Mavzu: “Ota - onaga itoat qilish fazilatlari” hamda “Ajdodlar merosiga ehtirom”.
2020 yil 5 noyabr kuni 2-juftlikda “Energetika va sanoatni axborotlashtirish” fakul’teti I-bosqich 2-MJ-20 va 4-KB-20 guruhlarida “Axborot va murabbiylik” soatida “Ota - onaga itoat qilish fazilatlari” hamda “Ajdodlar merosiga ehtirom” mavzusi yuzasidan ZOOM platformasi orqali masofaviy onlayn dars mashg‘uloti tashkil etildi.
4-KB-20 guruh rahbari M.Ibragimova so’z olib, “Ota - onaga itoat qilish fazilatlari” to’g’risida to’xtalib, odatda otani “Padari buzrukvor”, onani esa “Mehribon volida” deymiz. Chunki, har bir inson uchun otadan ulug` qadrdon, onadan mehribon va yaqin kishi yo`qdir! Ona – endi tili chiqa boshlagan norasida go`dakning ilk bor aytadigan so`zi. Bu so`z umrbod uning tilidan tushmaydi, dilidan ketmaydi. Boshida shafoatli kunlar mavj urganda ham yoki og`ir kunlar tushib, nochor ahvolda qolgan chog`larida ham lablarining beixtiyor: “Ona!” – deya shivirlashini, kim bilmaydi deysiz! Ona so`zi uchta harfdan iborat bo`lib, u o`zida oriyat, nafosat, andisha so`zlarining ma’nolarini to`liq mujassamlashtirgan! Ona - fozila, oqila, komila, e’tiqod, mehr-muhabbat va nafosat gulshanining sohibasidir! Bu so`z yashash umidi, hayotga tashnalik, dunyoni anglashning boshlanishi demakdir! Onaning jo`shqin va so`nmas mehri hamisha va hamma yerda bolasi bilan, bu mehr samodek cheksiz, musaffo havodek zarur ekanligini tushutirdi. Talabalarga yana “Ona” bilan bir qatorda “Ota” so’zining tub mazmun-mohiyati haqida ham so’z yuritib, “Padari-buzrukvorlarimiz”, Otajonlarimizning har bir insonni voyaga yetib kamol topishida va jamiyatda o’zining munosib o’rnini topishida beqiyos o’rni borligi to’grisida to’xtaldi. Mazkur mavzu yakunida talabalarga, aziz va mo’tabar “Ota-ona” larimizni hamisha e’zozlab, ardoqlab ulardan doimo mehr-muhabatimizni ayamaslikka chaqirdi! Talabalar tomonidan “Ota-ona” haqida sheriy lavhalar ham o’qib eshittirildi.
So’ngra, 2-MJ-20 guruh rahbari B.Mullaboyev so’z olib, “Ajdodlar merosiga ehtirom” mavzusi yuzasidan talabalarga zaruriy ma’lumotlarni yetkazdi. Guruh talabalari buyuk ota-bobolarimiz, dunyo tamaddunida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Muxammad Ibn Ismoil, Al -Buxoriy, Muso Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoi, Mirzo Ulug’bek, Bahoudin Naqshband, Burhonuddin Marg’iloniy, Imom Moturudiy, Abu Nasr Farobiy, Muso Al- Xorazmiy kabi bobolarimizning boy meroslari to‘g‘risida yana bir bor tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Axborot va murabbiylik soati talab darajasida tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |