Mavzu: O’zbekiston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig’imlarning amal qilish mexanizmi Bajardi


Download 313.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.06.2020
Hajmi313.97 Kb.

Mavzu: O’zbekiston

Respublikasida mahalliy

soliqlar va yig’imlarning amal

qilish mexanizmi

Bajardi:                                                           

7B-17TJA Umrzoqov Sohib



Qabul qildi:                                                                    

Ashurova Nasiba



Reja:

1.

Mahalliy soliq va yig’imlar.

2.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida

belgilangan muddatlarni hisoblash

tartibi.

3.

O‘zbekiston Respublikasida soliqlar

va yig‘imlar tizimi.

Mahalliy soliq va yig’imlar

Mahalliy soliq va yigʻimlar — davlat hokimiyatining mahalliy organlari va idoralari

daromadiga oʻtkaziladigan soliq va yigʻimlar.

Oʻzbekiston Respublikasida Mahalliy soliq va yigʻimlar va yilga mol-mulk soligʻi; yer soligʻi; 

reklama soligʻi; avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq; ijtimoiy infratuzilmani

rivojlantirish soligʻi; savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan, ayrim turlardagi

tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari; yuridik shaxslarni, shuningdek

tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻulla-nuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻim, 

avtotransport toʻxtash joyidan foydalanganlik uchun yigʻim; obodonchilik uchun yigʻim va

boshqa kiradi.

Mahalliy soliq va yigʻimlar va y. mahalliy byudjetga oʻtkaziladi, ularning miqdori, stavkalari, 

undirish tartibi, soliqdan imtiyozlar berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi

hamda viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari tomonidan, amaldagi

qonunlarga muvofiq belgilanadi. Mol-mulk va yer soligʻi OʻzR qonun hujjatlari bilan joriy

etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlarning stavkalari OʻzR Vazirlar

Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Mahalliy soliq va yigʻimlar va yilga oid huquqiy

munosabatlar OʻzR ning Soliq kodeksi (1997 yildan 24 aprel) bilan tartibga solinadi.



Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida

belgilangan muddatlarni hisoblash tartibi

5-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni hisoblash tartibi

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar, ro‘y berishi kerak bo‘lgan voqea yoki

sodir qilinishi kerak bo‘lgan harakatni ko‘rsatgan holda kalendar sana bilan yoki vaqtning yillar, 

choraklar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan o‘tish davri bilan aniqlanadi.

Kalendar sanadan yoki ro‘y berishi kerak bo‘lgan voqeadan keyingi kun soliq to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarida belgilangan muddatni hisoblash boshlanadigan kun deb hisoblanadi.

Yillar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi. Bunda

ketma-ket keladigan o‘n ikki oydan iborat har qanday vaqt davri yil deb e’tirof etiladi, bundan

kalendar yil mustasno.

Choraklar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Bunda

chorak uch kalendar oyga teng deb hisoblanadi, choraklar hisobi esa kalendar yil boshidan

yuritiladi.

Oylar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli sanasida tugaydi.


Agar muddatning tamom bo‘lishi tegishli sana mavjud bo‘lmagan oyga

to‘g‘ri kelsa, muddat mazkur oyning oxirgi kunida tugaydi.

Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar

bilan belgilanmagan bo‘lsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun

hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni bo‘lmagan bayram kuni

deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.

Agar muddatning oxirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va

(yoki) ish kuni bo‘lmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga to‘g‘ri kelsa, 

dam olish kunidan va (yoki) ish kuni bo‘lmagan kundan keyingi ish kuni

muddatning tamom bo‘lish kuni deb hisoblanadi.

Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan harakat muddatning oxirgi

kuni soat 24 ga qadar bajarilishi mumkin.

Agar hujjatlar yoxud pul mablag‘lari aloqa tashkilotiga muddatning

oxirgi kuni soat 24 ga qadar topshirilgan bo‘lsa, muddat o‘tkazib

yuborilmagan deb hisoblanadi.


O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va

yig‘imlar tizimi

2-bob. O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi

16-modda. Soliqlar va yig‘imlar

Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat

budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb 

yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.

Yig‘im deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonun hujjatlarida

belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga

nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega

harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat

etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.

Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek

qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib

qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.



17-modda. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari

O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:

1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;

2) aksiz solig‘i;

3) foyda solig‘i;

4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

7) mol-mulk solig‘i;

8) yer solig‘i;

9) ijtimoiy soliq.

O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, 

hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonun hujjatlarida

belgilanadi.

Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga

solinadi.

Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarida belgilanadi.



18-modda. Maxsus soliq rejimlari

Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi

hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:

1) aylanmadan olinadigan soliq;

2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning

alohida tartibi;

3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq

to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi.

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq

to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki

investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish

hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat

uchun belgilanadi.

Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan

soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi

mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar

ro’yxati:

1.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi ( yangi tahrir)



2.

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi Jild. 

Internet saytlar:

1.

http://uz.m.wipipedia.org



2.

http://lex.uz



3.

http://www.mf.uz



Download 313.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling