Mavzu: O‘zgaruvchan tok. Reja


Download 0.69 Mb.
bet1/7
Sana11.01.2022
Hajmi0.69 Mb.
#314023
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 - Эл-тех МАЪРУЗА 2020 лотин
Tarix testlar, Yevropa iqtisodiyoti mamlakatlarida Yashil iqtisodiyotni rivojlanishi

Mavzu: O‘zgaruvchan tok.
Reja:

  1. Sinusoidal o‘zgaruvchan tokni hosil qilish.

  2. Sinusoidal o‘zgaruvchan funksiyani xarakterlovchi kattaliklar.

  3. Sinusoidal funksiyaning ta’sir etuvchi qiymatlari.

  4. Uch fazali tok zanjirlari haqida umumiy ma’lumotlar

  5. Uch fazali EYuK, kuchlanish va tok sistemasini hosil qilish.



Sinusoidal o‘zgaruvchan tokni hosil qilish


1-rasm. Eng sodda generatorning tuzilishi.


Sinusoidal o‘zgaruvchan tokni hosil qilish. O‘zgaruvchan tokning keng qo‘llanilishining sababi uning oddiy yo‘l bilan deyarli isrofsiz transformatsiyalash mumkinligidir, ya’ni turli kuchlanishli - uzoq masofaga elektr energiyani uzatish uchun yuksak kuchlanishli va iste’molchi uchun past kuchlanishli – elektr toki olish mumkinligidir. Kattaligi va yo‘nalishi jihatidan o‘zgaradigan tok o‘zgaruvchan tok deyiladi. Kattaligi va yo‘nalishi jihatidan sinusoidal qonunga mos ravishda davriy o‘zgaradigan tok sinusoisdal o‘zgaruvchan tok deyiladi.

Sinusoidal o‘zgaruvchan tok, asosan, elektrostansiyalarda bug‘ va gidravlik turbinali generatorlar yordamida hosil qilinadi. Mazkur generatorlarning ishlashi esa elektromagnit induksiyasi va elektromagnit kuch qonunlariga asoslangan. 1-rasmda eng sodda generatorning tuzilishi keltirilgan. Elektromagnit NS qutblari orasida po‘lat taxtachalardan tuzilgan va sirtiga sim o‘rab mahkamlangan silindr–yakor joylashgan. O‘ramning uchlari yakor uchiga izolyasiyalanib, o‘rnatilgan mis halqalarga tutashtirilgan. Halqalarga tashqi zanjirga tutashtirilgan shchetkalar tegib turadi.

Qutblarga shunday ishlov berilganki, bunda havo tirqishi qutbning o‘rtasidan chetiga qarab ortib boradi va tirqishdagi magnit induksiyasi V yakorning sirtida uning aylanasi bo‘ylab sinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaradi, ya’ni

Bunda Vm-qutb markazi orasidagi maksimal induksiya, - yakor o‘qi orqali o‘tuvchi OO1 neytral tekislik bilan xuddi o‘sha o‘q orasidagi burchak.



Yakor o‘zgarmas burchak tezlik bilan aylangan vaqtda o‘ramning har bir aktiv tomonida quyidagicha EYUK induksiyalanadi: o‘ramning aktiv tomonlari ketma-ket ulangan shu sababli o‘ramda induksiyalangan EYuK:

Rotor o‘zining boshlang‘ich holatidan 900 ga burilganida (yoki ), magnit induksiyasi V=Bm bo‘lib, induksiyalangan EYuK ham o‘zining maksimal qiymatiga erishadi:



Demak, yakor g‘altagida induksiyalangan EYuK



Agar o‘ramining qismalariga biror nagruzka ulasak zanjir bo‘ylab tok o‘ta boshlaydi. Bu vaqtda o‘ramning qismalaridagi kuchlanish: .




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling