib, davomini o'zicha tasawur qilgan holda xulosa yozib kelish.
8- dars Mavzu: "Yozma ish"

Maqsad:


a) ta'limiy: o'quvchilarning yozma nutq savodxonligini o'stirish;

b) tarbiyaviy: o'quvchilarni ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda yozma nutq ko'nikmalarini o'stirish.

Dars uslubi: an'anaviy dars.

Dars jihozi: metodik qo'llanma.

Dars texnologiyasi



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

1

4

10

25

3

2

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Takrorlash

Maqsad va vazifalar

O'qituvchi: o'quvchilarning o'tilgan mavzular yuzasidan bilimlarini mustahkamlash va baholash.

Dars jarayonining borishi

Tashkiiiy qism. Matn mazmuni bilan tanishtirish.

Matnni qayta hikoya qildirish.

Yozma ish olish.

Darsni yakunlash.

Uy vazifasi berish.


O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: an'anaviy. ShakI: sinf-dars. Texnologik usul: nazorat dars. Vosita: darslik. Nazorat: frontal.

Kutilayotgan natijalar

O'qituvchi: darsning maqsadiga erishish.

O'quvchi: mavzu bo'yicha yaxlit tushuncha olish.

Kelgusi rejalar

O'qituvchi: o'quvchilar bilimining uyg'unligini ta'minlaydi.

O'quvchi: odob-axloq haqida mukammal tu- shunchaga ega bo'lish.

Darsning borishi:

I. Darsni tashkil qilish.

II. O'tilgan mavzular yuzasidan suhbat o'tkazish.

III. O'quvchilarni yozma ishga qo'yiladigan talablar bilan tanishtirish.

IV. Quyidagi yozma ish matni asosida nazorat ishi o'tkaziladi:

Ota-onaga hurmat odobi

Ota-onaga nisbatan hurmat, hech shubhasiz, muqaddas tuyg'udir.

Ota-onaga hurmat — bu ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan odatlarimizdan biridir. O'tmishda ota-bobolarimiz oilada farzandlariga qattiq tarbiya berganlar. Farzandlar ota-onasining ko'ziga tik boqmaganlar, ota-onaga qarab baqirib gapirmaganlar.

Agar ota-bobolarimizdan qolgan bu odatga amal qila bilsak, ota-onam hurmatini saqlay oldik, deb ayta olgan bo'lar edik.

V. Darsni yakunlash.

VI. Uyga vazifa: ota-onaga hurmat haqida maqollar topib kelish.
I BO'LIM YUZASIDAN QO'SHIMCHA MATERIALLAR

O'quvchilar bilimini nazorat qilishga qaratilgan test topshiriqlari

1. Ertaklar ...

a) ezgulikka yetaklar;

b) kelajakka olib borar; d) yaxshilikka chorlar.

2. Kitobni qay tarzda o'qish sog'liqqa zararli?

a) turib;

b) yotib;

d) so'zlashib.

3. Oila mustahkamligining asosi nimada?

a) to'qlikda;

b) boylikda; d) inoqlikda.

4. Kiygan kiyiming, yeyayotgan taomingda kimlarning hissasi bor?

a) ota-onamning, tikuvchining, oshpazning;

b) ota-onamning, tikuvchining, oshpazning, dehqonning, sotuvchining;

d) ota-onamning, tikuvchining, oshpazning, dehqonning.

5. Ota-ona va oila a'zolari bilan inoq bo'lish uchun nima qilish kerak?

a) ularga xushmuomala va g'amxo'r bo'lish kerak;

b) ularga muloyim gapirish kerak; d) ularni kuldirish kerak.

6. Hadisni davom ettiring. Kimki farovon hayot kechiray va dunyoda yaxshi nom qoldiray desa,...

a) o'rtoqlariga xushmuomala va g'amxo'r bo'lishi kerak;

b) ota-onasi va qarindosh-urug'lariga mehribon bo'lsin;

d) ota-onasi va qarindosh-urug'lariga xushmuomala bo'lsin.

Javoblar:

1- a; 2- b; 3-d; 4 - b; 5 - a; 6 - b.

Iqtidorli o'quvchilar uchun materiallar

Jumboq-krossvordni to 'Idiring. Unda qaysi shaharlarimiz nomi yashirilganini toping.

Savollar:

1. O'zbekistonning poytaxti...;

2. Xorazmdagi obidalar shahri;

3. Registon ansambli bilan dunyoga mashhur shahar.

Javoblar:

1- a; 2- b; 3-d; 4 - b; 5 - a; 6 - b.

Iqtidorli o'quvchilar uchun materiallar

Jumboq-krossvordni to'ldiring. Unda qaysi shaharlarimiz nomi yashirilganini toping.

Savollar:

1. O'zbekistonning poytaxti...;

2. Xorazmdagi obidalar shahri;

3. Registon ansambli bilan dunyoga mashhur shahar.



O'qiganlaringizdan xulosa chiqaring.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling