Mavzu: O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muhitni oshirishning samarali yo’llari. Reja


Download 1.38 Mb.
bet1/11
Sana03.12.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1798205
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va in-fayllar.org


Mavzu: O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muhitni oshirishning samarali yo’llari. Reja

Mavzu: O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muhitni oshirishning samarali yo’llari.

Reja:
Kirish:

1.Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish xususiyatlari.


2.Markaziy Osiyo davlatlariga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar
3.Markaziy Osiyo davlatlarining Buyuk Britaniya bilan savdo iqtisodiy hamkorligi – asosiy investitsion faoliyatning yo`nalishi .
4.Buyuk Britaniya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi investitsion faoliyati tahlili.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Kirish 
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish sohasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Bu, eng avvalo, ko'p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfining shakllanganligida, makroiqtisodiy barqarorlikning ta'minlanganligida va shu asosda barqaror iqtisodiy o'sish uchun mustahkam zamin tayyorlanganligida, investitsiyalar, ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy muhit yaratilganligida o'z aksini topadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bundan keyingi rivoji ko'p jihatdan iqtisodiyot tarmoqlariga xo'jalik yuritishning ilg`or shakllaridan biri bo'lgan qo'shma korxonalar yaratish orqali xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish va shu orqali respublikamizning yetakchi tarmoqlariga ilg`or texnika va texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish usullarini takomillashtirishga bog`liq.
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatish bilan birga mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish va shu asosda jahon xo'jalik tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvni ta'minlashga olib keladi.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Jahon xo'jaligi bilan integratsiyalashmasdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirmasdan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etmasdan turib biz ko'zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz”1 . Shu munosabat bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qo'shma korxonalar tizimini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning ustuvor yo'nalishlarini asoslash, mazkur sohada mavjud muommolarni hal etish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish respublikamiz uchun muhim ahamiyatga ega hamda ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling