Mavzu: Pifagor. Falsafa faniga katta hissa qo’shgan olim


Download 24.89 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi24.89 Kb.
#190434
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Pifagor.Falsafa faniga katta hissa qo’shgan olim.

Reja.


I.Kirish.

1.Falsafa fani haqida tushuncha

2.Falsafa faniga hissa qo’shgan olimlar.Pifagor

3.Xulosa


Kirish

Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi. Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha "philosophia" soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.Falsafaga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. Falsafa haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. Falsafaga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar Falsafadan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. Falsafani fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. Forobiy Falsafani "hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian Falsafasida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.F. Bekon va R. Dekart Falsafani "tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan" deb hisoblashgan. X. Volf F.ni "barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va nega mumkinligi haqidagi fan" desa, Kant F.ga "dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi fan" sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte F.ga "qalb maʼrifati, maʼnaviy maʼrifat" deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini oʻz tajribasiga kura bilib olishni Falsafa deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni F. deb atab, unga "oʻzoʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan" sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash Falsafaning asosiy vazifasi deb bildi.

Falsafa faniga hissa qo’shgan olimlar.Pifagor



Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan. Yunonistondagi falsafiy maktablar, asosan, miloddan avvalgi 6—5-asrlardan vujudga kela boshladi va uning taraqqiyot bosqichlari klassik ellinizm va rimellinizm davrlariga boʻlinadi. Ellinistik Falsafa davri sokratgacha davr (Milet maktabi, Eleya maktabi) va klassik (attik) Falsafani (Sokrat, Platon, Aristotel) oʻz ichiga oladi. Sokratgacha davr Falsafasi kosmologik (gilozoistik) F. va antropologik davrlarni oʻziga qamrab oladi. Dastlabki kosmologik falsafiy taʼlimot Falesga tegishli. U Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen bilan birgalikda Ioniya naturfalsafa maktabiga mansub. Ulardan soʻng borliq haqidagi taʼlimot bilan Ksenofan, Parmenid, Zenon (Eleyalik), Meliss shugʻullanganlar. Ular bilan birga Pifagor maktabi (Pifagor, Fillolay, Alkmeon, Arxit; miloddan avvalgi 6—4-asrlar) faoliyat koʻrsatgan. Bu davrda antropologik sofistika maktabi vakillari Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik ijod qilishgan. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda stoiklar (Zenon Kitionlik), epikurchilar (Epikur, Lukretsiy), neoplatonchilar (Plotin) yunon Falsafasiga oʻz hissalarini qoʻshishgan. Ayniqsa, Sokrat, Platon, Aristotel F.si yunon F.sining shuhratini oshiradi. Yunon F.sidagi asosiy qarashlar Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Makduniy)ning Sharqqa istilochilik yurishlari davrida Markaziy Osiyoga ham kirib keldi.Islom dini yoyilgan mamlakatlardagi falsafiy taʼlimotlar quyidagicha oʻrganiladi: ilk islom F.si (6—8-asrlar), sharqiy islom Falsafasi (Movarounnahr va Xurosondagi falsafiy taʼlimotlar), gʻarbiy islom Falsafasi (Shim. Afrika va Ispaniyadagi falsafiy taʼlimotlar).Ilk islom Falsafasi davri yunon F.sining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrda islomdagi jabariylar bilan qadariylar, moʻʼtaziliylar bilan mutakallimlar oʻrtasida falsafiy qaramaqarshiliklar boʻlgan. Sharqiy islom F.sida dunyoviy va islomiy gʻoyalarning , turli xalq va sivilizatsiyalarning tafakkur tarzi sintezlashgan. Shuningdek, tabiatshunoslik ilmlaridagi yirik kashfiyotlarni (mas, kimyo ilmining vujudga kelishi) falsafiy asoslash, hisoblash madaniyatining tubdan uzgarishi (Xorazmiy sistemasi) bilan bogʻliq belgilar kuzga tashlanadi. Sharqiy islom Falsafasi (Muso Xorazmiy, Fargʻoniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur Moturidiy, Ashʼariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, Umar Xayyom, Gʻazoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Bahouddin Nakshband, Ibn Xaldun va boshqalar) va gʻarbiy islom Falsafasi (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta takdim etilishi bu yerda Uygʻonish davrining boshlanishiga taʼsir koʻrsatgan. Falsafaning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan boshlanadi. Amir Temur falsafiy gʻoyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda tasavvuf Falsafasi, tabiatshunoslik Falsafasi, mantiq Falsafasi va axloqiy taʼlimotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jaloliddin Rumiy, Taftazoniy, Jurjoniy, Ulugʻbek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, Muhammad Qozi, Maxdumi Aʼzam, Bobur, Mashrab, Bedil va boshqalar). Shuni qayd etish lozimki, islom Falsafasi oʻzidan ilgari oʻtgan barcha dinlar bilan bogʻliq ilmiy anʼanalarni qabul qilgan. Islom Falsafasi rivojiga iudaizm, xristianlik, buddizm va boshqa diniy taʼlimotlar taʼsir koʻrsatgan.

Pifagor

Pifagor (taxminan miloddan avvalgi 580, Samos — 500, Metapont) — yunon matematigi, faylasuf, quldor aristokratiyaning gʻoyaviy targʻibotchisi. 530-yildan Janubiy Italiyadagi Krotone shahrida, keyinroq Metapont shahrida yashagan. Krotoneda falsafiy maktab, siyosiy partiya va diniy birodarlikni mujassamlashtirgan ittifoq (pifagorchilar ittifoqi) tuzadi. Pifagor falsafasida son barcha narsaning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi munosabatlarning garmonik sistemasi, degan gʻoyalar ilgari surilgan.Matematika tarixida Pifagor geometriyaga sistematik isbot tushunchasini kiritib, uni abstrakt fan darajasiga koʻtargan, toʻgʻri chiziqli shakllar geometriyasini tuzgan, oʻxshashlik haqidagi taʼlimotni yaratgan, toʻgʻri burchakli uchburchak haqidagi teoremani isbotlagan (bu teorema Pifagordan 1500 yil ilgari Misr va Bobilda isbotsiz maʼlum boʻlgan), ayrim muntazam koʻpburchak va koʻpyoqliklarni yasagan deb hisoblanadi. Odatda, juft va toq, tub va murakkab, mukammal sonlar, arifmetik, geometrik va garmonik proporsiyalar Pifagor nomi bilan bogʻlanadi. Pifagor maktabining matematikani sistemalashtirishdagi roli katta boʻlgan.

Xulosa


Ma’lumki, insoniyat azal-azaldan olam va odam nima, ular qanday paydo bo‘lgan, qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o'zgaradi va taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlab kelmoqda. Umrning mazmuni nimadan iborat, ajdodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qanday ma’no bor, degan savollar ham necha asriardan buyon ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Har bir kishi uchun abadiy ahamiyatga molik ana shunday masalalar, olam va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmuni, dunyodagi o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog'liqlik hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning azaliy va barcha zamon faylasuflari shug‘ullanadigan asosiy mavzulari hisoblanadi.Shu ma’noda, falsafa insoniyat yaratgan eng qadimgi fanlardan biri, odamzod hayotining ilk davrlaridan boshlab uning doimiy yo’ldoshi bo‘lib kelmoqda. Bu sohada to‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli faylasuflar merosi, ularning asarlari insoniyat yaratgan ma’naviy qadriyatlar orasida muhim o‘rin egallaydi. 0 ‘z zamoni, yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda etgan buyuk donishmandlar o'rtaga tashlagan ezgu g‘oyalar jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qilgan. Odamlarni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bu g'oyalar muayyan davr va xalqlarning maqsad-muddaosiga, ularning mualliflarini esa insoniyat qadrlaydigan donishmand va allomalarga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etgani shubhasiz.Bu esa falsafaning barcha fanlar va xalqlarning yutuqlaridan oziqlanadigan umuminsoniy va universal fan ekanidan dalolat beradi. Uning hayotiyligi dunyo xalqlari tarixi va tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog‘li mos ekani, ularning manfaatlari va intilishlarini qay darajada aks ettira olishiga bogiiq, albatta. Bu esa jahon falsafasining umuminsoniyligi va milliyligi, muayyan xalq yoki mintaqaga xos tafakkur tarzining mohiyati va ahamiyatiga nisbatan xolisona qarashni taqozo etadi, falsafani zamonaviy mazmun bilan boyitib, bugungi talablar asosida rivojlantirishni zaruratga aylantiradi. So‘z falsafa haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Zero, umuminsoniylikni milliyliksiz to‘g‘ri tushunib bo‘lmagani kabi, milliylikning mohiyatini ham umuminsoniy mezonlarsiz chuqur anglab bo‘lmaydi.Ushbu masalalarni tahlil qilish jarayonida biror-bir g‘oya, oqim, yo‘nalish yoki falsafiy ta’limotni mutlaqlashtirish, boshqalarining ahamiyatini kamsitish yoki yo‘qqa chiqarish haqiqatdan yiroq va bugungi davr talablariga javob bermasligi shubhasiz. Aksincha, ularning barchasini xolis talqin etish, falsafa fani, uning mazmun-mohiyati, jamiyat va inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, xilma-xil falsafiy oqimlar, faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to‘g‘ri va ilmiy tasavvurni shakllantirish har qanday tadqiqotning asosiy mezoni va bu boradagi yutuqlar omili bo‘lib qolaveradi. Lekin ushbu fan tarixi faqatgina ilmiy yutuqlar, ezgulikning mutlaq g‘alabasi, falsafaning doimiy kamolotidan iborat emas. U jamiyat uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etgan g‘oya va ta’limotlar, turli-tuman falsafiy yo‘nalishlar, oqim va maktablarning vujudga kelishi, kamoli yoki zavoliga ko‘p bora guvoh bo’magan. Ularning ba’zilari xalqlar va davlatlarni taraqqiyotga yetaklagan, ezgulik va adolatga xizmat qilgan bo‘lsa, boshqalari tanazzulga sabab bo‘lgan, odamlarni qabohat va jaholat tomon boshlagan.Falsafaning o'ziga ham barcha zamonlarda bir xil munosabat bo‘lmagan. Ba’zi davrlarda u davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan, ma’naviy hayotda yakka hukmronga aylangan bo‘lsa, boshqa davrlarda unutilishga, ikkinchi darajali fanga aylantirishga mahkum qilingan. Muayyan tarixiy burilish davrlarida «Falsafa nima o‘zi?», «Uning qanday foydasi bor?» degan masalalar dolzarb ahamiyat kasb etgan.Tarixda «Falsafa endi yo‘q bo'ldi, uni o‘rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ham ko‘p bo‘lgan. Ana shunday davrlarda kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etishga harakat qilganlar, undan zamonaviy tashbehlar izlaganlar. Qanday bo‘lmasin, zamonlar o'tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma’naviy kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.Shu bilan birga o‘z davrining qonun va xususiyatlarini zukkolik bilan anglagan, hayot qonuniyatlaridan voqif bo'lgan ba’zi yetuk faylasuf va allomalarning hayoti ham bir tekis kechavermagan, ularning g‘oya va qarashlar, jamiyat va millat kamoli uchun harakatlari hamma tomonidan ham bir xil qabul qilinavermagan. Bu boradagi tajriba shundan dalolat beradiki, falsafa tarixi bunday kishilarning nomini eslash va ularni sahifalarida saqlab qolishni xush ko‘rmaydi, kimning kirn ekani haqida xulosa chiqarishni esa odamlarning o‘ziga va kelajakka havola qilib qo‘ya qoladi. Shu tariqa kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq taraqqiy etavermagan. Rivojlanish ortidan inqiroz, yutuqlar ketidan mag'lubiyatlar farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar uni ta’qib etgan. Muayyan jamiyat taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg‘or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezgan, albatta. Bu esa buyuk falsafiy ta’limotlar, bir tomondan, madaniy-intellektuat rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar taqozosi ekanidan dalolat beradi. Bu masalaning falsafa fani va uni o‘rganish uchun hozirgi davrdagi turli falsafiy g‘oya va mafkuralar, ta’limot va nazariyalar bilan bog'liq yana bir muhim jihati ham bor. Globallashib borayotgan bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, ro‘y berayotgan g‘oyaviy kurashlarning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiladigan ushbu mavzuning tarixi,tavsifi va ahamiyati falsafaning o‘zi kabi qadimiy va nihoyatda dolzarb ekanligiga shubha yo‘q. Insoniyat ibtidosidan boshlangan ana shu azaliy kurashda ezgulikning g‘alaba qilishi, sog‘lom tafakkur ustuvor bo‘lishi targ‘ib etilsa-da, bunday muvaffaqiyatni qo‘lga kiritish hamma vaqt ham oson kechmagan. Afsuski, asrlar osha odamlarni ezgu va xayrli ishlarga boshlab kelayotgan, umuminsoniy ahamiyatga molik bunyodkor g‘oyalar bilan birga, mazmun-mohiyati buzg'unchilik va g‘ayriinsoniylikdan iborat vayronkor mafkuralar, shaxsiyatparastlik mayllari ham rang-barang shakllarda namoyon bo‘lib turadi. Falsafiy tafakkur rivoji shu tariqa, muayyan g‘oyalar ustuvor bo‘lgan necha-necha zamonlar almashinuvi, turli mafkuralar kurashidan iborat uzluksiz jarayon sifatida davom etib kelmoqda. Mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etilayotgan hozirgi sharoitda tinchlik va totuvlikka, barqarorlik va bag‘rikenglikka rahna soluvchi buzg‘unchi mafkuralarning maqsad-muddaolarini o‘z vaqtida anglash, ularga qarshi kurashish, ezgu g‘oyalarni amalga oshirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarida faol va mas’uliyatli bo'lish bu boradagi faoliyatimizning asosiy mezonidir. Xullas, falsafiy tafakkur taraqqiyoti insoniyat rivoji bilan uzviy bog‘liq va jamiyat hayotdagi voqea-hodisalar ijtimoiy ongda, xususan falsafada ham o‘ziga xos tarzda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davr o‘zgarishi, yangi zamon boshlanishi bilan unga mos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Lekin bu jarayon faqat stixiyali tarzda, o‘z-o‘zidan yuz beravermaydi. Chunki, inson tafakkurining yangi davrga xos o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Falsafiy tafakkur rivoji bilan bog'liq bunday holat hozirgi davrda ham yaqqol namoyon bolmoqda. Shu ma’noda, bugungi kunga mos dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirish falsafaning eng asosiy vazifalaridan biriga, barchamiz uchun ulkan mas’uliyatga aylangani shubhasiz.


Download 24.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling