Mavzu: Pedagogik texnologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari Pedagogik texnologiyalar tushunchasi, uning ta’riflari, ko‘rinishlari, darajalari, asosiy yo‘nalishlari, manbalari, ta’siri, ayrim asoslari va mezonlari
Download 1.78 Mb.
|
Pedagogik texnologiya innovatsiya integratsiya
4-Bilet, Bioxilma-xillik tadbir, Seminarlar jadvali, 2 5402080461839140018, bir xil maxrajli kasrlarni qoshish va, bir xil maxrajli kasrlarni qoshish va, 3-sinfda massa olchovlarini orgatish metodikasi (1), boshlangich sinf matematikasida miqdor tushunchasini orgatish metodikasi (1), 6-bilet Fuqarolik jamiyati ijtimoiy tuzilmasida mulkdorlar sinfining o‘rni, 1. Teng to’plamlar. To’plam osti. Universal to’plam, Jabborova Iqbol amiyatni boshqarishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli, УрГУ - оборудование объявление, Sonlarni yaxlitlash (Aim.uz), 1487046332 8-sinf-mehnat-namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika fanining asosiy tushunchalari.
- 1.Pedagogik texnologiyalar tushunchasi, uning ta’riflari
- Pedagogik texnologiyaning o‘rganilish darajasi va unga berilgan ilmiy ta’riflar
“Mavzu: Pedagogik texnologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari Pedagogik texnologiyalar tushunchasi, uning ta’riflari, ko‘rinishlari, darajalari, asosiy yo‘nalishlari, manbalari, ta’siri, ayrim asoslari va mezonlari.Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega.
1. Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.
Pedagogika fanining asosiy tushunchalari.
1.Pedagogik texnologiyalar tushunchasi, uning ta’riflari
Pedagogik texnologiyaning o‘rganilish darajasi va unga berilgan ilmiy ta’riflar Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi Aristotelning tarbiya-inson shaxsini shakllantirishga qaratilishi, Sokratning ta’lim-tarbiya usullariga dastlabki yondashuvi, ta’lim-tarbiyadagi izchillik va shaxsiy xulosalarning shakllanishi bilan bog‘liqligi haqidagi g‘oya va qarashlari, Platonning kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash kasbiy bilimlarni shakllanishiga olib kelishi haqidagi g‘oyalari va ularning davrlar osha rivojlanishi bilan bog‘liq xodisadir.Pedagogik texnologiyaning o‘rganilish darajasi va unga berilgan ilmiy ta’riflar
“Pedagogik texnologiya – pedagogning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyatuchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy – sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy xodisa”. (B.Ziyomuhammedov)“Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayoniga yondashgan holda oldindan belgilab olingan maqsad ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib o‘quv jarayonini loyihalashdir” (M.V. Klarin )“Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, u pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart xolga solib, uning optimal loyihasini tizib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy xodisadir. ( V.L. Farberman)“Pedagogik texnologiya – o‘z oldiga ta’lim shakllarini muqobillashtirish vazifasini qo‘yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro faoliyatini hisobga olib, ta’lim berish va taxsil olish jarayonini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli metod dir” . ( YUNESKO xujjatlarida)
«Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi va butun diqqat e’tiborni obyektiv ravishda aniqlangan yakuniy natijaga qaratish» (V.P. Bespalko). «Pedagogik texnologiya – rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi» (I.P. Volkov). «Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san’ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisi» (V.M. Shepel).
Pedagogik tizim – belgilangan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga qaratilgan, maqsadli va oldindan belgilangan pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘lik vositalar, usullar, jarayonlar birligidan iborat ma’lum bir butunlik (V.Bespalko).
1.Pedagogik texnologiyalar tushunchasi, uning ta’riflari2.Pedagogik texnologiyalar bilan ta’lim metodlari orasidagi qanday farqlar bor? 3. Pedagogik texnologiyaning ta’riflarini ayting 4. Komenskiyning “ oltin qoidasi” ni ayting 5 Pedagogik tizim ….. YUNESKO ta’rifi qanday? 6 I.P. Volkov ta’rifi qanday?Foydalanilgan qo’llanmalar 1. K. Xoshimov, S. Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, «O‘qituvchii», 2010 - yil. 2. R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev.Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Amaliy tavsiyalar. T:. «Iste’dod». 2008-yil. 3. R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar. Amaliy tavsiyalar. T:. «Iste’dod». 2008-yil. 4. J.G‘.Yo‘ldoshev, S.Hasanov. Pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma T:. «Iqtisod-moliya», 2009-yil.Elektron ta’lim resurslari 1.w.w.w. tdpu.uz. 2.w.w.w. pedagog.uz. 3.w.w.w. ziyonet.uz. 4.w.w.w. lex.uz. 5.w.w.w. bilim.uz. 6.w.w.w. gov.uz.Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling