„Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB Oʻzbekiston Respublikasidagi eng birinchi moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Uning tarixi 1922-yilda, Toshkentda Sanoat bankining Oʻrta Osiyo boʻlimi ochilganidan boshlab hisoblanadi. Bank oʻz operatsiyalarini 1922-yil 28-oktabrda[2][3]boshlagan. - „Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB Oʻzbekiston Respublikasidagi eng birinchi moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Uning tarixi 1922-yilda, Toshkentda Sanoat bankining Oʻrta Osiyo boʻlimi ochilganidan boshlab hisoblanadi. Bank oʻz operatsiyalarini 1922-yil 28-oktabrda[2][3]boshlagan.
- Moliya instituti tashkil topganidan 10 yil oʻtganidan keyin, 1932-yil may oyida Sanoatbank uzoq muddatli kapital kiritishlarga ixtisoslashtirilgan bankka aylantirildi, unga kapital qurilishni, ogʻir, yengil, mahalliy sanoatni, taʼminot tashkilotlarini va tashqi savdoni moliyalashtirish vazifalari yuklatilgan.
- 1955-yilda kapital qurilishni moliyalashtirishning yangi qoidalari va qurilish b oʻyicha pudrat shartnomalarining qoidalari tasdiqlandi. Bank ishlab chiqarish quvvatlarini va asosiy fondlarni ishga tushirish boʻyicha davlat rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytiradi. Qurilishi tugallangan ob’yektlar uchun toʻlovlar kengaydi, pudratchi tashkilotlarni qisqa muddatli kreditlash tizimi oʻzgartirildi.
- Davlat tomonidan kapital qoʻyilmalar uchun ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish maqsadida, 1959-yilda Sanoatbank kapital qoʻyilmalarni moliyalashtiruvchi bankka — „Qurilishbank“ga aylantirildi.
- Bank 1966-yilgi zilziladan keyin Toshkentni qayta tiklashda beqiyos oʻrin tutgan edi.
- 1987-yilda „Qurilishbank“ Sanoat-qurilish bankiga aylantirildi. Shu yilning oʻzida bank tizimini isloh qilish boshlandi, bu jarayon Oʻzbekiston davlat mustaqilligi eʼlon qilinganidan soʻng sifat jihatidan yangi darajaga erishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |