Mavzu: O'quvchilar shaxsini har tomonlama


Download 285.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi285.71 Kb.
#1469523
TuriReferat
Bog'liq
Aliboyev Baxtiyor(ytqk



XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
YOZISH VA TAQDIMOT QILISH KONPETENSIYASI
FANIDAN
Mavzu:O'quvchilar shaxsini har tomonlama
kamol toptirish
Bajardi: Baxtiyor Alibayev
NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY
Referat
Referat
Referat


Mavzu:O'quvchilar shaxsini har tomonlama kamol
toptirish
Reja
:
1.Barkamol shaxsning axloqiy qiyofasi
2.O'quvtarbiya jarayonida oquvchilarda axloqiy
fazilatlarini
shakllantirish
3.Komil insonni voyaga etkazishda boshlangich ta'lim
1. Tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish
maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taaluqli ko`pgina
tarkibiy qismlarni o`z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy
jamiyat tomonidan ta`lim muassasalari oldiga har tomonlama
barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash
vazifalari bilan belgilanadi. Bu boradagi vazifalar yosh avlodni
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash. Vatan
ravnaqi xalq farovonligi yo`lida faoliyat olib boruvchi shaxslarni
tarbiyalash, ularni bu kurashga jalb ettirish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu g`oyaga tayangan holda. Tarbiya qonuniyatlariga muvofiq
tarbiya metodlaridan foydalanib ish ko`rish lozim bo`ladi. Tarbiya
metodlari yunoncha («metodos»- yo`l)-bu o`qituvchi(tarbiyachi) va
jamoa tomonidan g`oyaviy va ma`naviy e`tiqodlarini, ma`naviy his-
tuyg`u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida qo`llaniladigan


shaxsga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish usullari demakdir. Tarbiya
metodlari
o`quvchi(tarbiyalanuvchilar)ning
o`z
shaxsini
takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil etishni nazarda
tutadi. Shu bois hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya metodlari
o`qituvchi va o`quvchilarning tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga
qaratilgan o`zaro bog`langan, birgalikdagi faoliyati usuli sifatida
qarab chiqiladi. O`quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta`sirga turlicha
munosabatda bo`ladilar. Bu ularning individual xususiyatlariga,
tarbiyalangalik darajasiga. Tarbiya metodlarining qay darajada
o`rinli va samarali tanlangani hamda mohirona qo`llanilganligiga
bog`liq. Tarbiya metodlarini to`g`ri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy
hal qilishda, o`quvchilarning o`z-o`zini tarbiyalash va faoliyatini
rag`batlantirishda yordam beradi. Tarbiyaviy natijalarga erishishni
istagan har bir o`qituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning
mohiyati puxta o`zlashtirishib olish maqsadga muvofiqdir.
2. Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar
tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama
rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy
taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota
-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila
kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga
tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga
qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh
va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni
kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik
sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning
aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham
shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi,


ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq
nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining
koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar,
rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka
-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli
qurolidir.
3. Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib,
tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil e’tish masalalarini
o’rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va
xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U
o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, e’’tika,e’tsetika,
fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi
pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari,
ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan u’zviy bog’langandir.
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy.
ahloqiy, irodaviy e’tsetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga
ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o’sgan
sari bu faoliyatlar takomillashadi, mutsaxkamlashadi.
4. O’sib kelayotgan avlodning jamiyat normalarini to’la qonli
qabul qilishi, o’z davrining yaxshi va kerakli kishisi bo’lib etishishi
oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan o’rnatadigan to’g’ri
munosabatlari bevosita bog’liq. Ijtimoiylashuv jarayonida
maktabgacha ta’lim muaasasalarining o’rni alohida ahamiyat kasb
etadi. CHunki maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlari
bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bo’ladi va
ular maktab ma’muriyatidan fraqli ikki xil funktsiyani bajaradi:
rasmiy va norasmiy. Undan tashqari, tarbiyachining o’zi ota-onaga


nisbatan ikki xil holatda bo’ladi – rasmiy tarbiyachi va samimiy,
e’tiborli suhbatdosh tarzida. Lekin oila a’zolari bilan maktabgacha
ta’lim muaasasalarining xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi
ishlarini uyg’unlashtirish, yaxshi samaraga erishish unchalik oson
ish emas. CHunki ikkala tomon bir-biriga ishongan taqdirdagi ular
o’rtasida samimiy muloqot bo’lishi va tarbiyada ijobiy natijalarga
erishish mumkin.
5. Aqliy tarbiya-aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat
tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning
uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish,
tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi
jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Axloqiy tarbiya- „Axloq“,
„xulq“ va „atvor“ so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham
o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Mehnat tarbiyasi- mehnat tarbiyasi
oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy
bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib,
hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Estetik tarbiya.
Hayotda tabiat go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni,
bolalarning kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun
juda boy material beradi. Ekologik tarbiya- Davr talabiga ko‘ra, yana
boshqa yo‘nalishda ham ish olib borish talab etilmoqda. U ham
bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir. Huquqiy tarbiya—bu shaxsga
nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor
xulqatvor ko‘nikmalari va odatlarni shakllantiruvchi uyushgan, aniq
maqsadni ko‘zlagan ifodasidir.
6. O‘sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining
xususiyatlari yangi jamiyatning o‘z xarakteri, turmush tarziga
asoslanadi. Ularning tamoyili jihatdan yangi, yanada murakkab


muammolarni hal etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy
tarbiya yosh avlodni kamol toptirishning samarali vositasi sanaladi.
Yuqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning yaxlit
tizimi quyidagilardan iboratligini ifodalaydi:
Birinchidan, huquqiy tarbiya subyektlariga: davlat idoralari,
jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari, mansabdor shaxslar va
boshqalar kiradi.
Ikkinchidan, huquqiy tarbiya obyektlariga: mansabdor shaxslar,
fuqarolar, ichki ishlar idoralari xodimlari kiradi.
Uchinchidan, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta’lim,
huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlari kiradi.
To‘rtinchidan,
huquqiy
tarbiya
shakllariga:
ma’ruzalar,
seminarlar, suhbatlar, viktorinalar kiradi.
Beshinchidan,
huquqiy
tarbiya
metodlariga:
ishontirish,
rag‘batlantirish, majburlash kabilar kiradi.
Oltinchidan, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio,
televideniya, adabiyot va san’at asarlari, ko‘rgazmali tashviqot
hamda targ‘ibot vositalari kiradi.
XULOSA
Bugungi kunda respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimining barcha
bo‘g‘inlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini samaradorligini
oshirish, har tamonlama etuk, barkamol shaxsni voyaga etkazish


dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida ma’naviy-axloqiy
fazilatlarni shakllantirish usullari yuzasidan olg‘a surgan tadqiqot
farazimiz o‘z isbotini topdi va biz ushbu muammo bo‘yicha
izlanishlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik.
Keyingi yillarda pedagogik tadqiqot mavzulari asosan ta’lim jarayoni,
o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari, axborot texnologiyalarini
ta’lim jarayoniga qo‘llash muammolari ustida izlanish ishlari
olib
borilayotgan
bo‘lsada,
ma’naviy-axloqiy
tarbiya
masalalariga ham e’tibor qaratila boshlandi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir tadqiqot ishlari katta yoshdagi
o‘quvchilar va talabalarga yo‘naltirilgan bo‘lib, kichik yoshdagi
o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllan-tirishning o‘ziga xos
xususiyatlari, uni amalga oshirishning samarali vosita va usullari
to‘laqonli o‘rganish zarurati tug‘ilmoqda.
Kichik
maktab
yoshidagi
o‘quvchilarda
axloqiy
fazilatlarni
shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi vosita, omil va
usullar borasida etarlicha tajribalar mavjud. Xalqimiz bola
tarbiyasi sohasida kattagina tajribaga, boy ma’naviy-axloqiy
qadriyatlarga, an’analarga, tarbiyaning milliy usullari va
vositalariga ega.
Barkamol shaxsni shakllantirishda axloqiy tarbiya markaziy
o‘rinlarda turadi. Bugungi kunda tarbiyaning bosh maqsadi - xar
tomonlama etuk, barkamol shaxsni shakllantirishdir. Ushbu
maqsadiga erishish uchun milliy-mafkuraviy, xuquqiy, aqliy,
axloqiy, mehnat, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy tarbiya
vazifalarini amalga oshirish lozim.


Axloq – ijtimoiy ongning muhim bir shakli bo‘lib, ijtimoiy hayotning
hamma sohalarida insonning xulq-atvorini tartibga solib
turadigan prinsiplar, talablar, me’yorlar va qoidalar majmuidir.
Axloqda jamiyatda tarkib topgan «yaxshilik»,
«sharaf»,
«vatanparvarlik», «vijdon», «adolat», «to‘g‘rilik», «halollik»,
«poklik» singari tushunchalarning barchasi ham baholanuvchi
xarakterga ega.
O‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashning bosh maqsadi - ularda
jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni, mehnatga,
atrofdagi
kishilarga
va
o‘z-o‘ziga
nisbatan
axloqiy
munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. Zero, kishining
tarbiyalangan-lik darajasi uning munosabatlarida, ya’ni his-
tuyg‘u, tushunchalarida, xatti-haraktlarida namoyon bo‘ladi.

Download 285.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling