Mavzu: O’simliklarni o’sishi va rivojlanishi boshqaruvchi moddalar Reja


Download 66.17 Kb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi66.17 Kb.
#1174751
  1   2   3

Mavzu: O’simliklarni o’sishi va rivojlanishi boshqaruvchi moddalar

Reja:

  • Fitogormonlar klassifikatsiyasi
  • O’simliklarning gormonal tizimi
  • Fitogormonlar va fitoregulyatorlar olishning biotexnologik usullari.

Fitogormonlar klassifikatsiyasi Fitogormonlar (fito... va gormonlar), oʻstiruvchi moddalar — oʻsimliklarda hosil boʻlib, ularning oʻsishi va meva hosil qilish jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadigan yuqori fiziologik faol moddalar. Oʻsimliklar hayvonlar kabi gormon ishlab chikaradigan maxsus sekretor organlariga ega emas. Fitogormonga, odatda, auksinlar, gibberellinlar, sitokininlar, fenoksiatsetat kislota hosilalari va boshqa kiradi.


Fitogormon 3 ta umumiy xossaga ega:
1) oʻsimlik organlaridan biri (yosh barglar, kurtaklar, ildiz va novda uchlari)da sintezlanadi va boshqa joylarga tashilib, bu yerda usish va ontogenez jarayonlarini kuchaytiradi; 2) usimliklarda juda oz miqdorda sintezlanadi va ularning usimlik hayotidagi ishtiroki deyarli sezilmaydi; 3) boshqa metabolitlar (jumladan, vitaminlar)dan farkli ravishda oʻsimliklarda organlar shakllanishi jarayonini tezlashtiradi. Mas, gibberellinlar poya va mevaning oʻsishini, auksinlar ildiz oʻsishini, kininlar hujayraning boʻlinish jarayonini kuchaytiradi. Oʻsish jarayonlarini sustlashtiradigan tabiiy oʻsish ingibitorlari (mas, abssiz kislota, etilen) alohida guruxlarni tashkil etadi

Fitogormonlar bu tabiiy metabolizm jarayonida hosil bo'ladigan va fiziologik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi, ahamiyatsiz miqdorda tartibga soluvchi ta'sirga ega moddalardir. Shu munosabat bilan, ularga "tabiiy o'sishni tartibga soluvchilar" atamasi ko'pincha qo'llaniladi. Gormonlar o'simlik atrofida harakat qilish qobiliyatiga ega va ularning ta'siri uzoqdir. Fiziologik jarayonlarning aksariyati, birinchi navbatda o'simliklarning o'sishi, shakllanishi va rivojlanishi gormonlar tomonidan tartibga solinadi. Gormonlar o'simliklarning atrof-muhit sharoitlariga moslashishida etakchi rol o'ynaydi.


Download 66.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling