Mavzu: O’zbekistonning yangi tarixida uchinchi renessans davri. Reja: I. Kirish


Download 74.43 Kb.
bet1/3
Sana27.05.2022
Hajmi74.43 Kb.
#716529
  1   2   3
Bog'liq
Buxoro Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va informatika yo
to\'plamlar ustidagi amallarning xossalari, SAMBO mustaqil talim, HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY, Boshlang`ich sinflarda tenglik va tehgsizlik tushunchalarini, Nomanfiy butun sonlar toplami, Unit 6 Lesson 6D Call me back, Предлоги, Tarixga oid terminlar, ЛИТЕРАТУРА КАК ДИСКУРС, 2 5233457911199434381, 888, mavzu 1, xolida, КРОССВОРД


2021-2022-o’quv yili

Buxoro Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va informatika yo’nalishi talabasi Muzrobova Visolaning ,,Ma’naviyatshunoslik’’ fanidan yozgan mustaqil ishi
Mavzu:O’zbekistonning yangi tarixida uchinchi renessans davri.
Reja:
I.Kirish. Renesans-qayta uyg’onish davri
II. Asosiy qism.
I. Bob O’lmas tarixning o’chmas bayoni.
1.1 Somoniylar davri madaniyati.
1.2 Temuriylar davrida renessans.
II.Bob O’zbekistonning yangi tarixida uchinchi renesans davri
2.1 Qadriyatlar va qarashlar o’zgarishi
2.2 Uchinchi renesans yoshlari
III.Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

I.Kirish. Renessans milliy g’oya sifatida



I BOB. O’lmas tarixning o’chmas bayoni.

    1. Somoniylar davri madaniyati.

Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar) va Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. „Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash ( Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliy fikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Michelangelo , Rafael  Shakespeare, Miguel de Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida „Musulmon Renessansi“ (A. Mets) yoki „Sharq Uygʻonishi“ (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi.
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qad. davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish davri ham boʻlmaydi. Markaziy Osiyoda 9—13-asrlarda oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti, „ishroq“ falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar yuzaga kelib, fikriy xilmaxillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona taʼlimotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga boʻlgan ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar. O’zbekiston tarixidagi ilk renessans davri Somoniylar davriga to’g’ri keladi. Somoniyalr davrida ilm-fan, maorif, madaniyat, qurilish sohasi, matematika o’zining eng cho’qqisiga yetdi. Bu davrda ayniqsa Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda Sharqning o‘ziga xos Fanlar Akademiyasi «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilgan edi. «Bayt ul-hikma» da katta kutubxona hamda Bag‘dodda va Damashqsa astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadhonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bi-lan bir qatorda qadimgi yunon, fors va hind olimlarining ulkan merosini to‘plash, asrash va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar. Qariyb ikki asr mobaynida faoliyat ko‘rsatgan jahonga mashhur bu ilmiy dargohning ko‘p sonli olimu fuzalolari orasida Masarjavayh, Muhammad Fazoriy, Fazl Navbaxt, Yoqub Kindiy va ko‘pgina boshqalar kabi bir nechta chet tillarni mukammal biladigan yetuk tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar. Bu davrda «Bayt ul-hikma»da Muso Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid Marvarudiy, Ahmad Farg‘oniy, Abdulloh at-Turk, Abu Xolid Sog‘uniy, Qaffol Shoshiy kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asrlar ilmu fani, xususan, matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, kimyo va huquqshunoslik fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadilar. Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda Islom ta'limoti va mafkurasining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo‘ldi. Bu borada ayniqsa Ismoil a l-Buxoriy va uning zamondoshi va shogirdi Iso at-Termiziylarning hissasi nihoyatda buyuqdir. Ismoil al- Buxoriyning to‘liq ismi Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriydir. U 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan, kuchli qobiliyat va xotiraga ega bo‘lgan. Yoshligidanoq hadislarni o‘rganishga kirishib, butun umrini hadis ilmiga bag‘ishlagan. U hadis va tafsir olimi, tarixchi bo‘lib yetishgan. Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va boshqa o‘lkalarda yashab 600 mingdan ortiq hadis to‘plagan. Ulardan eng ishonchlilarini saralab, 4 jildli «Al-jome as-sahih» («Sahihi Buxoriy») to‘plamini tuzgan. Bu asar islom dunyosida Kur'ondan keyin ikkinchi manba sanaladi va islom dorilfununlarida asosiy darslik sifatida o‘rganiladi. Bu bebaho asarga kiritilgan 7275 hadis va ularga berilgan ko‘pdan-ko‘p sharhlarda faqat shariat ahkomlariga oid qoidalargina ifodalanmaydi, balki inson ma'naviy kamolotining ramzi hisoblangan mehr-muhabbat, hurmatu izzat, muruvvatu himmat, halolligu mehnatsevarlik, saxiyligu ochiqko‘ngillik hamda o‘zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar haqida bayon etilgan Imom al-Buxoriy «Al-adab ul-mufrad» («Adab durdo-nalari»), «Tarix al- Buxoro» («Buxoro tarixi»), «Al Jo-mi' al-sag‘ir» («Muxtasar to‘plam») nomli asarlar yozgan. Uatrofiga ko‘plab shogird va izdoshlarini to‘plagan. Uning eng mashhur shogirdlaridan biri Imom at-Termiziy edi. Imom at-Termiziy hadislar to‘plab, bir qancha asarlar yozgan, «Jome as - Sahih» yoki «Sunani Termiziy», «Kitob Ilal», «Kitob at-Tarix», «Kitob at- Shamoil an-Naboviya», «Kitob az-Zuhd» va boshqalar shular jumlasidandir.



    1. Download 74.43 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling