Mavzu: orol dengizining qurishi oqibatida kelib chiqayotgan ekologik muammolar


Download 276.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.11.2023
Hajmi276.16 Kb.
#1750129
  1   2
Bog'liq
OROL DENGIZINING QURISHI OQIBATIDA KELIB CHIQAYOTGAN EKOLOGIK MUAMMOLAR



MAVZU: OROL DENGIZINING QURISHI OQIBATIDA KELIB 
CHIQAYOTGAN EKOLOGIK MUAMMOLAR 
REJA: 
I.KIRISH 
II.ASOSIY QISM
1.Orol dengizi muammosi. 
2.Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv resurslaridan adolatli va oqilona 
foydalanish masalalari. 
3.Orol dengizining ekologik ahvoli. 
4. Orol taqdiri – olam taqdiri.
5. “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha 
hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi Xalqaro konferensiya 
III.XULOSA. 
IV.FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
 
 



Orol dengizi muammosi
Hozirgi zamonning eng yirik global ahamiyatga ega ekologik fojeasi, Markaziy 
Osiyo mamalakatlari va uning 60 millionlik xalqini tashvishlantirib kelayotgan Orol 
dengizi muammosining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar salbiy oqibatlari 
mintaqaning barqaror rivoji, genofondi va kelajak avlodiga tog’ridan-tog’ri tahdid 
manbai bo’lib kelmoqda. Orolbo’yi muammosi bevosita Turkmaniston, Qozog’iston va 
O’zbekiston, hamda bilvosita Tojikiston va Qirg’iziston hududlarini qamrab oladi.
Orolbo’yi hududi o’zining xilma-xil hayvonot va o’simlik dunyosiga ega bo’lib, 
ushbu havzada 38 turdagi baliq va kamyob hayvonlar mavjud bo’lgan. Jayronlar 1 
million boshgacha, flora 638 turdagi kamyob osimliklarni tashkil etgan.
Orol dengizi 1960 yilgacha eng yirik yopiq suv havzalaridan biri bo’lgan, hududi 
68,9 ming kv. km, suv miqdori 1083 kub km, uzunligi 426 km, kengligi 284 km va eng 
chuqur joyi 68 metrni tashkil qilgan.
Orol dengizi mintaqa iqtisodining rivoji, sanoati, aholining ish bilan bandligi va 



barqror ijtimoiy infratuzilmani shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Avval 
ushbu dengiz baliq yetishtirish bo’yicha dunyodagi ilg’or maskanlaridan biri 
hisoblangan bo’lib, Orolbo’yi havzasidagi yillik baliq ovlash hajmi 30-35 ming tonnani 
tashkil qilgan. Orol dengizi qirg’oqlarida yashovchi aholining 80 foizidan ko’prog’i 
baliq ovlash va baliq mahsulotlarini tayyorlash va yetkazish bilan band bo’lgan. 
Amudaryo va Sirdaryo deltalarining unumdor yerlari, hamda serhosil yaylovlari 100 
mingdan ziyod odamlarning chorvachilik, parrandachilik bilan mashg’ul bo’lishini, 
hamda ularning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishlarini ta’minlagan.
Shuningdek, Orol dengizini havzaning iqlimini tartibga solishdagi, hamda butun 
mintaqada ob-havoning keskin o’zgarishini yumshatishdagi vazifasi aholi turmushi 
sharoitlariga, qishloq xo’jaligi va ekologiyaga ijobiy ta’sir ko’rsatardi. Qish faslida 
mintaqaga kirib keladigan ulkan havo oqimi iliq, yoz faslida esa Orol dengizi 
akvatoriyasida iqlim salqin holatda bo’lgan.
Orol dengizi muammosi XX asrning 60-yillarida mintaqadagi ikki yirik 
transchegaraviy daryolar Amudaryo va Sirdaryo suv resurslaridan o’ylamasdan 
foydalanish natijasida paydo bo’ldi va ulkan tahdid manbaiga aylandi. Ushbu ikki 
daryodan Orol dengiziga har yili 56 kub. km suv quyilgan. Aholining sezilarli tarzda 
ko’payishi, urbanizatsiya, yerlarning shiddat bilan o’zlashtirilishi, ekologik oqibatlarni 
o’ylamasdan Orol dengizi havzasida yirik gidrotexnik va irrigatsiya inshootlarining 
qurilishi sayyoradagi eng chiroyli havzaning qurishiga olib keldi. Bir avlod ko’z 
o’ngida butun bir dengiz qurib bo’ldi. Orolbo’yini jonsiz sahroga aylantirgan 
degradatsiya jarayoni davom etmoqda.
1990 yillardan boshlab Orol fojeasining halokatini boshidan kechirayotgan 
barcha mamlakatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, shuningdek boshqa xalqaro va 
mintaqaviy tashkilot minbarlaridan jahon hamjamiyatining diqqat e’tiborini ushbu 
muammoga, uni mintaqaviy va global xavfsizlik bilan chambarchas bog’liq ekanligiga 
jalb etib kelishmoqda. 1993 yil 28 sentyabrda BMT Bosh
Assambleyasining 48 sessiyasida va 1995 yil 24 oktyabrdagi 50-sessiyasida 



Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari vakillari jahon hamjamiyatini Orol va 
Orolbo’yini qutqarishda ko’mak berishga chaqirdilar, hamda ushbu muammoni BMT 
shafeligida xalqaro moliyaviy tuzilmalar, rivojlangan davlatlar ko’magisiz amalga 
oshirish mumkin emasligiga BMTning e’tiborini qaratishdi.
Ushbu muammolarni hal etish bo’yicha amaliy sa’y-harakatlar mintaqaviy 
hamda milliy miqyosda amalga oshirilmoqda. 1993 yilda Qozog’iston, Qirg’iziston, 
Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston ta’sisligida tashkil etilgan Orolni Qutqarish 
Xalqaro Jamg’armasi (OQXJ) bunga yorqin misol bo’ladi.
Tashkilotning muhim vazifasi qilib Orolboyini bio fondini saqlash, ekologik 
muammoning atrof-muhitga va eng asosiysi mintaqada yashayotgan insonlarning 
hayotiga halokatli ta’sirini qisqartirish kabilar aniqlab olindi.
OQXJ faoliyatining hozirgi vaqtdagi asosiy natijasi Orol dengizi havzasi 
mamlakatlari uchun uchta ko’mak Dasturining qabul qilinishi bo’ldi (ODHD – 1, 
ODHD – 2, ODHD – 3).
O’zbekiston OQXJning asosiy ta’sischi davlati bo’lib, tashkilotning 
faoliyatining har tomonlama mustahkamlanishida muhim hissa qo’shmoqda. 1997-
1999 yillardagai OQXJda raisligi davrida O’zbekiston Respublikasi tashkilotning 
huquqiy asosini takomillashtirishga va Orol dengizi havzasining barqaror rivojlanishini 
ta’minlash maqsadida xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan aloqa va o’zaro 
hamkorlikni o’rnatishda faol harakat qildi.
1997 yilning oktyabrida Toshkent shahrida donorlarning texnik masalalar 
bo’yicha xalqaro uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuv natijasida “Orol dengizi 
havzasida atrof-muhit va suv resurslarini boshqarish” xalqaro loyihasinig amalga 
oshirish boshlandi.
Milliy miqyosda O’zbekiston Respublikasi Orol dengizi qurishining salbiy 
oqibatlariga barham berish bo’yicha 1990 yillardan boshlab yuzlab dastur va 
loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.



2013 yilda Orolboyi uchun Amudaryo deltasidagi kichik suv havzalarini tashkil 
etish, sho’rsizlantiradigan qurilmaga ega suv chiqarish inshootlarini qurish, himoya 
o’rmonini tashkil etish va Janubiy Orolboyi havzasini ornitologik monitoringi kabi 
loyiha va tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 1,3 mlrd. AQSH dollari 
ekvivalentidagi moliyaviy mablag’lar rejasi tasdiqlangan.
Shu bilan birgalikda, Orol dengizi qurishining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va 
gumanitar oqibatlari keskinlashuvini, hamda Orolbo’yida yashovchi aholi yashash 
muhiti inqirozinining kuchayayotganligini hisobga olib, BMT va jahon 
hamjamiyatining jiddiy ko’magisiz ushbu global muammoni hal etish mumkin emasligi 
tobora aniq bo’lib bormoqda.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, 2013 yilning 16 sentyabrida 
O’zbekiston Respublikasi va OQXJning amaldagi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi 
bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasinig rasmiy hujjati sifatida “Orolning 
qurishi oqibatlariga barham berish va Orolbo’yi ekotizimi halokatini oldini olish 
tadbirlari Dasturi” tarqatildi.
Ushbu Dastur BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun tomonidan har tomonlama qo’llab 
quvatlandi.
“Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va Orolbo’yi ekotizimi halokatini 
oldini olish tadbirlari Dasturi” Orol muammosi oqibatlariga barham berish bo’yicha 
quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:
I. Orolbo’yida yashash, aholi genofondni saqlash va qayta tiklash uchun sharoit 
yaratish;
II. Suv resurslari boshqaruv tizimini takomillashtirish va undan tejamkorlik bilan 
foydalanish. Orol dengizi akvatoriyasidagi tabiiy havzalar tizimini saqlash;
III Qurib borayotgan Orol dengizi hududlarida daraxtzorlar tashkil etish va ushbu 
mintaqani sahroga aylanishini oldini olish bo’yicha keng ko’lamda tadbirlarni amalga 
oshirish;
IV. Bio xilma-xillikni saqlash, biologik resurslarni qayta tiklash, hayvonot va 



o’simlik dunyosini saqlash;
V. Kelgusida OQXJning institutsional asoslarini takomillashtirish va ushbu 
tashkilot doirasida mintaqa mamlakatlari hamkorligini mustahkamlash, shuningdek 
Orol fojeasi bilan bog’liq muammolarni hal etishga jahon hamjamiyatining e’tiborini 
qaratish;
O’zbekison Respublikasi o’zining OQXJga raisligi davrida yuqoridagi Dasturda 
qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yo’lida Fondning qolgan boshqa a’zo 
davlatlari va xalqaro donor tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda kerakli tadbirlarlarni 
amalga oshirib kelmoqda.
Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv resurlaridan adolatli va oqilona 
foydalanish masalalari
Global miqyosda va mintaqamizda ekologik vaziyatning tobora yomonlashuvi 
va chuchuk suv taqchilligi sharoitida Markaziy Osiyoda suv resurslaridan adolatli va 
oqilona foydalanishni ta’minlash dolzarb masala bo’lib qolmoqda.
Ma’lumki, Markaziy Osiyoning ikki asosiy transchegaraviy daryolari – 
Amudaryo va Sirdaryo tarixan mintaqa xalqlarining umumiy boyligi va hayot manbai 
bo’lib kelgan. Aynan ushbu daryolarning quyilishi hisobiga Orol dengizi havzasi suv 
bilan ta’minlagan.
Shularni hisobga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Tojikiston va 
Qig’iziston Respublikalari tomonidan jahon miqyosida yirik andozadagi to’gonlar, 
Amudaryo yuqori qismida balandligi 350 metrni tashkil etadigan Rog’un va Sirdaryo 
yuqori qismida Qambarota - 1 GES (Gidroenergetik inshooti)larini qurish bo’yicha olib 
borayotgan harakatlariga befarq qarab tura olmaydi.
Jahonning yetuk mutaxassislari fikriga ko’ra, yuqorida zikr etilgan yirik suv 
inshootlarining barpo etilishi daryolar tabiiy oqimining buzilishiga va natijada juda 
jiddiy ekologik va ijtiomoiy-iqtisodiy salbiy oqibatlarning yuzaga kelishiga sabab 
bo’ladi va Markaziy Osiyodagi shusiz ham nozik ekologik vaziyat va tanqis suv 
ta’minotiga yanada jiddiy talofat yetkazadi.



Shu bilan birgalikda, ushbu inshootlarni Rixter shkalasi bo’yicha 9-10 ballik 
seysmik va tektonik yoriq hududda barpo etilishi mintaqa mamalakatlari uchun kuchli 
texnogen halokatlar keltirib chiqarishi mumkin.
Yuqoridagi xafv-xatarlarni inobatga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi 
barcha manfaatdor davlatlarning roziligisiz va ular bilan kelishilmagan holda xalqaro 
suv havzasida yirik gidroenergetik inshootlar qurish mumkin emasligi haqidagi 
o’zining prinsipial mavqeini qat’iy ilgari suradi.
Xalqaro huquqiy amaliyotda nazarda tutilganidek, Rog’un va Qambarota-1 
GESlarining qurilishi Amudaryo va Sirdaryoning tabiiy oqimiga, atrof-muhitga 
hayvonot va o’simlik dunyosiga qanday ta’sir etishi mumkinligini aniqlash maqsadida 
BMT shafe’ligida xolis xalqaro tekshiruvdan o’tkazilishi kerak.
Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar suv resurslaridan foydalanish 
bo’yicha Ozbekiston Respublikasining rasmiy mavqei BMTning 1992 yildagi 
“Transchegaraviy suv oqimlarni va xalqaro ko’llarni himoya qilish va ulardan 
foydalanish” va 1997 yildagi “Kema yurmaydigan xalqaro suv havzalaridan 
foydalanish huquqi to’g’risida”gi Konvensiyalari kabi xalqaro huquq me’yorlariga 
asoslanadi.
HUDUDIY EKOLOGIK MUAMMAOLAR VA ULARNING YECHIMI. 
Sanoat va qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va 
jamiyat o’rtasida o’zaro ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik 
muammolar kelib chiqmoqda. Bu ekologik muammolar tabiiy muhitni keskin 
o’zgartirib, aholi salomatligiga ta’sir etmoqda. 
Hozirgi paytda hududiy ekologik muammolar O’rta, Qora, Azov, Boltiq, 
Shimoliy, Karib dengizlari havzasi, Fors qo’ltig’i, Kasbiy va Orol dengizlari, Baykal, 
Balhash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko’llar va boshqa hududlarda mavjud. 
O’rta Osiyo va O’zbekistonda vujudga kelgan hududiy ekologik muammo – bu 
Orol dengizi muammosidir. 1911-1960-yillar davomida Orol dengizi har yili o’rtacha 
52 kub kilometr suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam ravishda 53 m mutlaq 



balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kvadrat kilometr, suvning o’rtacha sho’rlanganlik 
darajasi 9,5-10 foiz (9,5-10g/l) bo’lib, o’rtacha chuqurligi 16 metrni tashkil qilgan. 
O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston-dagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, qator 
yirik suv omborlarining bunyod etilishi, kanallar, kollektor-zovurlar tizimlarini qurib, 
ishga tushirilishi natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryodan Orol 
dengiziga tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol 
dengizining sathi pasayib, maydoni kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol 
dengizining sathi pasayib, maydoni qisqara boshladi, suvning sho’rlanganlik darajasi 
esa orta boshladi.
Orol dengizi sathi 1960-1970-yillari 21 sm, 1971-1980-yillarda 68 sm, 
1981-1985- yillarda 80 sm ni tashkil qildi. 
Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo-dan 1941-1960-yillari 55,2 kub km; 
1961-1970-yillari 41,5; 1971-1985-yillari 15,0; 1986-1996-yillari 12,6 kub km suv 
kelgan. 
Hozirgi paytda Orol dengizining qurib qolgan qismi maydoni 3 mln ga ni tashkil 
qiladi. Dengizning qurigan qismi yalang tekislikdan iborat bo’lganligi uchun yer-osti 
suvlarining gorizontal harakati qiyin, shuning uchun ularning asosiy qismi bug’lanib 
tuproqda tuz miqdorining ortib ketishiga olib keldi. 
Amudaryo va Sirdaryo quyi qismiga oqib kelayotgan suvning kamayishi oqi-
batida bu yerlardagi botqoq va to’qaylar maydoni qisqarib cho’llanish jarayoni 
rivojlanadi. 
Hozirgi vaqtda Orol dengizi muammosi yechimi ikki narsaga –dengiz sathini 
ma’lum darajada ushlab turishga va Orolbo’yi ekolo-gik sharoitini yaxshilashga 
qaratilgan. 
Orol dengizi sathini ma’lum bir balandlik-da, ya’ni 33 metr mutloq balandlikda 
ushlab turish uchun Orolga har yili Amudaryo va Sirdaryodan 20 kub kilometr suv 
tushib turishi lozim. 


10 
Orolbo’yi hududida ekologik sharoitni yaxshilashning asosiy yo’li aholini toza 
ichimlik suvi bilan ta’minlash, qurib qolgan o’zanlar, ko’llarga muntazam ravishda suv 
yuborish, dengizning qurigan qismida shamol harakatini to’sish uchun qumlarni 
o’simliklar bilan mustahkamlash, yerlar-ning meliorativ holatini yaxshilash, yaylavlar
pichanzorlar maydonini kengaytirishdan iborat.

Download 276.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling