Mavzu: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


Download 67.29 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi67.29 Kb.
#446845
Bog'liq
3-mavzu O'zb.tarixi
ideal, 2 5233692785780985301, мат анализдан якуний (1) (1), 1-2574, 1-2574, 48-мактаб психолог ХТБга (2), 1001blestyashchiysposobvyigryvatvshahmaty, sadasd, asdasd, Amaliy kònikma 4, amaliy kònikma 14, Amaliy kònikma 1, 2 5458679510801059920, ТЕМА 1

Mavzu: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari

Davlat – insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishining mahsuli, elatlar, xalqlar va millatlar hayotining ma’lum huquq va qonunga asoslanib tashkil etishning siyosiy oshirish huquqlarini himoya qilish, amaliyotda barqarorlikni o’rnatish va saqlashga mo’ljallangan, muayyan aholi jamoalari tomonidan tashkil etilgan mahsus vakolatlari va qonun-qoida asosida faoliyat ko’rsatadigan vakillar guruhlari majmuasidir.

Davlat siyosiy va ma’muriy tashkilot sifatida xalqni uyg’unlashtiradi. Davlat tufayli jamiyatning butun tuzilishi (iqtisodiy, huquqiy normalari, turmushi,urf-odati, texnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi, ijtimoiy qarashlari va boshqalar) to’la kuch bilan namoyon bo’ladi.

Jahonda eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillik ohiri 3-ming yillik boshida Mesopotamiya va Misrda, birmuncha keyinroq Gang daryosi vodiysida va O’rta Osiyoda, Egey dengizi havzasida va Xuanxe vohasida vujudga kelgan.

Ma’lum bo’lishicha, dunyoning barcha hududlarida dastlabki davlat tuzilmalari tirik bo;lmagan shahar-davlatlardan iborat bo’lgan. Ularning davlat apparati va emirilayotgan urug’chilik tuzumi sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan harbiy demokratiya, oqsoqollar kengashi, xalq yig’ilishi, harbiy boshliqlar va ularga yaqin bo’lgan kishilar drujinasidan tashkil topgan.

Hududimiz xalqi davlatchiligi ham juda qadimdan davom etgan uzluzksiz jarayon bo’lgan. Bronza davriga kelib aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir sohalariga – dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning ixtisoslashib borishi, sug’orma dehqonchilikning rivojlanishi, metalning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o’zaro ayirboshlash va savdoning taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatildi.

Shaharlarning paydo bo’lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida sosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan. Ilk shaharlar O’zbekistonda bronza davrida, ya’ni miloddan avvalgi 2-ming yillik boshidan paydo bo’lgan bo’lib, buni Sherobod tumanidagi Jarqo’ton yodgorligidan bilish mumkin.

Miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning jadal rivojlanishi natijasida jamiyatda dehqonchilik, xonaki chorvachilik, hunarmandchilik va sug’orish ishlarida mashg’ul ishlab chiqaruvchilar hamda ishlab chiqarish bilan shug’ullanmaydigan oqsoqollar va harbiy boshliqlar ajralib chiqa boshladi.

O’zbekiston hududida milodgacha 1-mimg yillikning X-VIII asrlaridagi jamiyatning bunday tuzilishi davlatchilikning ikkinchi bosqichda shohlik boshqaruviga asoslangan hududiy va milliy kichik davlat birlashmalari mavjudligidan dalolat beradi.

Davlatchilikning bu bosqichini “Baqtriya podsholigi” misolida kuzatish mumkin. Bu jarayon Jarqo’ton shahar-davlati inqirozga yuzz tutganidan keyin milodgacga 1-ming yillikning boshlarida sodir bo’lgan. “Baqtriya podsholigi” haqidagi ma’lumotlarni Yunonistonlik tabib Ktesiy va solnomachi Diodordan ham olish mumkin.

Shu davrda yana bir qadimiy davlat “Katta Xorazm” tashkil topgan. U Amudaryo quyi oqimidagi shimoliy yerlarda Marv va Hirot atrofida joylashgan ulkan davlat bo’lgan. Uning markazlaridan biri Ko’zaliqir shahri edi. Shahar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o’raglan. Uning dehqonchilik bilan shug’ullangan aholisi turli xil uy-qo’rg’onlarda va qishloqlarda yashagan.

Milodgacha 545-540 yillarda eron ahamoniylari shohi Kir II harbiy qismlari Markaziy Osiyoga kirib keladi. Natijada Xorazm, Parfiya, Baqtriya, Marg’iyona va Sug’diyona xalqlari 200 yildan ko’proq Ahamoniylar imperiyasi tarkibida mustamlakachilik zulmini o’z boshidan o’tkazadi.


Download 67.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling