Mavzu: O’zbekiston hududining yo‘l-iqlim mintaqalari va ularning o‘ziga xosliklari. Reja


Download 31.17 Kb.
bet1/12
Sana05.01.2022
Hajmi31.17 Kb.
#202807
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’zbekiston hududining yo‘l-iqlim mintaqalari va ularning o‘ziga xosliklari


Mavzu: O’zbekiston hududining yo‘l-iqlim mintaqalari va ularning o‘ziga xosliklari.

Reja:

  1. Umumiy qoidalar. Asosiy terminlar va tariflar.

  2. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini ta’mirlash.

  3. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini saqlash

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Tasnif umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini (keyingi o‘rinlarda “avtomobil yo‘llari” deb ataladi) ta’mirlash va saqlash ishlarining turlari va tarkibini belgilaydi. Ishlarning bu turlari va tarkibi mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlarini asoslash, avtomobil yo‘llari va ulardagi yo‘l inshootlarini ta’mirlash va saqlash xarajatlarini prognozlashtirish hamda yo‘l ishlarini tashkil etish uchun asos hisoblanadi.

2. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

a) ta’mirlash bo‘yicha:

mukammal ta’mirlash;

(2-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 352-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 566-modda)

joriy ta’mirlash;

b) saqlash bo‘yicha:

avtomobil yo‘lini saqlash;

qishda saqlash;

ko‘kalamzorlashtirish.

3. Avtomobil yo‘llarining umuman tarmog‘i bo‘yicha ta’mirlanishi kerak bo‘lgan avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlari hajmi yo‘l ko‘tarmasi va qoplamasi xizmatining amaldagi ta’mirlashlararo muddatlari hisobga olingan holda yo‘llar va yo‘l inshootlarining holatini texnik tekshirish (tashxis va baholash) natijalari asosida belgilanadi.

4. U yoki bu turda ta’mirlanishi kerak bo‘lgan aniq bir yo‘l va avtomobil yo‘llari uchastkalari bo‘yicha ishlar hajmi hamda ularni bajarish muddatlari ta’mirlashning tegishli turlarini tayinlash uchun belgilangan mezonlar bilan birgalikda avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining amaldagi holatini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.

Ta’mirlashning talab etiladigan turi, har bir avtomobil yo‘li va uning uchastkasini ta’mirlash bo‘yicha ishlar tarkibi va hajmi ularning amaldagi holatini texnik tekshirish (tashxis va baholash), muhandislik izlanishlari, sinovlar va tekshirishlar natijalari asosida ushbu holatni ta’mirlashning tegishli turini tayinlash mezonlari bilan qiyoslash imkonini beradigan hajmda belgilanadi.

5. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining balans qiymatiga kiritilgan binolar va qo‘shimcha inshootlarni, yo‘l xizmati binolarini va ishlab chiqarish bazasi inshootlarini ta’mirlash belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq alohida topshiriqlar bo‘yicha amalga oshiriladi.




Download 31.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling