Mavzu: Organizmda energiya va issiqlik almashinuvi fiziologiyasi


Download 168.52 Kb.
Sana11.11.2021
Hajmi168.52 Kb.


Mavzu: Organizmda energiya va issiqlik almashinuvi fiziologiyasi


  • Reja :

  • 1. Energiya almashinuvi.

  • 2. Energiya sarfini tekshirish usullari.

  • 3.Asosiy almashinuv.

  • 4. Issiqlik almashinuvi




Energiya almashinuvi.

  • Organizmda barcha fiziologik funktsiyalarining bajarilishida, jismoniy ish qilishda energiya sarflanib turadi. Yurak, buyrak va muskullar ichiga bir sutkada sarflangan energiya 100 l suvni qaynatishga yetishi mumkin. Shuning uchun organizm hayotini saqlab qolishi uchun sarf bo`lgan energiya o`rnini to`ldirib turish kerak, bu oziq moddalar hisobiga bo`ladi.

  • Organizmda bioximiyaviy parchalanish yo`li bilan ovqat tarkibidagi potentsial energiya ximiyaviy, issiqlik, mexanik va boshqa energiyalarga aylanishi mumkin. Qabul qilingan energiya bilan sarf bo`lgan energiya orasidagi bog`liqlik energetik balans deyiladi. Ovqat moddalarning parchalanishidan ajralgan energiyaning 67% i bevosita biologik ish bajarish uchun sarflansa, qolgan 33% i tana temperaturasini bir me`yorda ushlab turish uchun sarflanadi.

  • Bu sohada bir necha usullar mavjud bo`lib, eng ko`p tarqalgani vositasiz va vositali kolometriyadir. Vositasiz kolometriya sarflangan energiyaning issiqlik ifodasidir. Birinchi kolorimetr 1893 yilda V.V.Pashutin laboratoriyasida ixtiro qilingan.







Energiya sarfini tekshirish usullari.

  • Vositali kolorimetriya printsipini I.M.Sechenov, D.G.Duglaslar ishlab chiqqan bo`lib, ajralgan energiya miqdori sarflangan O2 va ajralib chiqqan SO2 ga nisbatan hisoblanadi.

  • Qancha ko`p energiya sarflansa, shuncha ko`p kislorod o`zlashtirilib, karbonat angidrid chiqariladi va shunga yarasha qaytarilish-oksidlanish reaktsiyalari kuchliroq boradi.



Asosiy almashinuv

  • Kishi och bo`lib nisbiy tinch turganida va muhit temperaturasi 20-22oS bo`lganidagi almashinuv asosiy almashinuv deyilib, katta odamlarda bu miqdor 1kg vazniga nisbatan 1soat davomida 1kkal. ga teng.

Asosiy almashinuv

  • 70 kg vaznli odamda asosiy almashinuv 1 sutkada 1680 kkal ga teng. Bu to`qimalardagi oksidlanish protsesslarining intensivligiga bog`liq.

Asosiy almashinuv energiyasi asosan ichki organlar ishini taminlash uchun sarflanadi

  • Vitaminlar organik birikma bo`lib, o`simlik va hayvon organizmida uchraydi. Ular moddalar almashinuvining normal kechishida muhim rol o`ynaydi. Vitaminlarning gormon va fermentlardan farqi ularni ko`pchiligi organizmda sintez qilinmaydi.

Vitaminlar va ularni bola organizmi uchun ahamiyati.

  • Shuning uchun ularni doimiy ravishda ovqat bilan qabul qilib turish kerak. Organizmda vitamin yetishmasligidan avitaminoz kasalligi paydo bo`ladi, bazi bir fermentlarning sintezlanishi to`xtaydi, natijada og`ir kasalliklar (tsinga, raxit, shapko`rlik va hokazo) paydo bo`ladi. Vitaminlar bolalar organizmining normal o`sishi va rivojlanishida juda muhim ahamiyatga ega.

ISSIQLIK ALMASHINUVINI

Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizimda uning o’zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo’lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalning kimiyoviy,mehanik,termik o’zgarishi natijasida ulardagi potentsial energiya issiqlik,mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo’lgan energiya hisobiga to’qimalarva organlar ish bajaradi,hujayralar ko’payadi, ularning eskirgan tarkibiy qisimlari yangilanadi yosh oganizim o’sadi va rivojlanadi.Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi taminlanadi Shunday qilib, moddalar va energiya almanashinuvi bir biriga chambarchas bog’liq. Tirik organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etibturadi, yani moddalar va energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Tirik organizmning fiziologik hususiyati bo’lgan bu jarayonlar materiya va energiyaning saqlanish qonuni asosida o’tadi. Bunda moddalar va energiya yo’qolmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga aylanadi.

Organizm hujayralarining yangilanishi, o’sishi faqatgina organizmga tinimsiz ravishda kislorod va to’yimli moddalar tushib turgandagina amalga oshishi mumkin. To’yimli moddalar – bular organizmni tarkibiy qismlari hosil bo’ladigan asosiy plastik materiallardir.

Organizmning yangi hujayralari hosil bo’lishi uchun, ularning tinimsiz yangilanishi, yurak, oshqozon-ichaklar trakti, nafas organlari, buyraklarni ishlashi uchun, hamda odamlar tomonidan maxsus va zarur ishlarni bajarishi uchun energiya zarur. Odam bu energiyani moddalar almashinuvi jarayonida yuz beradigan oksidlanish va parchalanishi reaksiyalari hisobidan oladi.



Shunday qilib organizmga tushuvchi to’yimli moddalar faqatgina plastik qurilish materiali bo’lib qolmasdan balki hayot uchun zarur bo’lgan energiya manbai bo’lib ham xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyot

Nuritdinov E.N. Odam fiziologiyasi. Toshkent, «Aloqachi», 2005.

Azimov I. Sobitov Sh. Sport fiziologiyasi. – Toshkent, 1993. 250 b.

Sh.Qurbonov, A.Qurbonov. Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari. Toshkent, 2003.

www.Ziyonet.uz.

www.bestreferat.ru
Download 168.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling