Mavzu: Polimerlarning kimyoviy xossalari Reja
Download 61.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqPolimerlarning kimyoviy xossalari
Mavzu: Polimerlarning kimyoviy xossalari Reja: 1. Polimerlarning kimyoviy o’zgarishlari 2. Quyimolekulyar birikma 3. Qo’shni effekt Polimerlarning kimyoviy xossalari Polimerlarning kimyoviy o’zgarishlari turli kimyoviy reaksiyalarni o’z ichiga olib, uning natijasida makromolekulaning kimyoviy tuzilishi, tarkibi va polimerlanish darajasi o’zgaradi. Polimerlarning kimyoviy o’zgarishlarini maqsadga muvofiq o’tkazish yangi xossali makromolekulyar birikmalar sinfini yaratishga imkon beradi. Polimerlarning kimyoviy o’zgarish reaksiyasi uch xil yo’nalishda boradi: 1) polimerlanish darajasi o’zgarmasdan ko’zatiladigan reaksiyalar – polimeranalogik o’zgarishlar va ichki molekulyar reaksiyalar; 2) polimerlanish darajasi ortishi bilan boradigan reaksiyalar – choklanish, payvand va blok – polimerlanish; 3) polimerlanish darajasi kamayishi bilan boradigan reaksiyalar – destruksiyalanish. Polimer funksional guruhlarining reaksiyaga kirishish qobiliyati bilan quyimolekulyar birikmalarning reaksiyaga kirishish qobiliyati orasida tabiatan hech qanday farqi yo’q. Flori prinsipiga muvofiq, polimerlarning reaksiyaga kirishish qobiliyati ularning molekulyar massasiga bog’liq emas. Bu prinsipga binoan karboksil va gidroksil guruhlarning reaksiyaga kirishish tezligi polimer zanjirining o’lchamiga bog’liq emas. Masalan, polivinilpirralidon va uning quyimolekulyar analogi N – izopropil – γ – valerolaktamning ishqoriy gidrolizi (xalqaning ochilishi) bir xil tezlik bilan borib, hatto reaksiyalarning faollanish energiyalarining qiymatlari ham bir – biriga yaqin. NaOH NaOH - CH2–CH – CH2–CH- ----→ -CH2–CH–CH2–CH- CH3–CH–CH3 --→ CH3–CH–CH3 | | | | | | N N NH NH N NH | | | | | | / \ / \ (CH2)3 (CH2)3 / \ CH3 - CH H2C C=O H2C C=O | | CH3-HC C=O (CH2)2 | | | | COOH COOH | | COOH H2C __ CH2 H2C__ CH2 H2C __ CH2 Xuddi shuningdek, polivinilasetat va vinilasetatning gidrolizlanish tezlik konstantalari ham bir xil qiymatga ega. Polimer molekulasidagi funksional guruhlarning xuddi quyimoekulyar birikma guruhidek reaksiyaga kirishish qobilyatini ta’minlash uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak; 1) reaksiya gomogen sharoitda, ya’ni hamma: olingan oraliq va hosil bo`lgan mahsulotlar shu muhitda erishi; 2)reaksiyada bir xil funksional guruhlar qatnashib,olingan mahsulotlar o`lchami kichik va harakatchan bo`lishi; 3) quyi molekulyar analog iloji boricha polimer zvenosiga o`xshash bo`lishi kerak. Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling